Reja Metod haqida tushuncha



Yüklə 36,6 Kb.
səhifə3/4
tarix13.05.2023
ölçüsü36,6 Kb.
#110068
1   2   3   4
23. Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi

To‘rtinchi talab - ta’lim metodining samaradorligi, uning o‘quv materialining mustahkam egallashga qaratilganligidan kelib chiqadi.
Beshinchi talab - o‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llashi va uni muntazam o‘rganishi zarur. Nazariya va amalietda ta’lim metodlari bilan bog‘liq yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim. Geografiya o‘qitish metodlari haqida so‘z borar ekan "metod", "usul" degan so‘zlar yonma-yon uchraydi. Metod, usul bir-biridan ba’zan deyarli farq qilmaydi, ba’zan bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan: kartalarni solishtirish-taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri, chunki kartalarni solish-tirish metod emas, u solishtirish usulidir. O‘zbek tilidagi mavjud qo‘llanmalarda taqqoslash ham, solishtirish ham birdek-taqqoslash deb ishlatiladi. Vaholanki, taqqoslash - o‘rganilayotgan geografik ob’ektni ilgari o‘rganilgan ob’ekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.Masalan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan, Sirdaryoni Enisey bilan taqqoslab, ularning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi.
Taqqoslash og‘zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish - kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’ektga xos bo‘lgan ob’ekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish esa kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash metodining bir usulidir. Metod usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. Masalan, geografiyaga xos bo‘lgan karta bilan ishlash metodi bir necha usullarni o‘z ichiga oladi: karta bo‘ylab sayohat; kontur kartaga geografik ob’ektlarni tushirish; kartalarni solishtirish va boshqalar.
Ayrim usullarni bir necha metod tarkibiga kiritish ham mumkin. taniqli metodist olim M.K.Kovalevskaya: ta’lim vositalarini (darslik, karta bilan ishlash), bilimning og‘zaki bayon shakllari (hikoya, suhbat, tushuntirish, maruza)ni bilish usullari (taqqoslash , kartalarni qiyoslash umumiy xuloslar chiqarish)ni va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati turlari va shakllari (nazariy bilimlarni egallash, amaliy ish usullari, mustaqil ish usullari)ni metodik usullar deb hisoblagan. U ayrim hollarda bir usulning metod tarkibida ishtirok etilishini misollarda keltirgan. Masalan, taqqoslash usuli og‘zaki bayon, suhbat, karta bilan ishlash metodlarida ham ishtirok etishi ham mumkin. Demak, metod bilan usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish bor. Ta’lim metodlarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv materialini egallash shakllaridagi o‘xshash va tafovut qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda, hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatlirok tashkil etishda yordam beradi.
Geografiya ta’limi metodlari muammosi pedagogika fanlarining tarixida eng muhim muammolardan biri bo‘lib kelgan va xozir ham shunday bo‘lib kelmoqda. Bu muammo bo‘yicha ilmiy tortishuvlar xozir ham davom etmoqda. O‘qitish metodi degan tushunchani juda ko‘p ta’riflari bor, ulardan eng keng tarqalgani quyidagicha: «O‘qitish metodi - bu ta’lim maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro bog‘langan va tartibga solingan faoliyati».
O‘tgan asrda Rossiya pedagogikasi nemis pedagogikasi ta’sirida bo‘lgan. Shuning uchun 1877 yili nemischadan Oberlenderning «Geografiya metodikasi» degan kitobi tarjima qilingan va 30-chi yillargacha shu kitob bo‘yicha dars berib kelingan. Bu kitobda quyidagi metodlar ajratilgan:
* analitik-avval umuman Yerni o‘rganib, keyin uning qismlarini o‘rganishga o‘tiladi;
* sintetik-avval ayrim joylarni o‘rganib, keyin umuman Yerni bir butunligini o‘rganish;
* konstruktiv-o‘quvchilar harita chizish davomida Yer yuzasi shakllari bilan tanishishadi;
* o‘zaro aloqa (assotsiruyushiy)-o‘rganilayotgan xodisalar orasidagi o‘zaro aloqalarni ochib berishga asosiy e’tibor berish;
* guruhlashtiruvchi bir xil geografik, xodisalarni taqqoslashga yo‘naltirilgan;
Ushbu metodlar keyinchalik D.D.Semenov, E.Yu.Petri, A.F.Sokolov, V.P.Budanov, S.P.Arjanov tomonidan qayta ishlab chiqildi. S.P.Arjanov geografiya o‘qitish usullarini quyidagi guruhlarga bo‘ladi: analitik, sintetik, konsentrik, assotsialashtiruvchi, guruxlashtiruvchi, taqqoslash, tajriba, o‘zaro aloqa, evristik, dogmatik, sintetik-genetik, tajriba-evristika.
«O‘qitish metodi» degan tushunchani yangi ta’rifi ishlab chiqildi. V.G.Erdeli tomonidan geografiya o‘qitish metodlarini ikki guruhga bo‘lish taklif qilindi:
a) umumiy, boshqa fanlarda ham qo‘llaniladigan;
b) geografiya fanining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar (karta va globuslar bilan ishlash).
A.A.Polovinkin 1938 yil «Tabiiy geografiya metodikasi» nomli kitobida quyidagi metodlarni ajratadi: og‘zaki bayon, haritalar, diapozitiv,plastilin, darslik, globus bilan ishlash, ekskursiya va tajriba. V.P.Budanov 1939 yili «Tabiiy geografiyani o‘qitish metodikasi» nomli kitobida o‘qitish metodiga quyidagicha ta’rif beradi: «O‘quvchilarni yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini o‘qituvchi tomonidan boshqarilishi» V.P.Budanov quyidagi metodlarni ajratadi: jonli so‘z, darslik bilan ishlash, globus va harita bilan ishlash, ko‘rgazma, namoyish (illyustrsiya) metodi, kuzatish va tajriba. 50-yillardan keyin bu muammo N.N.Baranskiy, A.V.Darinskiy, V.A.Juchkevich, V.A.Korinskaya tomonidan rivojlantirildi.
Shuni ta’kidlab aytish kerakki, har doim turli davrlarda o‘qitish metodlarini sinflashtirish bitta yagona qoida asosida olib borildi, bu ham bo‘lsa bilish manbalariga asosan. Shuning uchun xozirgi paytda geografiya o‘qitish metodikasida, metodlarni bilish manbalariga qarab sinflashtirish qabul qilingan. Suhbat, ma’ruza, haritalar bilan ishlash, kuzatish, darslik bilan ishlash, statistik ma’lumotlar bilan ishlash va boshqalar. Bu usullar xozirgi paytda maktabda u yoki bu shaklda keng qo‘llanilmoqda. Oxirgi paytlarda yangi o‘qitish metodlarini qidirish kuchayib ketdi. Geografiya o‘qitish metodlarini bilish manbalariga qarab sinflashtirishni tanqid qilishga urinilmoqda, chunki bunday metodlar asosan tashqi belgilariga qarab, bolalarni o‘quv faoliyatini hisobga olmagan holda sinflashtirilgan.
Endi geografiya o‘qitish usullarini metodologik asosini ko‘rib chiqamiz. Falsafa fanida metodga quyidagicha ta’rif beriladi: «Borliqni amaliy va nazariy o‘rganish». Bu ta’rif asosan ilmiy bilimlarga tug‘ri keladi. Bilishning ilmiy va o‘quv tomonlari turlicha, shuning uchun bu ta’rifni tug‘ridan tug‘ri o‘quv jarayoniga qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ularni maqsadlari va faoliyat shakllari, hamda natijalari turlicha, ammo ularning umumiy tomonlari ham bor.
Eng muhim umumiy tomoni fan ham, o‘qitish ham bilish jarayoni hisoblanadi. Ilmiy bilishda ob’ekt bu - o‘rganilayotgan borliq, sub’ekt -olim. O‘qitish jarayonida ob’ekt - bu o‘quv predmetlarining mazmuni sub’ekt - o‘quvchilar. Ikkala sharoitda ham alohida o‘rinni sub’ektning faoliyati egallaydi. Mana shu narsa o‘qitish metodini falsafiy ta’rifini o‘quv jarayoniga qo‘llashga imkon beradi. Endi o‘qituvchi bilan o‘quvchini maqsadlarini aniqlab olishimiz kerak. O‘qituvchining o‘qitish maqsadlari quyidagilardan iborat:
* o‘quvchini bilim va ko‘nikmalarni egallashini ta’minlash;
* o‘quvchilarni ongini rivojlanishini ta’minlash;
* egallangan bilim va ko‘nikmalar asosida o‘quvchilarni shakllanishini ta’minlash, ya’ni ularni tarbiyalash.
O‘quvchining maksadi bilim va ko‘nikmalarni egallash. YA’ni o‘quvchilarni maqsadi, o‘qituvchining o‘qitish metodlari tarkibiga kiradi. Demak o‘quvchilarning o‘qish metodi o‘qitish motodining asosini tashkil qiladi. O‘qituvchi o‘quv jarayonini boshqaribgina qolmasdan balki mana shu jarayonni ichida bo‘lish kerak, ya’ni o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarni egallashida ham boshqaruvchi, ham nazariyasi ham yordam beruvchi bo‘lishi kerak. Bularni hammasi o‘qitish metodlariga quyidagicha ta’rif berishga imkon beradi. «O‘quvchilar tomonidan o‘quv mazmunini o‘zlashtirishga imkon beradigan o‘qituvchi va o‘quvchilarniig birgalikdagi faoliyatdir». Metod doimo o‘quv mazmuniga mos kelishi kerak. Maktab geografiyasida esa geografiya o‘qitish metodlari so‘zsiz geografiya fanining bilish usullariga mos kelishi kerak. O‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatiga quyidagilar kiradi: kartografik ma’lumotlar bilan ishlash usullari, kuzatish va tajriba qilish, statistik materiallar bilan ishlash,turli xil chizmalar bilan ishlash, iqtisodiy hisob kitoblar. Demak o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati o‘qitish metodini tashkil, qilar ekan.

Yüklə 36,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə