Reja Metod haqida tushuncha



Yüklə 36,6 Kb.
səhifə1/4
tarix13.05.2023
ölçüsü36,6 Kb.
#110068
  1   2   3   4
23. Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi


Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi
Reja

  1. Metod haqida tushuncha.

  2. Ta’lim metodlariga qo‘yiladigan talablar.

  3. Geografiya ta’limi metodlari tasnifi



Tayanch iboralar
Bilim, ko‘nikma, malaka, didaktika, metod, usul, ta’lim metodlari, og‘zaki bayon metodi, taqqoslash, solishtirish, hikoya, suhbat, savol-javob.
Metod haqida tushuncha.
Hozirgi paytda, avval ta’kidlab o‘tganimizdek, tayyor bilimni o‘zlashtirish asosiy maqsad bo‘lmay, eng asosiysi, o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish ob’ektiv zaruriyatga aylandi. Bu maqsadni amalga oshirish esa ko‘p jihatdan dars o‘tish metodlarini tanlashga bog‘liq. Har qanday fanni o‘rganishda turli metodlar qo‘llaniladi. Buning sababi, birinchidan, dars o‘tishda turli uslublarni qo‘llash uni qiziqarli bo‘lishiga, o‘quvchilarni diqqatini o‘tilayotgan darsni o‘zlashtirishga qaratiladi. Bir xil metodda dars o‘tilaverishi o‘quvchilarni zeriktiradi. Psixologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, har qanday mohir o‘qituvchi ham bir xil metodni qo‘llab dars berar ekan, aytaylik, ma’ruza o‘qir ekan, o‘quvchi-talabalar dastlab 20 minut, so‘ngra darsni tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani diqqat bilan eshitar, kolgan paytda xayolga berilib ketar ekan.
Ikkinchidan, o‘quvchilarning darsni o‘zlashtirish, bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil bo‘lib, turli uslublarni qo‘llashgina o‘tilayotgan mavzuni o‘quvchilar tomonidan nisbatan to‘liq o‘zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bilimni o‘zlashtirish jarayonida mavzuni tezroq anglashga bir xil o‘quvchilarga bir uslub yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.
Uchinchidan, dars o‘tish metodlari o‘quvchilarni fikrlash doirasini shakllantirishga yordam beradi. Shuning uchun ham, barcha pedagoglar o‘quvchilarga bilim berishning eng samarali yo‘li, dars o‘tishga turli metodlarni qo‘llash zarur degan fikr tarafdori bo‘lib, aynan qaysi metod qaysi kategoriyadagi o‘quvchilar uchun qo‘llanilishi ma’qulligi bo‘yicha esa yagona qolip yo‘q,
Jahon pedagogikasi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, taxliliy fikr yuritadigan o‘quvchilardangana muvaffaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar (sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi. Tahliliy fikrlash mustaqil fikrlashdir. Har bir kishining fikr yuritishi individual xarakterga ega bo‘lib, boshqalarnikidan ajralib turadi. Axborot esa tahliliy fikrlashning boshlang‘ich nuqtasidir. G‘arb olimlari tomonidan chop etilgan uslubiy adabiyotlarda bilim berish uslubiga ta’sir etuvchi parametrlarga:
-har bir talabaning individual xususiyatlari;
-axborotni qayta tiklash qobiliyati;
-o‘quvchilarni bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi, hamkorlik qilish xislatlarini kiritishadi.
Psixologlar odamlarni introvert va ekstravert guruhlarga bo‘lishadi: Introvert tipidagi o‘quvchilar ko‘proq individual qatnashish ustun dars o‘tish uslublarini yoqtirishadi. Masalan, ma’ruza eshitish, kitob o‘qish, adabiyotlarni konspekt qilish, nazorat ishi, referat, doklad yozish kabilar. Ekstravert guruhidagi o‘quvchilar o‘qitishning faol turlarini, boshqalar bilan hamkorlikda bajariladigan uslublarni yoqtirishadi. Masalan, kichik guruhlarda ishlash, modellashtirilgan o‘yinlar o‘tkazishda qatnashish kabilar.
Insonda olgan axborotni qayta ishlash qobiliyati ham turlicha. O‘quvchilar bilim olish, olgan axborotlarini yodda saqlash, tushunish va qo‘llashda ham bir-biridan farq qiladilar. Ba’zi o‘quvchilar uchun verbal (so‘zda ifodalangan) axborot, masalan, ma’ruza eshitish yoki radio orqali tinglash etarli. Boshqalari uchun esa vizual (ko‘rish) axboroti muhim. Ular ko‘rgazmali qurollar: jadval, sxema, fafik. diagramma kabilar orqali mavzuning mazmuniga tez tushunishadi
O‘quvchilar ko‘p narsalarni bir-birlaridan o‘rganishadi. Shuning uchun o‘quvchilarni bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, hamkorlik qilishga asoslangan dars o‘tish metodlari muhim ahamiyatga ega. Masalan, ba’zilar mustaqil, birinchi bo‘lishga intilishi bilan ajralib turadi. Ular alohida o‘qishni ma’qul ko‘radi. Ularga debat, munozara olib borish, konkurslarga qatnashish yoqadi. Boshqalar yolg‘izlikdan ko‘ra hamkorlikda o‘qishga moyil. Ular uchun kooperatsiyalashgan o‘qitish uslublarini qo‘llagan ma’qul. Ba’zi o‘quvchilar aniq faktlar, ma’lumotlarni tezroq qabul qiladi. Boshqalari nazariy matematik modellarni yoqtiradi. Ba’zi talaba-o‘quvchilar ko‘rgazmali rasmlar, diagrammalar orqali, boshqalari munozara qilganda, uchinchilari esa amaliyotda o‘zi bajarishda qatnashsa yaxshiroq, puxtaroq o‘rganadi.
Umuman olganda, ta’lim-tarbiyaning metodlari qotib qolgan emas. Vaqt o‘tishi bilan ular o‘zgaradi. O‘quvchilarni bilim olishi va olgan axborotini qayta ishlashi uchun turli-tuman metodlarni o‘ylab topib, qo‘llash mumkin. Ayniqsa, hozirgi paytda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda ko‘p sohalarga bilishning turli usullarini qo‘llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-barang pedagogik metodlar qo‘llash talab etiladi. O‘qituvchilarni dars jarayonida turli uslublarni, o‘quv topshiriqlarini qo‘llab, o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq uyg‘otishlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning qobiliyatini, ularni individualligini hisobga olgan holda turli metodlarni qo‘llash, albatta, o‘zlashtirish natijasini ko‘taradi.
Pedagog - olimlarning tadqiqotlari bo‘yicha o‘qitish jarayonida berilgan axborotni eslab qolish qo‘llanilgan metodlarga ko‘ra quyidagicha ko‘rinishda aks etar ekan: Biz ma’ruza, doklad eshitar ekanmiz uning 5 foizini, o‘qigan materiallarimizni 10 foizi, video, rasm, ko‘rgazmalarni ko‘rganimizni 20 foizini, tajribani namoyish qilinganida ko‘rgan va eshitganlarimizni 30 foizini, munozaraga kirishsak, birga muhokama qilganimizni 40 foizini, mashq echar ekanmiz, o‘qigan, yozgan, gapirganlarimizning 50 foizini eslab qolar ekanmiz. Tahlil qilganlarimizni muhokama qilish samarali metod ekan. Buning natijasida o‘quvchilar ongida ma’lumotning 75 foizi saqlanib qolar ekan. Lekin, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning bir-birlariga o‘rgatishlari undan ham samaraliroq hisoblanadi, bunda 90 foiz ma’lumot o‘zlashtiriladi. Insonning esda saqlash xotirasi - biokompyuterdir. Odatda, olingan axborotning juda ko‘pi qisqa muddat yodimizda saqlanadi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar muayyan bilimlar ko‘nikmalar va malakalarni egallaydilar. Didaktikada metod deganda o‘qituvchining rahbarligida turli usullar vositasida o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalari bilan qurollantirishga, hamda ularning dunyoqarashini shakllantirishga tushiniladi. O‘quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli usullar bilan o‘zlashtiriladi. Shu sababli har doim o‘qituvchi oldida o‘quvchilarni muvafakkiyatli va samarali o‘qitish va ularning o‘qishiga yordam beradigan yo‘llarni tanlash muammosi ko‘ndalang bo‘lib turadi. O‘quv materialini o‘rganishning turli shakllarini kidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Metod so‘zi grekcha "metodos" so‘zidan olingan bo‘lib, aynan "tadqiqot " degan ma’noni anglatadi. Didaktika fanida metod atamasiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir koidani mavjud emas. Bu borada xil-xilma ta’rif va koidalar mavjud. Shunga qaramasdan didaktikada metod quyidagicha talkin etildi. Ta’lim metodi deganda o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayoni-dagi birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar.
Metod o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati turlarini ta’lim qanday ketishligini, o‘qituvchining o‘quv materialini kay darajada tushuntirishini, o‘quvchi uni qanday o‘zlashtirishi kerakligi bilan belgilanadi. Metodning alohida detallari usul dyoyiladi. Masalan, yangi bilimni o‘zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo‘lishi mumkin. Metod va usul o‘rtasida doimiy aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o‘zlashtirish, o‘quvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim usullariga ham bog‘liq.
Ta’lim metodlari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini belgilaydigan ish usullari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir. Ta’lim metodlari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan cheklanib qolmaydi.Ta’lim metodlari, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantirishga, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga, ilmiy bilimlarga asoslangan to‘g‘ri dunyoqarash va etikodni tarbiyalashga ham yordam beradi. Shunday qilib, ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy narsa xos. 
1. Metodlar o‘qituvchi faoliyati yo‘l-yo‘riklari bo‘lib, o‘quvchilar faoliyatini belgilashga va yo‘naltirishga yordam beradi.
2. Ta’lim metodlari faqat bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan balki o‘quvchilarda ijodiy faoliyat, bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.
Ta’lim metodlari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga, hamda maktab ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim metodlari ko‘p hollarda o‘quvchilarning ruxiyati va yosh xususiyatlarini e’tiborga olishni ham talab qiladi. Uni tanlash geografiya ta’limining moddiy-texnika ta’minotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Chunki o‘qituvchi ta’lim usulini tanlar ekan,maktabda mavjud bo‘lgan texnika-vositalarini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga oladi. Pedagogikada fanida o‘qitish metodlari maktab joylashgan sharoitga, va o‘qituvchilar tajribasida tar-kib topgan ananalarga ham bog‘liq. Masalan, o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus bag‘ishlaydigan muayyan metodlardan foydalanishni afzal ko‘radi. U ilmiy-texnika jarayoni sharoitida ananaviy metodlarini takomillashtirishga va yangi metodlarni izlab topishga, harakat qiladi.


  1. Yüklə 36,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə