Reja Metod haqida tushuncha


Ta’lim metodlariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 36,6 Kb.
səhifə2/4
tarix13.05.2023
ölçüsü36,6 Kb.
#110068
1   2   3   4
23. Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi

Ta’lim metodlariga qo‘yiladigan talablar.

Metod tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq:
* usul mavzuning mazmuniga to‘g‘ri kelishi kerak;

  • o‘quvchilarning bilish qobiliyatini hisobga olish (o‘quv mavzusining murakkabligi, nazariy bilimlar hajmi, sinfning darajasi, o‘quvchilarni mustaqil ishlarni bajara olish qobiliyati);

* geografik bilimlarning xususiyatlari hisobga olinishi kerak.
Geografik bilimlar bilishning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
- geografik voqea va hodisalarni tashqi ko‘rinishi haqidagi bilimlar. Bu bilimlar o‘quvchilarda o‘rganilayotgan voqealarni tasavvurini shakllantirishi kerak: tog‘lar, o‘rmon, yassi tog‘, harita va boshqalar;
- gergrafik voqea va xodisalarning fazoda joylalanishi haqidagi bilimlar. Masalan tabiat zonalarining, iqlim mintaqalarining joylanishi;
- geografik voqea va xodisalarni xossalari to‘g‘risidagi bilimlar. Tuproqning xosildorligi, namgarchilik, bug‘lanish, intensiv va ekstensiv xo‘jalik, qattiklik va boshqalar;
- geografik jarayonlar haqidagi bilimlar. Shamol va suv eroziyasi, yotqiziqlarning xosil bo‘lishi, suvning aylanib yurishi, migratsiya, urbanizatsiya, vulkanlar va boshqalar;
- geografik voqea va xodisalarning tarkibi xakidagi bilimlar. Energetika, og‘ir sanoat, Yer qobiqlari, okean, eksport va import tarkibi, til, milliy tarkib va boshqalar;
- geografik voqealikning tuzilishi haqidagi bilimlar (Yer kobishning tuzilishi, havo massalari, atmosferaning tuzilishi, xalq xo‘jaligi tuzilishi, qishloq xo‘jaligi tuzilishi va boshqalar;
- geografik voqea va xodisalar orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar. Sabab va oqibatlar, davriy, fazoviy, funksional aloqalari.
Bu bilimlarning har biri alohida o‘qitish usullarini qo‘llashni talab qiladi.
Hozirgi kunda ta’lim metodlari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak. 
Birinchi talab - metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlariga, etikod xis tuyg‘u va qarash lariga ta’sir ko‘rsatadi. ta’limning tarbiyaviy vazifa-sini amalga oshirish metodning tanlanishiga bog‘liq. 
Ikkinchi talab - metodning ilmiyligi. Dars berish va ta’limning har qanday metodi o‘quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muhimi shundaki,biror metod yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni xal etish mumkinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatining qandayturlarini talab qilishini va ularni qandaytashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni,qonuniyatlarini to‘g‘ri anglanishini ta’minlaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi.
Uchinchi talab - metodning ommabopligi. Bunda o‘quvchilar rivojlanishining pedagogik - ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.agar metod o‘quvchilarda mavxum tafakkurni ham e’tiboriga olib tanlansa, o‘quvchi murakkabroq materialini ham egallay oladi va jadal rivojlanadi. demak, metod tanlanganda o‘qituvchi nimalarni tushuntirishi kerakligi haqida emas, balki o‘quvchi nimani tushuna olishi haqida ham o‘ylash kerak.

Yüklə 36,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə