Reja migratsiya jarayonlarining xuxusiyatlari Xalqaro migratsiya jarayonlari va muammolari



Yüklə 16,94 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü16,94 Kb.
#155975
1   2   3   4   5   6
Demografiya va inson kapitali fanidan mustaqil ish . 22.137-guruh talabasi Odilov Abrorbek

Hozirgi vaqtda eng katta migratsiya to‘lqini rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan Mamlakatlarga tomon yo‘nalgan. Bunda eng ko‘p xorijiy migrantlarni AQSH qabul qiladi. Oxirgi yillarda bu davlatdagi immigrantlar soni 45 mln kishidan oshgani qayd etilgan. G‘arbiy Yevropa davlatlari orasida esa eng ko‘p immigrantlar Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaga kelgan. Bu davlatlarning har birida 7-10 mln immigrant yashamoqda. G‘arbiy Yevropaga immigrantlarning asosiy qismi Janubi-g‘arbiy va Janubiy Osiyo, Shimoliy Afrika hamda Sharqiy Yevropa davlatlaridan bormoqdalar. Boshqa rivojlangan davlatlardan Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Isroil va JAR ko‘plab xorijiy migrantlarni qabul qilmoqda. Shunday ekan, barcha rivojlangan davlatlarda migratsiya saldosi (balansi) musbat hisoblanadi.

Xalqaro migratsiya jarayonlari va muammolari


Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika qit’alarida qo‘shni davlatlar orasida nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy, ekologik, etnik omillarga bog‘liq
holda soni jihatidan yirik, lekin hududiy ko‘lami nuqtayi nazaridan lokal (mahalliy) migratsion oqimlar ham ro‘y bermoqda. Masalan, Suriyadan Turkiyaga, Afg‘onistondan Eronga, Ugandadan Keniyaga millionlab kishilar ko‘chib bormoqdalar. Yirik migratsiya oqimlari MDH hududida ham mavjud bo‘lib, ko‘proq Rossiyaga yo‘nalgan.

> Zamonaviy migratsiyaning yana bir muhim jihati shundan iboratki, xalqaro migrantlarning sifat tarkibi (masalan, ta’lim darajasi nuqtayi nazaridan) o‘zgarib bormoqda, davlatlararo migratsiya oqimlarida yuqori malakali mutaxassislarning ishtiroki faollashmoqda. Bu vaziyat immigratsiya markazlari bo‘lmish rivojlangan davlatlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etsa, emigratsiya o‘choqlari – rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar uchun esa buning aksi, ya’ni salbiy holat hisoblanadi.

Migratsiya jarayoni iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi va o'z navbatida aholi joylashuvidagi muhim muammolar bilan bog'liq aholining hududiy harakatidir .


Yüklə 16,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə