Reja migratsiya jarayonlarining xuxusiyatlari Xalqaro migratsiya jarayonlari va muammolari


Migratsiya jarayonlarining hududiy xususiyatlari



Yüklə 16,94 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü16,94 Kb.
#155975
1   2   3   4   5   6
Demografiya va inson kapitali fanidan mustaqil ish . 22.137-guruh talabasi Odilov Abrorbek

Migratsiya jarayonlarining hududiy xususiyatlari

Migratsiya jarayonlarining hududiy xususiyatlari


> O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar o'rnatishi o'z o'rnida jahon mehnat bozorida ham faol bo'lishni taqozo etadi. Shu sababli ham mamlakatimizdagi migratsiya jarayonlarni o'rganmoq, uning hududiy tarqalishini tadqiq qilmoq maqsadga muvofiqdir. O'zbekistonda migratsiya jarayonlari bir qator sabablar bilan bog'liq. Tashqi migratsiya uchun ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy omillarning, respublika ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillar ta'sir ko'rsatmoqda. Mamlakatdagi migratsiya jarayonlarning, eng ayniqsa tashqi migratsiyaning keskin o'zgarishiga, immigrantlar salmog'ining emmigrantlarga qaraganda past tendensiyasiga ega ekanligiga sabab bo'luvchi eng katta omil bu siyosiy mustaqillikka erishishidir. Sobiq Ittifoqning qulashi iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ayrim tub burilishlar yasadi. Ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya darajasining o'sishi, ishsizlikning oshishi, aholining turmush darajasining pasayishi kabi bir qator muammolarga olib keldi. Boshqa MDH mamlakatlari singari O'zbekistonda aholining ma'lum bir qismi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida mehnat migranti sifatida boshqa mamlakatlarga ketishga majbur bo'lishgan.

Tashqi migratsiya haqida

  • Aynan mehnat migrantlarining hududiy tarqalishini o'rganar ekanmiz, uni tadqiq etishdagi dolzarb masala shundaki, aholining mamlakatimiz bo'ylab nihoyatda notekis taqsimlanishidir. Aholi soni yuqori, tug'ilish darajasi baland hamda aholi zich hududlarda migratsiya jarayonlari jadal kechadi. K. Kalanovning izohiga ko'ra, O'zbekiston fuqarolarining uzoq xorijiy mamlakatlarga tashqi migratsiyasi:
  • Rasmiy doimiy emmigratsiya;
  • Rasmiy vaqtinchalik emmigratsiya; -Norasmiy emmigratsiya;
  • Ekologik emmigratsiya;
  • Intellektual immigratsiya shaklida namoyon bo'ladi .

Tashqi migratsiya haqida


O'zbekiston fuqarolarining MDH davlatlariga migratsiyasi (gasterbayterlar va yollanma ishchilar); doimiy rasmiy migratsiya (fuqarolikni olish); vaqtinchalik etnik migratsiya (etnik vatanga borib ishlash); intelektual migratsiya (tadqiqotchilar, olimlar, talabalar va xk.) esa Toshkent shahrida kuzatilgan bo'lib 8,0% ni tashkil qiladi. Statistika qo'mitasining bergan ma'lumotiga qaraganda, 2019 yil xorijiy mamlakatlardan ko'chib kelganlar 2527 ming kishini tashkil qiladi va ularning asosiy qismi qo'shni respublikalardan kelgan migrantlar hisoblanib, Qozog'iston 33,2%, Rossiya Federatsiyasi 23,3%, Tojikiston 21,4% va Qirg'iziston 12.1% ni tashkil qiladi. Aksincha, chet elga ketgan migrantlar 13246 ming kishini tashkil qilgan holda, Qozog'istonga 57,5%, Rossiya Federatsiyasiga 37,7% va AQSHga 0,8% ko'chib ketgan. Bundan shuni xulosa qilish joizki, ko'chib kelganlarga nisbatan ko'chib ketganlar miqdori 5 barobar yuqoridir .

Yüklə 16,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə