Reja: Misni ishlatilish soxalari


Mis konsentratini kuydirish



Yüklə 67,45 Kb.
səhifə7/9
tarix22.03.2024
ölçüsü67,45 Kb.
#181979
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mis boyitmasini qaynar qatlamli pechda kuydirishni tanlash

Mis konsentratini kuydirish

Tarkibida mis kam bo‘lgan dastlabki moddalarni iste’mol qiladigan, bir qator zavodlarda qo‘llaniladi. Olmaliq sharoitida konsentratda misni miqdori borgan sari kamayib borayapti. Shuning uchun uni birinchi pog‘onada kuydirib ishlab chiqish samaradorligini oshirish mumkin.


Mis konsentratini kuydirish jarayonini qo‘llash, qayta ishlashga tarkibida oltingugurt miqdori yuqori bo‘lgan va mis miqdori past bo‘lgan boyitmalarni jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri eritish natijasida mis bo‘yicha kambag‘al shteyn hosil bo‘ladi.
Sulfidli mis konsentratini kuydirish natijasida konsentrat tarkibidagi oltingugurt qisman yo‘qoladi va temir sulfidlari eritish jarayonida shlaklanadigan oksid holatgacha oksidlanadi. Kuyindida metallurgic hisobotlar bilan aniqlanadigan miqdorda oltingugurt qoldiriladi.
Kuydirish jarayonida dastlabki mahsulotdan ajralib chiqqan oltingugurt miqdorining dastlabki mahsulotdagi oltingugurt miqdoriga nisbatligi desulfurizatsiya darajasi deb nomlanadi. Mis konsentratining kuydirilishi quyidagi asosiy reaksiyalar orqali boradi:

CuFeS2 + 2O2 = CuO + FeO + 2SO2


Cu2S + 2O2 = 2 CuO + SO2
CuS + 1,5O2 = CuO + SO2
SO2+ 2O2= 2SO3
CuO + SO3= CuSO4

(3.13)
(3.14)


(3.15)
(3.16)
(3.17)

Kuydirish harorati 650–750 °C bo‘lganda sulfatlovchi kudirish amalga oshiriladi 850–1050 °C da esa oksidlovchi kuydirish jarayonlari boradi. Kuyidirish uchun eng mos dastgoh – bu qaynar qatlam («KS») pechdir.


Mis konsentratini kuydirish jarayonlari AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarda keng tarqalgan. Sulfatli kuydirishda misni 94–98 foiz suvda eriydigan birikmalarga o‘tadi, qaysilaridan elektroliz orqali erkin holatda ajratib olinadi. Olmaliq sharoitida kuydirish jarayonini qo‘llash rejalashtirilmagan shixta yuklanadi.



Yüklə 67,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə