|
Reja: "Morfologiya" o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari
|
səhifə | 3/19 | tarix | 12.03.2023 | ölçüsü | 0,62 Mb. | | #102361 |
| “Morfologiya” bo’limini o’qitish yuzasidan dars ishlanmalar tayyorlash1- topshiriq. Berilgan matnni o’qing va mazmunini gapirib bering.
Uch kishi tosh tashiyotgan edi. Ularning biridan so’radim:
–Umuman olganda, bu yerda nima qilayapsan?
U peshonasidagi terni artib tashladi-da, javob berdi:
–Mana shu mehnatim tufayli qaddim bukilib, og’ir kunlarga qolib ketdim.
Ikkinchisining oldiga borib undan so’radim: –Sen nima qilayapsan?
U yenglarini shimardi-da, tumshug’ini ko’tarib, g’urur ila javob berdi:
–Men ishchiman. Pul ishlayapman. Bu yerda boshqa nima ham qilardim?
Keyin uchinchi kishidan so’radim:
–Sen nima ish qilayapsan?
U jilmaydi-da, javob berdi:
– Men duradgorman. Ibodatxona quryapman.
Qissadan hissa shuki, qachonki oldingga oliy maqsad qo’yarkansan, har qanday vaziyatda ham yashayotgan umringda ma’no bo’ladi.
2- topshiriq. Berilgan matndagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarning shaxs/sonini aniqlang.
Berilayotgan topshiriqlar o’quvchilarni imkon qadar mustaqil ishlashga, tafakkur qilishga undamog’i muhim.
1-topshiriq. Gaplar tuzing. Berilgan so’zlar shu gaplarning kesimi vazifasida kelsin.
Donishand, o’quvchimiz, a’lochiman, chaqqonsan, uchtamiz, sizsiz, o’sha, ofarin.
So’zning lug’аviy vа grаmmаtik mа’nоlаri ustida ishlaganda o’quvchiga quyidagi tartibda topshiriqlar berish mumkin:
1- topshiriq. Matnni o’qing va uqing. Mazmunini so’zlab bering. Matn tarkibidagi lug’aviy ma’no ifodalamaydigan so’zlarni ajrating.
Kunlarning birida fermadagi ot kasal bo’lib qoldi. Uni ko’rgani kelgan veterinar:
–Agar ot ertalabgacha oyoqqa turmasa, uni so’yishga to’g’ri keladi, – dedi.
Tong yorishdi. Ot hamon o’rnidan turmadi. Uning yonida qo’y yotgan edi. Otga rahmi kelgan qo’y:
–Qani, birodar, o’rningdan tursang-chi! Aks holda ular seni so’yib yuborishadi!–dedi otni niqtab.
Ot bor kuchini to’pladi-da, tebranib o’rnidan turdi. Ertalab otdan xabar olgani kelgan fermer hayratlanib yordamchisiga:
–Mo’jiza yuz beribdi. Otdan umidimni ham uzgan edim. Otim tuzalibdi. Buni darrov bayram qilishimiz kerak. Shu qo’yni so’yamiz!–dedi.
Qissadan hissa shuki, hech qachon birovning ishiga sababsiz aralashmang.
Dostları ilə paylaş: |
|
|