Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari


Ko`p xonali sonlar ichida



Yüklə 98,93 Kb.
səhifə2/19
tarix28.11.2023
ölçüsü98,93 Kb.
#138268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari-fayllar.org

Ko`p xonali sonlar ichida

«Minglik», «sinf» tushunchasi, sonlarning o`nli tarkibi, 4-6 xonali sonlarni o`qish va yozish, taqqoslash, sonlarni 10, 100, 1000 marta orttirish va kamaytirish. O`nli sanoq sistemasi, pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari, miqdorlar orasidagi munosabatlarni mustahkamlash, sonni tahlil qilish.

1. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari.
Natural son va nolni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlangich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo'shib algebra va geometriya elementlari o'qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin o'nlik, yuzlik, minglik va ko'p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o'nlik sanoq sistemasining xususiyalari bilan, og'zaki va yozma nomerlashni takror-takror qo'llash orqali beriladi.
Birinchi o'nlikni nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlarni aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini o'z­lashtirish nazarda tutiladi. 1-o'nlik bilan nol' soni ham birga o'rgatiladi. Uni bo'sh to'plamning harkteristikasi sifatida berilgan. Nomerlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. 1-,2-, ....o'nliklarni hosil qilish, birgalikda o'nliklarni, ya'ni o'nli sanoq sistemasi­ning mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlar og'zaki va yozma nomerlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o'rgatishlar amalga oshiriladi.
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish boshlang`ich matematika kursida asosiy mavzulardan hisoblanadi. Algebra va geometriya elementlari arifmetik bilimlar tizimiga imkoni boricha kiritiladi, natijada son, arifmetik amallar va musbatlar haqidagi tushunchalarni yuqoriroq darajada o`zlashtirish ta'minlanadi.
Natural son va nol ustida ishlash boshlang`ich sinflarda 4 yil o`qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural son va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin 10, 100, 1000, ko`p xonali sonlar konsentrlari bo`yicha kiritishni nazarda tutib tuzilgan.
Kontsentlarga ajratish o`nli sanoq sistemasining xususiyatlari bilan, sonlarni og`zaki, yozma nomerlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy masalalarni takror-takror qarashga imkon beradi.



Yüklə 98,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə