Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari



Yüklə 286,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix30.01.2022
ölçüsü286,44 Kb.
#83287
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
1-maruza

IV. Daftar bilan ishlash 

Sinfda  ishlashda  darslik  bilan  bir  qatorda  bosma  asosli  daftar  asosiy  qo'llanma  hisoblanadi. 

Daftarda berilgan mashqlar darslik materialini tarkiban to'ldiradi. Mazmuniga ko'ra u darslik bilan 

uzviy bog'langan, har bir darsning konkret vazifalariga erishishga yordam beradi va shu bilan bir 

vaqtda o'quvchi faoliyatiga xilma-xillik kiritadi, bunda u o'quvchiga rasm solish, chala ishlangan 

rasmni chizib tugatish, bo'yash, chiziqlar bilan birlashtirish, o'rash va shu singari imkoniyatlarni 

beradi. Bu bola qo'lini raqamlarni yozishga yaxshi tayyorgarlik bo'lib xizmat qiladi. 

Shuni qayd qilamizki,  6 yoshli bolalar qo'llarining mayda mushaklari 7  yoshli  bolalarnikiga 

qaraganda  bo'shroq  rivojlangan,  harakat  koordinatsiyalari  darajasi  pastroq.  Bu  xususiyatlarni 

bolalarni  raqamlar  yozishga  o'rgatish  va  boshqa  matematik  yozuvlarni  bajarishga  o'rgatishda 

hisobga  olmasdan  bo'lmaydi.  Mana  shularni  hisobga  olib,  bosma  asosli  daftarlarda  kataklar 

kattaroq qilib  chizilgan,  bu daftarlar kataklari odatdagi  o'quvchilar daftaridagiga qaraganda 1,5 

marta katta (7 x 7mm). Daftarda raqamlarni yozishga uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rish ishi nazarda 

tutilgan, bolalar oldin rasmlarni bo'yab, belgilangan kontur bilan o'rab chiqishni mashq qiladilar. 

Shundan  keyin  katakli  qog'ozda  ishlashga  tayyorgarlik  boshlanadi,  satrni,  ustunni  ajratishga 

yordam beruvchi mashqlar beriladi nihoyat, punktir bilan belgilash chiziqlarini, jiyaklarni, yozuv 

namunalarini  o'rab  chiqishga  oid  ko'p  sondagi,  mashqlar  berilgan.  Shunday  tayyorgarliklardan 

keyingina  raqamlarni  mustaqil  yozish  kiritiladi,  so'ngra  misollar  va  masalalar  yechimlarining 

yozuvlari ham kiritiladi. 

Har  gal  daftarda  navbatdagi  topshiriqni  bajarishdan  oldin  bolalar  uni  qanday  bajarishlari 

kerakligini  albatta  ko'rsatish  kerak  (nimadan  boshlash  kerak,  qaysi  yo'na-  lishda  harakat  qilish 

lozim,  u  yoki  bu  figura  yoki  raqamni  o'rashda  qalamni  uzish  kerak  yoki  kerakmasligi  va  shu 

singarilar). Bularning hammasini doskada ko'rsatish kerak, shundan keyin o'quvchilar o'qituvchi 

tushun- tirishlarini takrorlashadi, qo'llariga qalam (ruchka) olib, o'z daftarlarida bajarishlari kerak 

bo'ladigan  harakat  yo'nalishlarini  «havoda»  ko'rsatadilar,  shundan  keyingina  mustaqil  ishga 

kirishadilar. 




Daftarning bir sahifasida asosan 3 ta darsga material  berilgan,  ya'ni  darslikning uch sahifasi 

bo'yicha ishlashga mos keladi (nomerlari daftar sahifasining o'ng yuqori burchagida keltirilgan). 

Daftarda joylashtirilgan va aniq darsga mo'ljallangan materialni o'quvchilar bilan to'la bajarish 

kerak. 


Daftarda  mustaqil  ishlar  bilan  bir  qatorda  odatda,  har  bir  mashg'ulotda  har  xil  didaktik 

materiallar bilan bajariladigan amaliy ishlar o'z o'rnini topishi kerak. 

Predmetlar plastmassadan qilingan kichkina o'yinchoqlar: sabzichalar, bodringchalar, olmalar va 

shu singarilar yig'masi, har xil o'lchamli va rangli geometrik shakllar (doirachalar, uchburchaklar, 

kvadratlar)  sanoq  cho'plari  va  boshqa  didaktik  materiallar  bo'lishi  mumkin.  Bu  didaktik 

materiallardan  foydalanish  metodikasi  haqida  kursning  asosiy  masalalarini  qarashda  mufassal 

gapiriladi. Darsga tayyorlanishda o'qituvchi bunday mashqlar sonini aniqlashda matematika darsi 

birinchi sinfda vaqt bo'yicha 3 ta taxminan teng bosqichga bo'linishini hisobga olishi kerak: har 

xil didaktik materiallar bilan amalni ish taxminan 10 minut, darslik bo'yicha ishlash taxminan 10 

minut va nihoyat, daftar bo'yicha ishlash - bu ham taxminan 10 minut. Zaruratiga qarab darsda bir 

yoki ikki fizminutlar o'tkaziladi. 


Yüklə 286,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə