Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari


ICHIDA NOMERLASH METODIKASI



Yüklə 286,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix30.01.2022
ölçüsü286,44 Kb.
#83287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
1-maruza

2.10 ICHIDA NOMERLASH METODIKASI

 

"O'nlik" mavzusida sonlarni nomerlash, tayyorgarlik davri. 

Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo'ladi. 

Bolalar bog'chasi yoki ba'zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o'qish, sanash, 

teskari sanash, yozish malakalariga ega bo'ladilar. Ammo, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo'lmagan 

bolalar ham keladilar. Shuning uchun dastlab o'qituvchining vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning 

tayyorgarligini  individual  aniqlashdir.  Bu  ish  o'qish  boshlanguncha  yoki  birinchi  haftadayoq 

amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo'lishi mumkin: 

1.

 

Sanashni bilasizmi? Sanang-chi? 



2.

 

Doiracha, cho'p,bayroqchalarni sanang-chi? 



3.

 

Stolda qancha qalam bo'lsa, shuncha bayroqcha oling? 



4.

 

Qaysi doirachalar ko'p? Qizillarimi, ko'klarimi? 



5.

 

Tartib bilan qo'yilgan narsalarni tartib bilan sanang. 



6.

 

5-1, 8-2, 4-3 kabi savollar. 



Tayyorgarlik davrining (6-7 mashg'ulot) asosiy vazifasi nomerlashni o'rganishga o'tish uchun 

zarur bo'ladigan bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni aniqlash. 

1-sinfning 1- mavzusi 1-o'nlik sonlarini nomerlashdan iborat. Bunda bolalar sanoq malakasini 

hosil qilish, 1-10 ta son haqida tasavvur shakllantirish, sonlar qatorini hosil qilish kabi ishlarni 

bajarish  kerak.  10  ichida  nomerlashda  o'qituvchining  vazifasi  bolalarda  sanash  malakalarini 

shakllantirish va 1-10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berishi va bu asosda 

natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta'riflashdan iborat. 

 

 




Yüklə 286,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə