Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari


Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash



Yüklə 286,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/16
tarix30.01.2022
ölçüsü286,44 Kb.
#83287
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-maruza

4.Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash. 

 

Qo`shish  va  ayrish  amallarini  o`rganishga  tayyorlash  maqsadida  ikki  to`plamni 

birlashtirish va qismini ajratishga doir mashqlar bajarish kerak. 

 

M: 1) Partaga 3 ta uchburchak va 2 ta kvadrat qo`ying. Ularni yaqinlashtiring, hammasi 



qancha bo`lganini aniqlang. 

 

2) Daftardan 5 ta katakni o`rang, oxirgi katakni bo`yang. Nechta bo`yalmagan katak qoldi? 



5. Raqamlarni yozishga tayyorlash. 

O`rganilayotgan sonlar dastlab bosma raqamlar bilan o`rgatiladi. (belgilanadi), ular katakni 

taxtachada    narsalarning  tegishli  to`plami  ro`parasiga  qo`yiladi.  Dasturda  1  sinf    uchun 

matematikadan  dastlabki  mavzu  birinchi  o`nlik  sonlarni  nomerlashdan  iborat.  Bu  mavzuni 

o`rganishdan  maqsad  bolalarda  sanoq  malakasini  hosil  qilish,  ularda  birinchi  10  ta  son  haqida 

tasavvur  shakllantirish,  son  va  uning  nomi  raqamlar  yordamida  bosma  va  yozma  belgilanishi 

orasida  moslik  o`rnatish  malakasini  tarkib  toptirishdan,  o`quvchilarni  sonlar  qatorining  ba'zi 

xossalari, sonlarning tarkibi bilan tanishtirishdan iborat. 

M: 3 soni: 3 ta kvadrat. 3 ta  olma, 3 ta stul… deb aytish mumkin. Buni, 3 sonini raqam bilan 3 

deb belgilash mumkin. 

Yozma raqamlarni tanishtirishda, raqamlarni yozish namunasini doskada ko`rsatish kerak. 

O`quvchilar  raqamlarni  havoda  chizib,  yoki  namuna  bo`yicha  chizib,  ko`l  harakati  yo`nalishini 

o`zlashtiradilar.  So`ngra  sonlarning  hosil  qilinishi  o`rganiladi.  Birinchi  o`nlikning  har  bir  soni 

o`zidan oldingi songa birni qo`shish va o`zidan keyingi sondan birni ayrish bilan hosil qilinadi. 

Sonlarning ikki qo`shiluvchidan tashkil topishi o`rganiladi. (3=1+2, 3=2+1). 

Sonlarning natural qatordagi o`rnini o`rganishda bunda mashqlar bajarish kerak. 

- Sanoqda 3 (5)… sonidan keyin keladigan sonni ayting.  

- 4 va 6 sonlari orasida keladigan sonni ayting… 

Natural qatorning ketma-ket sonlarini taqqoslash  yoki qo`shni sonlar  orasidagi munosabatlarni 

o`rganish, dastlab to`plamlarni taqqoslashga tayangan  holda bajariladi. Predmetlar soni raqami 

bilan, sonlar orasidagi munosabat «>», «<», «=» bilan belgilanadi. 

O`quvchilar, qaralayotgan son o`zidan oldin keladigan sonlardan katta, keyin keladigan sonlardan 

kichik ekanini o`zlashtirib olishi kerak. 2>1 –ikki birdan katta. 1<2-bir ikkidan kichik. O`quvchilar 

diqatini  belgilarning  uchi  kichik  songa  qaratilgan  bo`lishiga,  va  «>»,  <  belgili  yozuv  chapdan 

o`ngga qarab o`qishiga qaratish kerak.  

Misollar: -  3g’4, 6g’5, 7g’7, sonlarni taqqoslang. 



<3; 

 6>      ;      5=       ;  5+1>      tushirib qo`yilgan sonni toping. 

5<6;  8<7…. noto`g`ri yozuvni toping. 

 

Qarab chiqilgan asosiy masalalar har bir son bilan tanishishda o`rganiladi.  Ammo, 1-5 sonlarini 



o`rganish 6-10 sonlarni o`rganish metodikasidan farq qiladigan xususiyatlari   mavjud. 

1. 1-5 sonlarini  o`rganishda tanish sonlar qatorida har gal bittadan son qo`shila boradi, ikkinchi 

beshlik sonlarni o`rganishda esa sonlarning qatoriga birdaniga sonlar jufti qo`shiladi; 

(1,2,3,4,5,6,7;   1,2,3,4,5,6,7,8,9;    1,2,3,4,5,6,7,8,9,10;) 




2. 1-5 sonlari narsalar va tasvirlar bilan o`rganiladi. Shundan keyin kattaroq sonlar          (6-10) 

bilan tanishtirishda predmet ko`rsatmaslikdan asta-sekin abstrakt shaklga o`tishni amalga oshirish 

kerak.  Jumladan  «sonli  zinapoyacha»  dan  va  Santimetrli  shkala  tushirilgan  chizg`ichdan 

foydalanish mumkin. 

 

Bunda sonlar o`z kattaliklari bo`yicha tartiblangan ekanligicha o`quvchilar ishonch hosil 



qiladilar. 

3. 2-5 sonlarining tarkibini ikki qo`shiluvchidan iboratligi eslab qolish talab qilinadi.          6-10 

sonlariga nisbatan esa bu sonlarning tarkibini yoddan bilish talab qilinmaydi. Sababi, bunga juda 

oz soat ajratilgan. Lekin «qo`shish va ayirish» ni o`rganishda davom ettiriladi. 1-10 sonlari bilan 

tanishgandan keyin 0 (nol) raqami bilan tanishadilar. Nol to`g`risidagi tushunchani predmetlarni 

bittalab kamaytirib, bitta ham narsa qolmaguncha sanashga doir mashqlarni bajarish orqali hosil 

qiladilar. So`ngra nol sonini raqam bilan belgilash qaratiladi. Shundan keyin 0 va 1 taqqoslashdan 

va 0<1 ekani o`rganiladi. O`quvchilarni 0 (nol) soni           1 dan oldinda turadi, degan xulosaga  

olib kelinadi. Shu yerda chizg`ichdagi belgilangan birinchi raqam Nega 1 emas, balki 0 nol ekanini 

tushuntirish maqsadga muvofiq. 

 

Shunday qilib o`ng ichida sonlarni nomerlashni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi 



bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni egallab olishlari kerak. 

1. 1-10 sonlari va ketma-ketligini puxta o`zlashtirish, ularni o`qish, yozish. 

2. Har qaysi sonning sonlar qatoridagi «o`rni» ni bilish. 

3. Sonlarni  taqqoslashni  va  «>,  <, =»  belgilardan foydalanib, tegishli  yozuvlarni  ishonch bilan 

amalga oshirish. 

4. Sonlar tarkibini eslab qolish.  (bilish). 



 

Yüklə 286,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə