Reja o'rta maxsus ta'limning shakllantirilishi



Yüklə 173,66 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü173,66 Kb.
#133528
1   2   3   4   5   6
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY VA O\'RTA MAXSUS TA\'LIMNING SHAKLLANTIRILISHI

Oliy ta`lim muassasalari
Oliy ta`lim muassasalari yuridik maqomga ega. Respublikamizda oliy ta`lim muassasalarining quyidagi ko’rinishlari bor:


Universitet:


  • oliy va undan keyingi ta`lim uchun ta`limni bir necha yo’nalishda beradi;


  • turli sohalardagi mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi;


  • fanning turli yo’nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib boradi;


  • ilm sohasi bilan chambarchas bog’liq ilmiy va metodik markaz hisoblanadi.




Akademiya:


  • ta`lim sohasida ma`lum belgilangan oliy va oliy ta`limdan so’nggi ta`lim berishga mo’ljallangan o’quv dasturini bajaradi;


  • mutaxassislarning bilimlarini belgilangan tartibda malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi;


  • fan, madaniyat, san`at sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi;


  • o’z faoliyati doirasida etakchi ilmiy, metodik markazi hisoblanadi.




Institut:


  • oliy va oliy ta`limdan keyingi o’quv dasturlarini bajarishni ta`lim va fanning ma`lum bir me`yorida amalga oshiradi;


  • mutaxassislarni ma`lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug’ullanadi;


  • fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini olib boradi.


Oliy ta`lim olish uchun nodavlat muassasalarini tuzishga qonunchilik ruxsat beradi. Ushbu muassasaga davlat akkretaditatsiyani attestatsiya dan tegishli tartibda o’tgachgina bersa u o’qitish huquqiga ega.


Oliy ta`lim muassasalarining Attestatsiya u davlatga tegishli yoki xususiyligidan qat`iy nazar, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish Boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tasdiqlagan, Davlat test markazi tomonidan qabul qilingan pedagogik kadrlar va ta`lim muassasalarining attestatsiyadan o’tkazish Nizomi asosida oliy ta`lim muassasalarining professor-o’qituvchilar jamoasi attestatsiyasidan o’tkaziladi. Attestatsiya natijalariga ko’ra istalgan oliy o’quv muassasasi davlat akkreditasisidan mahrum etilishi mumkin.
Eksternat — oliy ta`lim dasturiga muvofiq oliy ta`lim muassasasining o’qitiluvchi tartibini keyingi(joriy va kuniy) attestatsiyagacha tanlangan yo’nalish (mutaxassislik) bo’yicha mustaqil o’rganish.
Masofaviy ta`lim — asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta`lim muassasasidan uzoqda o’quv dasturidagi mavjud bilimlarni o’zlashtirish. U zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyaning texnik vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Kunduzgi o’qitish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashning yo’nalishlari ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


Yüklə 173,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə