Reja: O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimi



Yüklə 37 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü37 Kb.
#145773
MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA TA


MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA TA'LIM TIZIMI
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimi
2. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari 3. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari.

O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlab quyidaicha ta`lim tizimi joriy qilingan edi. Taʼlimning oʻz ichiga maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasbhunar taʼlimini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar taʼlimining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etiladi. Aspirantura va doktorantura faoliyati rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha raqobatbardosh taʼlim muassasalari vujudga keltiriladi. Taʼlim muassasalarini hududiy yoʻnalishga oʻtkazish va tarkibiy tuzilmasini oʻzgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi taʼminlanadi.[1] Maktabgacha ta’lim Maktabgacha taʼlim, 6 -7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha taʼlim muassasalarining asosiy maqsadlari:  Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlat bilan tanishtirish;  Bolalarga yuqori maʼnaviy va odob ahloq asoslarini shakillantirish;  Bolani intellektual rivojlantirish;  Bolalarning jismoniy va ruhiy sogʻligini mustahkamlash;  Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va isteʼdodlarini rivojlantirish. Umumiy o’rta ta’lim[tahrir] Boshlangʻich taʼlim (1-4 sinflar), umumiy oʻrta taʼlim (1-9 sinflar). Boshlangʻich taʼlim Oʻzbekistonda majburiy, bepul va barchaga taaluqli hisoblanadi. Umumiy oʻrta taʼlim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qoʻyib, boshlangʻich professional yoʻnalishni va taʼlimning keyingi pogʻonasini tanlashda koʻmaklashadi. O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim.[tahrir] Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi kunduzgi koʻrinishda ikki yoʻnalishda akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarda amalga oshiriladi. Kasb-hunar kollejlar Akademik litseylar Majburiy. 3-yil. 3ta bosqich Majburiy. 3 yil. 3ta bosqich Oʻrta maxsus va kasb taʼlimini beradigan oʻquv dargohidir. Kasb-hunar oʻrgatilib, malaka shakillantiriladi Oʻquvchilarning bilimlari, aqliy salohotini oshirishga qaratilgan, ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida yoʻnaltirilgan. Oʻquv yili ikki semestrdan iborat Oʻquv yili ikki semestrdan iborat Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy hokimiyatning bajaruvchi organlari tomonidan rivojlangan korxona yoki muassasalardan vasiylar tayinlanadi. Oliy oʻquv yurtlari qoshida ochiladi. Oliy ta’lim[tahrir] Universitetlar, akademiyalar, institutlar. (Bakalavriat, magistratura). Universitet Akademiya Institut Oliy va undan keyingi taʼlim uchun taʼlimni bir nechda yoʻnalishda beradi. Taʼlim sohasida belgilangan oliy va oliy taʼlimdan soʻnggi taʼlim. Oliy va oliy taʼlimdan keyin oʻquv dasturlarini bajarishni taʼlim va fanning maʼlum bir meʼyorida amalga oshiradi. Turli sohalardagi Belgilangan tartibda Mutaxassislarni maʼlum bir mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi. mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi. sohada qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shugʻullanadi. Fanning turli yoʻnalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib boradi. Fan, madaniyat, sanʼat sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini olib boradi. Ilm sohasiga bogʻliq metodik markaz hisoblanadi. Oʻz faoliyati doirasida yetakchi ilmiy, metodik markazi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi “Respublikada yangi oliy oʻquv yurtlari tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Urganch davlat universiteti Bir necha institut hamda ularning filiallari ochildi. Respublikada bugungi kunda jami 76 oliy oʻquv yurti faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan 3tasi Akademiya, 20tasi Universitet, 37tasi Institut, 1tasi Konservatoriya, 2tasi Oliy maktab (texnik, milliy raqs) va 8ta Respublika, chet el oliygohlar filiallari: Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona va Urganch, Toshkent tibbiyot pediatriya institutining va instituti Nukus filiallari, Rossiyaning I.Gubkin nomidagi Neft va gaz universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hamda G.Plexanov nomidagi Iqtisodiyot akademiyasining Toshkentdagi filiallari. Shuningdek, Singapur menejmenti rivojlantirish instituti, Vestminster universiteti, Toshkent shahridagi INHA universiteti hamda Turin politexnika universiteti. Bulardan tashqari bir necha maxsus Oliy harbiy bilim yurtlari ham koʻrsatmoqdalar. Oliy o’quv yurtidan keyin ta’lim[tahrir] Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti. Mustaqil izlanuvchilik. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni oliy oʻquv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida olish mumkin. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga koʻra fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash[tahrir] Kadrlar tayyorlashning milliy modeli.  Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼyekti va obʼyekti, taʼlim sohasidagi hizmatlarining isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchisi;  Davlat va jamiyat – taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi, kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;  Uzliksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, taʼlimning barcha turlarini, davlat taʼlim standartlarini, faoliyat koʻrsatish muhitini oʻz iciga oladi;  Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;  Ishlab chiqarish – kadrlarga boʻlgan ehtiyojini, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilovachi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan taʼminlash jarayonining qatnashchisi. Kadrlar tayyorlash dasturini ro’yobga chiqarish bosqichlari[tahrir] Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich roʻyobga chiqariladi.  Birinchi bosqich (1997-2001) – mavjud qadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratish.  Ikkinchi bosqich (2001-2005) – Milliy dasturni toʻliq roʻyobga chiqarish, mehnat bozori rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.  Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) – toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Maktabdan tashqari ta’lim[tahrir] Bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, sport maktablari, sanʼat maktablari, studiyalar va kutibxonalar va boshqa muassasalar. Ta`lim tizimi: islohot va natijalar[tahrir] “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyalar haqida eslash o‘rinlidir. Anjumanda dunyodagi 8 ta nufuzli xalqaro tashkilot va 48 davlatdan 270 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ularning barchasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy dasturi doirasida yurtimizda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlarida bo‘lib, O‘zbekistonda taʼlim sohasida shakllangan samarali modelni yuksak baholadilar, bu borada to‘plangan tajribalarni boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida tavsiya etish mumkin, degan xulosaga keldilar.[2] Oʻzbekiston Respublikasida kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va umumtaʼlim maktablari (2015-yil) Viloyatlar Maktablar Akademik litseylar Kasb-hunar kollejlari Qoraqolpag'iston Respublikasi 759 10 91 Andijon 751 12 117 Namangan 684 10 108 Farg'ona 918 12 144/2* Buxoro 532 8 80 Xorazm 533 6 85 Surxondaryo 884 5 116/6* Qashqadaryo 1091 7 136/14* Jizzax 553 4 75 Navoiy 374 4 47 Samarqand 1217 14 160/2* Sirdaryo 303 4 47 Toshkent 887 6 121 Toshkent shahri 330 41 79 Jami 9816 143 1406/24* *kasb-hunar kollej filiallari Ta'lim to'g'risida qonun[tahrir] OʻZBEKISTON RESPUBBLIKASI OLIY MAJLISINING TAʼLIM TOʻGʻRSIDAGI QARORI Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi: E.Halilov Toshkent shahri,1997 -yil 29 -avgust Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:  Taʼlim toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.  Belgilab qoʻyilsinki Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning umumiy oʻrta taʼlim olishga, uch yillik akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida oʻqishga hamda oliy maʼlumotli mutahassislar tayyorlashga taaluqli 12,13 va 14 moddalaridagi qoyidalar Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan muddatlarda joriy etiladi.  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi hukumat qarorlarini Taʼlim toʻgʻrisdagi qonunga muvofiqlashtirilsin.Vazirlikiar va idoralar maskur qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari taʼminlansin.  Belgilab qoʻyilsinki qonun hujjatlari Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunga muvvofiqlashtirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi.  1992 yil 2 iyulda qabul qilingan Taʼlim toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Ahborotnomasi,1992 yil, 9,1993 yil -6 ,268 modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.[3] O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat:  davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;  ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;  ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir. O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi:  maktabgacha ta`lim;  umumiy o’rta ta`lim;  maktabdan tashqari ta`lim;  o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi;  oliy ta`lim;  oliy ta`limdan keyingi ta`lim;  malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash. Ta`limni boshqarish organlari Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti va xalqaro mashhur xorijiy OTMlari (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:  ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;  davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;  ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;  ta`lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash;  ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash;  boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi hududida ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;  qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli ekanligini o‘rnatish;  davlat ta`lim standartlarini belgilash;  davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash;  ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;  davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash;  ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;  qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar. O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyatini bevosita boshqarishni ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi. XTV - maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta`lim maktablari faoliyati uchun mas`uldir. XTV boshqaruvida 5 ta oliy ta'lim muassasasi va 16 ta o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta`lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bo’limlariga ega. ƠzR XTV tizimi tashkiliy tuzilmasi OO’MTV - respublikada oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Vazirlik o’z faoliyati bo'yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Vazirlik tizimiga O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Oliy va o’rta maxsus ta`lim, kasb-hunar ta`limini rivojlantirish markazi va idoraviy mansub oliy o’quv yurtlari kiradi. ƠzR OƠMTV tizimi tashkiliy tuzilmasi Davlatimiz fuqarolarining bilim olishlari O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasi yoshlar tarbiyasida ta`lim muxim ahamiyat kasb etadi. Vatan ostonadan boshlanganidek, bolalarimiz ta`lim-tarbiyasi oiladan boshlanadi. Demak, kelajak avlodimiz har taraflama yetuk, sog’lom, bilimli, o’z vataniga sadoqatli bo’lib yetishishi uchun har birimiz mas`ulmiz. E`tiboringizga ta`lim tizimining asosiy boshqaruv organlari, XTV va OO’MTV to’g’risidagi Nizomlarni havola qilamiz. Ta`lim va tarbiya to’g’risidagi fikr-mulohazalaringizni forumning "Ta`lim" bo’limida bildirishingiz mumkin. Buning uchun albatta forum ro’yxatidan o’tishingiz shart. Umumiy ma'lumot. O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat:  davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;  ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;  ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir. O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi: - maktabgacha ta`lim; - umumiy o’rta ta`lim; - o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi; - oliy ta`lim; -oliy ta`limdan keyingi ta`lim; - malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash; - maktabdan tashqari ta`lim. Ta`limni boshqarish organlari. Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompetentsiyasiga quyidagilar taalluqli  ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;  davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;  ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;  ta`lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash;  ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash;  boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi hududida ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;  qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli kanligini o‘rnatish;  davlat ta`lim standartlarini belgilash;  davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash;  ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;  davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash;  ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;  qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar. O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim tizimi. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta`lim umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi. O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u erga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissi ning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:  Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;  Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;  Bolalarni milliy va umuminsoniy yutik va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;  Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;  Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash; Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok tadilar. O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz va qozoq tillarida olib boriladi. Umumiy o’rta ta`lim tizimi. Umumiy o’rta ta`limning maqsadi ishtirokchilarni madaniy va maishiy, xalq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan fan asoslarining tizimli bilimlari, mahorat va malaka bilan qurollantirishdan hamda maxsus ta`lim olish (kasb-hunar, texnik, o’rta, oliy) imkoniyatini yaratishdan iboratdir. O’zbekistonda majburiy, bepul, muddati 9 yildan iborat bo’lgan umumiy o’rta ta`lim mavjud bo’lib, u boshlang’ich (1-4- maktab sinflari) va o’rta (5-9- maktab sinflari) ta`limga bo’lingan. Boshlang’ich ta`lim umumiy o’rta ta`lim olish uchun zarur bo’lgan bilim va malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yo’naltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich ta`lim O’zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga etgan barcha bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan bolalar) boshlang’ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang’ich ta`limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola boshlang’ich maktabni tugatar kan, u o’qish, yozish va hisoblash mahoratiga ga bo’lishi kerak. O’quvchiga nazariy fikrlash elementlari, o’rgatilgan harakatlarni boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari, sog’lom hayot tarzi va jamiyatda o’zini tutish bilimlari ham berib boriladi. O’quv fanlarining sifat va tirkibi boshlang’ich maktabda, maktab turi va o’qitish sharoitlariga ko’ra o’zgarib turadi. Maktabning barcha birinchi sinf o’quvchilari bepul o’quv kitoblari va o’quv asboblari bilan ta`minlanadi. 1996 yildan beri kam ta`minlangan oilalardan bo’lgan 1-9- sinf o’quvchilari har yili davlat byudjeti hisobidan o’quv ashyolari hamda qishki kiyim komplektlari bilan ta`minlanadi. O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta`lim tashkil qilinishi va tarkibiga ko’ra bir - biri bilan bevosita bog’liq. Har bir umumta`lim maktabi ikkala pog’onada umumiy o’rta ta`limni amalga oshiradi. Bu boshlang’ich maktabda bitiruvchilarning to’liq hisobini olib borishni va umumiy o’rta ta`lim tizimida uzluksizlikni ta`minlaydi. Umumiy o’rta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo’yib, boshlang’ich professional yo’nalishni va ta`limning keyingi pog’onasini tanlashda ko’maklashadi. Umumiy o’rta ta`lim boshlang’ich ta`limning mantiqiy davomi bo’lsa ham, tarkibiy sifatiga va o’qitish uslubiga ko’ra farq qiladi. Umumiy o’rta ta`lim ishtirokchining ijtimoiy mavqeini belgilab olishga bo’lgan ishtieq, qiziqish va qobiliyatlarini, uning shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlaydi. O’quvchi o’rta maktabda fan asaslari bo’yicha tizimli bilimlarni oladi. Ta`lim jarayonida keng duneqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bo’ladi. Xalqning boy ma`naviy va madaniy me’rosi bilan tanishtirib borish orqali bolada atrofdagi olamga bo’lgan g’amxo’rlik hissi uyg’otib boriladi. O’rta maktab o’quvchilar uchun maktab fanlarini mustaqil o’rganishga keng imkoniyatlar ratib beradi. O’rta ta`limning tarkibiy qismiga majburiy va qo’shimcha komponentlar kiradi. Majburiy komponent davlat ta`lim stanlartlari bilan aniqlanadi va ishtirokchining minimal kerakli tayyorgarlik darajasini belgilaydi. Uning muvaffaqi ti o’rta ta`lim muassasalari tomonidan kafolatlanadi. Bu komponent davlat va jamiyat buyurtmasi, shaxsning qiziqish va talabi asosida belgilanadi. Qo’shimcha komponent ishtirokchining talab va qobiliyatidan, maktabning moddiy-texnik va kadrlar bilan ma`minlanganlik darajasidan, territoriyaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga bo’lgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qo’shimcha o’quv vazifalar hajmi Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan belgilangan normativlar asosida taqsimlanadi. Maktabning o’quv tarbiyaviy ishlari, Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Bazisli uquv rejasi va umumiy o’rta ta`limning o’quv dasturlari orqali amalga oshiriladi. Umumiy o’rta ta`lim qatnab o’qish va bitiruvchilarning kuniy attestatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestatlar beriladi. Mustaqil ravishda umumiy ta`lim dasturini o’zlashtirgan ishtirokchilarga, Xalq ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ksterna haqidagi nizomga asosan, eksterna tartibda attestatsiyadan o’tish huquqi beriladi. O`rta maxsus kasb-hunar ta'limi.O’rta maxsus ta`lim kasb-hunar ta`limining bir shakli bo’lib, asosiy maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo’g’inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori malaka va ko’nikmalarni talab qiluvchi ma`lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi o’z ishining ustalarini bo’lgan – texnik, agronom, boshlang’ich sinf o’qietuvchilari, fel dsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. O’rta maxsus ta`lim mutaxassislari qatoriga kasbiy tayyorgarlikning yuqori bosqichi talab etiladigan balet, sirk artistlari, ayrim badiiy mutaxassislar ham kiradi. O’rta maxsus ta`lim umumiy o’rta ta`limda amaliy va nazariy bilimlar bilan bir qatorda kasb-hunarga oid bo’lgan malaka va ko’nikmalarni ma`lum bir sohada rivojlantirishga qaratilgan. Uch yilga mo’ljallangan majburiy o’rta maxsus kasbhunar ta`limi (O’MKHT) uzluksiz ta`lim tizimining mustaqil ko’rinishi hisoblanadi. U O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshiriladi. O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi 2009 yildan boshlab majburiy hisoblanib, umumiy o’rta ta`lim maktabining bitiruvchilari xohishlariga binoan o’qish yo’nalishini – akademiyak litsey yoki kasb-hunar kollejini tanlaydilar. O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi bitiruvchilarni mehnat bozorida o’z o’rinlarini topishlari uchun aniq bir yo’nalishda ham umumta`lim fanlari bo’yicha bilim berib, ham kasb-hunar ta`limini beradi. Umumiy o’rta ta`lim negizida har bir bitiruvchi o’qish yo’nalishi bo’yicha yoki kasb-hunar ta`limi kollejini, yoki akademiyak litseyni tanlashi mumkin. O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi kunduzgi ko’rinishda ikki yo’nalishda akademiyak litseylarda va kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi. Kasb-hunar kollejlari kasb ta`limi bilan bir qatorda akademiyak litseylar kabi o’rta maxsus ta`lim ham berib, bu keyinchalik yoki uzluksiz ta`limni davom eettirish, yoki bo’lmasam mutaxassisligi bo’yicha ish bilan shug’ullanish imkonini beradi. Akademiyak litsey –o’qish uch yilga mo’ljallangan o’rta maxsus yo’naltirilgan o’quv dargohi bo’lib, davlat ta`lim standartiga mos ravishda o’quvchilarning bilimlari aqliy salohi tini oshirishga qaratilgan, ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida yo’naltirilgan holda chuqurlashtirib beriladi. Akademiyak litseylarda o’quvchilar ta`lim yo’nalishini ixtiyoriy ravishda - gumanitar, tabiiy fanlar yo’nalishi tarzida tanlaydilar. Akademiyak litseylar oliy o’quv rtlari qoshida ochilgan bo’lib, qoidaga muvofiq asosiy e`tibor oliy o’quv yurtlarining yuyuqori malakali o’qietuvchilarini litseydagi o’quv jarayoniga jalb etish, kerak bo’lsa OO’ning tajriba maydonlari, kutubxonalaridan litsey o’quvchilarining foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir. Akademiyak litseydagi yo’naltirilgan, chuqurlashtirilgan o’quv jarayoniga zarur bo’lsa ilmiy – tadqiqot muassasalari ham jalb qilinadi. Bunday holatlarda Oliy va O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi Vazirligining ruxsati bilan kelishilgan tarzda ish olib boriladi. Kasb-hunar kollejlari – o’rta maxsus va kasb ta`limini beradigan o’quv dargohi bo’lib, unda uch yil mobaynida ta`lim olinadi. Davlat ta`lim standartlariga muvofiq kollejda umumiy o’rta ta`lim va chuqurlashtirilgan holda kasb-hunar o’rgatilib, malaka shakllantiriladi. Kollej bitiruvchilari yo’nalishlari asosida bir yoki bir nechta kasbni gallashlari mumkin. Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy hokimiyatning bajaruvchi organlari tomonidan rivojlangan korxona yoki muassasalardan vasiylar tayinlanadi. Shuningdek, kollej yo’nalishiga mos yo’nalishga ga bo’lgan oliy o’quv yurti tomonidan vasiylik qilinadi. O’quv muassasasining maqsadi o’rta-maxsus kasbhunar ta`limi berishdir. Kollejda ta`lim tizimining dual tizimi asosida ikki tomonlama kasb va ta`lim dasturlari asosida bilim beriladi. Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy o’rta ta`lim va kasb ta`limi dasturlari quyidagi tarzda qo’llanadi: Uchta bosqichda.  Har bir bosqichda o’quv jarayoni nihoyasiga etgach, o’quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat o’tkaziladi.  O’quv yili ikki semestrdan iborat hamda o’quv ta`tillari 10 yoki 12 hafta davom etadi.  O’quvchilar guruhlarga o’qitish kurslari, yo’nalishlari asosida ajraetiladi.  Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlari uchun auditori mashg’ulotlari uchun akademiyak soat 40 minut qilib belgilangan. Zarurat yuzasidan mashg’ulotlar juftlik soatlarga birlashtirilishi mumkin. Oliy ta`lim tizimi. “Oliy ta`lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo’llagan va o’z ustida ishlagan holda nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi. Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir. Oliy ta`lim tizimi quyidagicha tuzilgan:  xususiy yoki davlat qaramog’ida kanligidan qat`iy nazar ta`limiy hamda kasbga tayyorlash dasturlarini davlat ta`lim standarti asosida tatbiq etuvchi oliy ta`lim muassasalari;  oliy ta`limni rivojlanishiga zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari;  davlat tomonidan ta`limni boshqaruvchi idoralar, shuningdek, ularga qarashli bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar. Oliy ta`lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura. Bakalavriat — bu to’rt yil davom etuvchi yo’naltirilgan nazariy va amaliy bilim beruvchi oliy ta`limning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bakalavr dasturini o’qitish niho siga etgach talaba davlat attestatsiyasining kuniy xulosasiga muvofiq o’qitilgan yo’nalish asosida “bakalavr” darajasiga loyiq deb topiladi hamda davlat namunasida ko’rsatilgan diplom beriladi. Magistratura — bu ikki yil davom tadigan aniq yo’nalish asosida nazariy hamda amaliy bilim beruvchi, bakalavrni bitirgachgina tanlov asosida ta`lim olish davom ttirilishi mumkin bo’lgan oliy ta`lim bosqichi. Magistraturada o’qish kunlangach bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi kommisiyasining kuniy xulosasiga muvofiq aniq mutaxassisligi ko’rsatilgan “magistr”lik darajasi va magistrlikni tasdiqlovchi davlat namunasida ko’rsatilgan diplom beriladi. Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari diplom egalariga mutaxassisliklari bo’yicha kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki o’quv muassasasida kelgusida o’qishni davom ettirish imkonini beradi. Oliy ta`lim muassasalari. Oliy ta`lim muassasalari yuridik maqomga ega. Respublikamizda oliy ta`lim muassasalarining quyidagi ko’rinishlari bor:  universitet — oliy ta`lim dasturini bajarishda talabalarga gallayotgan sohasi bo’yicha yoki keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e`tibor qaraetiladi;  akademiya — oliy ta`lim dasturini bajarishda oliy ta`lim berish bilan bir qatorda keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo’nalishga tayyorlaydi;  institut — barcha oliy ta`lim muassasalari kabi oliy ta`lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yo’nalishga qaratilgan bilim beriladi. Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir. O`ZBEKISTONDA UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Muallif(lar):M.A.Masharipova[1] , Saidjonov B. S.2 , Rahimova D.O Nashr ma`lumotlari: // Mamlakatimiz ta’lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining roli va ahamiyati // Тошкент - 2015 . To‘plamni yuklash uchun havola:To’plam O`ZBEKISTONDA UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bolib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek,‖ Ta`lim – tarbiya sohasining yaxlit , uzliksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash jumladan , umumiy o`rta ta`limdan boshlab o`rta maxsus , kasb – hunar hamda oliy ta`limgacha bo`lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlarini izchil davom ettirish lozim ‖ 11 Darhaqiqat, uzluksiz ta‘lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma`lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. Malumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish , tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish , dunyoqarashini shakllantirish , nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi. Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab beradi . Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim turlarini o‘z ichiga oladi: -maktabgacha ta‘lim; -umumiy o‘rta ta‘lim; -o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi; -oliy ta‘lim; -oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim; -kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; -maktabdan tashqari ta‘lim. O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin. Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko`rinadi. Lekin , har qanday yangilik boshqa yangilikning kirib kelishiga turtki bo`ladi. Respublikamizda kasb – hunar kollejlari va akademik litseylar tizimini shakllanganligi , ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o`rni beqiyos, hatto chet ellarda tan olindi. Bundan tashqari ta`lim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori darajada ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tarkibiy qismlarining funksiyalari aniq belgilangan va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni tizimli bajarilishini ta‘minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash o‘zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ba‘zi holatlarga e‘tibor bilan qarash imkonini beramaydi. Shu bilan birga,uzluksiz ta‘lim kasb-hunar kollejlarida amaliy ko‘nikma va bilimlarni berishda, oliy ta‘limning sifati ta‘minlanayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ushbu kollejlarda malakali mutaxasislarni tayyorlash mumkin. Bu jarayonga oliy ta‘lim muassasalari mutaxasislik fanlari o‘qituvchilarini jalb etish bilan ikki ta‘lim turi o‘rtasidagi integratsiyani jadallashtirish mumkin. Shu bilan birga,oliy ta`limning zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ikki bosqichli tizimi - bakalavr va magistratura yaratilishi ta`lim tizimida yuksak malakali kadrlar yaratish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga amaldagi oliy malakali ilmiy va ilmiy –pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish tizimining kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ta`lim tizimidagi o`zgarishlarning mantiqiy davomi sifatida tubdan isloh qilishning ob`ektiv zarurati bugungi kunda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Yetuk qadrlarni tayyorlashda oliy ta‘lim tizimining o‘rni beqiyos ahamiyatga ega ekanligi uzluksiz ta‘limning bu bo‘g‘iniga qaratilayotgan e‘tibordan ham bilib olishimiz mumkin. Buni quyidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar miqiyosida ham ko‘rishimiz mumkin: 2011-2012 O‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga qat‘iy talab qo‘yildi:-birinchidan, ular zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini; -ikkinchidan, xorijiy tillar , ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o‘quv dasturlari har bir ta‘lim yo‘nalishining o‘ziga hosligidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirilmoqda. Ma‘lumki xorijiy tilni bilish allaqachon davr talabiga aylanib ulgurdi. Prezidentimizning 2012yil 10-dekabrdagi ‖Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi Qarori chet tillarini o‘rganishning kompleks tizimini ya‘ni uyg‘un kamol topgan yuksak ma‘rifatli, zamonaviy tomonidan yuksak fikrlaydigan yosh avlodni shakillantirish , O‘zbekistonning jahon ahamiyatiga integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizimni yanada kuchaytirishni nazarda tutdi.Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxasislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha 2011-2016- yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish uchun 277 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganligi diqqatga sazovordir. O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dunyoning barcha davlatlari baholanmoqda. Ko‘plab xorijiy davlatning nufuzli shaxslari bizning ta‘lim tizimimiz to‘g‘risida ijobiy fikrlarni bildirishmoqda. Xususan, Dortmund texnika universiteti professori Gabriele Mentges ta`kidlaganidek,‖Mamlakatingizda iqtidorli o‘qtuvchi va talabalarni davlat tomonidan keng miqiyosda qo‘llab quvvatlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Imtiyozli stipendiyalar va mukofotlar joriy etilgan, ko‘rik tanlovlarni muntazam o‘tkazish yaxshi an‘anaga aylangan.‖1[2] Ayni chog‘da o‘zbekistonlik yoshlar xalqaro olimpiyadalar, san‘at va madaniyat ko‘rgazmalarida hamisha yuqori saviyada qatnashib kelmoqdalar. Ularning hammasi mamlakat raxbarining ta‘limtarbiya sohasiga qaratayotgan yuksak e‘tibori, bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohatlar va kompleks chora tadbirlar samarasidir‖.Shunday iliq fikrlarni Rene Tollemer, Xalqaro tibbiyot akademiyasi ekspermizasi a‘zosi, Tuluza universiteti professori (Fransiya) , Lyuza Serdeyra, universiteti prorektori (Portugaliya) , Dayen Adachi, Vashington universiteti vitse- prezidenti yordamchisi (AQSh). Ushbu iliq fikrlarning bildirilishi bizning ta‘lim tizimimiz Jahon Hamjamiyati tomonidan tan olinganligini isbotlaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki yurtimizda buyuk ajdodlarimizga munosib izdosh bo‘lish uchun yoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning uchun , davlat boshqaruvi tomonidan , zaruriy ta‘lim yo‘nalishlarini va ular bo‘yicha bilim oladigan mutaxasislarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash yangi o‘quv-uslubiy asoslarni yaratish hamda boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozim. Shunday qilib , ‖Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ asosida mamlakatimiz ta‘lim tizimining imkoniyatlaridan foydalanish , uzluksiz ta‘limni yanada takomillashtirish asosida malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari.1 Ta’lim tor mahnoda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o’quv yurtlarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham mahlumot o’zlashtirish jarayonidir. Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o’ziga qamrab olib, respublikaning aql zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o’z mashuliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. SHuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi. Ta’lim faoliyati o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) mahlum bir tajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi axborotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimlardir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarni o’zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo’ladi); v) ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va usul tanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan axborotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuli – malakadan iborat bo’ladi). Insonning mahlum bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishida ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo’ladi. Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fantexnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy mahlumotga bo’lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi g’oyalarga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)larida ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib boradi. Ta’lim mohiyatiga ko’ra bu jarayonda ishtirok etuvchilarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining natijasidir. Ta’lim jarayonida shaxsning dunyoqarashi, qobiliyati, fazilat (xislat)lari o’zgaradi. Ta’lim jarayonida kishilik jamiyatining ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtiriladi va shu yo’l bilan u avlodlar orasidagi mahnaviy-madaniy, ijtimoiy, ijtimoiy vorislikni taminlaydi. Ta’limning metodologik asosini dealektik bilish nazariyasi tashkil etadi. KASBIY PEDAGOGIKA – umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish haqida qator nazariy va amaliy mahlumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi bir necha bo’limlariga bo’linib, bu bo’limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muhim malasalalarini, yahni kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. SHuningdek ularda kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shartsharoitlari, kasb-hunar ta’limi nazariyasi va kasb-hunar ta’limi huquqi o’rganiladi. KASB TA’LIM TEXNOLOGIYaSI - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning tizimi usuli bo’lib, u maqsadga erishishga yo’naltirilgan holda insonlarning o’rganish qobiliyati va ular o’rtasida muloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga hamda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillashtirishning jonli, jonsiz vositalari bilan shug’ullanishga asoslanadi. DIDAKTIKA – grekcha didaskien so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’tgataman mahnolarini anglatadi. Shunga ko’ra didaktika – bu o’qitish nazariyasidir. Didaktika ukitish jarayonining shakllari, metodlari,tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maksadlarini ishlab chikadi.
O'zbekistonda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Oʻzbekistonda maktabda oʻqish majburiy hisoblanadi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo'lib, ta’lim turlariga ko'ra quyidagilardan iborat:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • professional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi " Ta’lim to‘g‘risida" gi Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);

  • tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);

  • o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi[1].
Professional ta’lim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:

  • boshlang‘ich professional ta’lim;

  • o‘rta professional ta’lim;

  • o‘rta maxsus professional ta’lim.

Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi[2].
Oliy ta’lim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Oliy taʼlim muassasalari orasida mahalliy darajada eng yuqori baholanganlari Toshkent moliya instituti va Toshkent xalqaro Vestminster Universitetidir. Birinchisi Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 1991-yilda tashkil etilgan. Keyinchalik 2002-yilda Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “UMID” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi. Hozirda bu universitetlar Oʻzbekistonda ham, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham oʻz taʼlim sohasida eng yaxshi universitetlar sifatida eʼtirof etilgan.
2007-yilda Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Singapur davlatidagi menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.
2009-yilda Oʻzavtosanoat va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil etilgan. TTPU Mashinasozlik va Aerokosmik muhandislik, Qurilish va Arxitektura hamda Kompyuter injiniringg yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr dasturlarini taklif etadi.
Oʻzbekistonda xususiy va tadbirkorlik oliy ta’lim tizimi ham rivojlanmoqda. 2020-yilda TEAM universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 241-son qarori bilan xususiy tadbirkorlik universiteti sifatida tashkil etilgan[3]. TEAM universiteti OT 0007-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi [4].
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilimmalaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
Maktabdan tashqari ta’lim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent : O‘zbekiston, 2016. — 56 b.
2. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : O‘zbekiston, 2017. — 104 b.
3. Pedagogika. (Maʼruzalar matni. Prof. N.Gaybullayev taxriri ostida). T. „Universitet“. 1999.
4. O‘zbekiston Respublikasining „Taʼlim to‘grisida“gi Qonuni. T, 1997.
5. O‘zbekiston Respublikasi „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“. T, 1997.
Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə