Reja: Pedagogik muloqot uslublari. Muloqot madaniyati


Pedagogik muloqotda muomala madaniyati



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə4/4
tarix23.12.2023
ölçüsü5,62 Mb.
#155753
1   2   3   4
Pedagogik odob. Pedagogning muomila odobi

Pedagogik muloqotda muomala madaniyati.


Pedagogik muloqotda o’qituvchining eng yaxshi fazilatlari va hatti-harakatlari o’quvchining ideali sifatida namoyon bo’ladi. O’quvchining o’qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning hatti-harakati, pedagogik mahorati ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. O’qituvchi sub’ekti bilan, o’quvchi ob’ekti o’rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o’zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada o’quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Pedagogik muloqot madaniyati o’qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo’naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o’qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o’ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o’quvchilar qalbiga yo’l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar bilan o’zaro aloqa bog’lashga qaratilgan o’qituvchining pedagogik qobiliyatidir.
O’qituvchi o’quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
1. O’z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.
2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.
3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.
4. O’zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o’quvchi qalbiga yo’l topadi.
Muomala o’qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, o’zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o’qituvchi quyidagilarga qat’iy amal qilishi lozim:
- o’qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy jarayonga oid so’z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o’tkaza olishi;
- muomala ob’ekti bo’lmish o’quvchi diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-ishoralarni o’z o’rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi;
- o’quvchining ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o’quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi;
- o’quvchiga og’zaki, o’zaro ta’sir ko’rsatishning tarbiyaviy usullarini bilishi. O’qituvchining nutqi ravon, o’quvchi ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo’lishi.
Nihoyat, o’qituvchining o’quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o’quvchilarning hatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o’zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o’quvchilarning xulq-atvop usullaridan foydalanadi. O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi hamda o’rnini to’ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o’zaro munosabatlar doirasida sodir bo’ladi. Boshqarish vositasi bo’lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo’ladi.Pedagogik muloqot o’qituvchining pedagogik faoliyatida o’zaro axborot almashish jarayoni vazifasini bajaradi. O’qituvchi o’quvchilar bilan muloqot jarayonida bevosita o’z tarbiyalanuvchilari, umuman o’quvchilar jamoasi haqida, unda ro’y berayotgan turli ichki hodisalar haqida g’oyat xilma-xil axborotlarga ega bo’ladi va o’zining kelgusi ta’lim-tarbiyaviy rejalarini hamda pedagogik faoliyatini belgilaydi.
Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə