Reja: Pedagogik nazokat haqida tushuncha


Pedagogik nizolarning asosiy turlari



Yüklə 211,57 Kb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü211,57 Kb.
#140816
1   2   3   4   5   6   7
4. Pedagogik nazokat va xushmuomalalik, kasbiy pedagogic dilkashnin-fayllar.org

Pedagogik nizolarning asosiy turlari

Ichki shaxsiy nizo.

Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi.

Axloqiy nizo. SHaxslararo va guruhlararo nizolar.

Davomiyligiga ko‘ra pedagogik nizolar bir necha turlarga bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardir:

tezda yakun topadigan nizolar;

kuchsiz, sust kechadigan nizolar;

uzoq muddat davom etadigan nizolar;

kuchli, tez kechadigan nizolar.

Pedagogika nizoning echimi va uni boshqarish texnalogiyasi

Pedagogik nizolar, ziddiyatlarni, to‘qnashuv, qarama-qarshilik mojorolarni pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelmasligi uchun o‘qituvchi ziddiyatlarini olidini ola bilishi lozimdir. Zamonaviy tarzda biz nizolarni boshqarishimiz ziddiyatlarni munosabatlarini to‘g‘ri echimini topishimiz kerak. Islom Karimov aytganidek: “Ilm” ma’rifat biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qolmaydi ham. Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olamiz. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. SHunday ekan o‘qituvchi, o‘quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi kerak.

Jamiyatimiz keng qamrovchi bo‘lib u erda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. SHaxslararo nizolar albatta faoliyat turlarida namayon bo‘ladi. Masalan guruh misolida ko‘ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o‘zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo‘lganligi sababli u shaxslar o‘rtasida to‘qnashuv, majoro kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o‘z fikrini to‘g‘riligini isbotlay oladilar bunday holatlarda nizoni boshqarish o‘qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o‘rtasida nizolarni ko‘rishimiz mumkin. SHaxslar o‘z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarni echimini ham topadilar. O‘qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi. O‘qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o‘quvchilarda u haqda sodir bo‘lgan fikr ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o‘qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va o‘qituvchi foydasiga hal etiladi. O‘qituvchi obro‘sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o‘quvchining qadr-qimmatini erga uradilar, o‘quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o‘qituvchining noto‘g‘ri hatti-harakati sabab bo‘lgan. O‘qituvchining ishi axloqiy tarbiya talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Bolalar bilan muomola va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashishish lozim. Agar o‘qituvchi va o‘quvchi bir-birini tinglasa, o‘z-o‘zini ham tarbiyalaydi. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas. Tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar g‘oyalarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. SHuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglasa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.


Yüklə 211,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə