Reja: Pedagogik nazokat haqida tushuncha


Psixologlar o’qituvchining dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar



Yüklə 211,57 Kb.
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü211,57 Kb.
#140816
1   2   3   4   5   6   7
4. Pedagogik nazokat va xushmuomalalik, kasbiy pedagogic dilkashnin-fayllar.org

Psixologlar o’qituvchining dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar:

Psixologlar o’qituvchining dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar:

Birinchisi, ekstravert shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi ta’sirchanlikka moyil kishilardir.


Ikkinchisi, introvert shaxslar: Ular faqat o’z ichki olamiga beriluvchan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o’z-o’zini nazorat qilishga, doimo ichki xavotirga moyil kishilardir. O’qituvchining o’quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo’shilib keta olishi nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o’quvchilar orasida olib boriladi. O’zaro munosabatlarni ishonch va do’stlik tuyg’ulari bilan mustahkamlab borish o’qituvchidan jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun o’qituvchi avvalo, turli xarakterdagi o’quvchilardan iborat bo’lgan, sinf jamoasida tez-tez o’zgarib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o’z munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o’quvchilar hatti-harakatini to’g’ri idrok etishi, vaziyatlarni oldindan ko’ra bilishi, tarbiyaviy metodlarni o’z o’rnida qo’llashi, o’quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy an’ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat, odamiylik va mehr-oqibat tuyg’ularini ko’rsata olishi shart. Bu vazifalar o’qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo’lgan pedagogik nazokat deb atalmish faoliyatning zarur shartidir.
Pedagogik nazokat – o’qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg’usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig’indisidir.
Pedagogik nazokat me’yorlari o’qituvchidan avvalo komil insonga xos hislatlarga ega bo’lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo’lib, u davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazish o’qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat o’qituvchisining o’zi avvalo komil inson bo’lishi, mukammal bilimlar sohibi, etuk insoniy fazilatlar egasi bo’lishi zarur. O’qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi:pedagogik nazokat o’qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib, takomillashib boruvchi jarayon;pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo’lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi;o’qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o’zgartirishi mumkin;o’qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab etiladi; pedagogik nazokatni o’qituvchi har bir o’quvchi bilan o’zaro munosabatda o’zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlashi lozim. O’qituvchi pedagogik nazokatga ta’lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho berishi bilan, o’quvchilarning hatti-harakatini to’g’ri idrok etishi, sabot, o’zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirishi bilan erishadi. O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi, pedagogik faoliyatda o’z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo’yligi, axloqiy pokligi, odamiyligi, kamtarligi pedagogik nazokatning zarur talabidir. O’z kasbini sevgan o’qituvchigina butun kuch g’ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga bag’ishlaydi va o’z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo’lish o’qituvchi axloqiy qiyofasida muhim ahamiyatga ega. O’qituvchining mehribonligida talabchanlik va qattiqqo’llik hislatlari mujassamlashgan bo’lishi kerak.O’qituvchi deyarli har kuni o’quvchilar bilan uchrashadi, savol-javob qiladi, ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo’ya hatti-harakatlari uchun tanbeh berib, lozim bo’lganda tarbiyaviy metodlarni qo’llaydi.Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doimiy ijodiy izlanishda bo’lgan o’qituvchi tadqiqotchilik ko’nikma va malakalariga ega bo’ladi, ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixologiyasi yuzasidan erkin fikr yurita oladi. Xullas, bo’lajak o’qituvchi pedagogik odob va axloq qoidalarini o’zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib borishi zarur.O’qituvchi o’quvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimiga ma’lum darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini o’rganishga harakat qilishi kerak. Bu narsa o’quvchilar bilan suhbatlashish orqali, fe’l-atvorini o’rganish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish, ular hayotidagi turli voqealar va muammolarni birgalikda tahlil qilish, ular muhitida ro’y berayotgan hodisalarga nisbatan fikr-mulohazalarini bilish asosida amalga oshadi. Bunda u o’quvchilar jamoasida ro’y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib bo’lmaydigan yashirin hodisalar va voqealarni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi. Natijada o’qituvchi ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o’z oldida turgan vazifalarni hal etishda o’quvchilarning o’zlarini ham jalb qila oladi.Ijobiy natijalarga erishish uchun, o’qituvchi o’quvchilarning ishonchini qozona olishi shart. Yosh o’quvchi “do’st”lar ishonchini qozonish yoki ishonchiga kirish uchun pedagogik nazokat imkoniyatlarini o’z o’rnida qo’llay olishi lozim. O’zaro ishonch munosabatlari o’rnatilgach, o’quvchilar og’ir damlarda o’qituvchidan yordam so’rab murojaat qiladilar, o’z mulohazalarini u bilan baham ko’radilar. O’zaro ishonch norasmiy munosabatlarda ham o’qituvchiga o’quvchilarning ba’zan anglab bo’lmaydigan ichki dunyosini ko’rish imkoniyatini beradi. O’quvchilar bilan munosabatlarda pedagogik nazokatni qo’llash natijasida:
o’qituvchi o’quvchilarning xarakterini, ichki dunyosini yaxshi bilib oladi, shundagina o’quvchilar bilan munosabatda xushmuomalali bo’lish imkoniyatlari paydo bo’ladi;o’qituvchi o’quvchilar bilan chin ko’ngildan bir-biriga yaqin bo’ladi, ba’zi daqiqalarda eshitmasligi kerak bo’lgan ularning gaplarini eshitmasdan o’tib ketishi mumkin, negaki o’zgalarning unga qaratilmagan gapini tinglash odobsizlikdir;o’qituvchi ba’zan o’quvchilar jamoasining kundalik ishlariga aralashmasligi, jamoada ro’y beradigan ba’zi ko’ngilsiz hodisalarni ijobiy hal etishni ular zimmasiga havola etishi mumkin Bularning hammasi o’qituvchining o’quvchilar bilan bo’ladigan kichik ixtiloflariga, kelishmovchiliklarga barham beradi. Har qanday mutaxassis odob va axloq namunalariga ega bo’lishi tabiiy, lekin pedagogik nazokat va odoblilik mutlaqo o’zgacha harakatni va muomalani talab qiladigan mahoratdir. Chunki bu hislatlar faqatgina pedagogik qobiliyat va iste’dodga ega bo’lgan o’qituvchida yillar davomida shakllanadi. Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi. O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini shakllantirishi kerak. Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi. Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat. Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama-qarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir. Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘z guruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedagog har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak.

Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo‘lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo‘ladilar. Guruh rahbarining asosiy vazifasi o‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta’sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. O‘qituvchi tomonidan shularga e’tibor berilsa, pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lishni bartaraf etadi. O‘quvchi-bilan o‘qituvchi o‘rtasida kontakt ya’ni masofa bo‘lishi lozim. O‘quvchi o‘qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo‘lishi, kerak. Nizo fani, pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi. O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Pedagogik nizo fani sifatida avvalom bor o‘qituvchining kasbiy-ahloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo‘lishdir. O‘qituvchi avvolo o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lmog‘i kerak, shundagina uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari o‘rinli, samarali bo‘ladi. Pedagogning talabchanligi adolatlilik bilan o‘zviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim. SHu bilan birgalikda o‘qituvchi adolatli bo‘lishi, o‘qituvchining axloqiy fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirini baholashning mezoni hisoblanadi. O‘quvchining bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham o‘qituvchidan adolatli bo‘lish talab etiladi. O‘qituvchi ma’suliyatli bo‘lishi va uning zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma’suliyati yuklanadi. Pedagog mana shu yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida nizo paydo bo‘lmaydi.


Yüklə 211,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə