Reja: Prokuratura faoliyatining asosiy yo„nalishlari va vazifalari


Prokuratura organlarining tizimi va tuzilishi



Yüklə 148,93 Kb.
səhifə2/3
tarix08.07.2023
ölçüsü148,93 Kb.
#119416
1   2   3
102-guruh Saxibova Dilrabo

Prokuratura organlarining tizimi va tuzilishi.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar, tumanlararo va boshqa hududiy prokuraturalardan iboratdir. Unga, shuningdek, transport, harbiy, tabiat muhofazasi prokuraturalari va boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar ham kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunning 18-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashishi departamenti tashkil etildi. Departamentga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Departamentni hamda uning joylardagi bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tarkibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan viloyatlar va tumanlar prokuraturalariga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalar, tuman prokuraturalariga ega bo‘lgan shaharlarda esa, tuman prokuraturalari bo‘ysunadigan shahar prokuraturalari tuzilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tuziladigan transport, tabiat muhofazasi prokuraturalari, boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar viloyatlar, tumanlar prokuraturalari, tumanlararo prokuraturalari yoki shahar prokuraturalari vakolati bilan faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi ichki qo‘shinlari va FVV bo‘linmalari harbiy prokuraturasini tashkil etish va uning ish tartibi «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonun, boshqa qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokuraturasi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. Jumladan, 1993 yil 7 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokuraturasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, harbiy prokuratura «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara turib, o‘z faoliyatini Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qo‘shinlarda, qorovul qo‘shinlarida, shuningdek FVV bo‘linmalarida qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga qaratadi. U quyidagilarni muhofaza qiladi:
– harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning muassasalari, harbiy o‘quv yurti, korxonalari va tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini. Harbiy prokuratura o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi:
a) barcha harbiy boshqaruv organlari, harbiy qismlar, harbiy o‘quv yurtlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, ichki qo‘shinlar va FVV bo‘linmalarining komandirlari, boshliqlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan, harbiy chaqiruvdagilar, shuningdek, Qurolli Kuchlar, ichki qo‘shinlar va FVV bo‘linmalarining ishchilari va xizmatchilari tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish paytida qonunlarga, nizomlarga va boshqa harbiy qonun hujjatlariga amal qilinishini nazorat qilish;
b) Qurolli Kuchlardagi surishtiruv, harbiy prokuratura tergovchilari organlari, shuningdek, MXX surishtiruv organlari, tergovchilari tomonidan harbiy sudlarga taalluqli jinoiy ishlarni tergov qilish paytida qonunlarga amal qilinishini nazorat qilish;
v) sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish paytida ishtirok etish va sud ishlari to‘g‘risidagi qonunlarning bajarilishini nazorat qilish;
g) gauptvaxtalar, shuningdek, hibsga olinganlarni va qamalgan harbiy
quruvchilarni saqlashning boshqa muassasalarida, intizomiy qismlarda hamda harbiy qismlarda harbiy sudlar belgilangan jazolarni o‘tashda qonunlar va harbiy nizomlarga amal qilinishini nazorat qilish.
Harbiy prokuratura Qurolli Kuchlarda, chegara qo‘shinlari, qorovul qo‘shinlari hamda FVV bo‘linmalarida jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bo‘yicha qonunlarning ijrosini nazorat qiladi. Uning zimmasiga jinoiy ishlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish, jinoyat qilganlarni javobgarlikka tortish, jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, ularning sabablari va sharoitlarini tugatish yuklangan

Yüklə 148,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə