Reja: Prokuratura faoliyatining asosiy yo„nalishlari va vazifalari



Yüklə 148,93 Kb.
səhifə1/3
tarix08.07.2023
ölçüsü148,93 Kb.
#119416
  1   2   3
102-guruh Saxibova Dilrabo


O‟zbekiston Respublikasi Prokraturasi
Reja:
  • Prokuratura faoliyatining asosiy yo„nalishlari va vazifalari
  • Prokuratura organlarining tizimi va tuzilishi
  • Prokuror nazorati sohalari Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar.

O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 118-moddasiga muvofiq, respublika hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O„zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo„ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. Prokuror barcha vazirliklar, idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunlarni aniq bajarishlarini nazorat qiladi. Prokuratura organlari o„z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo„ysunib amalga oshiradi. O„zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo„ysunuvchi prokurorlar O„zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 a vgustdagi «Prokuratura to„g„risida»gi (yangi tahriri) qonuniga muvofiq, barcha vazirliklar, davlat qo„mitalari, idoralar, davlat nazorati idoralari, hokimlar, shuningdek, kimga bo„ysunishidan, kimning tasarrufida bo„lishidan va mulkchilik shaklidan qat‟i nazar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar fuqarolar qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Prokurorlar davlat nomidan nazoratni amalga oshiradilar. Ular kim bo„lishidan qat‟i nazar, qonunni buzganlarga qarshi o„z vaqtida chora ko„rishlari shart. Prokuratura organlarini tashkil qilish, ular faoliyatining tartibi,
prokurorlar vakolati O„zbekiston Konstitutsiyasiga, «Prokuratura to„g„risida»gi qonunga va O„zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi boshqa qonun hujjatlariga asoslangan. «Prokuratura to„g„risida»gi qonunda ko„zda tutilmagan vazifalarni prokuratura zimmasiga yuklashga yo„l qo„yilmaydi.
Prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Prokuratura idoralarining faoliyati qonunning ustuvorligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga, O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek, davlat mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzumini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini g„ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta‟minlashga qaratilgandir.
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo„ysunuvchi prokurorlar o„z faoliyatini quyidagi yo„nalishlarda amalga oshiradilar:
  • inson va fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishni ta‟minlashga qaratilgan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;
  • barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilish;
  • jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi idoralarning qonunlarni ijro etishlarini nazorat qilish va ularning qonunlarni qo„llashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • sudlarda jinoiy ishlar ko„rib chiqilishida davlat ayblovini qo„llab- quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma‟muriy huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlarni hamda xo„jalik nizolarini qarab chiqishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo„lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
  • soliq intizomini mustahkamlashga, soliq valuta sohasidagi jinoyatlar

va huquqbuzarlarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoarat;
  • ushlanganlarni saqlash, dastlabki qamoq, sud tayinlagan jazo va majburiy xarakterdagi boshqa choralarni o„tash joylarida qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
  • Qurolli Kuchlarda qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish;
  • jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
  • qonunchilikni takomillashtirish va qonunlarni targ„ib qilishda hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ishtirok etish.

Respublikasi prokuratura organlari quyi pog„onadagi
O„zbekiston prokurorlar O„zbekiston
Respublikasi Bosh
yuqori pog„onadagi prokurorlarga bo„ysunish tartibida
yagona
prokurori boshchiligidagi markazlashgan tizimni tashkil etadilar. Ular nazoratni va o„z
vakolatlarini davlat hokimiyati hamda boshqaruv mahalliy idoralaridan, mansabdor shaxslardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda O„zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonunlarga, xalqaro va
davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) qat‟iy rioya etib, O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo„ysungan holda amalga oshiradilar.
Bosh prokuror va uning o„rinbosarlari O„zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, Oliy Majlis Senati tasdig„idan o„tganidan keyin lavozimlariga tayinlanadilar va ozod qilinadilar.
Qoraqalpog„iston Respublikasining Qoraqalpog„iston
Respublikasining Prokurori O„zbekiston
Bosh prokurori
Respublikasining oliy
bilan kelishilgan holda vakillik organi tomonidan

Yüklə 148,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə