Reja: Prokuratura faoliyatining asosiy yo„nalishlari va vazifalari



Yüklə 148,93 Kb.
səhifə3/3
tarix08.07.2023
ölçüsü148,93 Kb.
#119416
1   2   3
102-guruh Saxibova Dilrabo

Prokuror nazorati sohalari
Prokuror nazoratining quyidagi sohalari mavjud:
– qonunlar ijrosi ustidan nazorat;
– fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ketidan nazorat;
– jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarini ijro etilishi ustidan nazorat;
– ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida jinoiy jazolarni va jinoyat huquqiy ta’sirining boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat;
Quyidagilar umumiy nazorat predmetiga kiradi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, harbiy qismlar, jamoat tashkilotlari, partiyalar va harakatlar, mansabdor shaxslar qonunlarni bajarayotganligi, shuningdek, ular chiqarayotgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiqligi;
– shaxsning daxlsizligi to‘g‘risidagi, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquq va erkinliklari to‘g‘risidagi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi;
– iqtisodiy munosabatlarga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatga doir qonunlarga rioya etilishi;
– fuqarolarning qonunlarga rioya etishlari.
Prokuror aralashuvini talab qiladigan qonun buzilish hollari haqida arizalar yoki boshqa ma’lumotlar tushganda, shuningdek, yetarli asoslar bo‘lganda ham prokuror o‘z tashabbusi bilan qonunlar ijrosining tekshiruvlarini o‘tkazadi. Prokurorning xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatga bevosita aralashuviga, shuningdek, idoraviy boshqaruv va nazorat organlari faoliyatini amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Prokuror o‘z vakolati doirasida nazoratni amalga oshirish chog‘ida quyidagilarga haqlidir:
– xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning, tobeligidan, kimga qarashli ekanligidan va mulkchilikning shaklidan qat’i nazar, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, va birlashmalarning, harbiy qismlar, jamoat birlashmalarining hududi va binolariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni olib ko‘rishga;
– tekshirish uchun zarur bo‘ladigan qarorlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni talab qilib olishga, qonuniylikning ahvoli to‘g‘risida va uni ta’minlashga doir chora-tadbirlar haqida ma’lumotlarni olishga;
– davlat idoralari, harbiy qismlarning rahbarlari va mansabdor shaxslardan o‘z nazorati ostidagi hamda o‘z bo‘ysunuvidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish va taftish etishni tekshirishlar, idoraviy va noidoraviy ekspertizalar o‘tkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga;
– mansabdor shaxslar va fuqarolarni chaqirtirib, ulardan qonunlar buzilganligiga doir og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga.
Bunday qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, prokuror yoki uning o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
Xulosa
Qonunchilikni mustahkamlash faoliyatini muvofiqlashtirish bir necha bosqichga ega va turli organlar tomonidan tashkil etiladi. Bunday muvofiqlashtirishning eng yuqori va keng miqyosli bosqichi Oliy Majlis va O„zbekiston Respublikasi Prezidentining rahbarligida amalga oshiriladi. Huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish deganda, ushbu organlarning harakatlarini maqsad, vaqt, ijrochilar hamda harakat dasturi bo„yicha kelishib olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, muvofiqlashtirish kadrlar va vositalarni bosh yo„nalish bo„yicha yo„naltirishdir. Bu har bir organ o„z vakolati doirasida oldiga qo„ygan maqsadga yetishish uchun boshqa organlar bilan kelishgan holda jinoyatchilikka qarshi kurash usullari va metodlaridan foydalanib harakat qiladi deganidir. Bunda ishlab chiqilgan dastur va jinoyatchilikka qarshi kurashning
jinoyatlarning oldini olish va ularga
kelishilgan tadbirlar rejasi bo„yicha harakat qilinadi. Shundagina
qarshi kurashishda huquqni
muhofaza qilish organlarining faoliyatida ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
Mirenskiy B. A., Rahmonqulov A. X., Chinibayev H. J.
1.
O„zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari:
Darslik / Mas‟ul muharrir prof. M. M. Fayziyev. – T.: O„zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005. – 219 b.
  • O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. 2009 – yil.
  • O‟zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T., 2003.

Yüklə 148,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə