Reja: Qadimgi Hindiston davlati. Qadimgi Hindiston huquqining asosiy belgilari. Nikoh-oila munosabatlari. Qadimgi Xitoyning davlat tuzumi. Qadimgi Xitoy va Hindiston Qadimgi Hindiston davlati


Qadimgi Hindiston huquqining asosiy belgilari



Yüklə 72 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü72 Kb.
#152981
1   2   3
Qadimgi hindiston va qadimgi xitoy siyosiy mafkuralari

Qadimgi Hindiston huquqining asosiy belgilari. Qadimgi Hindiston davlati va huquqi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari avvalo huquq manbalarida o‘z aksini topgan. Qadimgi Hindistonning huquq manbalari sifatida vedalarni, dxarmashastralar, artxashastralarni, Manu qonunlarini va podsholar ediktlarini ko‘rsatish kerak.
Qadimgi Hindiston huquqi manbalari vedalar, dxarmashastra (diniyhuquqiy, axloqiy yo‘l-yo‘riq)lar, artxashastralar (siyosat va huquq haqidagi asarlar) hisoblanadi.
Artxashastra o‘ziga xos yozma yodgorlik bo‘lib, uni Iskandar Maqduniyning zamondoshi mashhur mansabdor shaxs jamlagan. Davlatni idora qilish to‘g‘risidagi bu ajoyib asarda mamlakatning markazlashtirilgan va byurokratlashtirilgan davrining sharoitini aks ettiradigan bir qancha muhim maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar, farmoyishlar mavjud.
Dxarmashastralar dastlab braxmanlar tomonidan shogirdlari uchun qo‘llanma sifatida tuzilgan. Keyinchalik u artxashastralardan ham muhim huquq manbaiga aylangan. Eng qadimgi dxarmashastralar bo‘lmish Gautama, Baudxayana, Apastamba va Vasishtxa «dxarmasutralar» (sutratizma) degan nom bilan yuritilgan. Ular taxminan miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmida va yangi era oralig‘ida paydo bo‘lgan. Ana shu dxarmashastra asosida miloddan avvalgi II asr va milodning II asrida vujudga kelgan Manu qonunlari4 qadimgi hind qonunchiligida alohida o‘rin tutadi. U braxmanizm maktablaridan biri tomonidan tuzilgan bo‘lib, diniy kuch berish maqsadida afsonaviy podsho Manu nomi bilan atalgan.
Manu qonunlari tuzilishiga ko‘ra 12 ta bob, 2685 ta moddadan iborat. Undagi me’yorlar 2 misrali she’riy shaklda yozilgan. U mazmuniga ko‘ra diniy, axloqiy va huquqiy me’yorlar yig‘indisidan iborat. Huquqiy me’yorlar ko‘proq IV, VII, VIII va X boblarda belgilangan.
Huquq manbalari ichida odat huquqi ham muhim o‘rin tutgan. Hatto dxarmashastralarda urf-odatlarga ko‘plab havolalar uchraydi.
Bundan tashqari, hind huquqi rivojlanishining turli bosqichlarida podsholarning ediktlari – amr-buyruqlari ham huquqning muhim manbaini tashkil etgan. Ularning sudlar uchun qonuniy-majburiy kuchi artxashastralarda mustahkamlangan.
Qadimgi Hindiston huquq tizimi va institutlarini o‘rganish borasida Manu qonunlariga murojaat etish lozim bo‘ladi.
Mazkur huquqda mulk, mulkka egalik qilish shakllari, mulkiy huquqning tugash hollari belgilab qo‘yilgan. Mulkning asosiy turi yer bo‘lib, harakatdagi mulklar ham himoya qilingan. Mulkka egalik qilishda ayollar, bolalar hamda qullarning huquqi cheklab qo‘yilgan.
Fuqarolik huquqining majburiyatlarga oid munosabatlari Manu qonunlarida ancha batafsil ishlab chiqilgan. Qonunlarda asosan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar haqida gapiriladi.
Shartnomalarning qarz, oldi-sotdi, saqlab turish, ijara va boshqa turlari mavjud bo‘lgan. Shartnomalar uchun umumiy tamoyillar o‘rnatilgan. Shuningdek, shartnomalar yozma shaklda tuzilib, unda tuzilgan vaqti va joyi, tomonlarning turar joyi, urug‘ va kastaga mansubligi aniq ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan. Aks holda ular haqiqiy hisoblanmagan. Ularning bajarilishi tomonlar va davlat tomonidan tartibga solingan. Qonunlarda shartnomalarning amal qilish muddatlari va bajarilish vositalari ko‘rsatilgan. Oldi-sotdi shartnomalarini tuzishda guvohlar talab qilingan. Ayollarning, oilaning moddiy qaram a’zolarining huquqiy layoqati cheklab qo‘yilgan.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha zarar to‘la qoplangan va ustiga podsho foydasiga teng miqdorda jarima to‘langan.

Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə