Reja: Qadimiy ajdodlarimiz ta’limi


Qadimiy ajdodlarimiz ta’limi



Yüklə 61,03 Kb.
səhifə2/5
tarix21.10.2023
ölçüsü61,03 Kb.
#129690
1   2   3   4   5
3-ma\'ruza matn Ta\'lim asoslari

1. Qadimiy ajdodlarimiz ta’limi
Bugun O‘zbekiston deb atalmish yurtimiz ta’limi tizimi o‘zining uzoq tarixiga ega. Buni kishilik tarixi har jihatdan mukammal insonni bunyodga keltirishga urinish tarixidan iboratligidan ham ko‘rish mumkin. Odam o‘zini tanibdiki, shaxsini takomillashtirishga harakat qilgan. Ne-ne allomalar, faylasuflar, mutafakkirlar bu borada bosh qotirganlar. Hayotda mo‘l-ko‘l moddiy ne’mat egasi bo‘lish, undan istagancha istifoda etish bilan birga, inson ma’naviy ne’matlardan bahramand bo‘lmog‘i, bo‘lganda ham, moddiy ne’matlardan ham ko‘proq darajada oziqlanmog‘i lozim, degan xulosaga kelganlar. Shu tariqa ham jismonan, ham ma’naviy uyg‘unlik tajassum bo‘lgan ideal inson yuzaga kelishi kutilgan. Sharqda bu komil inson ta’limotida o‘z ifodasini topgan. Bular bejiz emasdi, albatta. Zakovatli ajdodlarimiz insonni o‘zini takomillashtirmay turib, u yuzaga keltirgan jamiyatni ideal darajaga ko‘tarish mumkin emas, deb o‘ylaganlar. Bu borada insoniyat yaratgan ko‘p asrlik adabiyot, pedagogika, falsafiy asarlar jonli guvohdir. Bunday asarlarning qaysi birini olmang, bevosita yoki bilvosita komil inson to‘g‘risidagi qarashga, ta’limotga duch kelasiz. Zotan, jamiyat a’zolarining ma’naviy qiyofasi mazkur jamiyat taraqqiyoti darajasining ko‘zgusidir. Bu barcha jamiyatlar, tuzumlar uchun umumiy bo‘lgan mezondir.
O‘zbekiston insoniyat sivilizasiyasining qadimiy o‘choqlaridan biridir. Qadimiy ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy meros, yozuvlar, til, tarix, ular yaratgan g‘oyalar, kashfiyotlar o‘tmishda ham ajdodlarimizning ilm egallashga, yaxshi xulq egasi bo‘lishga intilganidan darak beradi. Bundan qariyb uch ming yil avval zardushtiylikdek zabardast bir ta’limotni, xorazm, sug‘d, baxtar kabi bir necha yozuvlarni yaratib, ularni o‘qib mag‘zini chaqqan, ularni avlodlariga ham o‘rgatgan xalq ilm o‘rganish makoni (maktab)siz umrguzaronlik qilmagan bo‘lsa kerak.
Shu sabab, inson o‘zini tanib, komillik sari intilib ilm egallash yo‘lini topgan. Qadimda hech bo‘lmaganda hukmdor saroyida farzandlarini savodli qilish uchun ustozlar taklif qilingan. Bu ustozlar ham o‘z davrida ilm egallab, tarbiya topgan.
Ta’limning vujudga kelishi eng avvalo yozma adabiyot bilan bog‘liq1. Bundan qariyb 3000 yil avval yaratilgan “Avesto”da ham ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. “Avesto”da bolalar tarbiyasi va ta’limi ma’lum darajada aniq tizim va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, diniy, axloqiy va jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish ularning asosini tashkil etgan.
Yurtimiz ta’lim tizimini shakllantirishda sug‘d madaniyati va sug‘d yozuvining ta’siri katta bo‘lgan. Bu yozuv asosidagi yozma yodgorliklar, tarixiy, qisman badiiy asarlar yuz yillar davomida Turkiston xalqlarining madaniyati, savodxonligini oshirishda muhim o‘rin egallagan.
Milodning VIII asrigacha bizning tushunchamizdagi maktablar, asosan, sankrit, yunon, o‘rxun-enasoy (o‘rxun-yenisey) yozuvlariga asoslangan alifbolar asosida faoliyat ko‘rsatib kelgan. VIII asrdan boshlab Movarounnahr arab xalifaligi tomonidan istilo etilgach, islom dinining kirib kelishi, masjidlarning vujudga kelishi bilan ularning qoshida tashkil etilgan maktabxonalarda bolalarga bilim va savod o‘rgatila boshlangan. Davlatmand xonadon ayollari o‘z uylarida maktablar ochib, faoliyat olib borganlar va ular otin muallimalar (otinoyilar) deb atalgan.
Tarixiy manbalarda Turkistondagi birinchi maktab hijriy 94-yili (melodiy 713 y.) Qutayba ibn Muslim Baxiliy tomonidan Buxoro arkida, zardushtiylar ehtiromi o‘rnida bunyod etilgan, deyiladi.
Maktablarda bolalar xat-savod chiqarish bilan bir qatorda arifmetikadan dastlabki bilimlar olganlar, yozuvni o‘rganganlar, madrasalarga o‘qishga kirish uchun zarur bilimlarni egallaganlar.
Odatda, bolalar 6-8 yoshlar atrofida, ayrim iqtidorli bolalar 4-5 yoshidanoq maktabga o‘qishga berilgan.
O‘qishning davomiyligi domlaning ilmiy saviyasiga, o‘quvchining zehniga hamda o‘quvchi oilasida uning o‘qishiga nisbatan yaratilgan sharoit va muhitga bog‘liq bo‘lgan. Maktablarda mashg‘ulotlar juma va bayram kunlaridan tashqari har kuni quyosh chiqishidan asr namozigacha davom etgan. Tushlik uchun tanaffusga chiqilgan. Yoz oylari ro‘zairamazon oylarida ta’tilga chiqilgan.
Qiz va o‘g‘il bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilganlar. O‘g‘il bolalar masjidlar qoshida ochilgan maktablarda masjid imomi yoki muazzini, agar ular uzrli sabablarga ko‘ra rad etsalar, masjid qavmi tomonidan taklif etilgan, madrasani tugatgan boshqa ziyolilar tomonidan o‘qitilgan.
Qiz bolalar esa otinoyi yoki otin bibi deb ataluvchi o‘qituvchi ayollar ochgan maktablarda ta’lim-tarbiya olib, xat-savod o‘rganganlar.
Maktablarda o‘qishga kelgan o‘quvchilarga avvalo, musulmonchilikning qasamyodi bo‘lgan “Kalimai shahodat” duosi yodlatilgan. Shundan so‘ng 28 harfdan iborat arab alifbosi, harflar yozilgan maxsus taxtacha – “lavh” yordamida o‘rgatilgan. Harflarning nomini o‘qitishdan harf osti va ustiga qo‘yiladigan diakritik belgilar – “harakatlar” yordamida bo‘g‘in tuzishni o‘rgatishga o‘tilgan. Keyingi o‘quv bosqichi “abjadxonlik” deb atalib, bunda o‘quvchilar bo‘g‘inlarni qo‘shishga, “Abjad”ga ko‘ra hisob va ko‘paytirish qoidalariga o‘rgatilgan.
An’anaviy maktablarda esa kitobxonlik “Haftiyak” (forscha “Qur’oni Karimning yettidan biri” degani) kitobini o‘zlashtirish bilan boshlangan. Qur’on va “Haftiyak” kabi arab tilidagi kitoblarni yodlash orqali o‘quvchilar o‘quv dasturi bo‘yicha xalqaro arab tilida o‘qitishga asoslangan o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari bo‘lgan madrasalarga o‘qishga kirish uchun leksik zahira yeg‘ib borganlar. Savodi chiqqach, bolalar diakritik belgilarsiz nastaliq yozuvida fors-tojik tilida yozilgan “Chor kitob”, So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin”, Faxriddin Attorning “Mantiq ut-tayr” kitoblarini o‘qiy oladigan bo‘lgandan keyingina “xatga tushgan”. Yozuvga o‘rgatish bir necha bosqichda olib borilgan. Dastlab alohida harflar yozilgan (mufradot bosqichi), keyin harflarni qo‘shib yozish mashqlari (murakkabot bosqichi), so‘ngra ikki misrali bayt, qit’a, ruboiylarni ko‘chirib yozish (mukattaot mashqlari) ga o‘tilgan, va nihoyat, duoyi salom hamda ish yuzasidan qog‘ozlar yozilgan.
O‘qitish sinf dars tizimida olib boriluvchi zamonaviy maktablardan farq qilib an’anaviy usuldagi maktablarda o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlar yakka tartibda olib borilgan va bir domladan saboq oladigan, maktab o‘quv kursining turli bosqichlarida o‘qitilayotgan bolalarning hammasi bir sinf xonada o‘tirib o‘qitilavergan. Shunga muvofiq, darsxonaning to‘rida So‘fi Olloyor asarlari, “Chor kitob” kabi murakkab qo‘llanmalarni o‘rganayotgan o‘quvchilar, o‘rtada Qur’on, “Haftiyak” yodlab o‘rganuvchilar, poygakda “Abjadxonlar” (bo‘g‘inlab o‘quvchilar “Abjad”ga ko‘ra hisob va ko‘paytirishni o‘rganuvchilar), o‘tirganlar.
Klassik usuldagi o‘zbek milliy maktablarida o‘quvchilarning bilimlarini baholash o‘ziga xos bo‘lib, ularda bolalarning individual qobiliyatlariga katta e’tibor qaratilgan, hamda bilimlar o‘zlashtirilishiga qarab “qoniqarli” yoki “qoniqarsiz” deb baholangan. Agar o‘quvchi topshirilgan vazifani yetarli darajada o‘zlashtirgan bo‘lsa, u navbatdagi darsni o‘qishga o‘tgan, agarda qoniqarsiz o‘zlashtirgan bo‘lsa, o‘qituvchi unga kelgusi darsda ham shu saboqni takrorlashni topshirgan. Shu tarzda o‘quvchi saboqdan qoniqarli darajada bilim olmas ekan, unga yangi saboq berilmagan. O‘qituvchining sinovlaridan o‘tgan bolalar “taxtaxonlik”dan “abjadxonlik”ka, undan “Haftiyakxonlik” va keyin “kitobxonlik”ning boshqa murakkab bosqichlariga o‘tkazilgan2. Shunga muvofiq iqtidorli bolalar o‘z qobiliyatlariga ko‘ra boshlang‘ich maktab kursini tez fursatda o‘zlashtirib, ta’limning keyingi yuqori bosqichiga o‘tganlar, nisbatan o‘qishga qobiliyati sust, dangasaroq bolalar bu maktablarda ancha uzoq vaqt o‘qiganlar. Iqtidorlilar esa alohida rag‘batga sazovor bo‘lgan.
Bolalarni yozuvga o‘rgatishni baholashda ham individual mezon asosiy vosita hisoblangan. “Mufradot” bosqichini qoniqarli o‘zlashtirgan bolalar uchun “murakkabot” mashqlariga o‘tish, uni yetarli darajada egallagan o‘quvchilar uchun “mukattaot” mashqlariga va undan duoyi salom hamda ish yuzasidan qog‘ozlar yozishga o‘tish o‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash usullari hisoblangan.
Movarounnahr hududida maktabxona, madrasa hujralarida yakka tartibda ta’lim olish orqali ta’lim tizimi shakllanib borgan. Dastlabki paytda bu ta’lim dargohlarida aniq dars rejasi, dasturi bo‘lmagan va ularning har biri o‘z uslubi va dars olib boruvchi muallim-ustozning ma’lumot daraja va bilimi doirasi asosida faoliyat yuritgan.
O‘rta Osiyo arab xalifaligi ta’sirida bo‘lganligi bois maktabxona, qorixona, daloilxona, madrasalarda, asosan, islom dini qoidalari, shariat talablari va unga itoat etishga oid ta’limot birinchi o‘rinda bo‘lgan.
Maktabxona boshlang‘ich ta’lim maktabi bo‘lib, unga kirish uchun ma’lum yosh belgilanmagan. Ota-ona o‘z farzandini oilaviy sharoitidan kelib chiqib muallim-domlaga topshirgan va bola dastlabki ta’lim saboqlarini arab alifbosini o‘zlashtirish va Qur’onni hijjalab o‘qish hamda yodlashdan boshlagan. O‘qish, odatda, yil bo‘yi davom etgan, haftaning juma kuni dam olish kuni hisoblangan, mashg‘ulotlar, asosan butun kun davomida olib borilgan. O‘quvchilar ta’tili mudarrisning ixtiyori bilan belgilanib, unda maktabxona joylashgan mintaqahududning geografik, iqtisodiy va ota-onalarning ijtimoiy holati hisobga olingan. Agar maktabxona qishloq joyda bo‘lsa, dehqonchilik mahsulotlarini ekish, yig‘ib olish yoki kuzgi g‘aramlash ishlari inobatga olinib, o‘quvchiga ta’til berilgan.
Daloilxonaga savodi chiqqan bolalar qabul qilingan. Unda dastlab bolalarga Qur’onning ayrim suralari va oyatlari, so‘ngra asosiy kitob – “Daloil ul-hayrat” yodlatilgan. Daloilxonada o‘qish muddati aniq belgilanmagan. Qobiliyatli, xotirasi kuchli bolalar kitobni 2-3 oy davomida yod olganlar. Aksariyat o‘quvchilar bir yil va undan ortiq vaqt davomida daloilxonani tugatishgan.
Qorixonada Qur’onni tilovat qilish o‘rgatilgan. Unda Qur’onning barcha suralarini yod olgan va qiroat qiladigan kishilar – qorilar tayyorlangan. Ularga maktabxonani tugatgan 10 yoshdan katta o‘g‘il bolalar qabul qilingan. Qorixonada bolalar 3-4 yil o‘qitilgan.


  1. Yüklə 61,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə