Reja: Qonning fizik tarkibi



Yüklə 53,54 Kb.
səhifə15/15
tarix05.05.2023
ölçüsü53,54 Kb.
#108570
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-20

20-Mavzu: Limfa aylanish sistemalari fiziologiyasi
Reja:
1.Limfa suyuqligi.
2.Limfaning aylanishi.
Qon bilan to'qimalar o'rtasida yuzaga keladigan moddalar almashinuvi limfa va to'qima oraliq suyuqligi ishtirokida boradi. Limfaning hosil boiishini tushuntiradigan bir nechta nazariya bor. 0 ‘tgan asming 50-chi yillarida K.Lyudvig qon plazmasi bilan limfa tarkibining bir-biriga juda yaqinligiga asoslanib, limfa hosil boiishini tushuntirish uchun filtratsiya nazariyasini maydonga qo'ydi. Bu nazariyaga asosan, limfa plazma suyuqligining kapillyarlardan biriktiruvchi to'qima oraligiga filtrlanib o'tishi oqibatida hosil boiadi. Filtratsiya nazariyasining yangi bir ko'rinishi - transsudatsiya nazariyasidir, bu nazariyaga ko'ra limfa hosil boiishida filtratsiya bilan bir vaqtda diffuziya jarayoni ham muhim rol o'ynaydi. Geydengaynning nazariyasiga ko4ra, limfa hosil boiishi sekretor jarayon boiib, limfa kapillyarlar endoteliyasining sekretor faoliyati mahsulidir. Starling o'zining filtrlanish va rezorbsiyalanish nazariyasida limfa hosil boiishida filtratsiya jarayoni bilan birgalikda rezorbsiyalanish, ya’ni suyuqlikning kapillyarlarga qayta so'rilish jarayoni ham muhim rol o'ynaydi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, limfa kapillyarlarga filtrlanib o'tganidan so'ng, belgili qismi kolloid-osmotik bosim tufayli kapillyarlarga qayta so'riladi. Ashneming sellyulyar nazariyasiga ko'ra, limfa hosil boiishida hal qiluvchi vazifani to'qimalar (muskullar, limfa bezlari va boshqalar) o'taydi, plazma bilan limfa tarkibining bir oz farq qilishi limfa bezlarining 124 faoliyatiga bogiiq. Qayd qilingan nazariyalaming birortasi ham limfa hosil boiishini to‘la tushuntirib bera olmaydi. Hozirgi vaqtda limfa hosil boiishida kapillyarlar devorining o'tkazuvchanlik xususiyati bilan bir vaqtda to'qimalar, limfa tomirlarining funksional holatiga ham katta ahamiyat beriladi. Kapillyarlaming endotelyasi oddiy membrana bo'lmasdan, moddalarni tanlab o'tkazuvchi o'ziga xos tirik protoplazmatik qatlamdir. U o'zidan ayrim oqsillami o'tkazgani holda, boshqalami o'tkazmay, ushlab qoladi. Limfa hosil boiishida to'qimalarda kechayotgan moddalar almashinuvining xarakteri va jadalligi ham katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, kapillyarlaming arterial qismida qon bosimining onkotik bosimdan baland bo'lishi, tomirlar devorining tanlab o'tkazish xususiyatiga ega ekanligi va to'qimalarda moddalar almashinib turishi tufayli suyuqliklaming qondan to'qimalarga shimilib o'tishi natijasida limfa hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan limfa bosim past tomonga, limfa tomirlariga qarab harakat qiladi. Limfa hosil bo'lishiga bir qator omillar ta’sir ko'rsatadi. Masalan, qonning onkotik bosimi qancha kamaysa, limfa hosil bo'lishi shuncha tezlashadi. Organ qancha faol ishlayotgan boisa, uning limfasining osmotik bosimi shuncha baland boiadi. Binobarin. unda limfa hosil bo'lishi ham shuncha tez kechadi. Ayrim moddalar to rrrlar devorining o'tkazuvchanligiga va natijada limfaning hosil bo'lishiga bir muncha sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Bular qatoriga peptonlar, albumozlar, tuxum oqsili, zuluk va qizg'ichbaqalar to'qimalarining suyuqliklari va muskullarni ekstraktlari kiradi, limfa hosil qiluvchi birinchi tartibli moddalar deb shularda aytiladi. Mochevina, glyukoza, osh tuzining konsentrlangan eritmalari ham bilvosita yo'l bilan limfa hosil boiishini tezlashtiradi. Shu sababli bulami ikkinchi tartibli limfa hosil qiluvchi moddalar deyiladi. Qonga mana shu moddalar kiritilganda qonning osmotik bosimi oshib ketadi, oqibatda to'qima oraliq suyuqligining qonga o'tishi tezlashadi. Natijada qonning oqsil konsentratsiyasi va onkotik bosimi pasayadi va limfa hosil boiishi tezlashadi. Limfa hosil bo'lishiga nerv tizimi va uning oliy qismi -bosh miya yarim sharlarining po'stlog'i ta’sir ko'rsatadi. Vazni 60 kg bo'lgan odamning tanasida o'rtacha 40 L suv bo'lib, uning 25 L to'qimalararo va hujayralararo oraliqlarida boiadi. Bir kechakunduzda voyaga yetgan odamlaming chap ko'krak limfa yoiidan tinch va ochlik paytida 1,2 -1,5 L limfa oqib o'tadi. 125 Limfa — rangsiz suyuqlik bo‘lib, ishqoriy reaksiyaga ega pH-7,5-9,0, zichligi l,0175,y’ani qon zichligidan ancha past, tarkibida 3-4 % oqsillar (albuminlar, globolinlar, fibrinogen) 1,0 % ga yaqin glyukoza, 0 ,8-0,9 % mineral tuzlar saqlaydi. Uning yopishqoqligi va zichligi qon plazmasinikidan past va unda limfositlar, monositlar va eozinofillar mavjud. Limfaning tarkibi doimiy emas, qaysi organdan oqib o'tishiga qarab o'zgarib turadi. Ovqatlangandan keyin, yog'li ovqat iste’mol qilingan paytlarda ovqat hazmi organlaridan oqib ketadigan limfa sut-oq rangda bo'ladi, chunki tarkibida ko'plab emulsiyalangan yog4 saqlaydi. Jigardan chiqqan limfada ko'proq oqsillar, ichki sekresiya bezlaridan chiqqani esa garmonlar saklaydi. Limfa juda bo'sh laxta hosil qilib iviydi. Mayda limfatik tomirlarda oqayotgan limfa ikkita oqimga: o4ng va chap tarmoqlariga tushadi. Chap ko'krak limfa oqimi har ikkala oyoqlar, barcha qorin bo'shlig'i, ko'krak qafasining chap qismidagi chap qoidan, bosh hamda bokyinning chap qismidagi limfa tomirlaridan limfalami yig4ib oladi. O'ng ko'krak limfa oqimi tananing qolgan qismlaridagi limfani yig4ib oladi. Har ikkala oqim ham katta venalarga quyiladi, natijada limfa vena qoniga qo'shilib o'ng bo'lmachaga quyiladi. Limfa juda sekin oqadi, katta limfatik tomirlarda ularning oqish tezligi 0,25-0,3 mm/min. ni tashkil qiladi. Limfa tana bo'ylab katta limfa tomirlar devorlarining ritmik qisqarishi (1 min 10-20 marta) natijasida harakatlanadi va bu tomirlarning klapanlari ularni faqat bir tomonga yo4naltiriladi. Katta limfatik tomirlar simpatik nerv tolalari bilan innervasiya qilinadi va ularni og'riq, his-hayajon, ichki organlami reseptorlarini qo’zg’alishi, kovak venalarning qo'shilish joyida qon bosimini ko'tarilishi paytida reflektor holda torayishini chaqiradi. Limfaning harakati ko'krak qafasini so'ruvchanlik xususiyati va skelet muskullarining qisqarishi natijasida tezlashishi mumkin. Kapillyarlar va to'qimalarda osmotik bosimdagi farqning ortishi sababli limfani hosil boiishi ko'paysa, qon oqimidagi onkotik bosimning ortishi tufayli kamayadi. Kapillyarlar devorlarini limfa hosil qilish funksiyasini tezlashtiruvchi aPbumozlar, tuxum oqsili, gistamin, qisqichbaqa ekstrakti, yer tut va boshqalar limfogen moddalar hisoblanadi.
Yüklə 53,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə