Reja: Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari. Ravon nutq mohiyati. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o‘rgatish. Til tafakkur quroli va muomala vositasi. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish



Yüklə 83 Kb.
səhifə6/6
tarix19.12.2023
ölçüsü83 Kb.
#153082
1   2   3   4   5   6
1545030413 73327

Xorun ar Rashid dedi: «Mening yuzimga shunday dard anduh bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o‘lsalar men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ikkovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», – dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.
Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ma’lum bo‘lsin.
Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.
…Bilgan so‘zingni o‘z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o‘tkazmagin. Agar vaqtni bekor o‘tkazsang, donishmandlikka putur yetkazgan bo‘lasan. Hamma vaqt to‘g‘ri so‘z gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi bo‘lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda ilmdan non talab qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, bilgan ilm, ma’rifat va xunardan hozir bo‘ladi. Bilmagan ilm, ma’rifat va xunarni bilmagan deb da’vo qilsang nech narsa hosil bo‘lmaydi va behuda zaxmat chekasan.
Har bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylamasdan so‘zlama. Har bir so‘zni o‘ylab gapir, xato aytgan gapingdan pushaymon bo‘lmagaysan (Qobusnomadan).

Adabiyotlar:


1. Axmedova Z., Ayupova M., Xamidova M. Logopedik o‘yin. Toshkent2013.
2. M.Ayupova. Logopediya. Toshkent-2007.

  1. I.G. Veretennikova. Logopedicheskaya rabota s detmi doshkolnogo vozrosta. Toshkent – 1998.

  2. Nurkeldieva D.A., Ayupova M.Yu.,Axmedova Z.M. Barmoqlar mashqi va logopedik o‘yinlar. Toshkent “Yangi asr avlodi” 2007.

Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə