Reja: Ta`limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari



Yüklə 429,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix06.07.2023
ölçüsü429,26 Kb.
#119367
  1   2
Reja Ta`limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim tur



4-ma'ruza
Maktabgacha ta’lim sohasida amaliy fanlarni o‘qitishning psixologik-pedagogik asoslari 
Reja:
1.Ta`limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari
2.Darsning turlari va tuzilishi
3.Nostandart darslar
4.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari
5.O’qituvchining darsga tayyorlanishi
6.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
7. O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari
8. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari.
9. Bilim, ko’nikma, malakalrni baholash mezonlari
1. Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim) va shakllarining tavsifi.
Didaktik g‘oyalar jamiyat taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalar bilan boyib, takomillashib boraveradi va ular o‘ziga xos tizimlar ko‘rinishida shakllanadi.
Shu sababli ham ta’lim turlari o‘quv jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlar asosida shakllantiriladi.
Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:
· arxaik (ibtidoiy);
· qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda Eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
· avestit (Baqtiriya, Sug‘diyona, Xorazmda – Eramizdan avvalgi VII-VI asrlar);
· yunon (Ellins, rim – yunon, rim – eramizdan avvalgi V-I asrlar);
· o‘rta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar);
· yangi (tushuntirish, tushuntirish – ko‘rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o‘qitish, muammoli – dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan
innovatsion, INTERNETning xalqaro tarmog‘idan foydalanib o‘qitish va shu kabilar);
· xorijiy (tushuntirish, tushuntirish–ko‘rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o‘qitish, muammoli – dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan
innovatsion, INTERNETning xalqaro tarmog‘idan foydalanib o‘qish va shu kabilar).
“Avesto” g‘oyalariga ko‘ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo xududida zardushtiylik dini yuzaga kela
boshlaganida tashkil topdi. “Avesto” zardushtiylikning muqaddas manbai bo‘lib, u o‘z davrining qomusiy asari hisoblangan. Uning g‘oyalariga binoan
yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash quyidagi tamoyillarga asoslangan:
· yoshlarni diniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalash;
· jismoniy jihatdan tarbiyalash;
· yoshlarni o‘qish va yozishga o‘rgatish orqali ularning savodxonligini shakllantirish.
“Avesto” g‘oyalari bo‘yicha Yer, Quyosh, suv, olov muqaddas deb e’tirof etilganligi sababli yoshlarni tarbiyalashda Ona Yerga, atrof – muhit, tabiatga
muhabbat hissini o‘yg‘otish muhim yo‘nalish hisoblangan. Shuningdek, unga barkamol shaxs obraziga qo‘yilgan talablar haqida aniq tasavvurlar ifoda
etilgan.
Muntazam o‘qitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (eramizdan avvalgi 469 – 399 er. avv. yillar) va ularning o‘quvchilari tomonidan keng
qo‘llanilgan yordamchisavollargajavob topish metodi hisoblanadi. Bu metod fanda suqrotcha suhbat metodi nomini olgan. Bu metodning
mazmun – mohiyati quyidagicha bo‘ladi, ya’ni bunda eng avval o‘qituvchi o‘z o‘quvchisida qiziqish yo‘nalishini va bilishga intilishini o‘yg‘otadigan
savollardan foydalanilgan; keyin esa mulohaza yuritish asosida o‘quvchini voqea – hodisalarning mohiyatini idrok etishga undagan. Demak, suqrotcha
suhbat metodida qiziqishdan bilishga, bilishdan idrok etishga qarab induktiv metod asosidagi faoliyat dinamikasi shakllantirilgan. Mazkur jarayonda
o‘qituvchining mulohazasi ko‘pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to‘ldirib turilgan. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha o‘quvchilar
ishtirokida tashkil etiladi.
Dogmatik o‘qitish – bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo‘lib, u o‘rta asrlarda keng tarqalgan. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada
ularning ilk ko‘rinishlari iste’molda bo‘lib, unda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o‘rin tutgan. Bu borada musulmon
pedagogik konsepsiyasi sezilarli darajadagi ma’naviyatlilik va intellektuallik xususiyatlariga hamda mazmun – mohiyatga ega bo‘lgan. Ularning
g‘oyalari bo‘yicha o‘z faoliyatlarida bilimlardan faol va ijodiy foydalana oladigan odamgina komillikka erishish mumkin, degan hukumiy fikr
shakllangan.
“Haqiqiy g‘oyalar” deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi haqiqiy bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lgan. Abu Ali ibn
Sinoning “Donishnoma” va “Bilimlar kitobi” nomli asarlarida ham mazkur muammo yechimiga alohida e’tibor qaratilgan. Ularda ta’kidlanishicha
haqiqiy bilimlarni o‘zlashtirishga ikkita to‘siq halaqit qiladi. Ular: so‘zlarning aniq emasligi; fikrlarning tushunarli emasligi. Qayd etilgan kamchiliklarni
bartaraf etishda logika fani yutuqlari va ulardan iste’molda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Musulmon mamlakatlarida yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashda ular tomondan arab tilida yozilgan “Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni yod olinishi
bilim egallashning asosiy sharti hisoblangan. Bulardan tashqari o‘sha paytda bir qator maktablarda fors tili ham o‘rgatilgan. Yoshlar asosiy ta’limni
maktablar – boshlang‘ich maktabdan olganlar va unda ilohiy va muqaddas kitobni (“Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni) o‘qish, yodlash va talqin
qilish mashg‘ulotlari, shuningdek, boshqa manbalar bo‘yicha ham o‘qish, yozish va hisoblash tafakkurini shakllantirish faoliyatlari amalga oshirilgan.
Demak, dogmatik o‘qitishda yoshlarning asosiy faoliyatlarini tinglash, o‘qish, yod olish, eslab qolish va matnni so‘zma – so‘z takrorlashlar tashkil
etgan.
Yoshlarning oliy ma’lumot olishi o‘sha davrlardagi nufuzli madrasalarda amalga oshirilgan. Movarounnahrdagi eng yirik o‘quv maskanlari sirasiga
Samarqand, Buxoro, Urganch va G‘ijduvondagi madrasalarni kiritish mumkin. Bu ma’rifiy markazlarining rivojlanishi XV – XVII asrlarga to‘g‘ri keldi.
Madrasalarda, o‘qitish fors tilida olib borilgan. Ularda ta’lim oluvchilar majburiy tarzda arab tilini ham o‘rganganlar.
Madrasalar o‘quv rejasiga grammatika, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ritorika, logika, metafizika, geologiya, adabiyot, ilmi hujum, huquqshunoslik,
riyoziyot, handasa, jug‘rofiya va shu kabi fanlar kirgan. O‘qitish asosan og‘zaki shaklda olib borilgan. Ulardagi o‘quv adabiyotlari asta – sekin ancha
ko‘p qirrali, turli – tuman bo‘lib boravergan.
Dogmatik o‘qitish o‘rniga asta – sekin o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikni keng jalb etish natijasida tushuntirish, tushuntirish – namoyish etish kabi
ta’lim shakllari qo‘llanila boshlandi.
Hozirgi vaqtda, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan zamonaviy ta’lim muassasalarida ta’limning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda:
· tushuntiruvchi – namoyish etuvchi ta’lim. Bu an’anaviy yoki axborot beruvchi ta’lim deb ataladi;
· muammoli o‘qitish;
· dasturlashtirilgan ta’lim yoki kompyuterli o‘qitish.
Bugungi kunda o‘rta asrda keng qo‘llanilgan ta’lim turlari dogmatik va sxolastik o‘qitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda.
Tushuntiruvchi – namoyish etuvchi ta’lim turi. Uning asosiy metodi ko‘rgazmalilik asosida tushuntirishdan iborat bo‘lib, uning asosini tinglash va
eslab qolish tashkil etadi. Bu ta’lim turi vaqtni tejash, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning vaqtni tejash, qiyin bilimlarni tushunishini osonlashtirish,
ta’lim jarayonini optimal boshqarishni ta’minlaydi. Biroq bu ta’lim turida ayrim kamchiliklar mavjud, ya’ni, “tayyor” bilimlarni berish va ta’lim
oluvchilarni bilimlarini o‘zlashtirishida mustaqil hamda mahsuldor fikrlashdan ozod etish, o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensiyallashtirish
imkoniyatlarining kamligi.
Muammoli o‘qitishda o‘quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil egallash, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish
faoliyatlarini rivojlantirish yo‘li bilan ta’lim tashkil etiladi. Bundagi ta’lim texnologiyasi turli tumanligi bilan ajralib turmaydi, chunki ta’lim oluvchilarni
faol ishtirok etish faoliyatiga jalb etish bir necha bosqichlardan iborat bo‘ladi. Ular ketma – ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak. Bunday
o‘qitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi, chunki mazkur jarayonda fikrlash jarayonida qiyinchilik his qilinadi.
Muammoli o‘qitishda muammoni ilgari surish dastlabkibosqich hisoblanadi. Muammoni hal etishning keyingibosqichida ta’lim oluvchilar
berilayotgan savol bo‘yicha mavjud muammoni aniqlaydilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini aniqlaydilar va
yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchibosqich muammoni yechish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga
qaratilgan faoliyat bo‘lib, u ta’lim oluvchida mustaqil fikr shakllanishi orqali aniqlanadi. Shundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni
tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, egallangan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish jarayonlari amalga oshiriladi.
Muammoli topshiriqlar savollar, o‘quv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat bo‘lishi mumkin. Muammoli savolda javoblar izlash turli variantlarda
bo‘lishi mumkin.
Muammoli masala esa uni yechish yo‘llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi o‘quv – o‘rganish topshirig‘idir. Muammoli masala asosini
mavjud bilimlar o‘rtasidagi qarama – qarshiliklar tashkil etadi.
O‘qish jarayonida muammoli vaziyat sub’ekt (ta’lim oluvchi) o‘zi uchun qiyin bo‘lgan masalani yechishga qiziqishi, ammo unga ma’lumotlar
yetishmasligi va uning o‘zi ularni izlab topishi zarurligini ko‘zda tutiladi.
Muammoli o‘qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida bilimlarni mustahkam egallash, o‘qishga qiziqishni uyg‘otish, ijodiy
va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, o‘qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish. Kamchiliklari ta’lim oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini
boshqarishning qiyinligi, muammoni qo‘yish va hal etish uchun ko‘p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini
har bir ta’lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi.
Dasturiy ta’lim (Dasturlashtirilgan ta’lim) harakat (operatsiya) lar ketma – ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish oldindan rejalashtirilgan
natijaga olib keluvchi “dastur” terminidan kelib chiqadi.
Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo‘lib, uning yordamida ta’lim oluvchilarga ta’lim – tarbiya berishda o‘quv rejasi va dasturlarini
og‘ishmay amalga oshirilishida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Dasturlashtirilgan ta’lim – o‘quv jarayonini muayyan tartib (dastur) asosida tashkil etishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning yordamida o‘quv jarayonini olib
borishning optimal variantlariga erishiladi. U kibernetika, informatika, matematik logika, hisoblash texnikasi asoslari va psixologiya fanlarining
samarali tamoyillari va murakkab tizimlaridagi boshqarish vositalarining pedagogikada joriy etilishi natijasi ko‘rinishida XX asrning 50 yillarida paydo
bo‘ldi. Dasturlashtirilgan ta’lim o‘quv materialini kichik – kichik qismlarga bo‘lish, ushbu qismlarning biridan ikkinchisiga o‘tish tartibi (qoidalari) ni
belgilash, xususan, har bir qismni o‘zlashtirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar, topshiriqlar berish, o‘z – o‘zini nazorat qilishni ta’minlash kabi yo‘llar bilan
amalga oshiriladi. U ta’lim oluvchining bilim egallashi yo‘lida har bir qadamni nazorat qilishga imkon beradigan va shuning asosida, o‘z vaqtida
yordam ko‘rsatish, qiyinchiliklarni oldini olish, qiziqishini yo‘qotmaslik va salbiy oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi o‘quv jarayonining
texnologiyasini yaratishga yo‘naltiriladi.
Dasturiy ta’limning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
· o‘quv materialining alohida qismlarga ajratilishi;
· o‘quv jarayonining bilimlarini o‘zlashtirish bo‘yicha bilimlarning muayyan miqdorlari (bo‘laklari) va fikrlash (mantiqiy) amallaridan iborat bo‘lgan
ketma – ket bosqichlardan iborat bo‘lishi;
· har bir bosqichning nazorat bilan yakunlanishi;
· nazorat topshiriqlarini to‘g‘ri bajargan ta’lim oluvchining yangi materialni o‘zlashtirish uchun olish imkoniyati va navbatdagi bosqichni bajarishga
kirisha olish;
· to‘g‘ri javobni topishda ta’lim oluvchining yordamchi va qo‘shimcha tushuntirishlarni olishi;
· har bir ta’lim oluvchining mustaqil ishlashi, intellektual salohiyati yetarli bo‘lgan mavzular bo‘yicha o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi;
· natijalar monitoringi, ya’ni barcha nazorat topshiriqlari bajarilishi natijalarining qayd etilishi;
· ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining ta’lim tashkilotchisi va lozim topilganda mazkur jarayonda maslahatchi (boshqaruvchi) sifatida ishtirok etishi
va individual yondashuvni amalga oshirishi;
· ta’lim jarayonida o‘qitishning o‘ziga xos vositalarining keng qo‘llanilishi (kompyuterli o‘rgatuvchi dasturlar, intellektuallashtirilgan dasturlar, kasbiy
kompyuterli o‘yinlar, trenajerlar, nazorat qilish qurilmalari, o‘qitish mashinalari va shu kabilar).
Kompyuterli ta’lim.
Ma’lumki, o‘qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi natijasida shaxsiy EHM rivojlanishi negizida kompyuterlashtirilgan ta’lim vujudga
keldi.
Kompyuter – (ing. Computer - hisoblayman) – oldindan berilgan dastur bo‘yicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Ta’lim – tarbiya jarayonlarini
kompyuterlashtirishda zamonaviy kompyuterlar universal didaktik vositalar (qurilma) bo‘lib hisoblanadi va ularning ta’lim – tarbiya jarayonlarining
optimal variantlarini topishdagi roli beqiyos. Shuningdek, kompyuter ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda yangi
dasturiy – texnik universal vositasi bo‘lib, ularning amaliy tafakkurini kengaytirish va chuqurlashtirib, ulardagi bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishni yuqori darajaga ko‘taradi.
Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta’minlangan kompyuterlardan deyarli barcha didaktik masalalarni hal etishda foydalanish mumkin. Ular: axborot berish;
o‘qitish jarayonini boshqarish; natijalarni nazorat qilish va tuzatib berish; mashqlarni bajarish; o‘quv jarayoni rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to‘plash
va shu kabilar.
Rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlardan keng foydalanishning rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlashga imkon beradi:
· alohida o‘quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya, chizmachilik va shu kabi fanlar) bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini
oshirishni ta’minlash;
· umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari – qo‘yilgan masalani hal etish, mustaqil fikrlar, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to‘plash,
analiz, sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko‘nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish.
Kompyuterlashtirishning asosiy maqsadi, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish ishlarini avtomatlashtirishdan iborat bo‘lsa, uning asosiy
vazifalari intellektual salohiyatni ko‘tarish, aqliy mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ta’lim – tarbiyada optimal variantlarni kafolatlashlardan iboratdir.
Kompyuterlar yordamida ta’lim – tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvlar qilishga imkoniyat yaratiladi va yangi axborot texnologiyalarini joriy
etishga keng imkoniyatlar yaratiladi hamda yangi ko‘rgazmalilik ta’minlanadi. Shuningdek, ulardan ta’lim – tarbiyada universal didaktik vosita sifatida
foydalaniladi. Bu o‘qituvchi vaqtini tejashga imkon beradi va natijada ta’lim jarayonidagi samaradorlik qo‘lga kiritiladi.
Dasturiy va kompyuterli ta’limlar o‘qitish algoritmlarini bajarishga asoslanadi. Ma’lumki, algoritm belgilangan (rejalashtirishgan) natijaga olib keluvchi
mantiqiy jihatdan mukammal va izchil tuzilgan ketma – ket amallar (operatsiyalar, harakatlar) tizimi sifatida bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘la
o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv faoliyati tartibi va ketma – ketligini ta’lim oluvchiga ko‘rsatadi. O‘quv dasturlari va kompyuterli ta’lim
samaradorligi fikrlash faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuterli ta’lim dasturlari, odatda ikki xil, ya’ni axborot ma’lumotli va nazorat ta’limiy tartibda o‘qitish imkoniyatiga ega bo‘lgan turlarga bo‘linadi.
Ta’lim oluvchilarni masofadan turib o‘qitish mobaynida kompyuterlar ta’lim oluvchilarning o‘z – o‘zining bilimini sinovida ya’ni joriy va oraliq
baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maxsus ishlab chiqariladigan uskunaviy vositalardan foydalanish kompyuterli ta’lim dasturlarini yaratish jarayonini anchagacha yengillashtiradi. Ular
yordamida kompyuter texnologiyalaridan boxabar bo‘lgan tarix, adabiyot, huquq va boshqa fan o‘qituvchilari ham bemalol ta’lim dasturini yaratish
mumkin.
Chop etilgan materiallar audio va vidio yozuvlar bilan birgalikda o‘quv materialiga kirishni kengaytirish va soddalashtirish, o‘quv materialini qulay va
ko‘rgazmali tarkiblash uchun, shuningdek, oson harakatlanishi (navigatsiya) uchun foydalaniladi.
Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
· o‘qitish dasturlarining mukammalligi;
· hisoblash texnikasining mukammalligi va o‘qitish jarayonida foydalanishdagi qulayligi.
Kompyuterli o‘qitish tizimi – bu quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beruvchi o‘quv – metodik va dasturiy – texnik vositalar majmuasi bo‘lib
hisoblanadi:
· bilimning aniq predmet sohasini o‘rganish;
· o‘quv kurslarida ishlanmalarni qo‘llash;
· o‘quv jarayonini boshqarish va shu kabilar.
Bugungi kunda o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘llanilayotgan kompyuterli o‘qitish tizimini quyidagidek sinflarga ajratish mumkin:
A) Ma’ruzani immitatsiyalovchi va o‘rganuvchi materialni bayon etishda aniq rejaga ega bo‘lgan ma’ruzachi tipidagi tizimlar;
B) Seminar, labaratoriya mashg‘ulotlarini immitatsiyalovchi assistent tipidagi tizimlar;
V) O‘rganilayotgan va yondash fanlar bo‘yicha foydalanishga mo‘ljallangan ma’lumotlar bazasini tashkil qiluvchi maslahatchi tipidagi tizimlar;
G) Bilimlarning boshlang‘ich darajasini va o‘quvchining psixologik holatlarini tekshirishga imkon beruvchi repititor tipidagi tizimlar”[Bekmirzaev R.
Fundamental fanlarni o‘qitishda yangi axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi // “Tabiiy fanlarni o‘qitish muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy –
uslubiy anjumani materiallari. – Jizzax, 2006. – B. 175].

Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma – xil turlari.
Dunyoda shunday ta’lim tizimi yuzaga kelganki, uning xilma – xil turlari mavjud bo‘lib, ularni ko‘pchilik “qo‘llabturuvchi, ta’minlovchi, yordamchi
o‘qitish” deb ataydilar. U qanchalik xilma – xil bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi odamni kundalik muammolarni hal etishga tayyorlashga asoslangan
bo‘lib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qo‘llab turish uchun mo‘ljallangan.
Ayni vaqtda “Innovatsion” (yangilik kiritish) ta’limni tashkil etishga alohida e’tibor berilmoqda.
Innovatsion ta’lim – bu bo‘lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo‘lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish
va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat. Unda ta’lim – tarbiyada yangicha sifat ko‘rsatkichiga erishib, yuqori samaradorlikni qo‘lga kiritish
amalga oshiriladi va ijodkorlikka yo‘naltiriladi hamda ta’lim texnologiyalarini yangicha sifat bosqichiga ko‘tarish, shuningdek, ta’lim – tarbiyada
zamonaviy yondashuvlarni tashkil qilib borishni ta’minlaydi.
Innovatsion ta’limda zamon bilan hamnafas ta’lim texnologiyalarini yaratish bilan shug‘ullanishga doim imkoniyat yaratilib boriladi.
Innovatsion ta’lim o‘ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:
· kadrlar tayyorlash tizimiga ilm – fanning uzviy ravishda kirib borishini ta’minlaydi. Bunda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish
yuzasidan maqsadli innovatsion loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish yo‘li bilan ilm – fanning ta’lim amaliyoti bilan integratsiyani ta’minlash
chora – tadbirlari ishlab chiqiladi;
· ilg‘or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiyalarini joriy etish uchun o‘rta umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi va oliy
o‘quv yurtlarida eksperimental maydonchalar tashkil etish orqali ilmiy – tadqiqot natijalarini o‘quv – tarbiya jarayoniga o‘z vaqtida joriy etish
mexanizmlarini ro‘yobga chiqarishga erishiladi;
· ta’lim jarayonining istiqbolini oldindan ko‘ra bilish, ya’ni ta’lim beruvchining avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o‘qitish emas, balki ta’lim oluvchini
uzoq kelajakni mo‘ljallashga (istiqbolli reja tuzishga) o‘rgatishdan iborat bo‘lib, unda ta’lim oluvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda tashxislash,
bashoratlash, modellashtirish va loyihalashtirishni amalga oshira olishi zarur;
· ta’lim oluvchining hamkorlikda ta’lim olish va optimal qarorlarni qabul qilish (lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya
rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishni ta’minlash.
Keyingi yillarda masofaviy ta’lim (lotincha distantia - masofa) uzluksiz ta’lim tizimida keng qo‘llanilmoqda.
Masofaviy ta’lim – bu masofadan turib o‘qitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta’lim
texnologiyasidir. U o‘quv adabiyotlarining almashinish vositalari (Er sun’iy yo‘ldosh, televidenie, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib,
ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlar
majmuidan iborat.
Masofaviy ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning samaradorligini oshirishda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi shaxsining muntazam
aloqasini ta’minlash asosiyvazifa bo‘lib hisoblansa quyidagi ta’limiy imkoniyatlarni qo‘lga kiritish mumkin:
· masofaviy ta’lim o‘qishga ijobiy yondashuvni ta’minlaydi;
· pedagogik jarayon maqsadi sifatida ta’lim oluvchiga yo‘nalish berish imkoniyati bor;
· metodologik, nazariy, uslubiy bilimlarni egallashga imkon yaratadi;
· bilish faoliyatini mustaqil tashkil etish imkonini beradi;
· ta’limning turli axborotlarini topish va o‘zlashtirish imkonini beradi;
· zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil etiladigan bilish faoliyatini amalga oshirish borasida samarali qo‘llaniladi;
· axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda, axborot olish va undan foydalanish samaralarini hosil qilish borasidagi ishlanmalarni tayyorlashga
keng imkoniyatlar yaratadi.
Masofaviy ta’lim pedagogik faoliyatning ijodiy xarakterini oshiradi, ya’ni zaruriy axborotlarni izlay bilish, tanlangan axborotlar bilan ishlay bilish va
informatika vositalari yordamida odamlar bilan muloqotni samarali amalga oshira bilish yo‘nalishlarini zamonaviy ta’lim talablariga mos holda ta’limni
yanada optimallashtirib boraveradi.
Ta'limda sinf – dars tiziminig vujudga kelishi.
Ta'limni boshqarishning asosiy tashkiliy shakli quyidagi ma'lum belgilarga ega bo’lgan mashg’ulotlarni guruhiy yo’sinda o’tkaziladi:
- mashg’ulotlarning har yili va har bir o’qish kuni bir paytda boshlanishi;
- mashg’ulotlar va ular orasidagi tanafuslarning ma'lum vaqt davom etishi;
- guruhlardagi bolalarning yoshi va soni jihatdan baravarligi;
- material o’rganish sur'atining bir xilligi;
- o’quv mashg’ulotlarining ma'lum tashkiliy shaklda o’tkazilishi.
Guruhli mashg’ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va hozir ham ancha takomillashgan holda
mavjuddir. Dars yaxlit ta'lim jarayonini o’quv-tarbiya ishining boshqa tashkiliy shakllari - uy vazifalarini bajarish, predmet to’garaklarining
mashg’ulotlari, sayrlar va hokazolar bilan uzviy birlikda aks ettiradi. Darsni ikki jihatdan: umuman ta'lim jarayoni va ta'limni tashkil etish shakli sifatida
ta'riflab uni foydali deb hisoblash taklifi bor ( M.I.Maxmutov ). Ta'limning umumiy jarayoni sifatida qaralsa, dars o’qitish harakatining ta'lim mazmuni,
prinsiplari va metodlari bilan belgilanadigan, ma'lum makon - zamon chegaralarida o’qituvchi rejalashtiradigan hamda boshqaradigan birgalikdagi
ob'yekt o’qituvchi va o’quvchilar amalga oshiradigan asosiy shaklidir.
Dars maktabda o’quv ishlarini tashkil qilishning asosiy shakli
Hozirgi paytda o’quv ishlarini tashkil etishning quyidagi shakllari qo’llanadi: dars,
ekskursiya, o’quv ustaxonalaridagi mashg’ulotlar, mehnat va ishlab chiqarish ta'limi shakllari, uy ishlari, sinfdan tashqari o’quv ishlarining shakllari
(predmet to’garaklari, studiyalar, olimpiadalar, tanlovlar).
Darsning tashkiliy shakllari
Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida darsdagi ishlarni tashkil etishning asosan uchta: yakka tartibdagi, umumiy va guruhiy shakllari qabul
qilingan.
O’quvchilar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar rejasini quyidagi yo’sinda tuzish mumkin:
- dastlab mustaqil ishlarni o’tkazish hamda o’quvchi yashaydigan va o’qiydigan sharoitlarni tahlil qilish orqali uning imkoniyatlarini o’rganish;
- o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik vositalarini yaratish;
- har bir o’quvchi uchun eng maqbul topshiriqlarni hamda bilim olishi va kamol topishi nazorat qilish sistemasini belgilash, o’quvchini o’z vaqtida
murakkabroq masalalarni hal qilishga o’tkazish, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va umumlashtirish, tuzatish va xulosalar chiqarish.
O’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli
Umumiy shakl darsda, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining shunday turidirki, unda o’quvchilar hammalari uchun umumiy bitta ishni baravar 
bajaradilar. Olingan natijalar sinf bo’yicha muhokama qilinadi, taqqoslanadi va umumlashtiriladi. Ommaviy ta'lim sharoitida o’quv ishlarini tashkil
etishning umumiy shakli g’oyat muhimdir. U bolalarda jamoatchilik hissini tarbiyalash, ularni mulohaza yuritishga, o’quvchilarning mulohazalaridagi
xatolarni topishga o’rgatish imkonini beradi. To’g’ri rahbarlik qilinsa, bolalarning o’quv imkoniyatlari aniqlansa, sinfda turli muammolarni muhokama
etish juda samarali tadbir hisoblanadi. Bu tadbir o’qituvchidan hamma o’quvchilarning fikrlashiga mos ishni topish mahoratini, ularning istaklarini
tinglay olishni talab qiladi.
Darsning umumiy shaklida ko’zlangan maqsadlar bo’yicha va ayniqsa, o’quvchilarda dalillar bilan muhokama yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishda
ajoyib natijalarga erishish mumkin. Agar bolaning o’quv imkoniyatlari to’g’ri baholansa, darsni tashkil qilishning umumiy shakli o’quvchilarga yakka
tartibda yondashishdan keng foydalanish imkonini ham beradi. O’qituvchi ulardan o’z imkoniyatlariga bog’liq holda turli darajadagi
umumlashmalarni so’raydi. Shu tariqa o’quvchilarning tinglashlari ham, o’z bilimlari va fikrlarini o’rtoqlari bilan taqqoslashi, tezda to’ldirishi, undagi
xatolarni topish ko’nikmalarini shakllantirishi juda muhimdir.
Ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli
So’ngi yillarda darsni tashkil etishning umumiy va yakka tartibdagi shakllari bilan bir qatorda ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli ham keng
tarqalmoqda.
Darsning guruhiy shaklining asosiy belgilari:
- mazkur darsda muayyan o’quv vazifalarini hal qilish uchun sinf bir necha guruhlarga bo’linadi;
- har bir guruh ma'lum topshiriq oladi va uni birgalashib o’z boshlig’i yoki o’qituvchining bevosita rahbarligida bajaradi;
- topshiriq guruhning har bir a'zosi qo’shgan hissani hisobga olish va baholash imkonini beradigan yo’sinda bajariladi;
- guruhning tarkibi doimiy bo’lmaydi uni tanlashda guruhdagi har bir a'zoning o’quv imkoniyatlari jamoa uchun ko’p foydali amalga oshadigan
bo’lishi nazarda tutilgan.
Ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli
So’nggi yillarda darsni tashkil etishning umumiy va yakka tartibdagi shakllari bilan bir qatorda ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli ham keng
tarqalmoqda.
Darsning guruhiy shaklining asosiy belgilari:
- mazkur darsda muayyan o’quv vazifalarini hal qilish uchun sinf bir necha guruhlarga bo’linadi;
- har bir guruh ma'lum topshiriq oladi va uni birgalashib o’z boshlig’i yoki o’qituvchining bevosita rahbarligida bajaradi;
- topshiriq guruhning har bir a'zosi qo’shgan hissani hisobga olish va baholash imkonini beradigan yo’sinda bajariladi;
- guruhning tarkibi doimiy bo’lmaydi, uni tanlashda guruhdagi har bir a'zoning o’quv imkoniyatlari jamoa uchun ko’p foydali amalga oshadigan
bo’lishi nazarda tutiladi.
Darsning strukturasi, elementlari va tiplari
Ta'limning strukturasi va tizimi haqida tushuncha. Avvalo, strukturaning nimaligini ko’rib o’tamiz. Ma'lumki, strukturasiz tizim bo’lmaganidek, tizimsiz
struktura ham bo’lmaydi. Shunga ko’ra strukturani tizimdagi o’zaro bog’liq elementlarning tartiblari deb ta'riflash mumkin. Biz tizim tushunchasiga
nimalarni kiritamiz?
Tizim – o’zining xossalari va bog’lanishlari bo’yicha u yoki bu tartibdagi o’zaro bog’liq ko’p elementlardir.
O’quv jarayoni quyidagi zvenolarga ega bo’ladi:
1. O’quvchining o’quvchilar diqqati va tafakkurini jalb qilishi, shu orqali ularni o’quv materialini faol idrok etishga olib borish maqsadida bilish
vazifasini o’rtaga qo’yishi.
2. O’qituvchi tomonidan bilimlarning berilishi jarayoni va o’quvchilarning yangi materialni o’zlashtirish.
3. Ilmiy tushunchalarning umumlashtirilishi va shaklantirilishi jarayoni, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash va
takomillashtirish.
4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tegishli vaziyatlarda qo’llash.
5. O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirayotgani tekshirish.
Darsning tiplari
Dars strukturasi o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteri bo’yicha tasniflanadigan darslarning tipiga bog’liq bo’ladi. Ularni o’tkazish usullari, ta'lim
metodlari esa o’quvchilar mustaqil ishining darajasi bo’yicha tasniflanadi.
Darsning quyidagi tiplari mavjud: o’quvchilar yangi bilimlarni o’zlashtiradigan, faktli materiallar to’planadigan, kuzatishlar o’tkaziladigan, jarayonlar va
hodisalar o’rganiladigan, ularni anglanadigan, tushunchalari shakllantiriladigan, ko’nikma va malakalar tarkib toptiriladigan darslar, bilimlar
umumlashtiriladigan va tizimlashtiriladigan darslar, bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni takrorlash, mustahkamlash, boshqacha aytganda, kompleks
qo’llash darslari, bilim, ko’nikma va malakalar og’zaki hamda yozma ravishda sinaladigan nazorat - tekshirish darslari; bir necha didaktik masalalar
baravar hal qilinadigan kombinatsiyalashgan darslar.
Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatlari yangi o’quv materialini va uni amalda qo’llashni o’zlashtirish bilan birga ilgari o’rganilgan
narsalarni o’zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va mustahkamlash, nazorat qilish kabi elementlarining o’zaro bog’lanishidir. T.A.Ilina darsning o’z
strukturasiga barcha asosiy elementlarini olgan tipini, ya'ni umumiy yoki aralash darsni tavsiya etadi.
Darsning birinchi bosqichi – tashkiliy qism. Odatda bu qismga salomlashish, o’quvchilarning, sinf xonasidagi jihozlarning darsga tayyorgarligini
tekshirish, darsda yo’q o’quvchilarni aniqlash, ishning rejasini e'lon qilish kiradi. Tashkiliy qismning maqsadi – darsda ish vaziyatini vujudga
keltirishdir.
Ikkinchi bosqich – yozma uy vazifasini qo’yilgan maqsaddan qat'i nazar turli metodlar bilan tekshirish.
Darsning uchinchi bosqichi – o’quvchilarning bilimlarini og’zaki tekshirish ( yoki ulardan so’rash ).
Darsning to’rtinchi bosqichi – o’qituvchining bayon etishi asosida yoki o’quvchilarning mustaqil tahlil qilishi orqali yangi materialni tushuntirish.
Beshinchi bosqich – uyga topshiriq berish. Darsning bu qismiga mazkur topshiriqning mohiyatini, lozim bo’lsa uni bajarish metodikasini ham
tushuntirish, uni o’qituvchining o’zi doskaga yozishi, o’quvchilarning daftarga yoki kundalikka ko’chirishi kiradi.
Darsning oltinchi bosqichi – yangi materialni mustahkamlash, ya'ni dastlabki yoki yo’lakay – mazkur material bayon qilinayotganda amalga
oshiriladigan mustahkamlashdir.
Darsning yettinchi bosqichi – uni tugallashdan iborat bo’lib, bu ish tashkiliy ravishda amalga oshirilishi kerak. Chunki, dars faqat o’qituvchining
ko’rsatmasi bo’yicha mustahkamlanadi. Muallif darsning ana shu yettita elementini nazarda tutib, uning strukturasini quyidagicha ifodalaydi:
1. Tashkiliy qism.
2. Yozma topshiriqni (bor bo’lsa) tekshirish.
3. So’rash - mustahkamlash.
4. Uyga vazifa berish.
5. Darsni tugallash.
Bunday darsni bilimlarni mustahkamlash darsi deb atash mumkin.
Yangi murakkab materialni tahlil qilishda uy vazifasi tekshirilmaydi.
1. Tashkiliy qism.
2. Yangi materialni tushuntirish .
3. Yo’lakay mustahkamlash.
4. Uyga vazifa berish: darsni tugallash.
Muammoli darslar:
1. O’quvchilarni uyushtirish.
2. Muammoni ifodalash, taxminni bayon qilish (natija qanday bo’lishi mumkinligini aytish) va yechimning variantlarini bildirish: muammoni amaliy hal
qilishni izlash.
3. Natijalarni muhokama qilish.
4. O’qituvchining sharhi va umumlashtirishi.
5. Uyga vazifa berish.
6. Darsni tugallash.
Darsning turlari
Darslarning turlari quyidagicha:
1. a) dars - leksiya, b) dars - suhbat, v) kino darsi, g) nazariy yoki amaliy mustaqil (tadqiqot tipidagi) ishlar darsi, d) aralash dars (bitta darsda darsning
har xil turlari birikmasi).
2. a) mustaqil (og’zaki yoki yozma mashqlardan iborat reproduktiv tipdagi) ishlar darsi, b) dars - laboratoriya ishi, v) amaliy ishlar darsi, g) dars -
ekskursiya.
3. a) og’zaki (umumiy, yakka tartibda, guruhiy) so’rash, b) yozma (yakka tartibda) so’rash, v) sinov, g) sinov amaliy (laboratoriya) ishi, d) kontrol ish, y)
aralash dars. Oldingi uchta turning birikmasi.
Darslarning tipi
Tushuntirish darsi. Ma'lumki, maktabdagi ta'limning asoslaridan biri onglilik prinspidir. Shunga ko’ra, ko’nikma va malakalarning shakllantirishning
dastlabki bosqichi nazariy masalalarni o’rganishdan iborat bo’lishi kerak. Bunda o’qituvchining materialni tushuntirishi eng muhim zveno hisoblanadi.
Tushuntirish darsining strukturasi, ya'ni undagi qismlarning o’zaro joylashuvi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Ilgari o’rganilgan materiallarga doir bilimlarni eslash (o’quvchilardan so’rash);
2. Materialni tushuntirish;
3. Materialning o’zlashtirilganini tekshirish;
4. Nazariyani qo’llash namunasini ko’rsatish;
5. Uyga vazifa berish;
6. Darsni yakunlash.
Ana shu tipdagi darsning strukturasi elementlariga dars mavzusini e'lon qilish, uning maqsadini ifodalash va vazifalarning qo’yilishini ham kiritish
mumkin.
Bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni mustahkamlash darslari. Bu tipdagi darsning strukturasi quyidagi darsning asosiy elementlarini o’z ichiga oladi:
1. Nazariya bo’yicha bilimlarni eslash;
2. Mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni rivojlantirish (mashqlar);
3. Darsni yakunlash;
4. Uyga vazifa berish.
Takrorlash darsi. Mustahkamlash va takrorlash darslari o’rtasida anchagina umumiylik mavjud. Bu umumiylik, eng avvalo, mazkur darslarning vazifalari
va strukturalariga taalluqlidir. Shu bilan birga mustahkamlash va takrorlash darslari orasida tafovut ham bor. Shuningdek, takrorlash darsida material
to’liq emas, balki tanlab ko’rib chiqilgan, oldingi darslarda yetarlicha o’zlashtirilmagan masalalar takrorlanadi. Materialni umumlashtirish va ko’nikma
hamda malakalarni takomillashtirish darslari.
Umumlashtirish darsining elementlari quyidagilardan iboratdir:
1. Umumlashtiruvchi materialga doir bilimlarni eslash;
2. Materialni umumlashtirish;
3. Nazariyani o’zlashtirilganini tekshirish;
4. Umumlashgan qoidani qo’llash namunasini ko’rsatish;
5. Mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni takomillashtirish (mashqlar);
6. Darsning natijalarini yakunlash;
7. Uyga vazifa berish.
Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi (kontrol dars). Kontrol ish o’tkaziladigan darsning strukturasi murakkab emas: o’qituvchi topshiriqlarni
aytib turadi (yoki doskaga yozadi), o’quvchilar ularni bajaradilar va dars oxirida ishlar yig’ib olinadi. Kontrol ishning savollari va topshiriqlari shunday
ifodalanishi kerakki, o’quvchilarning javoblaridan ular materialni shunchaki eslab qolgani emas, balki ishning mohiyatini tushungani ham ko’rinib
turishi lozim.
Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogik faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan buyon
mavjud bo‘lsa, bu faoliyatning meyorlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o‘quvchi-talaba bilimiga baho qo‘yish,
uni sinov, imtihon qilish, munozara, mushoira o‘tkazish, pirovard bilimlarini bilib olish boshlangan yerda diagnostika ham turli shakl va ko‘rinishlarda
mavjud bo‘lgan.
Hamma zamonlarda ham o‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi o‘quvchi-talabani o‘qish, o‘rganish, o‘zlashtirish, bilish va olgan bilimlarini
kundalik hayotida foydalana bilishlari bilan baholangan va natijalangan.
Ma’lumki, mamlakatimizda uch ming yillar avval ham bilim olish va mutolaa qilish oilada, jamoa muhitida ustoz-shogirdlik asosida olib borilgan.
Buyuk allomalarimiz Mirzo Ulug‘bek, Ibn-Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy davrlarida ilohiy-dunyoviy bilimlarni o‘rganish maxsus
madrasalar va Akademiyalarda amalga oshirilgan.
Bilimlar, asosan, yakka tartibda va kichik jamoalarda, ustoz-shogird maktablarida mutolaa, mushoira, muzokara tariqasida amalga oshirilgan. O‘sha
davrda ham talabalarni baholovchi mezonlar bo‘lgan. Jumladan, talaba berilgan vazifalarni bajarib, o‘z fikrini ongli ravishda bayon qila olsa, ustozi
talabalar oldida unga “tashakkur” yoki “tasanno” deyish orqali baholagan. Agar talaba berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarib, to‘la o‘zlashtirib,
talabalar orasida yorqin, ravon bayon qilib ayta olsa, ustozi uni “barakallo” deb rag‘batlantirgan. Agar talaba berilgan vazifa va topshiriqlarni a’lo
darajada bajarib, amaliyotda uni bemalol qo‘llay olsa, unga yuqori baho berib, “ofarin” deb rag‘batlantirgan.
Bularning zamirida nozik ruhiy qo‘llash, o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, unda ichki motivatsiyani vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni egallash sari
yetaklangan. Agar talaba vazifalarni yaxshi o‘zlashtirmay kelsa, unga qayta mutolaa qilish zarurligi haqida tanbeh berilgan.
Yuqorida keltirilgan baholash tizimida rag‘batlantirishning har bir turi o‘quvchi qay darajada o‘zlashtirganligiga mezon vazifani bajargan. Bunday
rag‘batlantirish talabani mutolaa qilishga bo‘lgan zavqini oshirib, yangi bilimlarni egallash sari chorlagan.
Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo‘lga qo‘yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. O‘sha davrlardayoq, pedagogik diagnostika
bilimlarni o‘zlashtirish asosidir deyishgan. O‘tgan asrlarda u o‘quvchi bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864-yilda AQSH
olimlari D.Fisher va R.Reyeslar asos solganlar. 1908-yildan boshlab, olim T.Stoun arfmetikadan test orqali o‘quvchi bilimining sog‘lom tizimini tadbiq
etgan. Nemis olimi Linner “test shaxsning turli holatlarini, shaxsiy xususiyat, imkoniyat va qobiliyatlarini aniqlovchi ilmiy metoddir” deb ta’riflaydi.
Alabama davlat maktablarida sinf 12- ta o‘quvchidan iborat guruhlarda kasblar bo‘yicha tarmoqlar va muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan
asosiy ish ko‘nikmalarini ilmiy-asoslangan chora-tadbirlar ACT WorK Keys baholariga birinchi marta muhokama qilindi. Ular ish qidiruvchilar,
xodimlarning, ish beruvchilar, talabalar, o‘qituvchilar, rahbarlar ishlab chiquvchilar tomonidan ko‘'proq, e’tiborga olingan. ACT WorK Keys baholash
kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji uchun zarur bilim va kognitiv ko‘'nikmalarini o‘lchash. Talabalar axborotlashtgan ta’lim orqali o‘qish, va axborot test
loyhalarni uch baholash to‘g‘risidagi kasb ballar asosida talabalar bronza, kumush, oltin, yoki Platinum sertifikat olish uchun tegishli harakat
qilishlari mumkin.
Pedagogik tajribadan bizga sir emaski, ijobiy baho o‘quvchi- talabaning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi va kayfiyatini oshiradi, ruhlantiradi. Uning o‘ziga
bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Bu jarayon uni bilim olishga qiziqishini ortiradi. Bu holat Etnopedagogikamiz va halq pedagogikasida ham qayd
etilgan. Yuqorida bayon etilgan besh ballik baho tizimida o‘quvchi yomon baho olganda, unga dashnom berilganda unig kayfiyati tushadi, bilim
olishga ishtiyoqi, qiziqishi so‘nadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qolib boradi.
Uzoq yillik kuzatuvlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi-talabaning o‘z faoliyatini o‘zi baholashi, o‘ziga-o‘zi baho berishi eng adolatli, to‘g‘ri va
istiqbollidir. Bunday o‘lchov mezoni o‘quvchi-talaba bilim sifati va samaradorligini pedagogik diagnostika asosida baholashdir. Quyida shular haqida
fikr yuritamiz.
Baholash nima?
O‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi baholanish va baholashdir. O‘quvchilar nimani bilishini va nimalarni bilmasligini aniqlashtirish, ularni
o‘zlashtirishdagi kamchiligini va nuqsonlarini aniqlash va keyingi yutuq tomonlariga suyanib, zaif tomonlarini to‘ldirish va rivojlantirish hozirgi davrda
didaktikaning asosiy talablaridandir.
Baholash jarayonining asosi – o‘quv-biluv jarayonida o‘quvchi faoliyatini kuzatib, tahlil qilib borish. Agar ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati,
qobiliyati rivojlansa, ta’lim jarayonidagi ishtiroki, individual xususiyatlari takomillashadi. Ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, besh ballik baho qo‘yish
tizimining asosiy kamchiligi bolaning psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar bolalarning bahoga bo‘lgan salbiy munosabatlarini ko‘plab
ko‘zdan kechirganlar. O‘quvchilarga baholar e’lon qilinayotganda sinfda paydo bo‘ladigan sukunat, ichki noroziliklar bizga juda tanish. Buning natijasi
goho oshkora xursandchilik, goho ko‘zyoshidir. Ma’lumki, kunda baho qo‘yishdan oldin nazorat ishlari olinadi. Ular: 1) og‘zaki so‘rov (umumiy
guruhda va yakka tartibda); 2) yozma ravishdagi ishlar (diktant, bayon, insho, misol va masala, mashqlar yechish); 3) zachyot; 4) laboratoriya ishlari; 5)
amaliy ishlar; 6) mustaqil yozma ishlar; 7) imtihonlar.
Yuqoridagi nazorat darslari tashkil etilgandan so‘ng ularning faoliyatida uchraydigan tipik xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun maxsus
mshg‘ulotlar tashkil etiladi. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalarda o‘z-o‘zini baholash, reyting, testlar qo‘llanib, xavotirlik, ruhiy
tinchlik, atrofdagilar bilan o‘zaro samimiy va do‘stona munosabat, ijodkorlik, hamkorlik tushunchalari kirib kelmoqda.
Ta’limda baholash shunday olib borilmog‘i kerakki, u o‘quvchi-talabaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini, xohish-istaklarini, ichki his-tuyg‘ularini
uyg‘otish va oshirishga xizmat qilsin. Didaktika mezonlari bilan aytganda, ularda doimiy motivatsiyalar oshib borishi kerak. Pirovard natijada o‘quvchi-
talabaning o‘ziga nisbatan ishonch kuchi doimiy rivojlanishini kafolatlamog‘i lozim.
Pedagogikadan ma’lumki, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonch, ta’lim-tarbiyada pirovard natijaga erishishning kafolatidir. Zero dars an’anaviy yoki
interfaol, ilg‘or pedtexnologik loyiha asosida kechadimi unda qo‘yilgan bosh maqsad – bolada mavjud bo‘lgan ijodkorlik va moyillikka turtki
berishdan iborat, ya’ni o‘quvchi-talabada bilim olishga ishtiyoq, xohish-istakni, chaqqonlikni tarbiyalash bosh masaladir. Buning uchun ta’lim sohasi
xodimlari, amaliyotchi o‘qituvchilari baholashda pedagogik diagnostika nima? Test nima? Reyting nima? Ta’limda monitoring nima? Ular qanday qilib
o‘quv jarayoniga olib kirilishi kerak? degan savollarga javob berishga tayyor bo‘lishi lozim. Biz kelgusi mavzularda yuqoridagi savollarga alohida-
alohida to‘xtalamiz.
ТАШХИС МАҚСАДИ-diagnosis
Ўқув жараёнининг самарадорлигини аниқлаш -To determine the effectiveness of the educational process
Баҳолаш-assessment
Таҳлилқилиш-The analysis of
[1]
Педаго-гиканинг тадқиқот методи
Ўқув-чилар-ни ўрганиш метод-лари
Педагогик диагностиканинг босқичлари ва принциплари
Ўқувчилар-нингбилим, кўникма ва малакалари-нинг қай даражада эканлигини аниқлаш
Тўғри ташкил этиш
Таълим самарадор-лиги ошади
Назорат ва ҳисобга олиш
[2]
[3]
O‘quvchilar bilimini tashhis etishning mohiyati1. Ta’lim tashhisi mohyaiti haqida gapirishdan oldin tashhisni umumiy yondashuv hamda
tashhislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashhis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish,
uning natijalarini belgilash demak. Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Ta’lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik farqlanadi. Shuningdek, ta’lim olganlikni tashhislash vaqtida belgilangan maqsadni
amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida ham qaraladi. Didaktik tashhisning maqsadi o‘quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog‘liq holda
aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, tashhis ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq
ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashhis natijalarini ularga
erishish yo‘llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim samarasini ta’minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi:
Ташщислаш
Назорат
Маълумотларни тащлил =илиш
Динамика
Текшириш
Бащолаш
Статистик маълумотларни тыплаш
Во=еликнинг кейинги ривожини тахмин =илиш
Тенденцияларни ани=лаш
17 - чизма. Ташщислашнинг асосий таркибий =исмлари
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik
texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo‘lib kelgan. Shunga qaramay, bugun
ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg‘in munozaralar davom etmoqda.
Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan talablar. O‘quvchilarning ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan pedagog
talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta’rifida berishni ma’qul deb topdik) ta’lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan:
har bir o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf yoki guruhning o‘quv ishi natijalari o‘quvchining shaxsiy natijalarining o‘rnini
almashtirishga yo‘l bermaydigan nazoratning individual tavsifi;
nazoratni ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang‘ich idrok etishdan to bilimlarni amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida
o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi;
nazoratning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, uni olib borishga o‘quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari;
o‘quv dasturining barcha qismlarini qamrab olgan, o‘quvchilarning nazariy bilimlari, intellektual hamda amaliy ko‘nikma va malakalarini tekshirishdan
iborat nazoratning keng ko‘lamliligi;
o‘quvchilarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o‘qituvchining xato xulosalar chiqarish, subyektiv munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi,
shuningdek, o‘zlashtirish natijalarini baholashda baho mezonlariga qat’iy rioya qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi (obyektivligi);
har bir fan, uning bo‘limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda turli nazorat
metodlarini tanlashning tabaqalashganligi;
muayyan sinf (guruh) o‘quvchilarining o‘quv ishlarini nazorat qilishda barcha o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladigan talablarning bir xil bo‘lishi.
Yuqorida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi ortadi va yoquv jarayonida o‘z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi.
O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari. Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi
borligini alohida uqtiradi:
O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchilarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy maqsad
bajariladi.
Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar o‘quv faoliyatini hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan.
Har bir fan bo‘yicha o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va
quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:
joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat.
Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir
mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini
aniqlash, baholash shakli.
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.
O‘quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirish
darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda
suhbat usuli deb ham atashadi.
Og‘zaki ommaviy tekshirish o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash bo‘lib, ular guruhga qaratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar
qisqa bo‘ladi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchilarni nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo o‘quvchilarning nutqini
o‘stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual so‘rashda ko‘zga tashlanmaydi. Ammo so‘rashning bu shaklida guruhdagi boshqa o‘quvchilarning to‘laqonli
ishlashlariga erishish juda qiyin.
Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o‘qituvchi bir necha o‘quvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og‘zaki javob beradi, 3-4 nafar
o‘quvchi esa kartochkalar bo‘yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu tekshirishning murakkab usuli bo‘lib, o‘qituvchidan yetarlicha tajriba va
diqqatlarini guruhdagi hamma o‘quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi.
Yozma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib
bo‘lganidan so‘ng o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. Yozma tekshirish topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli
nazorat va mustaqil ishlarni bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda o‘qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib
chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki
olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish tekshirishning maxsus turi bo‘lib, u o‘quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball
qo‘yish bilan yakunlanadi. Bu o‘quvchini doimo harakat qilishga va faollikka undaydi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta
hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi.
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o‘zgarishlarga aylantirishga
yordam beradi.
Reyting nazorati asosida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini hisobga olishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali
foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O‘zbekiston
Respublikasida abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2) nazariy va amaliy bilim darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir.
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha
mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi
shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o‘quvchilarni
kasbga muvaffaqiyatli yo‘llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko‘lamda amalga
oshirilayotganligi kabi holatlar ko‘zga tashlanayotgan bir vaqtda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va
vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi, zamon talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida baholash uslubi
bilan almashtirishni taqozo etdi. Shu o‘rinda «+anday sabablarga ko‘ra besh balli baholash mezoni o‘zini oqlamadi?» degan savolga javob berish
o‘rinlidir:
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni
nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo‘llik, o‘qituvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga
xizmat qilib kelgan.
Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq kelmaydi.
Ikkinchidan, baholash mezoni o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ixtiloflarni keltirib chiqarishga emas, aksincha, o‘zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna
olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina
emas, balki ta’limni tashhis etishning faol ko‘makchisiga aylanishi zarur.
Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo‘yish tartibini bildirib, mohiyatan baholar o‘rtasida yig‘indisining
o‘rtacha arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat.
Masalan, o‘quvchi biror o‘quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, joriy nazorat bo‘yicha ham shunday natijalarni qayd etgan bo‘lsa,
unga chorak uchun «4» baho qo‘yiladi. Bu esa o‘quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, ijobiy baholanishiga, chorak
oxirida muayyan mavzudan olgan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sharoit yaratadi.
«Reyting» (inglizcha baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash. Reyting tizimi
o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning yordamida o‘quvchilarning o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim
standartida belgilangan barcha talablar bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi.
Reyting tizimida o‘zlashtirish natijasi nazoratning ko‘rsatilgan barcha shakllardan o‘tish jarayonida to‘plangan ballarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o‘quv fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo‘yilsa, o‘quvchining chorak yoki yarim
yillik uchun to‘plagan bali 27 ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting ballini to‘plamaguncha va barcha nazorat
shaklidan o‘tmagancha attestatsiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim o‘rtasida tafovut kelib chiqishining oldini
oladi.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:
ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
o‘quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;
ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish;
ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy mavzularning to‘laligicha o‘zlashtirilishi;
o‘quvchilarda o‘z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
o‘quvchilarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv yo‘qolib, uning o‘rniga bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf
etish yo‘lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo‘rquv o‘rniga intilish, rejalashtirish, harakat qilishga ehtiyoj tug‘iladi,
o‘rganishga nisbatan qiziqish ortadi.
Biroq, bugungi kunda ham maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan foydalanilayotganligi bois pedagoglar mazkur tizimning
rag‘batlantiruvchi rolini oshirish yo‘llarini izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda. Xususan:
baholarni qo‘shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf jurnallarini yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo‘llashga imkon
bermaydi. Shu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni qo‘yadi, plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi;
raqamni balli baho (qo‘shimcha baho) bilan to‘ldirishi. Bu usul instruktiv ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo‘llaniladi, zero, bu
usul dars davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko‘proq sarflashni talab etadi;
o‘qituvchining kundalik daftarga baho qo‘yish bilan birga ota-onalar uchun qaydlarni yozishi. Bu usul o‘quvchining oila oldidagi mas’uliyatini
kuchaytirishga asoslanadi. +uyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g‘ayri oddiylik yo‘q. Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan
tanishish ularning asosan salbiy mazmunda ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni barbod qiladi.
Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, 5-6-sinf o‘quvchilarida ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batning pasayishini ta’minlovchi omil – aynan kundalikdagi
salbiy mazmundagi qaydlardir.
kommunikativ motiv – tengdoshlarining munosabati, fikri. O‘quvchilar tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘la olmaydilar.
Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish yaramaydi, zero, bunday yondashuv ham o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan
rag‘batni susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo‘lgan: o‘quvchini jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish
mumkin emas. Bugun ham ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas.
kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o‘rinda o‘quvchilarni o‘z sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga yordam
ko‘rsatishga o‘rgatishdan iborat;
o‘zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo‘yilib, unda o‘quvchilarning barcha baho ko‘rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning
kamchiligi a’lochilarda kibrlanish, past o‘zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olish uchun o‘quvchilarni axborotni
to‘g‘ri qabul qilishga o‘rgatib borish zarur.
o‘z-o‘zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o‘quvchi o‘z faolitini tahlil etadi. Yakunlangan haftada o‘zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi
bo‘lib qolaversa ham o‘quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o‘quvchi yakunlangan haftada samarali ishlasa, g‘olib chiqqan hisoblanadi.
O‘z-o‘zi bilan musobaqada barcha o‘quvchilar teng sharoitda bo‘ladilar, ya’ni, past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi
o‘quvchi esa bitta a’lo bahoni kam olgan bo‘lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o‘zlashtirish uchun emas, balki o‘zlashtirishni yaxshilash uchun
xizmat qiladi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt
bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. Shu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki,
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari,
ko‘nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga o‘quvchilarning og‘zaki javoblari, amaliy
topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og‘zaki
javob berish jarayonida «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa:
o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan to‘g‘ri javoblar berilsa;
material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa;
o‘qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan xatolar yo‘l qo‘yilsa yoki to‘liq bo‘lmagan javob aytilsa.
Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa:
masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo‘lmasa;
topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan bir-ikki xatoga yo‘l qo‘yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan
bo‘lsa.
Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa:
ishni to‘liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chiqara olmasa;
ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘yilsa.
Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiqarish mumkin: o‘quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda
qo‘yiladi:
«5» baho: a) o‘quvchi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v)
egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, o‘zma ishlarda xatolarga qo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib
bera olsa qo‘yiladi.
«4» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni
amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa
hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa;
«3» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa;
b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
«2» baho: o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa
O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi
faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
rejalashtirish;
tashkil etish;
boshqarish (rag‘batlantirish);
nazorat;
natijalarni baholash va tahlil qilish.
O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki
konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy
baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o‘ylab
chiqishi kerak bo‘ladi.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga
ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining
mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv,ya’ni, ta’limiy
xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O‘quv harakatlari o‘quv
jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi
mumkin. Tashqi o‘quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish,
sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish,
shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etadi. Pedagogik
jarayonda o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab
olinishi xavfilidir.
O‘quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o‘zini o‘zi nazorat qilishning
mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O‘zini o‘zi nazorat qilishda o‘quvchilar ular qo‘llayotgan aqliy mehnat vositalarining
samaradorligi, shuningdek, o‘z mehnati natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o‘quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zini
nazorat qilish, o‘zini baholash va o‘zini analiz qilish amalga oshirish o‘qituvchining shunga o‘xshash o‘rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida
shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o‘zaro nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan
mezonlar asosida o‘z faoliyati natijalarini o‘zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi. O‘quvchilar o‘quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o‘rganib olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish
jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o‘quv materialini anglab
yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo‘llash.
Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash
xususiyatiga ega. Shuning uchun birinchi navbatda o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib berish
kerak. Shu asosida o‘quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish,
mumkin bo‘lgan tajribalarni o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o‘rganish haqida yetarlicha
tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib yetganda yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich – o‘quv materialini anglab yetish. U ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni
topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi
dalillar to‘plamini o‘rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o‘rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali
hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko‘rsatsin. O‘quvchi o‘quv masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni
anglab yetsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok
etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil
mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari,
topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o‘quvchilar nazariy materiallarni
biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari
shakllantirilgan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Bilimlarini qo‘llash o‘rganilayotgan materialning
mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot
topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari sxematik ko‘rinishi quyidagichadir:
Ta’limning gnoseologik asoslari. O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog‘liq.
Gnoseologiya(yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o‘rganish, logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari,
qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu
yondoshishlar o‘quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot obyektlarining harakatlari hamda 
yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi,
yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni
yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga
ajratadi. Sezib bilishning predmeti va obyekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni
beradi.
Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi,
o‘zlashtirganlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid
tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta
shartga amal qilish kerak:
fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi
zarur.
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning
haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin,
tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan
anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o‘zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo‘yicha va
dorilar ta’sirini kuzatish asosida aniqlagan.
Chex pedagogi Y.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi
g‘oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi.
Y.A.Komenskiyninng tabiatga bog‘liqligi haqidagi g‘oyasi – g‘arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo
qonunlarining o‘quv jarayoniga ta’sirini ko‘rsatib berishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o‘rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib
berishga urinib ko‘rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo‘ynida,
qishloq joylarda rivojlanishi kerak.
Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistensiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini
quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir.
Ekzistensializm ratsional bilishni rad etadi, ta’lim fandan ko‘ra san’atga yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari
suradi.
Ta’lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm pedagogikasi” yoki progressivizm A+Shda alohida rivojlandi. Uning yetakchisi
Djon Dyui mazkur ta’limotni ifodalashda pragmatizmning falsafiy g‘oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy
amal) zamonaviy Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning obyektivligini rad etadi, haqiqat bu obyektiv borliqqa mos kelmaydi, balki
amaliy foydali natijalar beradi.
D.Dyui fikricha, bilish va bilim inson o‘z hayotida duch keladigan turli muammo yoki qiyinchiliklarni yengish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun
kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning 
boshlanish yo‘li har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi.
[1]
Michael Uljens. School Didactics and Learning: A School Didactic Model Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 98
бет
[2]
Michael Uljens.School Didactics and Learning: A School Didactic Model Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 43 бет
[3]

Yüklə 429,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə