Reja: Tekislikda t



Yüklə 359,65 Kb.
səhifə1/3
tarix22.02.2023
ölçüsü359,65 Kb.
#101196
  1   2   3
akslantirishlar va almashtirishlar.


Akslantirishlar va almashtirishlar. Almashtirishlar gruppasi va uning qism gruppasi.

Reja:
1. Tekislikda to’plamlarni akslantirish va almashtirishlar


2. Almashtirishlar gruppasi va uning qism gruppasi.
Tekislikda to’plamlarni akslantirish va almashtirishlar.
1. Tabiatda, fan va texnikada hamma vaqt shunday hodisalar uchraydiki uning ta’sirida u yoki bu narsalar o’zining tashqi ko’rinishini, o’lchamlarini va fazodagi vaziyatlarini o’zgartiradi. Masalan, shamol ta’sirida daraxtlar egiladi, metallar issiqdan kengayadi, mayatnik tebranib turadi. Bu hamma hollarda narsalar almashadi deb aytiladi.
Funksiya ta’rifi. Bizga ixtiyoriy va to’plamlar berilgan bo’lsin.
1 -ta’rif. Agar to’plamdan olingan har bir elementga biror qonunga binoan to’plamdan aniq bitta element mos qo’yilgan bo’lsa, u holda to’plamni to’plamga akslantirish berilgan deyiladi va u quyidagicha belgilanadi: , .
Bu yerda element ning aksi (obrazi) deyiladi va yoki ko’rinishda yoziladi, ni esa ning asli (proobrazi) deyiladi.
Geometriyada bir F figurani F figuraga almashtirishda figuraning oraliqdagi o’zgarishlarini e’tiborga olinmaydi, faqat boshlangich va oxirgi vaziyatlari o’rganiladi.
Tekislikdagi har bir figurani nuqtalar to’plami deb olamiz.
Bo’sh bo’lmagan ikkita X va Y to’plamlar berilgan bo’lsin.
1-ta’rif. Agar X to’plamning har bir x elementiga Y to’plamning aniq bir y elementini mos qo’yuvchi f qonun yoki qoida berilsa, u holda X to’plamni Y to’plamga akslantirish berilgan deyiladi.1
«f qoida X to’plamni Y to’plamga akslantiradi» degan jumlani
f :X→Y yoki X Y ko’rinishda yozamiz. y=f(x) elementni x elementning f akslantirishdan aksi (obrazi), x ni esa y elementning asli (proobrazi) deyiladi.
1-misol. Shaxmat donalari X to’plam va shaxmat taxtasidagi kataklari Y to’plam berilgan bo’lsin. Shaxmat donalarini taxtaga terish f1 bilan X to’plamni Y to’plamga akslantirish o’rnatiladi,
ya’ni f1:X→Y.
f:X→Y akslantirishning muhim xususiy hollari bilan tanishamiz.
Agar ixtiyori x1, x2X elementlar uchun x1x2f(x1)f(x2) bo’lsa, u holda X to’plamni Y to’plam ichiga akslantirish yoki in’ektsiya deyiladi.2
2 -misol. Yarim aylanani X to’plam deb, yarim aylana diametri orqali o’tuvchi to’g’ri chiziqni Y to’plam deb olaylik (48-chizma). f2-qoida deb X to’plam nuqtalarini Y to’plam nuqtalariga ortogonal proektsiyalarini olsak X to’plam Y to’plam ichiga bir qiymatli akslanadi.
2
48-chizma
. Agar
f akslantirishda obrazlar to’plami Y to’plamdan iborat bo’lsa, ya’ni f(X)=Y bo’lsa, u holda f:X→Y akslantirish X to’plamni Y to’plam ustiga akslantirish yoki syur’ektsiya deyiladi.
Ya’ni f akslantirishda Y to’plamning har bir y elementi X to’plamning biror x elementining aksi (obrazi) bo’lsa f akslantirishni X to’plamni Y to’plam ustiga akslantirish yoki syur’ektsiya deyiladi.
3-misol. - tekislikda d to’g’ri chiziq berilgan. Tekislikning har bir M nuqtasiga uning d to’g’ri chiziqdagi ortogonal proektsiyasi M1 nuqtani mos qo’yamiz. Natijada f3:→d akslantirishga ega bo’lamiz. f3 akslantirish syurektsiya bo’ladi, chunki d to’g’ri chiziqning har bir nuqtasi proobrazga (asliga) ega (49-chizma).
3. Agar f:X—>Y akslantirish bir vaqtda ham inektiv ham syurektiv bo’lsa, u holda f akslantirishni o’zaro bir qiymatli akslantirish yoki biektiv akslantirish deyiladi.3
4-misol. Tekislikda O markazli, r va R radiusli ikkita konsentrik aylanalar berilgan bo’lsin. (50-chizma). r radiusli aylananing nuqtalar to’plamini X, R radiusli aylananing nuqtalar to’plami Y bo’lsin.

Yüklə 359,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə