Reja: Turizm tushunchsi Turizm turlari O`zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun qilingan islohatlar. O`zbekistonda turizm stikasi



Yüklə 15,26 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü15,26 Kb.
#148021
1   2   3   4   5   6
Reja Turizm tushunchsi Turizm turlari O`zbekistonda turizmni ri-fayllar.org

Yangi yo‘nalishlar Respublikaning turizm salohiyati yuqori bo‘lgan fuqarolar yig‘inlariga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» va «Turizm ovuli» maqomini berish va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy qilindi. Mamlakatimizda birinchi bo‘lib Samarqand tumani Konigil qishlog‘ida 52 ta hunarmandchilik va dam olish maskanlari mavjud bo‘lgan «turizm qishlog‘i» tashkil etildi va 200 nafardan ortiq mahalliy aholi ish bilan ta’minlandi. 2022 yil davomida Navoiy viloyatining Nurota tumanida Sentob turizm qishlog‘i hamda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Ertosh-soy va Ovjazsoy qishloqlariga «turizm qishlog‘i» maqomi berildi. Ushbu qishloqlarda 90 ta oilaviy mehmon uylari, 20 turdagi xizmatlar tashkil etilishi natijasida 400 ga yaqin qishloq aholisi bandligi ta’minlandi. Toshkent viloyatining Angren shahrida Lashkarak va Parkent tumanida Kumushkon, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida G‘yelon, Boysun tumani Omonxona qishloqlariga turizm qishlog‘i maqomi berish yuzasidan choralar ko‘rilmoqda.

Sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar 2021 yilda turizm sohasidagi investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 11,4 trln so‘m bo‘lgan mablag‘lar o‘zlashtirilib, 495 ta loyiha amalga oshirildi. Davlat investitsiya dasturi doirasida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda umumiy qiymati 1,2 mlrd AQSh dollari bo‘lgan 62 ta loyihada, 562,7 mln dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 31 ta loyiha ishga tushirildi. 2022 yilda turizm sohasida jami qiymati 22,1 trln so‘mlik 735 ta loyihalar ishga tushirilib, tarmoqda qo‘shimcha 23 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish hamda raqobatbardosh xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga bergan e’tibor natijasida turizm bozorimizga Hilton, Marriott, Hyatt, Wyndham, InterContinental Hotels Group va Accor kabi yetakchi mehmonxona brendlari kirib kelmoqda. Ular nafaqat poytaxt Toshkent, balki, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlariga ham qiziqish bildirib, o‘z faoliyatlarini tashkil qilmoqda. Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari rahbarlari kengashining sammiti doirasida Samarqand shahrida 260 gektar maydonda yangi turistik markaz barpo etilib, jahon standartlari darajasidagi 8 ta mehmonxona ishga tushirildi. Mazkur loyihaga 516 mln dollar qiymatida investitsiya yo‘naltirildi.


Yüklə 15,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə