Reja: Umumiy ta’lim maktablarida musiqa savodini o’rgatish metodlari


O’quv yilining birinchi yarmi tovushning baland-pastligi. Registrlar



Yüklə 277 Kb.
səhifə2/8
tarix11.12.2023
ölçüsü277 Kb.
#146199
1   2   3   4   5   6   7   8
1404451888 53329

O’quv yilining birinchi yarmi tovushning baland-pastligi. Registrlar

Tovushlarning baland-pastligi tushunchasini o’rganish bolalardagi mavjud tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu tasavvurlar ko’pincha noto’g’ri bo’ladi. Dastlab bolalar terminlarni adashtirib, baland tovushlarni past tovushlar deb va aksincha, balandlik haqidagi tasavvurini qandaydir katta bir narsa bilan bogliq bo’ladi (baland bo’yli erkak baland tovush va h.k.) Shuningdek, ular ko’pincha baland tovushlarni «ingichka tovushlar» deb, past tovushlarni «yo’g’on tovushlar» deb atashadi. Shuning uchun bolalarni bir yo’la to’g’ri terminlardan foydalanishga o’rgatish, baland va past tovushlarni eshitib farqlay bilish va to’g’ri atashga odatlantira borish kerak.


Balandligi jihatidan turlicha bo’lgan tovushlarni emas, balki registr tushunchasi bilan birlashgan tovushlar gruppasini o’rganishdek ana shu uzoq davom etadigan, serdiqqat ish boshlanadi. Bu termin haqida bolalarga ma’lumot bermaslik mumkin, ammo registr tushunchasining mohiyati haqida ularning aniq tasavvur hosil qilishlari, kuyi, o’rta yuqori registrlardagi tovushlarni ajrata bilishga o’rganishlari muhimdir.
Bolalarga tanish bo’lgan qo’shiqni ijro etishning ta’siri kuchlidir: shuning uchun ham dastlab ularga agar ayiq yoki fil aytishni bilganida edi, uni qanday ovoz bilan aytishi yoki qushlarning qanday sayrashi mumkinligini tasavvur qilishi taklif etiladi.
«Baland» yoki «past» tovushlar haqidagi tushunchani izohlab berishda tegishli assotsiatsiyalar hosil qilish uchun bolalarning hayotga, maishiy turmushga xos bo’lgan qushchaning osmonda chirillab sayrashini, yoqimli, jarangdor ovozi go’yo yuqoriga-osmonga intilayotgandek yengil va ravshan-sofligi - bu tovushlarning baland-pastligini, aksincha, ayiq, fil, arslondan eshitiladigan tovushlar, xayvonlarning o’zlari singari, xuddi yerdan ko’tarila olmagandek qo’pol, og’ir-past tovushlar ekanligini gapirib berish mumkin. Obrazlilik bolalarning yorqin va aniq musiqaviy taasurotlar hosil qilishlariga yordam beradi.
Registrlar haqidagi tushunchani mustaxkamlash va o’zlashtirishni tekshirib ko’rish uchun quyidagi o’yin-mashqni o’tkazish foydali bo’ladi. O’qituvchi qo’shiqni turli registrlarda chaladi, bolalar esa ularni qo’l harakatlari bilan ko’rsatib borishlari kerak. Agar qo’shiq yuqori registrda chalinayotgan bo’lsa, ular qo’llarini yuqoriga ko’tarishadi, pastki registrda chalinayotganda-pastga tushirishadi, o’rta registrda-qollarini oldinga uzatishadi. Bu o’yinni tikka turib bajarib yaxshiroq bo’ladi. U holda, ko’zlanadigan asosiy maqsaddan tashqari, bir yo’la go’yo jismoniy yengillikka ham erishilib darsda baland ruh paydo bo’ladi. Tovushlarning baland-pastligini aniqlash birinchi oktava bilan cheklangach, shu tovushlarni eshitishnigina emas, balki, ularni kuylashni ham talab etish kerak. O’shanda bolalarning eshitib tasavvur hosil qilishlari bilan bir vaqtda ularda qo’shiqchilik sezgilari hosil bo’la boradi, chunki eng baland tovushlar qo’shiq aytishda o’rtacha va past tovushlarga qaraganda ko’proq zo’r berishni talab etadi. Shu ish bilan bir qatorda qo’shiq o’rganish jarayonida o’quvchilarga avval qochiriq shaklidagi bir tovush, keyinroq esa o’ziga xos melodik misolga (davraga) mo’ljallangan ikki mashqni kuylash taklif etiladi. Bunda bolalarning diqqatini shunga ko’proq tortish kerakki, birinchi holatda ular ayni bir tovushni takrorlashadi, ikkinchi holatda esa ikki turli tovushni kuylashadi.
O’quvchilarda notaga qarab kuylash misollari etarli ravishda to’plangandan keyin, quyidagi topishmoq – o’yinni o’tkazish mumkin: tanish qo’shiq grafik shaklda tasvirlanadi va buning qanday qo’shiq ekanligini topish, keyin esa uni aytish taklif etiladi. So’ngra qo’shiq nota yozuvidan topiladi va aytiladi. Agar o’quvchilarning ko’pchilik qismi bu topshiriqni muvaffaqiyatli bajara olsa, ancha murakkab topshiriqni ham beraverish mumkin. O’qituvchi mashqlar uchun qo’shiqlar tanlar ekan, ularni aytishga qulay diapazondagi namunalardan bo’lishiga intilmog’i kerak, chunki bunday tanlash aniq talaffuz etish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitni yaratadi.
Tovushlar cho’zimi va ularning yozilishi
Tovushlarning baland-pastligi tushunchasini egallash ustida olib boriladigan ish jarayonida ularning cho’zimi tushunchasi asta-sekih kiritiladi. musiqa asarlaridagi tovushlar faqat muayyan balandlikkagina emas, balki muayyan cho’zimga ham ega ekanligiga, qisqa va uzun-cho’ziq tovushlar borligiga diqqatni jalb etiladi. Uzun tovushlarni cho’zib aytish kerak. Bunda qo’shiqning grafik rasmidan foydalaniladi; tovushlar bu grafik rasmda cho’zimiga qarab qisqa yoki uzun chiziqchalar bilan ko’rsatiladi.
Ushbu mashqlarni bajarishda o’qituvchi avvalo qo’shiqni qanday yozish kerakligini tushuntirib va ko’rsatib beradi, so’n’shiqni yoki melodik parchani aytadilar, keyin uning ritmini qalam bilan parta qopqogga chertmak chalib ko’rsatadilar, shundan keyin o’qituvchi kuyning ritmik tuzilishini daftarga yozishni taklif qiladi,tekshirib ko’rish uchun bolalardan biri uni doskaga yozib qo’yadi.
Notalarni yozish. Nota yo’li. Kalit
O’quv yilining ikkinchi yarmida (ikkinchi bosqich) nota yozuvini egallash mashg’ulotlariga kirishi mumkin. O’qituvchi nutqomizni, har bir so’zimizni harflar bilan yozish mumkin bo’lgani kabi, musiqani ham yozish mumkinligini, ammo buning uchun musiqaga xos harflarni - notalar deb ataladigan belgilarni bilish kerakligini tushuntirib beradi, notani yaxshi bilgan kishining har qanday qo’shiqni ayta olishini uqtirib o’tadi.
Notalar nota yo’liga yoziladi. Bunda o’qituvchi nota yo’lining ahamiyatini izohlab beradi; nota yo’li - nota yoziladigan o’rindir. U doskaga nota yo’lini chizib ko’rsatar ekan, bolalarning chiziqlar sanbg’i boshlanadigan joy - eng pastki chiziq - birinchi chiziq ekanligini bemalol esda qoldirishlari uchun pastki chiziqni chizishdan boshlashi lozim. So’ngra u notalarning chiziqlarga, chiziqlar orasiga, chiziqlarning ustiga va ostiga yozilishini, asosiy chiziqlar etishmay qolganda esa notalar qo’shimcha, qisqa chiziqlarga yozilishini uqtiradi. Shundan keyin o’qituvchi, nota chizig’i boshida maxsus belgi - skripka ka1iti bo’lmaguncha yozilgan notalardan birontasini ham atay olmaymiz, bu kalit notalar nomini ochib beradi, deydi. U ushbu kalitning nima uchun skripka kaliti deb atalishini aytar ekan, kalitning ikkinchi nomi bo’lgan Col kaliti bilan ham o’quvchilarni tanishtiradi. Col notasining qaerda turganligini bilib olgan o’quvchi boshqa notalarni ham topishi mumkin. Bolalar notaning o’rnini qanday topish kerakligini juda tez tushunib oladilar; bu narsa maroqli o’yinga aylanib ketadi; o’yin paytida bolalar qaerda qanday nota yozilishini esda qoldiradilar.
Bolalarning nota yozuvini bemalol tushunib, birinchi oktava doirasidagi har bir notaning o’rnini yaxshi bilib olishlari uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin.
a) O’qituvchi notalarning nomlarini aytib turib yozdiradi yoki doskaga yozib beradi. O’quvchilar esa ularni nota yo’liga yozishlari kerak;
b) O’qituvchi qo’shiq kuyni doskaga yozadi hamda o’quvchilardan uni daftarga ko’chirib yozishni va shundan keyin notalarning nomlarini
yozib qo’yishni taklif etadi.
Bu mashqlardan barcha o’quvchilar mustaqtil ravishda bajarishadi, so’ngra ulardan biri shu mashqlarni doskaga yozadi, boshqalari esa o’z ishlari bilan solishtirib chiqadilar. Shunga o’xshash mashqlarni uyga vazifa qilib topshirish mumkin.



Yüklə 277 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə