|
Reja: vestitsiya muhiti va unga tasir etuvchi omillar
|
səhifə | 1/8 | tarix | 27.02.2023 | ölçüsü | 36,12 Kb. | | #101577 |
| 1515137919 69842
Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya
muhitining orni
Reja:
1.vestitsiya muhiti va unga tasir etuvchi omillar.
2. Investitsiya muhitini baholash usullari.
3. Investitsiya muhitida investitsion salohiyatni orni. Investitsiya muhitini shakllantirishda huquqiy-meyoriy tizim.
4. Ozbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borish vazifalari.
1. Investitsiya muhiti va unga tasir etuvchi omillar
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining osish suratlari investitsiya muhitiga kop jihatdan bogliqdir. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini kopaytirishning muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning kolami, yonalishlari va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bogliqdir.
Iqtisodchi-olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiev, N.Muminovlar investitsiya muhiti togrisida quyidagilarni takidlab otadilar: «Investitsiya muhiti bu xorijiy kapital qoyilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yigindisidir. Investitsiya muhiti kompleks, kopqirrali tushuncha bolib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, osish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy osish suratlari, inflyatsiya suratlari, valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi korsatkichlarga ega»1. Shuningdek, mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga tasir korsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, meyoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui investitsiya muhitini anglatadi.
«Investitsiya muhiti» va «investitsiya iqlimi» sinonim tushunchalar sifatida ishlatiladi. Bu xususda iqtisodchi-olimlardan D.Gozibekov va T.Qoralievlar tomonidan quyidagi fikrlar bildirilgan: «Investitsiya iqlimi juda keng manoda ishlatiladigan tushuncha bolib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor tomonidan malum bir mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir qatorda, oz kapitalini kiritmoqchi bolgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi»2.
Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning malum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini taminlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi. Investitsiya muhiti holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishini talab etadi.
Investitsiyaviy jozibadorlik mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror-bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsiya riski darajasi nuqtai nazaridan baholanishi. Investitsiyaviy jozibadorlik investitsiya salohiyati va investitsiya riski darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda tasir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi korsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqligi hamda jozibadorligi, investitsiya riski darajasini aniqlash mumkin. Investitsiya riski darajasi investitsiya muhitiga, bevosita, togridan-togri bogliqdir.
Investitsiya muhiti tabiiy shart-sharoitlar, foydali qazilmalar zahiralari, ishchi kuchi malakasi va ortacha ish haqi darajasi, iqtisodiy konyunktura holati, ichki bozor sigimi, tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, valyuta siyosati, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning yaratilganligi kabi omillar orqali belgilanadi.
Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bolgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini ozida aks ettirgan voqelikdir. Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyatini jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini yaratishdan iborat.
Respublikada siyosiy-iqtisodiy sharoitning mavjudligi, yani qulay investitsiya muhitining yaratilishi va xorijiy kapitalni qabul qilish tizimining samarali bolishi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning zaruriy shartidir. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bolib, birinchi navbatda, kapital mablaglarning daromadliligini taminlab beradi.
Mamlakatning investitsiya muhitini shakllantiradigan omillar majmuini 5.1-jadval orqali ifodalash mumkin.
Har qanday davlatga investitsiyalarning kirib kelishi va rivojlanishi mazkur mamlakatdagi investitsiya muhitiga tasir etuvchi omillarga bevosita bogliq boladi.
Takidlash joizki, investitsiya muhitiga ayrim qonunlarning yoki meyoriy hujjatlarning tolaqonli bolmasligi salbiy tasir etadi. Bunday kamchiliklarning mavjudligi investorning oz istiqbolini belgilash, qoyilmaning foydalilik darajasini aniqlash borasidagi qobiliyatini kamaytiradi. Agar investor investitsiya muhitidan qoniqmasa, uning asosiy maqsadi xavf ostida qoladi, yani investitsiyalash natijasida olinishi kozda tutilgan daromadning risk darajasi yuqori boladi. Albatta, bunday sharoitda u investitsiyalashni istamaydi. Bu malum omillarning ijobiy yoki salbiy tasiri natijasida yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|