Reja: XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat. Amir Temurning siyosat maydoniga kirib kelishi markazlashgan davlatning tuzilishi



Yüklə 36,06 Kb.
səhifə2/2
tarix07.07.2023
ölçüsü36,06 Kb.
#119373
1   2
AMIR TEMUR DAVRI 111

Savollar:
Amir Temur bilimdoni” viktorinasi savollari

1. Amir Temurning jang maydonida uchratgan yeng so’nggi raqibi kim yedi?


a) Sulton Boyazid
b) Qora Yusuf
c) Iskandar Shayxiy
d) To’xtamishxon
2. Amir Temur tomonidan qurdirilgan qaysi me’moriy yodgorlik Podsho Rossiyasi vakillari tomonidan XX asr boshlarida atayin portlatib yuborilgan?
a) Ruhobod
b) Tuman oqa maqbarasi
c) Xoja Ahmad maqbarasi
d) Qusam ibn Abbos maqbarasi

3. Amir Temurning to’liq ismi qanday?


A) Amir Temur ibn Amir Tarag’oy ibn Amir Barqul ibn Barlos
B) Amir Temur ibn Tarag’ay ibn Barkul ibn Ilangiz ibn Iyjil ibn Qorachor no’yon
B) Amir Temur ibn Barkul ibn Tarag’ay ibn Ilangiz ibn Iyjil ibn Qorachor no’yon
A) Amir Temur ibn Amir Barqul ibn Amir Tarag’oy


4. Quyidagi nom (laqab)larning qaysi biri Amir Temurga tegishli emas?
A) «Sohibqiron»
B) «Olamgir»
S) «Oqsoq Temur»
D) «Abul Muzaffar»

5. 1381-yilda Amir Temur Xurosonni qaysi suloladan tortib oldi?


a) Kurtlar
b) Muzaffariylar
c) Jaloyirlar
d) mo’g’illar
6. Amir Temurning “Ko’ragon” laqabi qanday ma’noni anglatadi?
A) «xonning kuyovi»
B) «buyuk sarkarda»
S) «buyuk xoqon»
D) «porloq yulduz»

7. Amir Temurning otasining ismi kim bo’lgan?


A) Tarag’ay ibn Barkul
B) Tarag’ay ibn Ilangiz
C) Tarag’ay ibn Iyjil
D) Tarag’ay ibn Qorachor no’yon

8. Amir Temurning shaxsiy tabibining ismini toping.


A) Mavlona Fazlulloh Tabriziy
B) Mavlono Izzaddin Mas’ud Sheroziy
S) Mavlono Farrux
D) Pir Muhammad Bahodir

9. Amir Temur tuzuklarida harbiy asirlar joylashgan lagerda 3 narsa bo’lmog’i kerak deyilgan. 1-albatta shifoxona, 2-chisi diniy mazhabiga qarab ibodatga sharoit. 3-narsa nafaqat asirdagilarga, u hammaga zarur bo’lgan. U nima?


A) Hammom
B) Oshxona
S) Hojatxona
D) Madrasa


10. Amir Temur hukumatni necha yil boshqargan?
A) 35
B) 39
S) 32
D) 29


10. Amir Temurning necha marta uylangan?
A) 18
B) 11
S) 7
D) 4


11. Amir Temur vafotidan keyin qayerga dafn etildi?
A) Muhammad Sulton madrasasidagi dahmaga
B) Shaxrisabzga
S) O’rdaga
D) O’trorga

12. Amir Temur qo’shinida har 10 jangchiga 1 dona kerki, bir donadan o’roq, arra, tesha, bolta, 2 dona belkurak, igna, ip kabi oddiy narsalar ham berilgan. Eng asosiysi o’n kishiga birdek kerak narsa ham bo’lganki, uni alohida bir otda olib yurishgan. Savol: otda olib yurilgan narsa nomini toping.


A) Har 10 kishiga bitta chodir olib yurilgan
B) Har 10 kishiga bitta qozon olib yurilgan
S) Har 10 kishiga bitta dori solingan idish olib yurilgan
D) Har 10 kishiga bitta kigiz (namat) olib yurilgan

13. Amir Temur, Xisrav Dehlaviy, Mirzo Bedil, Mirzo G’olib. Yuqoridagi insonlarni nima bog’lab turadi?


A) Ular hammalari Keshda tug’ilgan
B) Ular hammalari o’z davri va faoliyati haqida asar qoldirgan
S) Ular hammalari Samarqandda dafn qilingan
D) Ular hammalari bir oyog’i oqsoq bo’lgan

14. Amir Temur lashkarlari jang paytida temirdan, jezdan yasalgan sovutlar kiyib yurishgan. Aytingchi, nimaga bu sovutlarda mayda-mayda teshikchalar bo’lgan?


A) Sovut yengil bo’lishi uchun
B) Havo o’tkazishi uchun
S) O’q-yoylardan yaxshi himoya qilishi uchun
D) Sovutni yechganda ixcham qilib yig’ishga qulay bo’lishi uchun


15. Amir Temur hayotligi chog’ida saltanatni asosan to’rt qism (ulus)ga bo’lib, o’g’il, nabiralariga taqsimlab bergan. Quyidagi javoblardan qaysi birida saltanat bo’linishi xato berilgan?
A) Xuroson, Jurjon, Mazondaron va Seyiston
B) G’arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston
S) Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi, Onado’li (Turkiya)
D) Afg’oniston va Shimoliy Hindiston


Xulosa:
Amir Temur qudratli saltanat barpo etib, uning hududlarini Sharqu-/arbga, Shimolu-Janubga kengaytirib, iqtisodiy- madaniy, ma’naviy jixatdan yuksaltirib, dovrug’ini olamga mashhur qilgan bulsada, biroq uning vafotidan keyin mamlakat tanazulga uchrab bordi. Buning asosiy boisi shundaki, Amir Temur tassarufidagi el-yurtlar shu qadar xilma-xil, va uzoq masofalarga cho’zilgan bo’lib, ularni yagona bir markazdan turib, boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi mavjud turli-tuman muxolifatchi kuchlar ertami kech o’z hududiy mustaqiligi uchun harakat qilishlari tabiiy edi. Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni nazardan utkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni yuksak marralari sari ko’tarilgan Mavarounnahr va Xurosonni butun tarovati, yorqin manzarali ko’z ungimizda nomoyon bo’ladi. Amir Temur davrida Samarqandda bunyod etilgan tevarak atrofga husnu –latofat bag’ishlagan, birbiridan ko’rkam unlab bog’lar, chunonchi “Bog’i Dilkusho”, “Bog’i jahanaro”, ”Bog’i Davlatobod”, “Bog’i nav”, shuningdek o’z davrini tengsiz me’moriy obidalari “Ko’ksaroy”, “Bustosaroy”, Guri Amir maqbarasi, Shohi Zinda, Bibixonim masjidi va madrasasi, Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroy, Turkiston shahridagi Xo’ja Ahmad Yassaviy maqbarasi kabilar shular jumlasidandir.
Amir Temur valiaxd etib nabirasi Pirmuhammadni tayinlagan edi. Biroq Mironshohning o’g’li Halil Sulton Mirzo 1405 yilning 18 martida Samarqandni egallab, o’zini “Movarounnahrning oliy hukmdori” deb e’lon qildi. Bir necha yil to’xtovsiz davom etgan urushlar natijasida bir qancha temuriy shahzodalar, shu jumladan valiaxd Pirmuhammad olamdan utdi. qudratli saltanat larzaga keldi va u parchalanish sari yuz tutdi. 1409 yil Temurning kenja o’g’li Shoxruh Movarounnahr va Xurosonni egallab, Movarounnahrni to’ngich o’g’li Ulug’bek ixtiyoriga beradi. O’zi esa Hirotga qaytib, Xuroson davlatini idora qila boshlaydi. Ulug’bek Samarqand taxtini egallagan paytida 15 yoshli uspirin yigit edi. Shuning uchun Shoxruh tajribali amir Shohmalikni unga otaliq qilib tayinlaydi. Ikki yildan so’ng, ya’ni 1411 yildan boshlab Ulug’bek to umrining ohirigacha (1449) Movarounnahr mamlakatini tanho boshqaradi. Ulug’bek asosiy faoliyatini davlatni idora qilish, ilm fanni ravnaq toptirish, mamlakat obodonchiligini yaxshilashga bag’ishladi. Ulug’bek noiloj xollardagina qo’shin tortishga majbur bo’lgan. 1414 yili u Farg’onada Amir Ahmad isyonini, 1425 yilda mo’g’ullar harakatini bostirdi. 1427 yilgi Dashti qipchoq hukmdorlaridan Baroq o’g’longa qarshi yurishi Ulug’bekka nihoyatda qimmatga tushdi. 1428 yil Abulhayrxon boshchiligida Dashti qipchoq davlati bilan ko’p bor to’qnashuvlarga to’g’ri keldi. Buning oqibatida esa asta-sekin Movarounnahr davlatining parchalanish va zaiflashish jarayoni yuz berdi.
XV asr oxiri, ayniqsa uning so’ngi choragida mamlakatda ijtimoiy-siyosiy beqarorlikning kuchayishiga Temuriy shohzodalarning o’zaro kelishib bir fikrga kelmaganliklari, ular o’rtasidagi toj-taxt uchun doimiy kurashning mavjudligi sabab bo’ldi.
Jumladan, 1450 yilda Samarqand taxtiga Mirzo Ulug’bekning jiyani va kuyovi Mirzo Abdulloning o’tirishi, Buxoroda esa Shohruh Mirzoning nevarasi Abulqosim Bobur qo’lida bo’lishi yagona mamlakat parchalanganligining isboti edi. Afsuski, bu shahzodalar kelishishga intilmadi, aksincha bir-birlari taxtiga da’vo qila boshladi. Natijada nizolar kuchaydi, ko’plab qurbonlar bo’ldi, o’zaro urushlar avj oldi. Masalan: Mirzo Abdullo Alouddavla va Abu Saidga qarshi kurashdi. Oqibatda 1451 yilda Samarqand yaqinidagi Sheroz qishlog’idagi jangda Abu Said Mirzodan yengilib o’ldirildi.
Shundan so’ng ham tinchlik bo’lmadi. Endi buyuk bobosi davlatini tiklash uchun kurash Abu Said Mirzo (Movarounnahr) va Abulqosim Bobur (Xuroson) o’rtasida bordi. Nihoyat, 1457 yilda Abulqosim vafotidan so’ng Abu Said Mirzo vaqtincha bo’lsada Temuriylar davlati har ikki qismi (Movarounnahr va Xuroson) ni birlashtirishga muvaffaq bo’ldi.
Biroq, Abu Said Mirzo qancha harakat qilmasin bu hududni saqlab qola olmadi. U Mamlakatdagi siyosiy tarqoqlikni to’la tugata olmadi. Xuroson, Eron, Xorazm deyarli mustaqil edi. Xurosonda Temuriy shahzoda Sulton Husayn Boyqaro Hirot taxti uchun kurash boshladi. /arbiy Eron yerlari uchun kurashda oqquyunli turkmanlar Abu Saidga qattiq qarshilik ko’rsatadi. Oqibatda 1469 yilda Abu Said oqqo’yunli turkmanlar bilan bo’lgan jangda o’ldiriladi. Shundan so’ng Xurosonda hokimiyat Sulton Husayn Boyqaro(1469-1506) qo’liga o’tib ketdi. Saltanat yana ikkiga bo’lindi. Movarounnahrda taxtga o’tirgan Abu Saidning o’g’illari Sulton Ahmad (1469-1494), Sulton Mahmud (1494-1496) va uning o’g’li Sulton Ali Mirzolar uquvsiz chiqishdi, ayshu-ishratga berilib davlat ishlarini tashlab qo’yishdi.
Anna shu tariqa, mamlakat parchalanish sari yo’l tutdi. Xususan, Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmadning uquvsizligi, sustkashligi va savodsizligi tufayli feodal tarqoqlik avjiga chiqdi. Bundan foydalanib Dashti qipchoqdagi o’zbek qavmlari tomonidan uyushtirilgan yurishlar Movarounnahrni yanada tang ahvolga mahkum etdi.
XV asrning 90-yillarida Farg’onaning yosh hukmdori, Umarshayx Mirzoning o’g’li Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) temuriylar hukmronligini qaytadan mustahkamlash yo’lida bir necha bor qat’iy harakat qildi.
XULOSA: Amir Temur davlati o’z davrida markazlashgan davlat edi. Bu davlat asoschisi mamlakatdagi barcha ijtimoiy tabaqalar — (ular 12 ta edi) sayyidlar va din peshvolari, harbiylar va amaldorlar, olim va fozil kishilar, ahli hunar, dehqonlar, savdo-sotiq ahli, chorvadorlar va boshqalarning maqsad va manfaatlarini himoya qilish, maslahat va kengash ila qattiqqo’llik bilan boshqarishga erishdi. Ikkinchdan Amir Temur saltanatning to’rt asosiy ustinini to’g’ri angladi va unga amal qildi. Bu ustunlar quyidagilardir: -Islom va shariat aqidalari:
qadimdan amalda bo’lgan odoblar- yo’sun va tuzuklar, qonun ustivorligi: - Xazina:
Raiyat, ya’ni mehnatkash xalq.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. B. Axmеdov. “O`zbеkiston xalqlari tarixi manbalari”. T. O`qituvchi. 1991 yil.

  2. A.A. Madraimov. “Manbashunoslikdan ma'ruzalar majmuasi”. T. 2001 yil.

  3. A. Habibullaеv. “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik”. T. 2000 yil.

  4. O`zbekiston tarixi (qisqacha ma`lumotnoma) T. ”Sharq”, 2000.

  5. O`zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.

  6. O`zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Ma`ruzalar matni), T., “Universitet”, 1999.

  7. www.ziyonet.uz

  8. www.arxiv.uz

Yüklə 36,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə