Reja: Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o’ziga xos xususiyatlari


O’quv fanlarini biriktirish borasida AQSH



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə3/4
tarix12.05.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#109888
1   2   3   4
1. Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o’ziga xos xusus

O’quv fanlarini biriktirish borasida AQSH jahonda yetakchi bo’lib, 1940 - 1950 yillardagi ta’lim islohotida ko’pgina fanlar qatori geografiya majburiy o’rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi va tarix, jamiyatshunoslik bilan birlashtiriadi. Geografiyani bunday o’qitish o’qituvchilarga talay qiyinchiliklar tug’diradi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda pasayib, oquvchilar zarur ko’nikma va malakaga ega bo’lmay qoladilar. Shu tufayli ham hozirgi kunda AQSHda geografiyani mustaqil fan sifatida tiklash uchun kurash ketyapti. Jahonning ko’pgina mamlakatlarida fanlarni o’rganish ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilar xohish - istaklari ostida amalga oshiriladi. Bu guruhga kiruvchi mamlakatlarga majburiy fanlar soni 7 - 8 dan oshmaydi. Masalan: Finlandiya va Shvetsiyada fin va shved tili, iqtisod va sotsiologiya, biologiya, ximiya, ingliz tili, din va sport majburiy fan hisoblanadi.
Fin maktablarida 9 yillik ta’limdan keyin, sinfsiz gimnaziyalar keng tarqalgan. Bunday gimnaziyalarda ta’lim 2-4 yil davom qiladi. O’quvchilar tuzgan rejalari kurs rahbarlari va ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi. Gimnaziya o’quv yili 6 davrga bo’lingan .Har bir davr 6 haftadan iborat bo’lib, kurslar 3 soatdan tashkil topadi. Har bir kursdan bittadan fan kuniga 4-7 soat o’qitiladi. Sport darslari mashg’ulotlardan keyin, tushlikdan so’ng o’tkaziladi. Har davr yakunida o’quvchilar bilimi baholanadi. Agar o’quvchi qoniqarsiz baho olsa, shu kursni qaytadan tanlaydi. Deyarli, ko’pchilik mamlakatlar geografiya ta’limi davlatning ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog’liq bo’lib, ularda tabiiy va iqtisodiy geografiyani o’rganish asos qilib olingan. MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo’jalikning rivojlanish qonuniyatlari jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi munosabtlar, atrf-muhit muomalari geografiya ta’limining asosini tashkil qiladi. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta’limining mazmuni jihatidan yuqori bo’lib, o’quvchilardan ma’lum ko’nikmalar shakllantirishga qaratilgan. Bu davlatlarda geografiya ta’limi muammolarini turli nazariya va qonunlarining kategoriyalarini o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, o’quvchilarning o’zlashtirishida bir muncha qiyinchiliklar tug’diradi.
Rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta’limida ta’limining ruhiy jabhalari asosiy o’rinni egallaydi. O’quvchi ruhiyati uning bilish faoliyatini o’rganish katta e’tibor beriladi. Geografiya ta'limida turli matnlar, o'yinlar , imitatsiya keng qo'llaniladi. Ular hatto, ta'lim metodlari sifatida ham qo`llaniladi. Umuman bunday ta’limning asosiy maqsadi o’quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat. Turli mamlakatlarning geografiya o’quv darsliklari va qo’llanmalarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ularda bitta kursni o’qitish uchun bir necha qo’llanma chiqariladi. Ko’pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo’lib, axborot berish xususiyatlariga ega. Bunday qo’llanmalarda matn 20 - 40 foizni, tasvir 20 foizni, statistika 20 foizni , savol va topshiriqlar 20 foizni tashkil etadi. Kitobdagi tasvirlar nihoyatda sifatli. Quyi sinflar qo’llanmalarda esa karta yo’q, ular o’rnini katta sxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar ko’p uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash xarakteriga ega bo’lib, ular eng past , eng kichik, eng baland, eng uzun, eng yuqori kabi tarzlarda berilgan. Angliya geografiya ta’limi metodikasida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning kuchli tomonlari quyidagilardan iborat. Ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon geografik tadqiqot metodlarini o’rganish.
Geografiya ta’limi jarayonida psixologik-pedagogik tadqiqotlar o’tkazish,
Ta’lim jarayonida tadqiqot metotlaridan unumli foydalanish, o’quvchilarni gepotezalar tuzishga o’rgatish;
Darslikda turli mazmundagi eksprementlar uyushtirish, ya’ni tasavvur, tushuncha va turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o’rin berilgan. Ammo metodlarni sinash, ta’limni uyushtirish shakllari ancha zaif.
Kapitalistik mamlakatlardagi geografiya ta’limi ko’p jihatdan o’sha jamiyat va davlat ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Masalan: Buyuk Britaniya maktablarida geografiyadan imtihon biletlarida o’quvchilarga quyidagi mazmundagi savollarga javob yozish talab etilgan;
1. G`arbiy Yevropaning transport geografiyasi suv va quruqlik yo’llarining (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsariyadan tashqari.) bir-biriga nisbatan ahamiyatini baholang;
2. Tabiiy geografiya va insonlar faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qanday omillar Fransiya va Niderlandiya qishloq xo’jaligi geografiyasini o’rganishga yordam beradi.?
3. Shimoliy G’arbiy Yevropaning istalgan 2ta yirik porti geografiyasini qiyoslang?
4. Daniya iqlimining qaysi xususiyatlari sut chorvachiligining rivojlanishiga yoki rivojlanmasligiga sababchi bo’ladi?
AQSH maktablarida o’quvchilar bilimini baholash ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Quyidagi savollardan namunalar keltiramiz:
1. Ko`p variantli savoldan kerakli javobni topish (eng keng tarqalgan metod). Masalan: Angliya import qiladigan neftning asosiy qismi quyidagi davlatlarning qaysilaridan keltiriladi?
A) Venesuela. B) AQSH. S) Yaqin sharq davlatlari. D)Shimoliy dengiz havzasi. E) Jazoir.
2. Umumlashtirishga oid savollar, masalan: quyidagi shaharlarning ro’parasiga shu shaharga xos bo’lgan quyidagi sanoat tarmoqlarini yozing. Ximiya sanoati, to’qimachilik sanoati, ichki port, sovun ishlab chiqarish, qand sanoati, neftni qayta ishlash va h. k.
Liverpul--------------
Manchester-----------
Bolton----------------
3. So’zlari tushib qoldirgan tarzdagi savollar; masalan: Hudud yer yuzasining katta qismlari … davrda hosil bo’lgan muz qoldiqlari bilan qoplangan va hokazo.
4. Iqtisodiy hisob- kitob talab qiladigan tarzdagi savollar, masalan: firma egasi ishlab chiqarayotgan sanoat maxsulotining 60foizini mamlakat ichida, 40foizini esa chet el firmalariga sotishi kerak. Sanoat va Savdo Ministrligi unga maxsulot ishlab chiqarish uchun quyidagi 5ta hududdan bittasiga korxona qurishga ruxsat berdi, hamma hududda yer uchastkasining bahosi bir xil, korxona qilish uchun quyidagi joylarning qay birini tanlagan ma’qul?
A) Milfordxeyven
B) Dondi.
S) Sautgempton.
D) Liverpul
E) Glazgo.
Deyarli, barcha rivojlanayotgan va rivojlanmagan mamlakatlarda ekologik ma’lumotlar bilan o’quvchilarni tanishtirish geografiya dasturlarida yetarlicha o’rni egallagan. Maktablarda geografiya bo`yicha yagona dastur yo`q. Har bir o`lka o`z dasturi va darsliklariga ega. Germaniyada turli maktablar mavjud. Boshlang`ich asosiy gimnaziya. Birinchi guruh maktab barcha uchun majburiy hisoblanadi. O`quvchilar X sinfni tugatganidan keyin, xoxlovchilar yoki gimnaziya, hunar- texnika maktablariga, oliy o`quv yurtiga kirishi uchun tayyorgarlik ko’radilar.
Gimnaziya maktablarida dastlabki geografik bilimlar bilan tanishish III-IV sinfdan boshlanadi. Chunki bu sinflarda vatanshunoslik fani o’rganiladi. Bundan tashqari geografik bilimlar qisman biologiya va tarix fanlari orqali ham beriladi. Germaniya maktablarida geografiya fan sifatida V sinfdan boshlab o`rganiladi. Bu sinfda asosan, o’lka geografiyasi o’qitiladi. Vatanga oid bo’lgan bilimlar to VIII sinfgacha beriladi. V-VIII sinflarda geografiyaga haftada 2 soat vaqt ajratiladi. Bu sinflarda Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi o`rganiladi. Topografiya va kortografiya asoslari bo`yicha ham bo`limlar beriladi. O`qituvchilar diqqatiga bir necha variantdagi darsliklar tavsiya etiladi. Bular quyidagi ko’rinishlarda aks etadi. “Mamlakatlar va xalqlar”, “Yer va inson “, “Yer bilimi” va hokazo. IX-X sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o’rganilmaydi, desa ham bo’ladi. Ayrim yerlardagi qiziquvchi o’quvchilar bilan Yevropa va Germaniya geografiyasi chuqur o’rganiladi. Keyingi paytlarda geografiya, tarix, sotsiologiya, iqtisod bilimlari birgalikda birlashgan kurslar orqali o`qitishga e’tibor kuchaymoqda. Gimnaziyada ayrim joylardagina geografiya qisman mustaqil fan sifatida o’qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar turkumidagi fanlar ham beriladi. Yuqori sinflarda geografiya fanlarida kompleks muammolarini o’rganishga ko’proq e’tibor beriladi. Masalan: “insoniyatni ko’payishi”, “ocharchilik muammolari”, ” Sanoat ekonomikasi” kabilar.
Darslarda o’quvchilariga beriladigan topshiriladigan ham bir muncha murakkab, dasturda o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar tizimi keltirilgan , masalan:

Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə