Reja: Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə2/4
tarix12.05.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#109888
1   2   3   4
1. Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o’ziga xos xusus

Uslubiy ko‘rsatmalar
Germaniya maktablarida geografiya ta’limi bo‘yicha yagona dastur yo‘q. Har bir (Yer-land) o‘lka o‘z dasturi va darsliklariga ega. Germaniyada turli tipdagi maktablar mavjud. Ularda boshlang‘ich, asosiy (5-10 sinflar) va gimnaziya (11-13, 13-sinf abiturientlar uchun) birinchi guruh maktab barcha uchun majburiy hisoblanadi.O‘quvchilar 10 sinfni tugatganlaridan keyin, gimnaziya, xunar texnika maktablari va oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘radilar. (xususiy maktablar 2%dan oshmaydi)
Germaniya maktablarida dastlabki geografik bilimlar bilan tanishish 3-4 sinfdan boshlanadi. Bu sinflarda mamlakatshunoslik fanlari o‘rganiladi. Bundan tashqari, geografik bilimlar qisman biologiya va tarix fanlari orqali ham beriladi. Germaniya maktablarida geografiya fan sifatida 5 - sinfdan boshlanadi. Bu sinfda asosan o‘lka geografiyasi o‘qitiladi. Vatanga oid bo‘lgan bilimlar to 8 - sinfgacha beriladi. 5-8 sinflarda geografiyadan haftalik o‘quv soati 2 soatni tashkil etadi. Bu sinflarda asosan Yevropa va Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi o‘rganiladi. Topografiya va kartografiya asoslari bo‘yicha ham bilimlar beriladi. O‘qituvchilar diqqatiga bir necha variantdagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari tavsiya etiladi. Bular quyidagi ko‘rinishlarida aks etadi. "Mamlaktlar va xalqlar", Yer va inson", "Yangi geografiya", "Yer bilimi" va xokazo. 9-10 sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o‘rganilmaydi, desa ham bo‘ladi. Faqat mamlakatning ayrim "Yer-“Land”lardagina" qiziquvchi o‘quvchilar bilan Yevropa va Germaniya geografiyasi chuqur o‘rganiladi. Bu kurslarda mamlakatlar iqtisodi, ekologiyasi, siyosiy va davlat tuzumiga oid bilimlar yetakchi o‘rinni egallaydi.
Darslarda o‘quvchilarga beriladigan topshiriqlar ham birmuncha murakkab, dasturda o‘quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlar tizimi keltirilgan, masalan:
1. Karta va darsda olingan bilimlar asosida u yoki bu hududda qanday ishlab chiqarishni joylashtirish mumkin?
2. U yoki bu hududning (so‘rovnoma, kuzatish, statistika materiallar va geografik adabiyotlar bilan ishlash usullari orqali) tabiatni qo‘riqlash, tabiiy resurslardan foydalanishdagi muammolarni va kelajakdagi ahvolini yoriting.
Germaniyada maktab geografiyasi o‘quvchilarda quyidagi xislatlarni shakllantirishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘ygan: Geografiya tili bilan tanishish, kuzatish, tahlil qilish, umumlashtirish, tanqidiy qarash, taqqoslash, aloqalarni o‘rgatish, axborotlarga nisbatan faol qarash, insonga nisbatan mehr - muhabbat, fikrlash va amaliy faoliyatda mustaqil bo‘lish kabi ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat va h.k.
Fransiya maktablarida geografiya ta’limi birmuncha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Geografiya o‘qitishning maqsad va vazifalari juda aniq qilib belgilab berilgan. 2-bosqich, 2-1 va bitiruvchi (15-17 yosh) sinflardan iborat. Geografiya ta’limi 6-sinfdan boshlanadi, bunda "Umumiy geografiya” va Afrika materigi o‘rganiladi, 5-sinfda Amerika, Osiyo, Avstraliya, Antarktida, 4-sinfda Yevropa (Frantsiyadan tashqari), 3-sinfda Frantsiya geografiyasi o‘qitiladi. Litseyda o‘qishni davom ettirish 2-1 va bitiruvchi sinflarga to‘g‘ri keladi. 2 sinf geografiya dasturida 6, 5, 4, 3-sinflarda olgan bilim va ko‘nikmalar chuqurlashtiriladi. Asosiy maqsad o‘quvchilarni xujjatlar va birinchi manbalar bilan ishlashga o‘rgatishdan iborat.
Litseyning birinchi sinfida Frantsiya geografiyasi bo‘yicha o‘quvchilar 2-bosqich maktabda olgan bilimlari mustahkamlanadi va chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinflarda to‘rtta yirik davlat - AQSH, Rossiya, Xitoy, YAponiya geografiyasi chuqur o‘rganiladi. Frantsiya maktablarida tabiiy va iqtisodiy geografiya bilimlari deyarli bir xil nisbatda beriladi. Iqtisodiy geografiyada aholi geografiyasiga oid bilim va ma’lumotlar atroflicha o‘rganiladi. Xo‘jalik tarmoqlari dastlab qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, tarkibida o‘rganiladi yoki birlamchi (xom ashyo), ikkilamchi (qayta ishlovchi), uchlamchi (maishiy xizmat) tarzida ham o‘rganilishini kuzatish mumkin.
Rivojlanayotgan mamlakatlar geografiyasi o‘rganilganda, Yevropaliklarning bu mamlakatlar uchun ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Masalan: Frantsuzlar o‘z mustamlakalariga mustaqillik bergach, ular madaniyati, tabiatini yaxshilash, tabiiy boyliklarini o‘zlashtirishlariga, yangi yo‘llar qurib berganliklariga o‘quvchilar e’tiborini alohida qaratadilar. Frantsiya geografiyasi darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular muammoli qilib yozilgan bo‘lib, barcha muammolar "Inson tabiat" mazmunidan kelib chiqadigan matnlardan iborat.
Finlandiya maktablarida ham geografiya ta’limi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, georafiya o‘qitilishi rivojlangan mamlakatlar ichida bir muncha yuqori pog‘onada turadi deyish mumkin. Mamlakatda ta’lim 2 bosqichdan iborat: Birinchi bosqich 9 yillik majburiy umumta’lim xalq maktabi, ikkinchi bosqich gimnaziyalardan iborat. Birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limi uchinchi sinfdan boshlanadi va to‘qqizinchi sinfda tugaydi. 3-4 sinflarda o‘z mamlakatini va qo‘shni shimoliy davlatlarning tabiati va xo‘jaligiga oid ma’lumotlar haqida ma’lumotlar beriladi. 3-sinfda o‘lkashunoslik asosida dars o‘tish ustun turadi. O‘zi yashab turgan joyning haritasi: ob-havo va iqlimi, birgalikda ishlangan rel’ef kartalarini namoyish qiladi. 3-sinfdagi geografiya 4-sinfda ham davom qiladi va o‘qish metodlari bo‘yicha deyarli farq qilmaydi. O‘quvchilar 5-sinfda Yevropa mamlakatlari tabiati, aholisi, madaniyati, urf-odatlari, an’analari, dini, aholisining xo‘jalik faoliyati bilan tanishadilar. 6-7-8 sinflarda Osiyo, Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Amerika o‘rganiladi. 8-sinf yakunida umumiy geografiya asoslari bo‘yicha bilimlar beriladi. 9-sinfda Finlandiya va Shimoliy mamlakatlar geografiyasi quyidagi reja asosida o‘quvchilar diqqatiga havola etiladi:

  1. tabiati, 2) iqtisodiy hayoti, 3) aholisi, 4) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni qo‘riqlash. 5) davlat tuzumi.

2 – bosqich ta’lim gimnaziyalarda o‘qish 3 yil bo‘lib, tabiiy va iqtisodiy geografiya bir-biridan keskin ajratilmagan xolda o‘rganiladi. Gimnaziya dasturlari ko‘proq nazariy bilimlar berish bilan ajralib turadi. Bunda geografiya fannining hozirgi davrdagi taraqqiyoti uning boshqa fanlar bilan munosabati, geografiyaning o‘quvchilar aqliy faoliyatini ochib berishdagi ahamiyatiga ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan:
1. Yer shari harakatdagi tizimdir.Tabiatdagi barcha narsalar bir-biri bilan bog‘liq.Inson harakatdagi tizimning bir qismi, ekanligi va h.k.
2. Inson va uni urab turgan muhit, insonning muhitga, muhitning insonga ta’siri ostida o‘rganiladi. Gimnaziyaning birinchi yilida geografiya majburiy fan sifatida o‘rganiladi. Geografiyani o‘quvchilar o‘z xoxishiga ko‘ra ham maxsus kurs sifatida o‘rganishlari mumkin. Finlandiyada o‘quv rejalari tez-tez almashinib turadi.
Vengriya maktablarida geografiya ta’limi 7 yil davom qiladi. 4 yil asosiy (5-8 sinf) va 3 yil (9-10-11-gimnaziyada). Darslar haftada 2 soatdan davom etadi. Geografiya ta’limi jarayonida 65 foiz vaqt yangi mavzuni baen qilishga,3 foiz ekskursiyaga, 29 foiz amaliy mashg‘ulotlar va umumlashtiruvchi takrorlashlarga ajratiladi.
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosiy tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan . Shahar va qishloq joylaridagi barcha mamlakatlarda yagona o’quv rejasi asosida o’tkaziladi. Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas, balki integratsiya ( birikma) tarzida bo’lib, boshqa fanlar, kurslar tarkibiga qo’shilib ketgan. Bunda geografiyani chuqur o’rganishni xohlovchilar maxsus fakultativ mashg’ulotlar orqaligina o’z bilimlarini oshirishlari mumkin. Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo’yicha yagona davlat rejasi yo’q. Har bir o’qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai nazardan kelib chiqib, o’quv dasturini tuzishi mumkin. Masalan: AQSHda 1700 dan ortiq maktab okruglari mavjud bo’lib, ularning barchasi o’ziga xos bo’lgan geografiya ta’limi mavjud va bir - biriga o’xshamaydigan dasturlar bo’yicha ish yuritiladi.
Uchinchi guruh mamlakatlarda geografiya majburiy o’rganiladigan fanlar qatoriga kirmaydi va uni fakultativlar orqali o’rganish, asosiy o’rinni egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan fanlar qatorida, xilma - xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng tarqaldi. Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni boshlang’ich maktab (I - IV - sinf), o’rta bosqich (V – IX -sinf), yuqori bosqich (IX - XII)
Ko’pchilik davlatlarda har bir bosqichdagi ta’limda o’qish yili o’zgarib turadi., boshlang’ich maktabda 6 - 9 yosh, o’rta bosqich 10 - 14 yosh, yuqori sinfda
14 - 16 yoshni tashkil qiladi. Har bir bosqichda geografiya ta’limi o’ziga xos maqsadga ega. Masalan: birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limining asosiy maqsadi, yaqin atrof-muhitni o’rganish, moddiy va ma’naviy boyliklarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Ikkinchi bosqichda o’z mamlakatining xo’jalik hayotini o’rganish zarur kasblar haqida ma’lumotlar olish, ta’limiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Uchinchi bosqichdagi maktablarda insoniyatning global muammolarini va jahon xo’jaligini o’rganishdan iborat. Jahon tajribasida geografiya o’qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni o’quvchilarga o’qitish bo’yicha ikki fikr tarafdorlarining fikri - o’quv rejalarda geografiyani mustaqil fan sifatida muntazam o’tishni amalga oshirish bo’lsa, ikkinchi yo’nalish tarafdorlari geografiyani boshqa o’quv fanlari bilan integratsiya ( birikma) tarzida qo’shib, o’tishni isbotlab berishga urinadilar.

Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə