Reja: Yanchish haqida tushuncha. Rudalarning yanchiluvchanligi


«Aerofol» turdagi tegirmon



Yüklə 79,74 Kb.
səhifə6/6
tarix27.12.2023
ölçüsü79,74 Kb.
#163428
1   2   3   4   5   6
Amaliy mexanika

«Aerofol» turdagi tegirmon.
1 – qisqa silindrli baraban; 2 – lifterlar;
3 – yonbosh qopqoqlar;
4 – qaytaruvchi halqalar.

Aerofol turdagi tegirmon havoli separator va siklon bilan yopiq siklda ishlaydi.


Tegirmon va klassifikatsiyalovchi uskunalar orqali ventilatordan havo beriladi. Yanchilgan mahsulot havo oqimi bilan barabandan bo‘shatuvchi sapfa orqali chiqarib yuboriladi. Yanchilgan mahsulotning yirikligi tegirmon orqali o‘tayotgan havo oqimining tezligini o‘zgartirib boshqariladi. Mahsulotning mayda zarrachalari havo oqimiga tushib, tegirmonning ishchi maydonidan chiqib klassifikatorga, yirik zarrachalar esa tuzoqqa tushadi. Juda kichik zarrachalari havo oqimi yordamida siklonlarga yo‘naltiriladi va ularning cho‘kishi sodir bo‘ladi. Havoning ortiqchasi filtrlarda tozalangandan keyin atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Yangi barabanli tegirmonlarni tanlashda, shuningdek, ularni ishlatishda bir qator muammolar hosil bo‘ladi. Ularga barabanning nisbiy aylanish chastotasini tanlash, yanchuvchi vositaning o‘lchamlarini aniqlash, barabanni yanchuvchi vosita bilan to‘ldirish darajasini aniqlash, dastlabki mahsulotning yanchiluvchanligini, yanchilgan mahsulot yirikligini belgilash, tegirmonning o‘lchami va tuzilishini aniqlash, shu bilan bir qatorda tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi va iste’mol qiladigan quvvatiga ta’sir qiluvchi boshqa parametrlarni aniqlash kiradi.


Xulosa
Yanchish deb: tog’ jinslarining (500mm dan 1500mm gacah) tarkibidagi foydali qazilmalarni yuzasi ochishga aytiladi. Bu jarayonning asosiy maqsadi erkin foydali qazilmalarning yuzalarini qisman yoki to’liq ochish va keyingi boyitish jarayonlariga tayyorlab berishdir. Yanchish natijasida keyingi boyitish uchun yirikligi bo‘yicha yaroqli bo‘lgan va bo‘sh jinslardan mumkin qadar xalos bo‘lgan zarralar ko‘rinishidagi foydali minerallar mavjud mahsulot olinadi. Yanchilgan mahsulot zarralari yirikligi 1 mm.dan oshmaydi. Yanchish jarayonlarining maydalash jarayonlardan farqi yanchilgan maxsulot 5mm dan katta bo‘lmaydi. Foydali qazilmalarni yanchish jarayonlari ochiq va yopiq sikllarda amalga oshiriladi. Yopiq siklda ishlagan tegirmonlarning samaradorligi yuqori bo‘ladi va yanchilgan maxsulotning bir xil o‘lchamda chiqishiga yordam beradi. Yanchish jarayoni barabanli tegirmonlarda amalga oshiriladi. Bunday tegirmonlarni ishlatish yuqori kapital va ekspluatatsion xarajatlar bilan bog‘liq. Shuning uchun keyingi paytlarda o‘ziyanchar barabanli va boshqa tegirmonlarga katta qiziqish uyg‘onmoqda. Ko‘p turdagi rudalar uchun o‘zini-o‘zi yanchishda minerallarning yuzasi yaxshiroq ochiladi, boyitishning sifat-miqdor ko‘rsatkichlari ortadi, 1 tonna boyitma olish uchun ketadigan po‘latning sarfi kamayadi.
Barabanli tegirmon yonbosh tarafdan yopiladigan qopqoqli va ichi g‘ovak sapfali (bo‘yinli) silindrik barabandan iborat bo’ladi. Boyitish fabrikalarida va metallurgik korxonalarning ruda tayyorlash bo‘lin-malarida, asosan, aylanma barabanli tegirmonlar qo‘llaniladi.
Barabanli tegirmonlarning ishchi korpusi – ichkaridan baraban bilan qoplangan. Po‘lat sharlar, sterjenlar, gaykalar yoki rudaning yirik bo‘laklari yanchuvchi jism bo‘lib xizmat qiladi


Foydalanilgan adabiyotlar

  • Doniyarov.N.A Saidaxmedov.A.A Murodov.I.N “FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISH VA QAYTA ISHLASH ASOSLARI fanidan O’QUV-USLUBIY MAJMUA” 2020-yil

  • Umarova.I “FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISH TEXNOLOGIYASI” 2013-yil

  • https://uz.wikipedia.org

  • https://fayllar.org

Yüklə 79,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə