Reja: Yanchish haqida tushuncha. Rudalarning yanchiluvchanligi


Yanchishning yopiq davri (sikli) -



Yüklə 79,74 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü79,74 Kb.
#163428
1   2   3   4   5   6
Amaliy mexanika

Yanchishning yopiq davri (sikli) - bu keyinchalik uni tasniflash bilan va yirik mahsulotni yanchish jihozlariga qaytarish bilan amalga oshiriladigan yanchish (6.9, b-rasm). Yanchishning yopiq davri flotatsiyadan va boyitishning boshqa jarayonlaridan oldin yupqa yanchilgan mahsulotni (1 mm kam yiriklikkacha) olish uchun qo‘llaniladi.
Yanchish sxemalarining ko‘rinishlari
Yanchish sxemasi asosan yettita sxema asosida tanlanadi va yanchish jarayonlarini olib boriladi.



A - Dastlabki va tekshiruvchi sinflash, yanchish operatsiyalaridan tashkil topgan sxema;

B - Dastlabki sinflash va yanchish operatsiyalaridan tashkil topgan sxema;

G - Yanchish operatsiyasidan tashkil topgan sxema;
A' - Dastlabki sinflash, yanchish va tekshiruvchi sinflash, operatsiyalaridan tashkil topgan sxema;

V - Yanchish va tekshiruvchi sinflash operatsiyalaridan tashkil topgan sxema;

D - Yanchish, tekshiruvchi va nazoratlovchi sinflash operatsiyalaridan tashkil topgan sxema;


E - Dastlabki va tekshiruvchi sinflash yanchish hamda nazoratlovchi sinflash, operatsiyalaridan tashkil topgan sxema.
Tegirmonlarning turlari va iashlash prinspi
Barcha tegirmonlar ikkita asosiy turga bo‘linadi:

  • Aerodinamik: Yanchish vositalaridan foydalanmasdan

  • Mexanik: Yanchish muhitidan foydalanib, baraban, rolikli, diskli

Yanchish vositalari bo‘yicha: Sharli, Sterjenli, Gaykali, O‘z-o‘zini yanchar
Baraban formasi bo‘yicha: Konussimon, Slindrsimon
Mexanik tegirmonlar ishchi korpusning geometrik shakliga bog‘liq holda barabanli, halqali, kosali va diskli turlarga bo‘linadi.

Halqali tegirmonlar ba’zan oson yanchiladigan materiallar – ko‘mir, fosforitlar va boshqalarni quruq yanchish uchun qo‘llaniladi. Bu yerda halqaning ichki qoplamasi ishchi yuza bo‘lib, halqaning ichki yuzasini yumalatuvchi silindrli yoki boshqa shakldagi roliklar yanchuvchi jismlar hisoblanadi

Kon-ruda sanoatida aerodinamik (oqimli) tegirmonlar nisbatan kam qo‘llaniladi va faqat yupqa va o‘ta yupqa material uchun qo‘llaniladi. Ular ishlashining qoidasi shundan iboratki, bunda material zarralari siqiq havoning qarshi oqimi, qizitilgan bug‘ yoki gaz bilan haydaladi va bir-biri bilan urilishi natijasida yanchiladi.
Boyitish fabrikalarida va metallurgik korxonalarning ruda tayyorlash bo‘linmalarida, asosan, aylanma barabanli tegirmonlar qo‘llaniladi.

Yüklə 79,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə