Reja: Yanchish haqida tushuncha. Rudalarning yanchiluvchanligi



Yüklə 79,74 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü79,74 Kb.
#163428
1   2   3   4   5   6
Amaliy mexanika

Barabanli tegirmonlarning ishchi korpusi – ichkaridan baraban bilan qoplangan. Po‘lat sharlar, sterjenlar, gaykalar yoki rudaning yirik bo‘laklari yanchuvchi jism bo‘lib xizmat qiladi
Sharli tegirmonlar
Yuk tushirish turiga ko‘ra sharli tegirmonlar quyidagilarga bo‘linadi:

  • Markazdan bo‘shatuvchi (МШЦ)

  • Panjara orqali bo‘shatuvchi (МШР)






Markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmon.
1-baraban; 2,4-qopqoqlar;
3,13-ichi bo`sh sapfalar;
5-jamlashgan ta`minlagich;
6,11-podshipniklar;
7,15-lyuklar;
8,10-qoplama plitalar;
9-shesternya;
12,14-bo`shatuvchi varonka;
16-yetakchi shesternya;
17-val;
Markazdan bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlar (МШЦ). Tuzilishi bo‘yicha МШР tegirmonlariga o‘xshash va ularda panjara yo‘qligi bilan farq qiladi. Bo‘tanani bo‘shatish, sapfada bo‘shatishda lozim bo‘lgan bo‘tana sathi farqini yaratish uchun, diametri yuklashga qaraganda birqancha katta bo‘lgan bo‘shatish sapfasida teshik orqali erkin quyish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Tegirmonlar 0,9-6 m diametrda, 1,8-3,5 m uzunlikda va 0,9-221 m3 barabannning ishchi hajmli ishlab chiqariladi va maydalangan (30-5 mm) rudani yanchish va boyitish mahsulotlarini 0,05 mm gacha yanchish uchun qo‘llaniladi.

Panjarali sharli tegirmon.

1-baraban;


2,16-yonbosh qopqoqlar;
3,15-podshipniklar;
4-yuklovchi sapfa;
5-ta`minlagich;
6-markaziy tuynuk;
7-cho`mich;
8-plita;
9-boltlar;
10-panjara;
12-to`siq-lifterlar;
13-bo`yin;
14-bo`shatuvchi sapfa;
17-lyuk;
18-shesternya;
19-uzatma val.


Panjarali sharli tegirmon (МШP) Bo‘shatuvchi panjarali sharli tegirmon yonbosh tomondan yopiladigan qopqoqlar 2, baraban 1 va podshipnik 3 va 7 larga tayanuvchi yuklovchi 4 va bo‘shatuvchi 5 sapfadan iborat. Baraban elektrodvigateldan uzatuvchi valga o‘rnatilgan kichik tishli g‘ildirak va barabanga mahkamlangan tishli gildirak 8 orqali aylanadi).
Panjara orqali bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqoriroq (10-15 % ga) va ularda yanchilgan mahsulot markaziy bo‘shatiluvchi tegirmonlarda yanchilgan mahsulotga nisbatan shlami kamroq mahsulot beradi, lekin tuzilishi ancha murakkab. Markaziy bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlar oraliq mahsulotni qaytadan tuyish uchun ishlatiladi.
Odatda МШР tegirmonlari yanchishning birinchi bosqichida, МШЦ esa mahsulotni mayin tuyish uchun yanchishning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida ishlatiladi.

Yüklə 79,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə