Reja: Yordamchi suv chiqarish qurilmalari



Yüklə 14,49 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü14,49 Kb.
#155505
  1   2

Mavzu : Suv chiqarish qurilmalarining yordamchi jihozlari va boshqarish aparatlari
Reja:
1.Yordamchi suv chiqarish qurilmalari
2.Suv chiqarish qurilmalarini boshqarish aparatlari
3.Suv chiqarish qurilmalarini boshqarish
Suv chiqarish qurilmani konda o‘rnatish joyi va bajaradigan vazifalarga ko‘ra markazlashtirilgan, asosiy, bo‘lim, yordamchi, lahm o‘tish, qudukli va karer suv chiqarish qurilmalariga bo‘linadi.
Markazlashtirilgan suv chikarish kurilma xozirgi kunda yangi qurilma xisoblanadi. U uzaro yaqin joylashgan bir necha shaxtalar uchun o‘rnatiladi. Bunday xollarda barcha shaxtalardagi kon suvi bir joyda ya’ni markazlashtirilgan suv chikarish qurilma suv tuplagichida yig‘iladi. U yerdan kon suvi nasos yordamida er satxiga chiqarib tas’halanadi.
Asosiy suv chiqarish qurilma. U shaxta stvollardan birining stvol atrofi qo‘rasida o‘rnatiladi. Konning barcha laximlardagi kon suvlari asosiy suv chikarish qurilma suv tuplagichida yig‘iladi va u erdan bevosita yyer sathiga chiqarib tashlanadi.
Bo‘lim suv chiqarish qurilma. U pastki qavatlardagi kon suvini asosiy suv chiqarish qurilmaning suv to‘plagichiga yoki bevosita er sathiga chiqarib tashlash vazifasini bajaradi.
Yordamchi suv chiqarish qurilma stvol atrofi qo‘rasidan pasda kovlab o‘tiladigan lahimlarda va shaxta stvoli zumfida (stvolning stvol atrofi qo‘rasidan pastki qismi) yig‘iladigan kon suvini asosiy suv chiqarish qurilma suv to‘plagichiga chiqarib berish vazifasini bajaradi.
Laxm o‘tish suv chiqarish qurilma kon laximlarini kovlab o‘tish jarayonida lahimlarda to‘planadigan kon suvini bevosita er sathiga (shaxta stvolini kovlab o‘tishda) yoki asosiy suv chiqarish qurilma suv to‘plagichiga chiqarib tashlash uchun xizmat qiladi.
Qudukli suv chiqarish qurilma. U shaxta yoki karerlarni ochish ishlarini boshlashdan oldin kon maydonini suvsizlashtirish uchun qo‘laniladi. Buning uchun kon maydoni chegarsida suvli qatlamgacha diametri 250 600 mm. bo‘lgan bir necha skvajinalar burg‘ilab o‘tiladi. Er osti suvlar skvajinalarga sizib chiqadi va u erda yig‘iladi. Skvajinalarda yig‘ilgan er osti suvlar qudukli suv chiqarish qurilma bilan bevosita er sathiga chiqarib tashlanadi.

Yüklə 14,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə