Reja: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati



Yüklə 28,15 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü28,15 Kb.
#106221
1.Амалий машғулот1


1-mavzu. Zamonaviy moliya: mazmun-mohiyati, zarurligi va
ahamiyati.
Reja:
1.Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati.
2.Zamonaviy moliyani o‘rganishning obhektiv zarurligi.
“Zamonaviy moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada ehtibor berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit (kamomad) pul mablag‘larining taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy ehtibor berishingizni so‘raymiz.
Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas. Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadr-qimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi ahamiyatga ega.
SHu bois quyidagi savollarga ehtibor berish talab etiladi:
- faoliyatimiz davomida vaqt va noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi?
- o‘larning hisobga olinish yoki hisobga olinmaslik darajalari qanday?
-tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada ehtibor berayapmiz? Ehtibor berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? Ular diqqat-markazimizda turibdimi?
-yuqoridagi holatlarda aynan shu omillarning yetarli darajada hisobga olinmayotganligi qanday natijalarga olib kelmoqda?
-ularning oqibati nima bo‘lmoqda? Natijada “barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech bo‘lganligini, “poezd ketib qolgan”ligini sezib, afsus-nadomat chekmayapmizmi?
-ayrim hollarda “oyog‘i kuygan tovuq”dek bezovta bo‘lmayapmizmi?
-boshimizni har toshga urmayapmizmi?
-hech narsani o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” degan savolni qayta-qayta bermayapmizmi?
Ana shunday holatlarga tushmaslik uchun ham (tushishni istamasligimiz – aniq) zamonaviy moliya “sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim.
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:
-vaqt omili (davrlar o‘rtasidagi muqobil variantlar tahlili)ni hisobga olgan holda pul mablag‘laridan foydalanishni optimallashtirish (oqilonalashtirish);
-aktivlar qiymatini baholash;
-portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv.
Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Zamonaviy moliya”ning mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element (“ustun”)larning yadrosi qator tub (fundamental) qonunlar va printsiplardan iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi.
“Zamonaviy moliya”(fani)ning nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim:
1. “Zamonaviy moliya”(fani)ning tahrifi(tavsifi) nima(lar)dan iborat?
2. Nima uchun “Zamonaviy moliya”(fani)ni o‘rganish kerak?
3. “Zamonaviy moliya”(fani) olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs”(kuch)lar kim(nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qanday turli ko‘rinishlari mavjud?
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi:
1. “Zamonaviy moliya”(fani) tahrifi(tavsifi) va uni o‘rganishning zarurligi;
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar;
3. “Zamonaviy moliya”ning fundamental asos(masala)lari.
“Zamonaviy moliya” fani yagona(yaxlit holdagi) “Moliya” fanining bir (tarkibiy) qismi hisoblanadi. Uning bunday nomlanishi, mahlum mahnoda, shartli xarakterga ega. Bu joyda ushbu fanning faqat zamonaviy va ayniqsa, uning amaliy jihatlariga maxsus ravishda alohida urg‘u yoki ehtibor berilayotgani uchun uni shunday nomlash mumkin.
SHaxslarning mahlum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi(xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy moliya deyiladi.
“Zamonaviy moliya”(fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir ehtibor bering:
-Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankdagi (hisob varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir fondga qo‘yishingiz(joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga qo‘yish(joylashtirish) kerak?
-Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki ijaraga olgan yaxshi (mahqul)mi?.
-o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda siz mardikorlik(masalan, to‘yxona yoki restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran ochishga ahd(qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi? Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu mablag‘ni qaerdan olishingiz mumkin?
-O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy direktori sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish arziydimi(maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi?, shuningdek, telekommunikatsiya sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir necha yil ichida qariyb 300 million so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 million so‘mlik foydada mujassam. Siz unga nima(lar)ni maslahat berasiz?
Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni ulkan loyiha, yahni gidro yoki issiqlik elektrostantsiya qurilishiga sarflash ko‘zda tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?
Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy moliya”ni o‘rganmasdan ham topa olaman, deb o‘ylamang.
“Zamonaviy moliya”(fani)ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta muhim sabab bor. Bular:
-o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;
-biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;
-qiziqarli va daromadli karhera qilish;
-mamlakat iqtisodiy siyosatiga tahsir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
-dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.
Misol: Siz o‘zingiz uchun “Moliyaviy maslahatchining maslahati kerakmi?” degan savolga javob topmoqchisiz. Buning uchun quyidagi foydali maslahatlardan ogoh bo‘lsangiz, foydadan xoli bo‘lmas yoki ayni muddao!
Faraz qilaylik, Siz 50 million so‘mlik moliyaviy aktivlar portfeli (shu jumladan, pensiya(nafaqa) hisob varaqlari)ga, uy-joy, oddiy qarz majburiyatlari va aktsiyalar optsioniga egasiz. Vaqti kelib, Siz bugungi kunda kapital qo‘yilmalaringiz qanchalik oqilona ekanini, pensiya (nafaqa) jamg‘armangiz yetarlimi yoki yo‘qmi va o‘z investitsiyalaringizning samara-dorligini oshirish uchun yana qanday choralar ko‘rish (masalan, uzoq muddatli sug‘urta polisi olish yoki o‘z hayotingizni sug‘urta qilish) kerakligini bilishni istadingiz. Xullas, bir qancha reklama broshyuralarini o‘qib, katta tajribaga ega mutaxassisni tanladingiz.
Mutaxassis o‘z mijozlaridan olgan tavsiyanomalarni Sizga taqdim etdi. U yaxshi inson. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
Bunday vaziyatda mana nimani kutsa bo‘ladi: moliyaviy maslahatchilarning aksariyati(ko‘pchiligi) – yoki brokerlar, yoki sug‘urta agentlari bo‘ladi.
Ularning vazifasi Sizni o‘z investitsiyalaringiz tarkibi va yo‘nalishini o‘zgartirishga ishontirishdan iborat(axir, ana shuning evaziga ular daromad oladilar-da!). Bundan tashqari, bahzi maslahatchilar o‘z xizmatlarini xuddi yurist va buxgalterlar kabi soatbay baholaydilar. O‘zini zamonaviy moliya borasida maslahatchi deb ataydiganlarning taklifini tushunib olishingiz va to‘g‘ri qaror qabul qilishingiz uchun bir necha maslahat beramiz. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
1. Yaxshi tavsiyalarga ishonmang. Ehtimoldan holi emas, qarindoshingiz yoki qadrdon bo‘lib qolgan o‘rtog‘ingiz o‘z moliyaviy maslahatchisini og‘iz ko‘pirtirib maqtaydi. Ammo u o‘zining muayyan investitsiyalari va haqiqiy daromadlari to‘g‘risida aniq mahlumot bermaguncha uning maslahatlari o‘z mexanitini unda faqat texnik yordam mashinasi borligi uchungina maqtayotgan kishining gaplaridan ko‘ra ishonchli emas. Faqat do‘stlaringiz muhokama qilinayotgan masala mohiyatini tushunishlariga ishonch hosil qilgandan keyingina ularning gaplariga ishoning. Axir, o‘zbeklarda “CHumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin!”, -deb bekorga aytilmagan-ku!;
2. Diplom va turli guvohnoma-yu, sertifikatlarga doim(ko‘p hollarda) ham ishonavermang. Inson moliyaviy maslahatchi lavozimini egallashining o‘zi u tegishli litsenziyaga ega ekanini, ko‘plab imtihonlar topshirganini va doimiy, masalan dunyoning nufuzli joylarida o‘tkaziladigan konferentsiyaga o‘xshash ko‘plab konferentsiyalar ishtirokchisi bo‘lganini anglatadi. Undan tashqari, hozirgi sharoitda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida tegishli shaxslarni tijorat asosida ana shunday hujjatlar bilan tahminlovchi ko‘plab firmalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bois, uning diplom va guvohnoma-yu, sertifikatlariga ishonishdan oldin undan moliyaviy maslahatchi bo‘lgunga qadar nima ish qilganini so‘rang. Ko‘pchilik bu faoliyat sohasiga savdo sohasidan keladi. Ammo borgan sari ko‘pchilik moliyaviy maslahatchilar buxgalterlik, muhandislik, o‘qituvchilik va yuridik tajribaga ega kishilar bo‘lib chiqmoqda. Esda tuting: faqat ularning oldingi ixtisoslashuvini inobatga olgan holdagina, Siz ularning profetsional(kasbiy) bilimlaridan o‘z manfaatingiz yo‘lida nafli tarzda foydalana olishingiz mumkin. Buning ustiga, yuqorida tahkidlanganidek, bu yerda ham o‘zbeklarda “CHumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin!”, - deb bekordan-bekorga aytilmagani esingizdan chiqmasin;
3. Qizil bayroqlar. Sizga bozor narxi juda arzon aktsiyalarni, soliqni ushlab qolish(to‘lamaslik) huquqini, turli tangalar, sanhat asarlari, uchqur otlarni sotishga intiladigan va qisqa muddat ichida pulingizni bir necha barobar ko‘paytirib berishga harakat qilayotgan har qanday maslahatchidan uzoqroq yurganingiz mahqul. SHuning uchun esingizda tursin: bozorlarni, yoki biror “sir tutiladigan” strategiyadan ogohligini baralla aytayotgan har qanday inson yoki ahmoq, yoki firibgardir.
Ikkinchidan, “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning sababi shundan iboratki, moliya sohasida asosiy bilimga ega bo‘lish har qanday faoliyat sohasi uchun ham zarur. Hatto moliya sohasini o‘z ixtisosi sifatida tanlamagan kishi uchun ham moliyachilar foydalanadigan kontseptsiya, usul va terminologiyani bilish zarur.
Masalan, o‘zingiz to‘laydigan daromad solig‘i yoki mol-mulk solig‘i xususida, hech bo‘lmaganda, eng oddiy tasavvurlarga ega bo‘lmasangiz, u holda soliqchi yoki soliq organi tomonidan “chalingan har qanday musiqa”ga o‘ynashdan o‘zga chorangiz qolmaydi. Olayotgan pentsiyangizga nisbatan ham xuddi shunday fikrni bildirish mumkin va h.k. “Musiqa” qonuniy chalingan bo‘lsa-ku, yaxshi-ya, ammo aksincha bo‘lsa-chi? U holda, hech bo‘lmaganda, bu unga shu mutaxassislar bilan bemalol muloqot qilish va o‘z muammolarini hal qilish uchun ularni jalb qilish imkonini beradi.
Uchinchidan, ajab emas(ehtimol), Sizni zamonaviy (amaliy) moliya sohasida karhera qilish qiziqtirib qolsa. Sir emas, bu sohada karhera qilish uchun ulkan imkoniyatlar borki, kelajakda ular o‘z samarasini beradi, albatta. Buning uchun inson zamonaviy moliyaning barcha sir-asrorlarini egallashi lozim.
Moliyachilarning aksariyat qismi iqtisodiyotning moliya sohasida – banklarda, sug‘urta kompaniyalarida yoki investitsiyalarni boshqarish sohasida ishlaydi. Ammo ko‘pchilik moliyachi mutaxassislar xoh xususiy bo‘lsin, xoh davlat tashkiloti, nomoliya tashkilotlarining moliya bo‘yicha boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadilar. Bahzilar esa akademik karherani afzal ko‘radilar.
Uy xo‘jaliklari, xususiy firmalar va hukumat tashkilotlari doimo moliyaviy maslahatchilar maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar(ehtiyoj sezadilar). Bundan tashqari, moliya sohasida tahlim olish kelajakda tashkilot rahbari sifatida karhera qilish uchun ishonchli poydevor bo‘lishi mumkin va bo‘ladi ham. SHu o‘rinda, bilib qo‘ying: dunyodagi yirik korporatsiyalarning oliy toifadagi rahbarlari o‘z mehnat faoliyatini, dastlab, aynan moliyachi sifatida boshlaganlar.
To‘rtinchidan, moliya tizimi tub asoslari mohiyatini tushunish asoslangan fuqarolik qarorlari qabul qilish uchun zarur. Moliya tizimi iqtisodiy hayoti bozor munosabatlariga asoslangan har qanday jamiyat infratuzilmasining eng muhim qismi hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra, moliya institutlari ishini to‘g‘ri tashkil etish mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va taraqqiyoti uchun puxta zamin yaratadi. Biz, fuqaro sifatida, ko‘pincha siyosiy qarorlar qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Bu qarorlar, oxir oqibat, mamlakat moliyaviy tizimi ishiga o‘z tahsirini ko‘rsatadi. Masalan, depozitlarning hukumat tomonidan sug‘urtalanishiga qarshi chiqayotgan yoki fond bozoridagi bitimlar ustidan qathiy nazorat o‘rnatishga chaqirayotgan siyosatchiga ovoz berish to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar shunday qilinsa, buning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin?
Beshinchidan, ko‘pchilik shunchaki o‘z bilim doirasini kengaytirish uchun ham “Zamonaviy moliya”ni o‘rganadi va shunga qiziqadi. Zamonaviy moliya qonuniyatlarini bilish dunyoqarashni kengaytiradi va tashqi dunyo qaysi qonuniyatlarga asosan rivojlanayotganini bilishga yordam beradi.
Moliya sohasidagi ilmiy izlanishlar uzoq tarixga ega. A.Smitning 1776 yilda chop etilgan “Xalqlar boyligi tabiati va sabablari borasida tadqiqotlar” kitobini ko‘pchilik iqtisod fani(ilmi)ning ibtidosi deb hisoblaydilar. So‘ngi yillarda zamonaviy moliya nazariyasi moliya sohasiga ixtisoslashgan iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilmoqda va takomillashtirilmoqda. Bu 1990 va 1997 yillarda iqtisod sohasida Nobel mukofotiga moliya nazariyasi va amaliyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar sazovor bo‘lganligi bilan ham tasdiqlanadi.
Yüklə 28,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə