Rеoriеntatsiya psixologik muammo sifatida. Mutaxassislarga qo’yiladigan kasbiy va shaxsiy talablar



Yüklə 26,95 Kb.
tarix24.03.2023
ölçüsü26,95 Kb.
#103064
mutaxassislarga qo‘yilgan talablar


RЕORIЕNTATSIYA PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA. MUTAXASSISLARGA QO’YILADIGAN KASBIY VA SHAXSIY TALABLAR.
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforientatsiya) atamasi qadim zamondan qo’llanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yo’llash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (ko’nikmaga) kasbga yo’naltirishni bildirib keladi.

Qayta kasbga yo’llash (reorientatsiya) o’ta insonparvarlik (gumanistik) g’oyani kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni angaltadi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish o’rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli o’ta oladi, xolos. O’rtamiyona darajadagi mutaxassislar esa ish o’rnini yo’qotib, vaqtincha ishsizlar ro’yhatiga kiradi.

Ishsizlik, ish o’rnini yo’qotish ayollarda o’kinchili (ayanchli) his – tuyg’ular qobig’ida o’ta murakkab kechadi, go’yoki tragediya, h0alokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha hissiyotlarga berilmasdan, aql – zakovat maromlariga tortilganlik tuyg’usi ustuvorligida namoyon bo’ladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida hukm surishi, asta – sekin uning ta‘sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy kechinmalari keskin o’zgarishning asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. YOshning ulg’ayishi yangi muhit, o’zgacha sharoit, notanish jamoa va uning nufuzi kabi masalalar echimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur ob‘ektga uzoq davr mehnat faoliyatini bag’ishlash ham frustratsiya holatini harakatlantiruvchi safida asosiy rol o’ynashi mumkin. Xullas, har ikkala omil ham frustratsiyaning manbai vazifasini o’taydi (bajaradi), noxush muvaqqat kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi.

Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientatsiya (qayta kasbga yo’llash) ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. Maxsus xodilar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman bo’yicha ixtisoslar bo’yicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar ro’yhati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar etishmaganligi tufayli ish bilan ta‘minlash, bo’sh o’rinlarni to’ldirish bilan shug’ullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, o’rganishni taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi:


1. Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.

2. Xissiy jabhalari va irodaviy sifatlari.

3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.

4. Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi.

5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.

6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi.

7. Iqtidori (iste‘dodi), qobiliyati, salohiyati.

8. Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mahorati.

9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e‘tiqodi).

10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.

11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati.

12. Ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati.

13. Ekstrovertligi va introvertligi.

14. YUksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi.

15. Fidoiylik, altristik, vatanparvarlik fazilatlari usutvorligi va boshqalar.
Yuqorida sanab o’tilgan mezonlar bo’yicha tekshirish ishlari bir nechta metodlar, metodikalar orqali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli vaziyatlardan qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan psixologik treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi.

Olingan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil qilingandan keyin muayyan xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientatsiya sub‘ekti roziligida ishga muhtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo’naltiriladi. Ish joyining masofasi, uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli, muammoli jihatlari yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy hujjat ekanligi (qiymatiga) zarar keltirmasin (ba‘zan kelishuvdan voz kechish holatlari ham yuz berib turadi). Psixologik kuzatishlarning ko’rsatishiga qaraganda, reorientatsiya (kasb tanlashga yo’llash) kabi bosqichlardan tashkil topgan bo’lib, ular qisqa fursatda (muddatda) o’tishi bilan o’zaro muayyan darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo’llash, kasbga saralash, kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal o’ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, ksbiy moslashish davri o’ziga xos tarzda kechadi, bir bosqich ikkinchisi bilan silliq uzviy bog’lanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy) tomoni, ijtimoiy faollik (nufuzga egalik), ma‘naviy ta‘minlanganlik (ruhiy ko’tarinkilik hissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy hayotdan o’z o’rnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari, zahiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz hozirlaydi.

Reorientatsiya (qayta kasbga yo’llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini turmushga tatbiq etishga zarur shart – sharoit yaratadi. inson omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu havas, istak – xohish ushalishga negiz vujudga keltiradi. Ko’p profilli kasb – hunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg’usini jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi.

Reorientatsiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai hisoblanib, o’zini o’zi kashf qilishi, o’zini – o’zi boshqarishi, o’zini o’zi tashkillashtirish, o’zini–o’zi baholash, o’zini–o’zi refleksiyalash, o’zini–o’zi identifikatsiyalash kabi shaxs fazilatlarini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Maktab o’quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasbkorga bo’lgan qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari tug’ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog’liqdir. Shaxs psixologiyasini o’rganish o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash demakdir. O’quvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo’llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to’g’risidagi hujjatlarda o’quvchilarni (o’z imkoniyatlarini o’zi baholash orqali) mustaqil kasb tanlashga o’rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta‘kidlanadi. SHunga ko’ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo’l-yo’riqlar va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shaxobchalari kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar ko’lami orttirilishi lozim. Bu borada Respublika tashxis Markazining 2003 yil ma‘lumotlari juda qiziqarli va ba‘zan munozaralidir. Bularni quyidagi raqamlarda ham ko’rish mumkin: Respublika bo’yicha 9-sinflarni bitirgan o’quvchilarning 8,00 %ga sanoat yo’nalishlariga yo’llanma berilgan bo’lsa, ularning atigi 3% o’qishga joylashgan. Sog’liqni saqlash sohalariga esa 12,60% yo’llanma berilgan bo’lsa, amalda ularning 4,80 % o’qishga kirgan. Maorif sohalariga esa 9,60 % yo’llanma berilgan bo’lib, ularning 4,00%gina o’qishga joylashganlar («Maktab va hayot» jurnaliga ilova 2003 yil, №1-2, 24-39 betlar).

Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o’quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so’ngra kasbga yo’llash kerak.

Hozirgi davrda xalq ta‘limi bo’limlarida, ishlab chiqarishda, aholini ish bilan ta‘minlash muassasalarida, kollejlar va Oliy O’quv Yurtlarida yoshlarga kasb tanlash yo’lini ko’rsatadigan maxsus kasb – hunar kabinetlari tashkil etilgan. Bu borada Respublika tashxis Markazining, hamda joylardagi uning bo’limlarining faoliyati ibratlidir. Bundan tashqari, malakali psixologlar va pedagoglar (shu jumladan mahalla tarbiyachisi), murabbiylar, muhandislar va texniklar har bir kasb-hunarning o’ziga xos tomonlari haqida malakaviy maslahatlar tashkil qilishadi.

Lekin yoshlarning kasb-hunar tanlashi asosan o’rta maktabdan boshlanadi, shunga ko’ra o’quvchilar kichik jamoasi bilan psixologlar oldida turli yoshdagi, jinsdagi maktab o’quvchilarini kasbga qiziqtirish, mehnat qobiliyatlarini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini ishga solish (o’zini-o’zi namoyon etish) kabi muhim vazifa turibdi. Psixologlar, bundan tashqari, o’quvchilarning aql idroki, qobiliyatlarini hamda muayyan kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash metodlari, usullari, texnologiyasi, shakllari, mezonlari va tarkibiy qismlarini ishlab chiqishlari, shuningdek, bu sohada ilmiy- tadqiqot ishlari olib borishlari zarur.

Shuni alohida ta‘kidlab o’tish joizki, psixologiya fani o’quvchilarning kasb-hunar tanlashiga yordam beradigan, yo’l-yo’riqlar va tavsiyalar, mukammal qo’llanmalar, aksariyat kasb-hunarning professiogrammasini hali to’liq ishlab chiqqan emas. Lekin shaxs psixologiyasiga oid amaliy va nazariy materiallar etarli miqdorda yaratilgan. Shaxs psixologiyasi masalalarini yoritish, ya‘ni shaxsning bilish qobiliyatlari, aql-idroki, aql-zakovati, individual tipologik xususiyatlari, ruhiy holatlarini aniqlash yo’li bilan uning nimalarga qodir, qanday kasb-hunarga yaroqliligi to’g’risida aniq fikr bildirish va muayyan tavsiyalar berish mumkin.

Keyingi yillarda o’tkazilgan kuzatishlar Respublikamizda yoshlarni kasbga yo’llash sohasida talay kamchiliklar borligini ko’rsatdi. Buni biz viloyatlar kesimida hamda Respublika bo’yicha 9 sinf bitiruvchilariga sohalar bo’yicha tavsiyanomalar berishda ko’rdik.

Darhaqiqat, maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlarini amalga oshirishdagi dastlabki qadamlar boshlandi. O’ylaymizki, ana shu dastlabki qadam maktablarda kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini olib boruvchi mutaxassis hamda o’quvchilarni kasb-hunarga qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash bilan shug’ullanadigan maktab amaliyotchi psixologi shtatlarini tashkil etishdan iborat bo’lishi lozim. Chunki, bu mutaxassislarsiz maktabda mazkur ishlar haqida gapirish ham mumkin emas. Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlarining samarasi bevosita shu ikki mutaxassisning olib borayotgan ishlarining ko’lami, ularning saviyasi va malaka ko’rsatkichi hamda faoliyatining aniqligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’lishligi barchamizga ayondir.

Ommaviy kasblarga bag’ishlangan o’quv-uslubiy adabiyotlar va kasb-hunar to’g’risidagi kinofilmlar, spravochniklar kamligi, psixologik-diagnostik tadqiqotlar o’tkazishga yordam beradigan zamonaviy apparat va asboblar bilan ta‘minlash yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, shaxsning muayyan kasbga yaroqliligini aniqlash borasida ilmiy-tadqiqot ishlari etarlicha olib borilmayotganligi shunday kamchiliklar jumlasiga kiradi.

O’quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb-hunarini o’z qobiliyatlariga yarasha to’g’ri tanlashlariga erishish uchun maktab o’qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, akademik, tashkilotchilik, perseptiv va h.k.) qobiliyatlari yuksak bo’lishi, fan asoslarini turmush bilan bog’lab o’rganilishi, to’garak va qo’shimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarada kasb-hunar to’g’risida ma‘ruzalar o’qilishi, suhbatlar, munozaralar o’tkazilishi, sayohatlar, uchrashuvlar, kasb-hunar fotoko’rgazmalari tashkil qilishlari zarur.

Ilk o’spirinlar va katta o’smirlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo bo’lganligidan bu jarayonda ota-onalar, jamoatchilik va turli kasb ustalari ham faol qatnashishlari kerak, chunki yoshlar ko’p hollarda kattalarning maslahatlari va tavisyalarini hisobga olgan holda qat‘iy bir fikrga, qarorga kelishlari mumkin.

Shuni ham aytib o’tish o’rinliki, maktab o’quvchilari kasb tanlash borasidagi o’z qarorlarini, ko’pincha, har tomonlama dalillab bera olmaydilar, biroq ularning ko’pchiligi bu masalaga ongli ravishda yondashishga intiladilar.

Maktabdagi kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining samarali bo’lishini maktabning kasb-hunarga yo’naltirish xonasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Maktabning kasb-hunarga yo’naltirish xonasi «O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish xonasi to’g’risidagi Nizom» asosida tashkil etiladi va jihozlanadi. Mazkur nizomda maktab kasb-hunarga yo’naltirish xonasining vazifalari, unda o’tkaziladigan tadbirlar, devoriy ko’rgazmalar va unda qanday ma‘lumotlar bo’lishligi haqida aytib o’tilgan. Maktabning kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassisi mazkur xonaning mudiri hisoblanadi.

Maktab kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassisining asosiy vazifasi o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishni ta‘minlovchi barcha ma‘lumotlar bankini yaratishdan iborat. Bu maqsadda kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassis tuman (shahar) tashxis Markazidan olgan kasbiy axborotlar, kasblar ro’yxati, tasnifi, hududiy kasblar ro’yxati, kasblarga bo’lgan ehtiyoj va boshqa kasbiy tashxis metodikalari, tavsiya va yo’riqnomalardan foydalaniladi. Maktab kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassisi tomonidan o’quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kasblar haqidagi ma‘lumotlarni to’liqroq anglab etishi shuningdek, ularning kasb tanlashdagi reallikni vujudga keltirish maqsadida maktabda ilg’or kasb egalari, kasb faxriylari, kasb sulolalari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, kechalar va ma‘ruzalar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu tadbirlar o’quvchining shu kasbga bo’lgan qiziqishini yanada qat‘iylashishini vujudga keltiradi.

Rеspublikа Prеzidеnti tа’kidlаgаnidеk: «Biz iqtisоdiy o’nglаnish, iqtisоdiy tiklаnish, iqtisоdiy rivоjlаnishni mа’nаviy o’nglаsh, mа’nаviy pоklаnish, mа’nаviy yuksаlish hаrаkаtlаri bilаn tаmоmilа uyg’un bo’lishni»- istаyotgаn bir dаvrdа yashаyapmiz. Bu istаk esа yoshlаr tа’lim – tаrbiyasi bilаn shug’ullаnаyotgаn kаsb egаlаrini yuksаk kаsbiy tаyyorgаrlikkа, g’оyaviy–siyosiy e’tiqоdgа, tаshkilоtchilik vа bоshqаruvchilik mаlаkаlаrigа egа bo’lish lоzimligini tаlаb etmоqdа. Chunоnchi, mustаqillik shаrоitidа mаmlаkаtdа tа’lim tizimining yangilаnishi, u o’z nаvbаtidа tа’lim - tаrbiya mаzmunining yangilаnishigа оlib kеldi, nаtijаdа o’qitish vа tаrbiyalаshning shаkli, usullаri, vоsitаlаri mаjmui, o’zbеkоnа ko’rinish kаsb etdi hаmdа milliy urf – оdаtlаrning o’quv – tаrbiya jаrаyonigа fаоl kirib bоrishi аmаlgа оshirilmоqdа. Bu o’zgаrishlаr hаr bir o’qituvchi - tаrbiyachini yangichа fikrlаshgа, shаrqоnа ish yuritishgа, tаdbirkоrlik, ishbilаrmоnlik аsоsidа ish yuritish hаmdа mа’nаviy – mа’rifiy ishlаrning fаоl ishtirоkchisi bo’lishgа dа’vаt etаdi. Shuning uchun hаm bugungi kundа hаr dаvrdаgidаn hаm ko’prоq pеdаgоgikа fаni оldidа yangichа fikr yuritаdigаn yuksаk mа’nаviy – аhlоqiy sаlоhiyat, аqliy zаkоvаtgа egа bo’lgаn o’qituvchi - tаrbiyachini tаyyorlаsh, uning kаsb mаhоrаti vа mаlаkаsini Uzluksiz tаkоmillаshtirish uchun tа’lim vа tаrbiyaning zаmоnаviy mаzmun, shаkl, usul hаmdа vоsitаlаrini ishlаb chiqish muаmmоsi dоlbzаrblаshmоqdа.

Dаrhаqiqаt, bаrchа kаsb – kоrlаr tizimidа o’qituvchilik kаsbi muhim ijtimоiy аhаmiyat kаsb etаdi. Zеrо, o’qituvchi yosh qаlblаr kаmоlоtining mе’mоridir. Bugun u yoshlаrni g’оyaviy – siyosiy jihаtdаn chiniqtirib, tаbiаt, jаmiyat, tаfаkkur tаrаqqiyoti, qоnuniyatlаrini o’rgаtаr ekаn, аvvаlо, u yosh аvlоdni kеlаjаk mеhnаt fаоliyatigа tаyyorlаshi, kаsb – hunаr egаllаshlаrigа ko’mаklаshishi vа jаmiyat uchun muhim bo’lgаn ijtimоiy – iqtisоdiy vаzifаni hаl etishgа chоg’lаmоg’i dаrkоr. Аnа shu mа’suliyat o’qituvchidаn o’z kаsbining mоhir o’qituvchisi bo’lishni, o’quvchi - yoshlаrgа tаrbiyaviy tа’sir ko’rsаtib, ulаrning qiziqishi, qоbiliyati, istе’dоdi, e’tiqоdi vа аmаliy ko’nikmаlаrini hаr tоmоnlаmа rivоjlаntirishning оptimаl yo’llаrini izlаb tоpаdigаn kаsb egаsi bo’lishni tаlаb etаdi. Buning uchun pеdаgоgik mаhоrаt fаni o’qituvchidаn dоimо kаsbiy mаhоrаti ustidа izlаnish uchun, ungа turli shаrt – shаrоitlаr yarаtishi, kеrаkli mоddiy vа ilmiy – mеtоdik yordаm ko’rsаtishi hаmdа o’qituvchining ijоdiy tаshаbbuskоrligini оshirishigа ko’mаklаshаdi. Bu pеdаgоgik mаhоrаt fаnining muhim vаzifаlаridаn biridir.

1. Tаlаbа yoshlаrni pеdаgоgik mаhоrаtning nаzаriy - mеtоdоlоgik аsоslаri bilаn qurоllаntirish.

2. Bo’lаjаk o’qituvchi-tаrbiyachilаrgа pеdаgоgik mаhоrаtning pеdаgоgik tехnikа, pеdаgоgik hаmkоrlik (mulоqоt), pеdаgоgik nаzоkаt, pеdаgоgik qоbiliyat, pеdаgоgik nаzоkаt tаrkibiy qismlаri, pеdаgоgik jаrаyondа tаrbiyachi mаhоrаti, o’quv – tаrbiya jаrаyonini bоshqаrishdа pеdаgоgik mаhоrаt, pеdаgоgik оdоb, pеdаgоgik ijоd kаbi mаsаlаlаri to’g’risidаgi bilimlаr tizimi bo’yichа tushunchа bеrish.

3. Pеdаgоgik mаhоrаtni mustаqil egаllаshgа ehtiyoj vа hаvаsni uyg’аtish.

4. Egаllаngаn pеdаgоgik – psiхоlоgik vа mеtоdik bilimlаrini, ko’nikmа vа mаlаkаlаrgа аylаntirish uchun hаr bir tаlаbаdа shахsiy pеdаgоgik mаhоrаtni shаkllаntirish.

5. O’quv – tаrbiya jаrаyonini tаshkil etish, bоshqаrish vа аmаlgа оshirishning nаzаriy – аmаliy аsоslаri bilаn tаlаbаlаrni yaqindаn tаnishtirish.

6. O’z kаsbiy mаhоrаtini tаkоmillаshtirish mаqsаdidа tаlаbаlаrgа shахsiy – ijоdiy mаlаkа оshirishning shаkl, usul vа vоsitаlаri hаqidа tаsаvvurlаr hоsil qilish.

7. Tаrbiyachi mаhоrаtining mоhiyati, funktsiyasi, to’zilishi to’g’risidа tаlаbаlаrgа mа’lumоt bеrish.

Bu mаqsаd vа vаzifаlаr o’qituvchi – tаrbiyachini zаmоn bilаn hаmnаfаs bo’lish, yoshlаrni tаrbiyalаsh dаrdi bilаn yashаsh vа kеlаjаkni аniq ko’rishgа o’rgаtаdi. Hаr bir pеdаgоg shахsidа jаmiyatning dоlzаrb muаmmоlаrini, mаqsаd vа vаzifаlаrini tаsаvvur qilish,ulаrni vijdоn elаgidаn o’tkаzib, аniq bаjаrish uchun bоr imkоniyati, bilimi, tаjribаlаrini ishgа sоlishgа yo’llаydi hаmdа o’z fаоliyatigа ijоdiy yondоshish mаlаkаlаrini hоsil qilаdi.

Tа’lim to’g’risidа”gi Qоnun, “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi” tаlаblаridаn kеlib chiqib, bugungi kundа pеdаgоgik fаоliyatning ijtimоiy hоdisа sifаtidаgi mаqsаdini quyidаgilаrdаn ibоrаt bo’lishi lоzim dеb аytish mumkin:

- o’quvchi – yoshlаrning yosh хususiyatlаrini inоbаtgа оlib, Uzluksiz bilim оlishgа tаyyorlаsh;

-ijtimоiy – iqtisоdiy hаyot qоnuniyatlаridаn kеlib chiqib o’quvchi - yoshlаrni fаnlаrning ilmiy-nаzаriy аsоslаrini egаllаshgа yo’nаltirish;

-hаr bir o’quvchi – yoshning o’zigа хоsligi, individuаlligini inоbаtgа оlib ulаrni fаоl ijtimоiy –siyosiy fаоliyatgа tаyyorlаsh;

-o’qitish vа tаrbiyalаsh jаrаyonidа o’quvchi-yoshlаrning mustаqilligi, tаshаbbuskоrligi, erkin fikr yuritishni to’lа yo’lgа qo’yish;

-o’qitishdа tа’lim vа tаrbiyaning birligini tа’minlаgаn hоldа o’quvchi-yoshlаrdа ilmiy dunyoqаrаsh, milliy mаfkurа аsоslаrni tаrbiyalаsh;

-hаr bir mаshg’ulоt, dаrs mаzmunidа vаtаnpаrvаrlik, insоnpаrvаrlik, milliy o’zlikni аnglаsh ruhini singdirish;

-o’quvchi – yoshlаrning ilmiy bilimlаr, аmаliy ko’nikmа vа mаlаkаlаr bilаn qurоllаngаnligini nаzоrаt qilish, bаhоlаsh vа tаhlil qilish;

-hаr bir mаshg’ulоtdа fаnlааrо intеgrаtsiyani yo’lgа qo’yish vа o’quvchi-yoshlаrning bаrchа fаnlаrgа bo’lgаn qiziqishi, intilishi hаmdа ehtiyojini tаrbiyalаsh;

-hаr bir dаrsdа ilg’оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаngаn hоldа, mаvzulаrning mаntiqiy bоg’liqligi, аmаliy-ilmiy yo’nаlishini kuchаytirishgа erishish vа h.k.

Mа’lumki, ijtimоiy vоqеlikning bir bo’lаgi sifаtidа insоn tаbiаtni o’zlаshtirаdi, uni o’z ehtiyojlаrigа mоs rаvishdа o’zgаrtirаdi, ko’pаytirаdi vа rivоjlаntirаdi hаmdа shu tаriqа o’zi hаm tаkоmillаshib bоrаdi. U o’zining ijtimоiy qimmаtli sifаtlаrini rivоjlаntirаdi vа ijоdiy kuchlаrini tаkоmillаshtirаdi. Bu jаrаyondа pеdаgоgik ijtimоiy hоdisа sifаtidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi.


Kasbiy psixologiya
1-Mavzu: “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI.

Reja:


1. Kasbiy faoliyatning asosiy psixologik muammolari.

2. Mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy va shaxsiy talablar.

3. Mehnat psixologiyasi.

4. Shaxs nazariyalari.


1. Kasbiy faoliyatning asosiy psixologik muammolari.

Respublikamiz axolisining aksariyati agrar xo‘jalik soxasi bilan shug`ullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan bo`lg`usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Bo`lg`usi agronom-pedagogni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga qo‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekistonning issik iklim sharoitining biologik-tibbiy jixatlari birmuncha o‘rganilganligiga qaramay, ularning mexanizmlari, akseleratsiya xodisasi, qishloq axolisining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issik sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning okilona yo`llari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning o‘zgarishiga uxshash muammolar kariyb o‘rganilmagan. Quydagi mavzular yukoridagi muammolarning aksariyatiga javob berishga xizmat qiladi.

Inson-tabiat munosabatini o‘zida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb maxoratini takomillashtirish uchun negiz bo‘lib hisoblanadi. Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma asosida mutaxassislarini tayyorlash uchun oliy o‘quv yurtlariga o`qishga intilmoklari lozim. Zero, yuksak texnologiyani boshqarishga layoqatli, ijodiy, mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishga o‘quvli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy xayotda karor topgan bular edi.

Fanning maqsad va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga fan soxasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar zaxirasini shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yunaltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma’lumotlar manbaini berish.

Fanning vazifalari:

Talabalarni ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish:

 Kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni asoslash;

 Kasblar psixodiagnostikasi haqida tushuncha berish;

Shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalari.

Kasb psixologiyasi o‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talaba:

-kasb psixologiyasi fanining mazmun va moxiyati haqida, kasbga yunaltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari, kasb psixologiyasining metodlari, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi, xronomotraj metodi, ko‘zatish metodi, test metodlarini bilishi kerak;

- kasb tanlash va shaxs xususiyatlari, kasbiy oz-o‘zini anglashni shakllantirishi, shaxsning kasbiy xavfsizligi psixologiyasi. Kasbiy xavfsizlikning psixologik masalalari ish joyi. Mehnat jamoasi, psixik xolat, kasbiy qobiliyatlar bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari ta’minlanadi.

-kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarini shakllanganligini diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash hamda kasbga yunaltirishga doir malakalariga ega bo‘lishi shakllantiriladi.

Har bir inson xayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanok uning kelajagi to‘g‘risida uylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini ko‘zatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta’lim-tarbiya o‘quvchining turli fanlarga bo`lgan tanlovli munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa kaysidir fanlarga bo`lgan qiziqishi tez seziladi, ya’ni tasviriy, musikaviy va xokazolar. O`smirlik davriga kelib, muammo yanada ko`chayadi. Ko‘pgina o‘quvchilar va ota- onalarga qanday kasbni tanlashlari oldindan ma’lum bo`ladi: ular "Men shifokor bulaman", "Bizning uglimiz, kizimiz, tibbiyot insititutiga hujjat topshiradi. Shunday bo`lsada, kasbiy maqsadlarning aniqligi va ularni ruyobga chiqishi bo‘yicha xavotirlanish xolatlari sezilib turadi.Omadsizlikka uchrasa- chi? Ayrim o‘quvchilar uchun tukkizinchi sinfni bitirgach, kasbiy yunalishlarini tanlash - eng dolzarb masala bo‘lib koladi.

Ko‘pgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bo`lsam ekan yoki kaysi soxani mutaxassisi bo`lsam ekan? - degan savolni o‘z oldilariga kuyib, kasb tanlash muammosiga duch kelishadi.

Natijada o‘quvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Xyech qanday maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib yetmasdan, maktab bitiruvchilarining bir qismi darxol ishga joylashadi. Bunda kasb dunyosida o‘z o‘rnini qidirish o‘zgacha ma’noga ega bo`ladi.

Kasb-hunar kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to‘liq yechilmagan bo`ladi. Ularning bir qismi tanlovning to‘g‘riligiga o‘qishning birinchi yilidayok ikkilanib qolishadi, boshqalari - mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo‘yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini bitirib, egallagan kasbi bo‘yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga kushilib koladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo‘lib kolaveradi. Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik bilan qarash mehnat olamida o‘zini topishida ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Kasbiy tayyorgarlikka ega bo`lgan o‘quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo bo`ladi.

Kishilarning individual-psixologik xususiyatlarini kasb talablari bo‘yicha kasbiy tayyorgarligiga mosligini aniqlash uchun qator mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tanlov o`tkaziladi. Uning bajarilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi, ya’ni unga ko`ra kasbning normativ tavsiflarini belgilab olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim.

Bulajak mutaxassis shaxsida yangi a’zolari orasida, turli yoshdagi kishilar bo`lgan jamoaga kirish, kasbiy faoliyatga ko‘nikish, yangi ijtimoiy rolni tushunib olish yana muammolarni keltirib chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O‘zgargan kasbiy vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Shaxs psixologik tuzilishidagi keskin o‘zgarishlar kishining xayotini ham o‘zgartiradi. Oldingi - "maktab - oila -jamiyat" tizimi o‘rnida yangi, ya’ni "kasb-oila-ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar" vaziyati kelib chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida kasb-muxit omili muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Har bir kishining xayotida kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud bo`ladi.

Masalan, kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga bo`lgan layoqatini yukotish, majburiy ishdan bo`shash va boshqalar. Bunday voqealarining paydo bo‘lishi bexosdan yoki qandaydir sharoitlar tufayli, goxida esa mutaxassislik sababi natijasida bo`ladi. Ko‘p xollarda normativ bo`lmagan voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar hisoblanadi.

Jamiyatimiz uchun dolzarb psixologik muammolardan biri-bu ishchining nafaqaga chiqishi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi yangi ijtimoiy vazifa - nafakaxurlar uchun psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Shuningdek, ular psixologik kumak va qo‘llab-qo`vvatlashga muxtoj bo`ladilar. Shaxs va kasb o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va kasbiy rivojlanish vaziyatlarini umumlashtirgan xolda quydagilarda ko`rishimiz mumkin:

2. Mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy va shaxsiy talablar.

Shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillari. Kasbiy jixatdan kelib chiqadigan psixologik muammolar.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini xilma- xilligi. Ta’limning keyingi to`rini tanlash va umumiy urta ta’lim maktabini bitirgandan so‘ng ishga joylashish.Kasbiy ta’limning keyingi turlarini tanlash jarayonida kasbiy maslaxatlar berish. Ta’limning keyingi turlarini tanlash va o‘ziga xos maxsus kollejini bitirib ishga joylashish. Kasbiy ma’lumot olishga tayyorgarlik jarayonida kasbiy maslaxatlar berish, kasbiy tanlov, kasbiy tekshiruvdan uta olmaganlarga psixologik yordam berish. Kasbiy ma’lumot olish va tayyorgarlik, kasb xatoliklariga yo`l qo‘yish, ta’lim jarayonidan konikmaslik va boshqalar.

O‘quv-kasbiy faoliyatning moxiyatini kuchaytirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarini joriy etish hamda ta’lim oluvchining shaxs sifatida o‘zi-o‘zini boshqara olish ko‘nikmalari.Ish joyini qidirish, ishga joylashish, malakaviy talablar va lavozim majburiyatlarini qabul kilinishi, yangi ijtimoiy kasbiy vazifani anglab olish. Yosh mutaxassis tomonidan yangi ijtimoiy, kasbiy talablar va mas’uliyatlarini qabul kilinishi. Kasbga kirib borish orqali kasbiy tajribaga ega bo‘lish, xayotda yangi tartib, ijtimoiy- iqtisodiy vaziyatlarga moslashish.

Kasbga ko‘nikishdagi ijtimoiy qiyinchiliklar, kasbiy layokatsizlikning yashirin shakli, kasbiy xulq-atvorni egallashdagi va yangi xayot tarziga ko‘nikishdagi qiyinchiliklar. Kasbiy faoliyatdagi yuksalish imkoniyatlari, ish haqi, kasbdan va raxbarlar bilan o‘zaro munosabatlardan konikmaslik, kasbiy rivojlanishdagi ziddiyatlar va ularni korreksiya qilish. Kasbiy mehnatdan shaxsiy ma’noni topish, kasbiy xayotning yangi tomonlarini qidirish, insonlar bilan bo`lgan munosabatlardagi ziddiyatlardagi inqirozlardan chiqish va kelishmovchiliklarni hal etish hamda psixologik charchoqni bartaraf etish.

Majburiy ravishda ishdan bo`shash, yangi ish joyini qidirish, kasbini o‘zgartirish. Kasbiy xayotdagi yangi yo`lni tan olish. Mutaxassislikning destruktiv rivojlanishi, kasbiy deformatsiyalar kasbiy charchoq xolatida kasbning ma’nosini yukolishi. Shaxsning kasbiy deformatsiyalarini aniqlash va tahlil etish, uning sabablarini o‘rganish, kasbga nisbatan ko`nika olmaslikni yengib utish.

Kasbiy faoliyatdan chetlashish (nafaqaga chiqish). Ijtimoiy-psixologik keraksizlik tufayli kelib chiqadigan psixologik zuriqishdan halos etish, yangi xayot tarzi va xayotda yangi ma’noni topishga intilish.Yukorida sanab utilgan jixatlar shaxs va kasb hamkorligida uchraydi va bu murakkab, dramatik jarayon sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy xayotida bo‘lib utadi. Shaxsning kasbga bo`lgan moslashuvida normativ bo`lmagan vaziyatlarni hal etishda

psixologiya muhim ahamiyatga ega. Aynan u shaxs va kasb o‘rtasida optimal munosabatlarni urnatishda yordam berishi, kishilarni kasblar dunyosi bilan tanishtirishi lozim. Shaxs va kasblarga moslashuvning ko‘p aspektli psixologik fundamentlari an’anaviy tarzda mehnat psixologiyasi tomonidan tadkik etilgan. Ammo shaxsning to‘liq kasbiy shakllanish jarayoni aniqlanmagan. XX asr busagasida paydo bo`lgan mehnat psixologiyasi kasbiy faoliyat turlarini, faoliyatning insonga, uning psixofiziologik imkoniyatlariga bo`lgan talablarini, kasbiy qobiliyat, ko‘nikmalarini o‘rganadi.

Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli nuksonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimallashuv tajribasini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Ammo tadqiqotchilar diqqat markazida asosan mehnatning ijrochilik operatsion aspektlari, uning psixofiziologik tavsiflari turadi. Mehnat psixologiyasining asosiy muammosi bu insonning mehnat qurollariga, vositalariga, jarayon va sharoitlarga ko‘nikishidir. Bunda kishining mehnat faoliyatiga moslashuvi psixologik va fiziologik usullar asosida o‘rganilgan. Yukoridagi fikrlardan ko`rinadiki, mehnat faoliyati borasidagi psixologik tadqiqotlar insonlarda kasbiy maqsad, kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy shakllanish, kasb tanlash va uni o‘zgartirish sabablari, kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida to‘liq tasavvo‘rni bermaydi. Ular esa o‘z navbatida kasb psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Aynan kasb tanlash borasidagi ishlarni to‘g‘ri yo`lga qo‘yish, ongli kasb tanlash, kasbiy inqiroz va qiyinchiliklarni yengib utishda mazkur fanga doir bilimlarni bilish talab qilinadi. Shu bois, hozirgi kunda kasb psixologiyasiga doir bilimlarga zarurat sezilmoqda.

Keng tarqalgan ta’riflarga ko`ra psixologiya - psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadi. Shuningdek, psixologiya inson faoliyati va xulq-atvorida ob’ektiv reallikning aks etishi qonuniyatlari haqidagi fan.

Psixologiya soxasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va o‘rganilgan nazariy manbalar, shuningdek fanlararo o‘zaro integratsiya jarayonlari psixologiya tarmogida ko‘pgina o‘z predmetiga ega bo`lgan sohalarni ajralib chiqishiga to‘rtki bo`ldi. Ular jumlasiga kasb psixologiyasini kiritishimiz mumkin.

Kasb psixologiyasining predmeti - shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir. Bundan kelib chiqqan xolda kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, deb aytish mumkin.

Kasb psixologiyasining ob’ekti - shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kasb psixologiya fanining mustaqil soxasi bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. Shu jixatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muxandislik psixologiyasi, yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi.

3.Mehnat psixologiyasi.

Mehnat psixologiyasi-inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya soxasi bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, xolatlar va xususiyatlarni o‘rganadi. Mehnat psixologiyasi vazifalariga psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy- joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi. Mazkur farqlar jadvalda quydagicha ifodalaniladi:

Muxandislik psixologiyasi - inson va texnik to‘zilmalar o‘rtasidagi informatsion aloka vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmogidir. Muxandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro boglanishi hamda o‘zaro ta’sirini tekshirish bilan shug`ullanuvchi maxsus soxasi. Muxandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixofiziologik jixatdan asoslash va mehnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyihalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir.

Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tugilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmogi. Yosh psixologiyasi psixologiyaning turli yosh- bolalik, o`smirlik, uspirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi maxsus soxasi.

Pedagogik psixologiya - shaxsga ta’lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o‘rganuvchi psixologiya soxasi. Pedagogik psixologiya psixologiyaning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o‘rganuvchi maxsus soxasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo`lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.

Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida ta’kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quydagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub’ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi soxasidagi vazifalarni yechish usullari, yo`llari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yunalishidir.

Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jixatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug`ullanuvchi bulimidan iborat.

Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan xolda kasbiy yutuklarga asosiy e’tibor karatiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami to‘zilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.

Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadkik etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determenantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning xayotga bo`lgan ta’sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.

Kasb psixologiyasining predmetining ta’rifiga asoslanib, uning quydagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:

1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;

2. Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo`lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini to‘zish;

1. Kasblarning tavsifiy to‘zilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proyektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;

2. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadkik etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;

3. Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya’ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo`lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;

4. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish;

5. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy xayoti davomida yordam berish, qo‘llab-qo`vvatlash;

6. Kasbiy maslaxat, kasbiy ma’lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jixatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.

Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy moxiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jixatidan rivojlanib boradi, ya’ni ular o‘z yunalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va saloxiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, tuknashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib utishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy xolatlarga, xayotiy muhim kasbiy voqealarga bog‘liq bo`ladi.

Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy xayotning tugallangungacha bo`lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya’ni kasbiy ta’lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm hamda maxorat bosqichlarini ajratish mumkin.

Kasb psixologiyasining asosiy konseptual koidalari quydagi jadvalda aks ettirilgan.

Kasbiy shakllanish-getroxron jarayon bo‘lib, ayrim paytlarda pasayish va sakrash xususiyatiga ega. Individning shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillarining o‘zaro alokalariga ko`ra kelishmovchilik va inqirozlar kiritiladi. Bu individual tulakonli jarayonini ijtimoiy vaziyat va asosiy faoliyat bilan bog‘liq bosqichlarga ajratish mumkin. Ular sirasiga kasbiy tayyorgarlik, kasbiy adaptatsiya, birlamchi va ikkilamchi professionalizatsiya va kasbiy maxoratlar kiradi.

Kasbiy shakllanish yo`li va tezligi bir gurux omillar bilan belgilanadi. Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kiritish mumkin.

Kasbiy rivojlanish - bu yunalish saloxiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi. Kasbiy shakllanishining psixologik jixati. Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jixatidan o‘zini topa olish uchun o‘z ustida ishlashi va turli masalalarni hal qilish uchun bor kuchini sarflash, shart- sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi destruktiv an’analarni o‘zlashtirishda kishilarga psixologik madad va yordam ko‘rsatish, kasbiy jixatdan o‘zini anglash imkon yaratish lozim.

Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat mazmuni va talablari bilan bo`lgan jixatlarini mustaqil anglab olishi, shuningdek ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda bajariladigan ishidan ma’no topishi, kasbiy jixatdan o‘zini asray olish lozim.

Inson shaxsiga yo`naltirilgan mahsuldor kasbiy faoliyatda doimiy o‘z-o‘zini o‘zgartirib turishi, tayyorgarligi va kasbiy imkoniyatini, o‘zini ruyobga chiqarishi, kasbiy xayotini boshqara olishi, kasbiy rivojlanish va lavozimda kutarilishdagi destruktiv vaziyatlarni yengib utish bilan bog‘liqdir. Professionalizatsiya destruksiyalari. Professionalizatsiya jarayonidagi miqdor va sifat o‘zgarishlar, shaxsning rivojlanishi va deformatsiyasi bilan ko‘zatiladi.

4.Shaxs nazariyalari.

Psixologiyaning mustaqil soxasi sifatida kasb psixologiyasini shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadkikiy sabablarning o‘rni muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quydagi sabablarni keltirib utish maqsadga muvofiqdir,:

1.Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik xususiyatlari inkor etilgan. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish vazifalarini yechish uchun zarur bo`lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmani bajarishga qaratilgan. Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafko`raviy qarashlarning ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug`ullanish imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur bo`lganda yangi ish joyini qidirish, o‘zining rakobatbardoshligini tasdiklash uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi. Rossiyadagi siyosiy va mafko`raviy erkinliklar ishchilarda ikkilanish va psixik zuriqishni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining to‘g‘ri yo`lga kuyilmaganligi, ogir sharoitlarni o‘zgarishi, ishchilarda stress xolatini keltirib chiqaradi. Chunki ular birdaniga o‘z kasbiy xayotlari uchun mas’ul bo‘lib koladilar. Mehnatga layoqatli axoli uchun dolzarb masalalardan biri bu kasbiy xayot senariysini tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib xoldai. Ammo bu muammolarni yechimini topishning imkoniyati yuk edi. O‘z navbatida bu kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-qo`vvatlash va bir-biriga kumaklashish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shunisi ahamiyatliki, psixologiyaning xech bir yunalishi bu muammolar bilan shug`ullanmaydi, bu esa o‘z navbatida mazkur muammolarni o‘rganish uchun yangi bir soxaga, ya’ni kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi.

2.Bozor iqtisodiyotiga utish va undagi o‘zgarishlar, ya’ni dastlabki paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yukori malakali kasbiy jixatidan yetuk rakobatbardosh ishchilarga zaruriyat sezilmokda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar faoliyatini baholash va attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo`llarini belgilash, ishchilar malakasini oshirish va kayta tayyorlash masalalariga e’tiborni karatish lozimligini anglatadi. Shuning natijasida korxona va tashkilotlarda ishchilar uchun rivojlanish bulimlari paydo bo`ladi. Psixologiya fani doirasida shaxsning kasb bilan hamkorligi yuzasidan ko‘p tomonlama tadqiqotlar olib boriladi. Asosan bu muammolar mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya va yosh davrlar psixologiyasi fanlari tomonidan o‘rganilgan. Bu muammolar yechimining metodologik jixatdan asoslanishi psixologiya soxasida olib borilgan fundamental ishlarda aks etgan. Faoliyatning psixologik nazariyasini yaratilishi kasbiy faoliyatga doir tadqiqotlar uchun nazariy asos bo`ladi. Shaxs borasidagi differensial psixologik konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslaxat, kasbiy moslashuv professionalizatsiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo`ldi.

Mehnat psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi.

Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari masalalarini o‘rganadi. Ta’kidlash mumkinki, insonning kasblar olami bilan hamkorligi to`planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan. Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yunalishi - kasblar psixologiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. Shunday qilib, 1990 yillar boshida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi soxasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi.

Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3 bosqichini ajratish mumkin:

1. XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yunalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu- mehnat sharoitlari va shu usullarini ratsionalizatsiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta’limining shakllanishi masalalariga e’tiborning kuchayishidir.

2. XX asr boshlarida mustaqil ilmiy soxa mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi, shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslaxat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.

3. XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal kiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu soxasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslaxat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AqShlik olimlar J. Krites va D. Syuper ishlarida ko‘zga tashlangan. Ammo chet el tajribasi asosida to‘plangan ma’lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati bulmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy an’analar yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining rivojlanishiga sabab bulmokda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX asrdan boshlab asos solingan. Bunga ko`proq insonlarni o‘z qobiliyatlari, ehtiyojlari, xohish- istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va xokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega bo`lmaganliklari natijasida, kaysidir ma’noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga sabab bo`lgan.

Biroq keyinchalik rus psixologi Ye.A.Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan shu masalaga, ya’ni "kasb tanlash", "kasbga yunaltirish" kabi masalalarga e’tiborini karatib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. Ye.A.Klimovdan tashkari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondashishlar ko‘zatila boshlandi, ya’ni ularning barchasi kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi.

Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jixatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasi kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug`ullanuvchi bulimidan iborat. Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan xolda kasbiy yutuklarga asosiy e’tibor karatiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami to‘zilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadkik etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning xayotga bo`lgan ta’sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.

Xorijiy manbalarda ham insonning kasbdagi faoliyati va xulq-atvori maydoni o‘ziga xos xolda belgilanib, "kasb tuqimasi" yoki "mental harita" deb atalgan. "Mental harita" - kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi mumkin bo`lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan kasbiy soxadagi anchagina barqaror ta’lim, kasbning tavsiyanomasi, uning qo‘llanish soxasi, aniq ishchi o‘rniga nisbatan yashovchanligi o`rin olgan.

K.Farrenning qarashlariga tayanib aytish mumkinki, talabalar mutaxassis sifatida shakllanishi davridayoq yashovchanlik kursatkichlaridan bohabar bo‘lishlari muhimdir. Uning fikricha, yashovchanlik ikki xil ko‘rinishga ega bo`ladi: shaxsning yashovchanligi va kasbning yashovchanligi.

Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quydagi kursatkichlarni kiritadi:

1. Shaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash.

2. Bajarayotgan ishga qo`yilgan talablarga yukori darajada tayyorlik.

3. Xdyoti davomida ta’lim olish va o‘rganishga tayyorlik.

4. Madaniyligi, o‘zga kishilar kadr-kimmatini, farqlarini qabul kila bilish.

5. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish.

6. Bir necha sohalarda kasbiy maxoratni namoyish kila olishi.

7. Yangi loyihalar takdim qilish tashabbusiga ega bo‘lish.

8. Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko‘nikmasiga egaligi.

K.Farren kasbning yashovchanlik kursatkichlariga quydagilarni kiritadi:

1. Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqligi.

2. Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg`unlashish imkoniyati.

3. Boshqa kasblarda o‘z kompetentliligi va qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyati.

4. Shaxsiy va moliyaviy ta’minlanganlik.

5. Kasb bo‘yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi.

6. Maxoratga etaklovchi bilimga egalik.

7. Yoshidan qat’iy nazar kasbiy muvaffakiyatlarda mustaqil bo‘lish.

Shuningdek, yukoridagi ikkita yashovchanlik kursatkichlari bilan bir

qatorda quydagi kursatkichlarni ham keltirib utish joiz: tanlangan ishlab chiqarish soxasining "yashovchanligi", "tashkilotning yashovchanligi", "ishchi o‘rnining yashovchanligi".

XX asrning boshlarida Amerika va Yevropa mamlakatlarida mehnat mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash jarayonida yuzaga kelgan bo‘lib, buning natijasida psixologiyaning insonparvarlik g‘oyalarini singdirish yuz berdi va natijada shaxs to‘g‘risida zamonaviy nazariyalari vujudga keldi. Bunday bog‘liqlik shaxs nazariyasi bilan kasbiy rivojlanish psixologiyasi o‘rtasida aloqa urnatishga olib keldi. Oqsbatda kasbiy rivojlanish muammolarini o‘rganishga turlicha yondashadigan beshta asosiy yunalishi shakllandi.

Bular:


1) differensial diagnostic;

2) psixoanalitik;

3) karor qabul qilish nazariyasi;

4) taratsksyot nazariyasi;

5) tipologik yunalishlar.

Differensial - diagnostik yunalish bo‘yicha izlanishlarda shaxsning kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlash omillariga, kasbga ta’sir kursatuvchi individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo`yilgan talablarga asosiy e’tibor karatiladi. Shuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli faoliyat tashkil etish to‘g‘risidagi qarashlar o‘z aksini topgan (F.Parkinson). Bu yunalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning, fikricha, individual sifatlar oddiy ijrochilik operatsiyalarning yig`indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari kasbiy ta’lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir, degan g`oyani ilgari so`rishdi.

Psixoanalitik yunalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik jixatlarini tahlil qilish bilan shug`ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik mexanizmlar va shaxs to‘zilish stansiyalarigacha bo`lgan turli xil ehtiyojlar yotadi, degan g`oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou).

Saror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o‘rganish uchun yo‘nalganlik ustanovkalarini tadkik etishga e’tibor shratdilar. Ularning qarashlariga ko`ra, har krnday kasbni tanlash kasbiy alternativa va karor qabul qilishga yo`naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman, O.Har). Bu g`oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan kasbning e’tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga da’vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e’tirof etishadi.

Taraqqiyot nazariyasi yunalishi vakillari rivojlanish nazariyasiga asoslanib ish tutishgan. Bu yunalishning izlanishlari akademik psixologik xarakterga ega bo‘lib, ilk izlanishlar uspirinlarni kasb izlashi bilan bog‘liq xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yunalish vakillaridan D.Syuper, Sh.Byo`ler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish bir nechta bosqichlarga ajratiladi:

1) vujudga kelish bosqichi (tugilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi;

2) tadkik etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o‘zining imkoniyatlariga mos kasbni tanlashni niyat qiladi;

1) konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barsaror shaxsiy pozitsiyaga mos kasbiy faoliyat maydoni urnatiladi;

2) saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati xech qayoqqa og`masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo‘yicha kechadi;

3) pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli paydo bo‘lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini ko‘zatish yetakchi o`ringa chiqadi.

Tipologik yunalish vakillari kasbiy faoliyatni tipologiyalashtirishga e’tibor qaratadilar (Ye.Shpranger, D.Xolland). Xolland o‘z tipologiyasida shaxsning kompleks muljal olishga yo`naltirilgan bir sator tiplarini ajratishga erishdi:

1.Realistik oriyentatsiya;

2.Intellektual oriyentatsiya;

3.Ijtimoiy oriyentatsiya;

4.Konvensional oriyentatsiya;

5.Tadbirkorlik oriyentatsiyasi.

Kasbiy shakllanishini ta’minlashga to‘siq bo‘luvchi bir qator omillar:

1.Mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o‘sib borayotganligi.

2.Kasb tanlashga sabab bo‘luvchi omillarning davriy xarakterga egaligi va kasblar to‘g‘risidagi ijtimoiy ideallarning yagona me’yorining mavjud emasligi.

3.O‘spirin kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga va bozor munosabatlariga hamohang o‘zgarayotganligi hamda kasb-hunar va tegishli mutaxassislik yo‘nalishlari o‘rtasidagi tafovutning keskin ortayotganligi.

4.Yoshlarning mutaxassislik yo‘nalishlarini tanlashlarida aniq tasavvurga, maqsadga, faoliyat yo‘nalishiga va istiqbol rejalarini belgilash qobiliyatiga ega emasligi va boshqalar.

Bolaning fe’l – atvori va tasavvurlarini shakllantirishda umuminsoniy g‘oyalar qo‘llanishini yaratgan hamda murabbiy, ota-onalarga uni qattiq tan jazosidan ko‘ra, shaxsiy ibrat orqali voyaga yetkazish ma’qulligini ko‘rsatgan. 1

Abu Ali Ibn Sino

O‘spirin hunar egallashi bilan unda nafaqat axloqiy hislar, balki xarakterning irodaviy hislatlari ham tarkib topa boshlaydi.

Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Rizo Ogahiy

O‘g‘il va qizlarning aqliy, hissiy va jismoniy imkoniyatlarini g‘oyat ziyraklik bilan kuzatgan holda, ularning fe’l atvorlarini tezroq bilib olish, salbiy va ijobiy sifatlarini osonroq aniqlash, yoqimsiz xatti – harakatlarini bartaraf etish mumkin.



Abdulla Avloniy

Barkamol shaxsning ko‘p qirrali bilimlarga ega bo‘lishi, yaxshi bir kasb – korning sirlarini egallashi ko‘p jihatdan ijtimoiy muhit bilan oilaviy sharoitning uyg‘unligiga bog‘liqdir.
Yüklə 26,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə