Research in educational sciences volume 2



Yüklə 247,84 Kb.
səhifə6/12
tarix22.12.2023
ölçüsü247,84 Kb.
#153875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1074-1091

Radd Ul-Qofiyа (ar. – qofiyaning takrorlanishi) – g„azal yoki qasida matla'idagi qofiyaning undan keyingi baytlardan birida yoki maqta'da takrorlanishiga asoslangan badiiy san'at. XVI asrgacha yaratilgan poetikaga doir manbalarda “iyto” deb yuritilgan. Sakkokiyning “Miftoh ul-ulum”, Shams Qays Roziyning “Al- mo„jam” (1218-1233), Nasiriddin Tusiyning “Me'yor ul-ash'or” (13-a.) Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi' ul-afkor fi sanoyi' ul-ash'or” (15-a.), Abdurahmon Jomiyning “Risolai qofiya” (1465), Atoulloh Husayniyning “Risolai vofiy dar qavoyidi ilmi qavofiy” (1487) asarlarida mazkur san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Ushbu asarlarning deyarli barchasida iyto qofiya nuqsonlaridan biri sifatida e'tirof etilib, agar takrorlanuvchi qofiyalar orasida muayyan masofa bo„lsa (g„azal va qit'ada 7 baytdan keyin, qasidada esa 14-20 baytdan keyin) yoki she'r ikki matla'ga ega bo„lsa (she'r o„rtasida yana bir qo„sh qofiyalanuvchi bayt kelsa), iytodan foydalanish mumkin degan umumiy xulosa aytiladi.
Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog„a” (1436-37) asarida radd ul- qofiya san'ati radd ul-matla' tarkibida tahlil qilinib, risolada keltirilgan radd ul- matla'ning ikkinchi va uchinchi turlari aynan radd ul-qofiya san'atiga mos keladi: “Ikkinchi nav'i ulkim, avvalgi misra'ning qofiyasini maqta'ning oxirinda radd qilurlar... Uchinchi nav'i ulkim, avvalgi misra'ning qofiyasini ikkinchi bayt yo uchinchi baytta radd qilurlar”. Bunda muallif san'atining matla'dagi qofiyaning maqta'da yoki ikkinchi va uchinchi baytlardan birida takrorlanishiga asoslanishini ta'kidlayapti.
Alisher Navoiy g„azaliyotida ushbu san'at ancha faol qo„llanilgan bo„lib, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida uning turli ko„rinishdagi 450 dan ortiq namunalarini uchratish mumkin (Yo.Is‟hoqov). Shoir she'riyatida radd ul-qofiyaning quyidagi ko„rinishlari qo„llanilgan:



    1. G„azaldagi birinchi misraning qofiyasi ikkinchi baytda takrorlanishiga asoslangan:



Bahor sensiz o‗luptur manga ajab do‘zax, Qizil gul anda o‗tu oq shukufalardur yax.


Bahor sensiz agar do‗zax o‗lsa tong ermas, Bihisht ichinda liqo bo‗lmasa erur do‘zax...
(G„aroyib us-sig„ar, 108-g„azal).
1. G„azaldagi birinchi misraning qofiyasi ikkinchidan keyingi baytlardan birida takrorlanishiga asoslangan:
Yuz tuman mehnat o‗qi anduhlug‗ jonimdadur, To havodin sarzanish sarvi xiromonimdadur.


Hojatim budur, xudoyokim, karomat qilg‗asen Notavon jonimg‗a har zahmatki, jononimdadur.


Dard menda sendin ortuq bo‗lsa, jono, ne ajab
Kim, sening jismingdadur zahmat, mening jonimdadur...
(G„aroyib us-sig„ar, 150-g„azal).

1. G„azal matla'sidagi ikkinchi misraning qofiyasi ikkinchidan keyingi baytlardan birida takrorlanishiga asoslangan:




Kechti umrum naqdi g‗aflat birla nodonlig‗da hayf, Qolg‗ani sarf o‗ldi anduhu pushaymonlig‘da hayf...


... Andoq ish qilkim, pushaymon bo‗lmag‗aysenkim, emas Hech osig‗ chun ish xato bo‗ldi pushaymonlig‘da hayf...
(G„aroyib us-sig„ar, 303-g„azal).
1. G„azal matla'idagi qofiyalardan birining maqta'da takrorlanishiga asoslangan:


Ishq soldi xonumonim ichra o‗t, La'li otashnoki jonim ichra o‗t.


Ey Navoiy, chun chaqildi barqi ishq, Tushti andin xonumonim ichra o‗t. (Navodir ush-shabob, 86-g„azal).

(Layli va Majnun)


Tajnis (ar. – jinsdosh, hamjins) – baytda shaklan bir xil yoki bir-biriga yaqin so„zlarni qo„llashga asoslangan she'riy san'at. Asosan nazmda, ba'zan nasrda ham istifoda etiladi. Ilmi badi'ga doir manbalarda tajnisning bir necha turlari farqlanadi. Xususan, Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog„a” (11-a.) asarida tajnisning 4 turi (tajnisi mutlaq, tajnisi murakkab, tajnisi zoid, tajnisi muraddad), Rashididdin Vatvotning “Hadoyiq us-sehr” (12-a.), Shams Qays Roziyning “Al-mo„jam” (1218- 1233) va Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog„a” (1436-37) asarlarida 7 turi (tajnisi tom, tajnisi noqis, tajnisi zoid, tajnisi mukarrar, tajnisi murakkab, tajnisi mutarraf, tajnisi xat) keltirib o„tilgan.
Turkiy adabiyot, xususan Alisher Navoiy ijodida tajnisning asosan quyidagi turlari keng qo„llanilgan:

Yüklə 247,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə