Research in Educational Sciences volume 2



Yüklə 16,37 Kb.
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü16,37 Kb.
#131565
  1   2   3
maktabgacha-yoshdagi-bolalar-faoliyatida-o-yinning-ahamiyati



Academic Research in Educational Sciences

VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-493-497





MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATIDA O‘YINNING AHAMIYATI




Lobar Djambulovna Muxamedova
ROYAL KID maktabgacha ta`lim muassasasi direktori


ANNOTATSIYA


Ushbu maqolada maktabgacha ta`lim muassasalarida o„yinlardan foydalanish, o„yinning bola hayotidagi o„rni masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: o„yin, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, rolli o„yin, syujetlirolli o„yin


THE IMPORTANCE OF GAME IN THE ACTIVITIES OF PRESCHOOL CHILDREN




ABSTRACT
This article examines the use of games in preschool, the role of play in the lives of children.
Keywords: play, mental education, moral education, aesthetic education, role play, plot role play


KIRISH


Maktabgacha ta‟lim uyg„un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bo„lgan muassasadir. O„yin maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo„lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O„yin bolaning o„quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanganligimi belgilab beradi. O„yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta‟lim muassasasining ta‟lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy,axloqiy, mehnat va estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Jamiyatning ma‟naviy takomillashuvi unda amalga oshiriladigan ta‟lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog„liqdir. Shu boisdan ham ta‟limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ta‟lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta‟minlash zaruriyati yuzaga keladi. Haqiqatdan ham o„yin, har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va



kishilar o„rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o„yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o„zgarib turadi. O„yin doimo o„zgarib turganligi tufayli bola o„ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga, kishilarga, narsalarga va o„ziga bo„lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o„zgarib turadigan o„yin jarayonida namoyon bo„ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o„yin jarayonida bevosita rivojlanadi. O„yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o„yin jarayonida faqat namoyon bo„libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o„zlashtiriladi. Shuning uchun psixologik nuqtai nazardan oqilona, ya‟ni, to„g„ri tashkil qilingan o„yin bola shaxsini har tomonlama o„stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida – sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, hayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O„yin o„z mohiyati jihatidan katta kishilarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo„lishi tufayli bolalarda ma‟naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob-axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o„yin jarayonida shifokorlik yoki o„qituvchilik rolini bajarayotgan bo„lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o„yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo„ladi. Bolalar uchun o„yin mazmunining hech bir chegarasi yo„q. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o„z o„yinlarida aks ettira oladilar. O„yinning ahamiyati bola shaxsining o„sib kamolotga yetishiga ta‟sir ko„rsatishdin iboratdir. O„yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o„rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga, o„z-o„ziga munosabati o„zgarayotgan o„yinda namoyon bo„ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (havas)lari bevosita o„yinda ifodalanadi. O„yin bolalarning xayolparastligi tufayli narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma‟qul tomonga “o„zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Ma‟lumki, bolalarning asosiy vaqti o„yin bilan o„tadi. O„yin maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo„lib hisoblanadi. O„yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub‟ekti sifatida shakllana boshlaydi. O„yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o„ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muammolardan biridir. Bola psixikasining taraqqiy

etishida o„yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik taraqqiyotini o„yin faoliyatisiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki, o„yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O„yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o„rganibgina qolmay, balki nutq so„zlashga, mustaqil fikrlashga, xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o„rganadi. Ko„pchilik psixologlar hamda pedagoglar o„yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug„ullanib, o„yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to„xtalib o„tganlar. Ma‟lumki, o„yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir.





Yüklə 16,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə