Respublikamizdagi istalgan lizing kompaniyasini tanlab olgan holda quyidagi savollarni yoritib taqdimot (prezentatsiya) tayyorlang


BARAKA” universal lizing kompaniysi



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə6/9
tarix26.10.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#132360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BARAKA” universal lizing kompaniysi 1998 yil fevral oyida Yevropa Lizing Kompaniyalari Assotsiatsiyalari Federatsiyasi (Shtab – kvartirasi Bryussel shahrida, 17 davlat lizing federatsiyalari a’zo) ning raislari va ijroya qo’mitalari «Baraka» universal lizing kompaniyasining shu tashkilotning muxbir a’zosi ekanligi haqidagi hujjatlarni tasdiqladi. Kompaniya lizing operatsiyalarini tashkil etish borasida va birgalikda faoliyat yuritish maqsadida mamlakatimizdagi 20 tadan ortiq tijorat banklari hamda Respublika tovar ishlab chiqaruvchilar va savdo Palatasi bilan Bosh shartnomalarni imzoladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qo’shma lizing kompaniyasini tashkil etish haqidagi qaroriga muvofiq 1996 yilda «BARAKA” universal lizing kompaniysi » tashkil etildi va o’sha yildan boshlab o’z faoliyatini yo’lga qo’ydi. Bu jamiyat yopiq turdagi aktsionerlik jamiyati bo’lib xalqaro lizing operatsiyalarini rivojlantirishni maqsad qilib olgan.
4 million AQSh dollariga teng dastlabki ustav kapitaliga ega bo’lgan kompaniyadir. Uning muassislari Xalqaro moliya korporatsiyasi Malayziya Meybanki hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bo’lgan. Bundan tashqari, har bir muassis 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini ham ko’zda tutilgan.
BARAKA” universal lizing kompaniysi kompaniyasi Respublikamizga yuqori unumdorlikka ega bo’lgan zamonaviy jihozlar va texnologiyalarni jalb qilish maqsadida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq, har biri 68 mingdan 300 ming AKSh dollariga qadar bo’lgan qiymatdagi ettita loyiha bo’yicha faoliyatini boshlagan.
Baraka lizing kompaniyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Sotib olishlarni uzoq muddatli moliyalash va texnologik asbob uskunalardan foydalanish;
Eksport salohiyatini oshirish hamda import o’rnini bosadigan ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida O’zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga ilgor texnologiyalarni jalb etish;
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni yuksaltirish uchun lizing xizmatlarining keng doirasini taqdim etish;
Lizing operatsiyalarini o’tkazish va tavsiyalar berish uslubiyatini ishlab, chiqishdir.


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə