Respublikamizdagi istalgan lizing kompaniyasini tanlab olgan holda quyidagi savollarni yoritib taqdimot (prezentatsiya) tayyorlang


(so’mda to’lov kuniga birjadan tashqari valyuta bozori kursida)



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə9/9
tarix26.10.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#132360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
(so’mda to’lov kuniga birjadan tashqari valyuta bozori kursida)

“BARAKA” universal lizing kompaniysi xorijiy valyutadagi lizing shartlari

Qo’shimcha ma’lumotlar.

Kompaniya “Lizing to’g’risida”gi qonun va “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining lizing loyihalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar beradi. Hozirgi kunda Kompaniya O’zbekiston Respublikasining tijorat banklari va boshqa moliyaviy institutlari bilan qo’shma hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Kompaniyaning asosiy kelishuvi “Ipak Yo’li” AITB bilan o’rnatlgan hamkorlik hisoblanadi. 2012-2016 yillar mobaynida ushbu bankning 10 000 million so’m miqdoridagi resursi bir qancha loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilingan.

Bundan tashqari O’zbekiston Banklar Assotsiatsiyasining bo’limlari tarkibiga kiruvchi bir nechta tashkilotlar bilan ham aloqalar o’rnatilgan. 2017 yil mobaynida kompaniya tijorat banklari bilan hamkorlikda ishlashda davom etmoqda. Bir qancha banklar bilan hamkorlikda kichik va o’rta biznesning katta qismiga xizmat ko’rsatish rejalalashtirilgan. Shu bilan birga, tadbirkorlar uchun metodologik qo’llanma ishlab chiqish va O’zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi hamda O’zbekiston lizingchilar uyushmasining Toshkent shahri va viloyatlarda tashkil etadigan yig’ilishlarida qatnashishni rejalashtirilgan.


2000 yil dekabr oyida “Baraka” ULK yuridik maqomini Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatga o’zgartirdi.
2003 yil aprel oyida “Baraka” ULK ustav kapitali 1 mlrd. so’mni tashkil etgan holda Ochiq Aksiyadorlık Jamıyatiga aylantirildı.
2014 yil iyul oyida “Baraka” ULK 3 mlrd. so’m ustav kapitali bilan Aksiyadorlik Jamiyati sifatida faoliyat yurita boshladi.
2015 yil dekabr oyida “Baraka” ULK 3,278 mlrd. so’m ustav kapitaliga ega bo’lgan holda yuridik maqomini Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatga o’zgartirdi.
Kompaniyaning bugungi kundagi ustav kapitali 5.319 mlrd. so’mni tashkil etadi.
“Baraka” universal lizing kompaniyasi - lizing xizmatlarini ko’rsatish uchun bank va boshqa moliyaviy tashkilotlarning mablag’larini jamlaydigan moliyaviy institutdir.
Hozirgi kunda kompaniyaning ta’sischilarini quyidagilar tashkil etadi:
O’zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi - aksiyalar paketinng 33,45 % ulushiga ega;
“Ipak Yo’li” aksiyadorlik innovatsion-tijorat banki - aksiyalar paketining 33,08 % ulushga ega; “Ishonch” banklararo sug’urta kompaniyasi - aksiyalar paketining 22,69 % ulushiga ega; “O’zbekinvest Hayot” sug’urta kompaniyasi - aksiyalar paketining 10,78 % ulushiga ega. “Baraka” universal lizing kompaniyasi faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
- lizing loyihalarini amalga oshirish uchun bank va boshqa moliyaviy tashkilotlarning mablag’larini jamlash;
- uskuna, texnologiya, ko’char va ko’chmas mulkdan foydalanishlari uchun tadbirkorlik subyektlari va boshqa turdagi tashkilotlarga lizing xizmatlari ko’rsatish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasi bozorlarini katta assortsimentdagi xalq iste’moli maxsulotlari bilan to’yintirish, eksport va importga mo’ljallangan maxsulotlar ishlab chiqarish, shu bilan birga yangi ish o’rinlarini tashkil etish va yuqori daromadga ega bo’lish;
- lizing oluvchilarning talablari bo’yicha xorijiy bozorlarini marketing tadqiqotlari bo’yicha o’rganish, xalqaro standartlarga javob beradigan yangi uskuna va texnologiyalarni tanlash;
- kompaniyaga kelib tushgan arizalar asosida potensial lizing oluvchilarni aniqlash, uskuna va texnologiyalarga bo’lgan mahalliy bozor talabini o’rganish;
- xalqaro standartlarga mos bo’lgan eng oxirgi uskuna va texnologiyalarni respublikamizga olib kelishni amalga oshirish.
“Baraka” universal lizing kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- tijorat banklari, byudjetdan tashqari fondlar va boshqa moliyaviy institutlarning bo’sh turgan mablag’larini jalb qilish, shu bilan birga yirik lizing loyihalarini qo’shma moliyalashtirish orqali lizing xizmatlari hajmini oshirish;
- mijozlarni xoxlagan turdagi lizing xizmatlari, shu bilan birga uskunalarni tanlash bo’yicha konsalting xizmatlari bilan ta’minlash va ularning ishlab chiqarish faoliyatini to’liq tashkil etishi uchun boshqa turdagi xizmatlarni ko’rsatish;
- mamlakatimiz hududida O’zbekiston Lizingchilar Uyushmasi bilan hamkorlikda amaliy seminarlar o’tkazish, kichik firma va korxonalar bilan biznes uchrashuvlar tashkil etish va ularga lizing loyihalarining afzalliklarini tushuntirish;
- reklama, seminarlar, biznes uchrashuvlar, Kompaniyani OAVda yoritish orqali kompaniyaga yangi mijozlarni jalb qilish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borish, mijozlarni marketing va konsalting xizmatlari bilan ta’minlash;
- lizing shartnomalari asosida kichik firmalar va tadbrkorlik subyektlariga har xil turdagi uskunlarni yetkazib berish maqsadida chet ellik va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yaqin hamkorlik o’rnatish;
- lizing faoliyatini muvofiqlashtirish, O’zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimini yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kompaniya lizing loyihalarini amalga oshirish bo’yicha O’zbekistondagi bir qancha tijorat banklari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi.
Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasining Savdo-sanoat Palatasi, “Ishonch” BSK tashkilotlari va Kompaniya o’rtasida qo’shma hamkorlik olib borish bo’yicha kelishuvlar imzolangan.
Bundan tashqari, Kompaniya metodologik ishlanmalarni yaratishda ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Mirzo Ulug;bek nomidagi O’zbekiston Miliy Universitetining mutaxassislari bilan hamkorlikda iqtisodiy yo’nalish talabalari uchun “Lizing” maxsus kursi bo’yicha o’quv qo’lllanma va O’zbekiston Savdo-sanoat Palatasi bilan birgalikda tadbirkorlar uchun “Lizing. Bu nima o’zi?” nomli metodik qo’llanma ishlab chiqqan.
Kompaniya “Lizing to’g’risida”gi qonun va “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining lizing loyihalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar beradi. Hozirgi kunda Kompaniya O’zbekiston Respublikasining tijorat banklari va boshqa moliyaviy institutlari bilan qo’shma hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Kompaniyaning asosiy kelishuvi “Ipak Yo’li” AITB bilan o’rnatlgan hamkorlik hisoblanadi. 2012-2016 yillar mobaynida ushbu bankning 10 000 million so’m miqdoridagi resursi bir qancha loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilingan. Bundan tashqari O’zbekiston Banklar Assotsiatsiyasining bo’limlari tarkibiga kiruvchi bir nechta tashkilotlar bilan ham aloqalar o’rnatilgan. 2017 yil mobaynida kompaniya tijorat banklari bilan hamkorlikda ishlashda davom etmoqda. Bir qancha banklar bilan hamkorlikda kichik va o’rta biznesning katta qismiga xizmat ko’rsatish rejalalashtirilgan. Shu bilan birga, tadbirkorlar uchun metodologik qo’llanma ishlab chiqish va O’zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi hamda O’zbekiston lizingchilar uyushmasining Toshkent shahri va viloyatlarda tashkil etadigan yig’ilishlarida qatnashishni rejalashtirilgan.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə