Respublikasi


To‘qqizinchi davr – 1991 yildan hozirgacha. Mustaqil O‘zbekiston davlati san’ati



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə12/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
fayl 1854 20210917

To‘qqizinchi davr – 1991 yildan hozirgacha. Mustaqil O‘zbekiston davlati san’ati.

Milliy mustaqillik g‘oyalari va davlatimizning jahon hamjamiyatida qaror topishiga bo‘lgan intilishlari madaniyat va san’atning juda ko‘p turlarida,

shuningdek, xuddi temuriylar davridagidek, Toshkent me’morchiligida ham o‘zining eng yorqin moddiy-ma’naviy tajassumini topdi. Ayni shu erda o‘ziga xos ikkiyoqlama uslub yuzaga keladi – milliy shakllardan foydalanilgan inshootlar bilan bir qatorda (Oliy Majlis, Toshkent shahar hokimiyati, Temuriylar tarixi muzeyi binolari va h.k.) poytaxtda jahon me’morchilik amaliyotiga yo‘naltirilgan binolar qad ko‘targan (Interkontinental majmui, Sheraton mehmonxonasi, Bank Assotsiatsiyasi binosi). Mustaqillik yillarida davlat tomonidan qabul qilingan ko‘plab chora-tadbirlar teatr, musiqa va tasviriy san’at, kinematograf va boshqa badiiy ijod turlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ular davlat va madaniyatning o‘zaro munosabatining yangi taraqqiyparvar bosqichi haqida guvohlik berib turibdi. Bugun jamiyatning bozor munosabatlariga o‘tishi davrida davlat san’atning bosh homiysi hisoblanadi, ayni vaqtda, ijodiy erkinlik san’at va madaniyat sohasida etakchi va asos soluvchi tamoyil bo‘lib qolaveradi. So‘nggi yillarda respublikada «kuchli davlatdan kuchli jamiyatga» tamoyili e’lon qilindi, ya’ni o‘z yo‘nalishiga ko‘ra oshkora fuqaroviy jamiyat qurishga bel bog‘laganmiz. Ilmiy tuzilma sifatida san’at shu modelni amalga oshirishga ko‘proq moslashtirilgan. Aynan ijodiy jarayonlar vositasida tolerantlik va oshkoralik g‘oyalarini jamiyatga nisbatan barqaror va yanada samaraliroq tadbiq etish imkoni yuzaga kelgan. Madaniyat va san’atni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan holda davlat ijodiy arboblarga o‘z badiiy g‘oyalarini erkin ifoda etish uchun to‘la xuquq berib qo‘ygan, bu O‘zbekiston intilayotgan fuqaroviy jamiyatning imtiyozlaridan biri xisoblanadi.

Shunday qilib, bugun san’at madaniy va davlat qurilishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Boy tarixiy o‘tmishi sharofati bilan O‘zbekiston madaniyati va san’ati o‘ziga xos an’ana va uslubni saqlab qolgan, bu ma’lum darajada madaniyatlarning o‘ziga xosligiga tahdid solayotgan, tobora avj olib borayotgan sivilizatsiya sharoitlarida g‘oyat muhimdir.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə