Respublikasi


Birinchi davr – eramizgacha II ming yillik ilk davlatchilik tuzilmalarining yuzaga kelishi va shahar madaniyati va



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
fayl 1854 20210917

Birinchi davr – eramizgacha II ming yillik ilk davlatchilik tuzilmalarining yuzaga kelishi va shahar madaniyati va hunarmandchiligining paydo bo‘lishi.

Birinchi davlat tuzilmalari nishonasi sifatidagi kichik shaharchalar shahar madaniyatining eng dastlabki shakli hisoblanadi, ularning yuzaga kelishini tadqiqotchilar eramizgacha II ming yillikka mansub beradilar (masalan, O‘zbekiston janubida 200 gektar maydonni egallagan yirik Jarqo‘ton manzilgohi yoki uy-joy, ma’muriy va sajdagoh majmui ko‘rinishidagi kichikroq Sopollitepa manzilgohi). Dastlabki yirik shaharlar eramizgacha I ming yillikda yuzaga kelgan va qadimgi davrdayoq biz O‘zbekistonning barcha hududlarida shaharsozlikning shiddat bilan rivojlanganini kuzatamiz. Bu O‘zbekistonning janubi ham (Qiziltepa, Bandixon, Dalvarzintepa, Xalchayon, Kampirtepa va h.k.) va markaziy mintaqalar ham (Samarqand yoki yunon mualliflaricha Maroqand) va Farg‘ona (yunon

mualliflaricha Kiropol) va Xorazm (Qal’aliqir, Tuproqqal’a va h.k.) hamdir. Bu davr moddiy va badiiy madaniyati hunarmandchilik va sajdagohlik san’ati shaklidagi yaxlitlik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə