Respublikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə48/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
fayl 1854 20210917

An’anaviy xalq ijodi. Mustaqillik sharoitida xalq ommasining ijodiy an'analarini saqlash va rivojlantirish, jumladan, xalqning og'zaki, musiqali, amaliy, teatr-tomoshaviy deb atalgan ijod turlari va janrlarini tiklash va kamol toptirish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Xalq og'zaki ijodining askiya, doston, mushoira, lof, kulgi-hikoya, asotir (mif), afsona, erfak, latifa; an'anaviy musiqa ijodining alla, yalla, yor-yor, alyor, terma, ashula, marosim qo'shiqlari va musiqa folklori asosida vujudga kelgan oilaviy ansambllar, folklor etnografik guruhlar, xalq havaskorlik jamoalari; xalq teatr-tomosha ijodining masxarabozlik, qo'g'irchoqbozlik; xalq amaliy-bezak ijodining naqqoshlik, kulolchilik, o'ymakorlik, zardo'zlik, zargarlik, to'qimachilik turlarini; tabiat bilan bog'liq bo'lgan ijodning rang-barang tur va janrlarini tahlil qilish asosida shunday xulosaga kelindiki, ular avlodlar ongini, badiiy tafakkurini, estetik qarashlarini taraqqiy ettiribgina qolmay, balki ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ijodkorlikni rivojlantirgan, xalqning o'z tarixi va taqdiri haqida o'ylashga, bunyodkorlik qilishga undagan. Shuning uchun ijodiy merosni tiklash va kamol toptirish xalqning barcha ijtimoiy-madaniy sohalaridagi faolligini oshirishda muhim omil bo'ladi.



Mustaqillik sharoitida o'zbek xalq ijodining tiklanish va ravnaq topish jarayoni jadal sur'atlar bilan amalga oshmoqda. O'zbekiston Respublikasida bu soha ishlarini rivojlantirishda “Respublika xalq ijodi va madaniy-ma'rifiy ishlar markazi”ning xizmati kattadir. Xalq ijodiga oid ma'naviyatimiz durdonalarini aniqlash va ularga tegishli ko'mak berish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan diqqatga sazovor tadbirlarga murojaat qilamiz:

  • xalq hunarmandchiligi, amaliy va tasviriy san'at, havaskor ijodkorlar ko'rigi, savdo-ko'rgazmalari amaliy san'at ixlosmandlarini rag'batlantirib, ularning ilhomiga ilhom qo'shib yubordi.

  • “Alla” ijrochilarining Respubiika ko'rik-tanlovlari bola kamolotida muhim o'rin tutadigan Ona shaxsini e'zozlashga oid ko'plab qo'shiqlarning yuzaga kelishiga imkon berdi.

  • folklor jamoalari Respublika seminar-kengashi faoliyati xalq ijodiyoti sarchashmalarini aniqlash, tiklash va targ'ib qilishda folklor-etnografik ansambilarning muhim o'rin tutishini namoyon etdi.

  • oilaviy ansambllar, katta ashula, lapar ijrochilari Respubiika ko'rik- tanlovlari o'zbek xalq ijodining barcha tur va janrlariga Xalqaro darajada ham katta qiziqish bilan qaralayotganligidan dalolat berdi.

  • “Chashma” Respublika foiklor ko'rik-tanlovi xalq ijodi bitmas-tuganmas va boy ma'naviy “buloq” ekanligini ma'lum qildi va ayni chog'da bu sohadagi qator muammolarni davlat miqyosida ijobiy rial etilishiga turtki berdi.

  • maqomchilar Respublika ko'rik-tanlovlari bu mumtoz san'at dovrug'ini yanada keng yoyib, ko'plab iqtidorli iste'dodlarni yuzaga chiqardi.

  • mashhur xalq baxshilari yubileylari baxshilik san'ati hozirgi kunda qaysi yo'llar, janrlar va qaysi ijodiy maktablar doirasida ravnaq topayotganligini namoyon qildi.

  • “Oilaviy ansambllar Respubiika ko'rik-tanlovlari” vatanimizda oilaviy ijodni targ'ib qilishda va ommalashishida muhim omil bo'ldi.

  • “Turkiston – umumiy uyimiz!” ruknida Markaziy Osiyo baxshi- shoirlarining ko'rik-taiilovi o'z atrofiga 100 dan ortiq baxshilarni yig'ib, mintaqa ko'lamida Turkmaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Qoraqalpog'iston baxshilarining o'zaro ijodiy boyishiga xizmat qildi.

  • dorbozlar, an'anaviy sirk san'ati va qo'g'irchoq teatri jamoalarining Respublika ko'rik-festivali bu qadimiy san'atga yanada jiddiyroq va har taraflama e'tibor berishimiz lozimligi masalasini kun tartibiga qo'ydi.

  • “qadimgi qo'shiqlar, urf-odatlar, an'analar, marosimlarni o'rganish va targ'ib qilish” bo'yicha uyushtirilgan respublika ilmiy ekspeditsiyasi xalqimiz tarixiy-madaniy merosining ko'pgina namunalarini saqlab qolishga ko'mak berdi.

  • Milliy qadriyatlarga bag'ishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumanlari bu soha muammolarining hal qilinishida muhim amaliy yo'llarni belgilab berdi.

  • “Oilaviy ansambllar”ning navbatdagi Respublika ko'rik-tanlovi xalqimiz ruhiyatiga mos mazkur o'ziga xos ijodiy yo'lga katta e'tibor berish zarurligini ko'rsatdi.

  • qadimgi qo'shiqlar, urf-odatlar, an'analar va marosimlarni o'rganish, targ'ib qilish maqsadida Jizzax viloyatiga uyushtirilgan ilmiy-amaliy ekspeditsiya ham ko'pgina ijodiy an'analarni asrash va targ'ib qilishga ko'mak berdi.

Xalq ijodini tiklash va ravnaq toptirish bo'yicha amalga oshirilayotgan bu tadbirlar mustaqillik sharoitida Respublikamiz miqyosida xalq manaviyati, boy ijodiy an'analariga qay daraja e'tibor berilayotganiga guvohlik beradi.

Xalq ijodi sohasida respublikamizda o'tgan Xalqaro nufuzli anjumanlardan biri BMTning 50 yilligiga bag'ishlangan Toshkentdagi Milliy bog'da (1997, 24-25- oktabr) Barhayot an'analar nomli xalq amaliy san'ati va hunarmandchiligi yarmarkasi bo'idi. Bu yarmarka o'zbek xalq amaliy san'atiga xalqaro darajada bo'lgan qiziqishni yana bir marta namoyon qildi. Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg'ona amaliy san'at ustalari o'ziga xos an'anaviy ijodlari bilan barcha kishilarni lol qoldirdi. Yarmarka yakunida xalqimizning amaliy ijod turlari barhayot an'analarga aylanishi uchun har bir noyob kasb egasi bo'lgan iste'dodli ustozga o'ziga 5 tadan shogird tayyorlashga oid huquqiy va iqtisodiy imkoniyatlar yaratib berildi.

YUNESKO tasarrufida uyushtirilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o'zbek og'zaki va nomoddiy madaniyati durdonalarini jahon tan olganligining isboti bo'idi. Festival doirasida bo'lib o'tgan folklor jamoalar ko'rigi, baxshi qo'shiqchilar tanlovi, yosh modelerlar ko'rigi, folklorga bag'ishlangan xalqaro ilmiy anjuman va yakunlovchi folklor tomoshasi o'zbek an'anaviy nomoddiy madaniyati boy va serqirra ekanligini yaqqol namoyish qildi.

O'zbekistonda xalq amaliy san'ati va hunarmandchiligini ravnaq toptirish uchun 1997-yil 31-martda Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning maxsus farmoni chiqdi va unga binoan respublikamizda bu boradagi barcha ishlarni muvofiqlashtiruvchi maxsus markaz tuzildi. Bunday e'tibor natijasida xalqimizning ko'plab ijod turlari tiklanmoqda. Respublika xalq amaliy san'ati markazi rahbari Shoxalil Shoyoqubovning ta'kidlashicha, agar mustaqillikgacha xalq hunarmandchiligining 10 ga yaqin turi saqlanib qolgan bo'lsa, mustaqillikdan so'ng hozirgi vaqtga kelib, uning 50 ga yaqin turlari qayta tiklangan va hozir ham bu jarayon davom etmoqda.

O'z navbatida, o'zbek folklori jahonga tanilmoqda, ko'plab folklor jamoalar xorijiy mamlakatlarga chiqib xalqaro anjumanlarda qatnashib, ajnabiylar e'tiboriga nodir san'atimiz durdonalarini havola etishmoqda. Quyida mustaqillik yillari xorijiy mamlakatlarga chiqib, o'zbek xalq ijodini jahonga tanitib kelgan ba'zi folklor jamoalari haqida qisqa ma'lumotlar keltiramiz:

Toshkentning “Kamalak” fofklor-etnografik ansambli, Andijonning “Sumalak” xalq raqs ansambli, Xorazm viloyati xalq ijodiyoti markazi qoshidagi “Meros” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi, Respublika o'quvchilar saroyi qoshidagi “Chaman” folklor guruhi, Quvaning “Anor” xalq ashula-raqs ansambli, Navoiy viloyat qo'shma folklor jamoasi Misr, Turkiya, AQSH, Fransiya, Pokiston, Yaponiya kabi mamlakatlarda bo'lib o'tgan xalqaro folklor festivallari va boshqa tadbirlarda ishtirok etib, vatanimizga ko'plab nufuzli sovrintar olib kelishgan.

Chet ellarda o'zbek xalq ijodiga oid ko'plab kitoblar, maqolalar chop etilmoqda. Keyingi yillar milliy madaniyatimiz o'tmishi va bugungi kunini uzviy bog'laydigan festivallar safi kengayib bormoqda. Madaniyat va san'at Forumining yangi keng qamrovli loyihasi – “Asrlar Sadosi” festivali ham xalqimizning an'analari, amaliy san'ati va milliy taomlari, xalq og'zaki ijodi kabilarning boy va rang-barang ekanligini namoyon etmoqda. Ushbu festival har yili mamlakatimizning turli madaniy va tarixiy maskanlarida mutaxassislar, olimlar va

xorijiy mehmonlar ishtirokida xalqaro darajada YUNESKO hamkorligida o'tkazildi.

2008-yilda Festival Kitob tumanida, 2009-yilda esa Parkent tumanida o'tkazilgan “Asrlar sadosi” festivalida folklor va teatr guruhlari, xonandalar, musiqachilar, raqqoslar, xalq baxshilari, masxarabozlar, liboschi dizaynerlar, rassomlar, amaliy san'atning atoqli vakillari, mohir oshpazlar ishtirok etishdi. Festival dasturi, shuningdek, xalq o'yinlari, ko'pkari (uloq), kurash, dorbozlar chiqishi, mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan oshpazlar tanlovini ham o'z ichiga olgan. Festival amaliy san'at yarmarkasi doirasida kulolchilik, kandakorlik, kashtachilik, miniatura, o'ymakorlik ustalari ham o'z mahoratlarini namoyish etdilar. Festivalga 50 ming nafarga yaqin tomoshabin, 15 mingga yaqin mehmonlar tashrif buyurishdi. Ular orasida Rossiya, Fransiya, AQSH, Turkiya, Koreya, Italiya, Yaponiya, Xitoy, Shveysariya, Bolgariya, Avstriya kabi davlatlardan 100 nafardan ortiq madaniyat va san'at arboblari, olim va tadqiqotchilar, nufuzli xalqaro OAV vakillari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar xodimlari bor edi.

Respublikamizda muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan turli xil ko'rik- tanlovlar, Respublika miqyosidagi tadbirlar o'zbek milliy san'at turlarining rivojiga munosib hissa bo'lib qo'shilmoqda. Milliy dorbozlar va an'anaviy sirk san'ati jamoalarining Respublika ko'rik-festivali, Askiyachi va qiziqchilaming an'anaviy Respublika ko'rik-festivali, “O'lan aytgani keldik” nomli an'anaviy folklor san'ati bayrami, Yosh kulollarning Respublika ko'rgazmasi, Qo'g'irchoqbozlik san'ati bayrami, Xalq ashula va raqs ansambllarining Respublika ko'rik-festivali, “Barhayot navolar” turkumidan milliy cholg'u sozlar ijrochilarining Respublika ko'rik-festivali mamlakatimizning ko'plab viloyatlarida iqtidorli ijrochi yoshlarni kashf etmoqda.

Joylarda milliy qadriyatlar, xalq ijodiyotini targ'ib qilish maqsadida 2006- yildan buyon “Xalq ijodiyoti poyezdi” tashkil etilmoqda. Bu poyezd yordamida respublika ko'rik-tanlovlar, festivallar g'oliblarining chekka qishloqlar aholisi bilan ijodiy uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Madaniyat poyezdi aholiga madaniy-maishiy

xizmat ko'rsatib, xalq ijodiyotining noyob durdonalari (o'lan, lapar, askiya, baxshichilik va folklor san'ati turlari)ni keng omma o'rtasida targ'ib etib bormoqda. Xalq an'analari. Mustaqillikning birinchi yillaridanoq milliy qadriyatlar,

xalq an'analarini tiklash O'zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan muhim vazifaga aylandi. Darhaqiqat, milliy an'analarni tiklash borasida amalga oshirilayotgan tarixiy ishlarimizning qamrovi juda kengdir. An'analar – xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va avlodlardan avlodlarga muqaddas meros sifatida o'tib kelayotgan bebaho ma'naviy boyligi hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchidir. Ajdodlarimiz an'analari barhayot bo'lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari-yoshlarimiz ongida barqarorlashtirish lozim. Yoshlar tomonidan ajdodlar an'analarini qadrlanmay qo'yilishi avlodlar o'rtasida ma'naviy uzilishni vujudga keltiradi.

Eng qadimiy xalqlardan biri hisoblangan o'zbeklarning an'analari tarixiy zaruriyat asosida vujudga kelgan, zamon chig'iriqlaridan o'tib, muhim ma'naviy qadriyat sifatida ravnaq topgan. Biroq avloddan avlodga o'tib kelayotgan xalq an'analari sobiq sho'rolar davrida jiddiy to'siqlarga uchragan bo'lsa ham, o'zbek xalqi mustaqillikka erishgandan so'ng, ularga ehtiyoj kuchayib, qayta tiklana boshlandi. Buning natijasida ilgari norasmiy nishonlangan an'analar jiddiy tadqiqot obyektlariga aylanib, milliy an'analar haqida qator kitoblar chop etilmoqda. Bu bejiz emas, atbatta. Chunki an'analar xalq ma'naviyatining tarkibiy qismi, muhim axloqiy qadriyat, tarbiya vositasi sifatida xizmat qilmoqda. Xalq an'analari, marosimlar jarayonida namoyon bo'layotgan odob-axloq, mehr-oqibat, izzat-ikrom kabi xislatlar yoshlar ma'naviyatini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Etnos-millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchiga aylangan. An’anaviy xalq bayramlarining tikianishi o'zbek madaniyati tarixida o'ta muhim voqea bo'lib qolmoqda. Chunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o'zida mujassamlashtiradigan va aks ettiradigan ko'zgu sifatida xalq madaniyatining yirik

va muhim shakli hisoblanadi. Shuning uchun azaliy madaniyatning eng qimmatli tomonlarini qoidalashtirishga zamin yaratildi.

Mustaqillikka erishilgandan so'ng O'zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklarini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e'tibor bera boshladi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov Farmonlari asosida “Navro'z”, “Ro'za hayiti”, “Qurbon hayit”lari rasman tiklanib, xalq o'rtasida keng nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar “Mustaqillik kuni” va “Konstitutsiya kuni” joriy etildi. O'z navbatida, O'zbekiston rahbariyati sobiq mustabid tuzumi davrida paydo bo'lgan barcha bayramlarni taqiqlamadi. Ular orasida umuminsoniy g'oya va qadriyatlarni targ'ib qiluvchi “Yangi yil bayrami”, “Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi.

Hozirgi vaqtda O'zbekistonning asosiy davlat bayramlari asosan shakllangan bo'lsa-da, azaliy bayramlarni tiklash jarayoni tugagan, deb hisoblash noto'g'ri bo'ladi. Bu borada hali bajariladigan ishlar ham kam emas. Bir tomondan, azaliy bayramlar bilan birga ularga xos odatlar va an'analar tiklanishi darkor. Ikkinchi tomondan, mustaqillik davrida paydo bo'tgan tarixiy - ma'naviy qadriyatlar bilan ham boyitilmog'i lozim.

Xalq an'analariga oid tadqiqotlarimiz, chunonchi, Markaziy Osiyo xalqlarining ming yil ichidagi yuzga yaqin bayram va marosimlariga oid to'plangan ma'lumotlar tahlili natijasida quyidagilar ma'lum bo'ldi: insonning tabiiy-hayotiy ehtiyojlari asosida paydo bo'lgan marosim va bayramlar asrlar davomida o'z ahamiyatini yoqotmaydi. Ularga siyosiy vaziyatlar, turli davlat sulolalarining mahv etilishi, hukmdorlar, istilochilarning kelib-ketishlari, hattoki, hududdagi aholi tarkibiy o'zgarishlari ham ta'sir etmaydi. Ikkinchi turkum bayram-marosimlar esa ma'lum vaqtdan so'ng o'zgarishi yoki boshqa yangi bayramlar vujudga kelishiga asos bo'lishi mumkin. Uchinchi guruh marosim va bayramlar esa muayyan davr siyosati, davlat yoki hukmdorlarning xohish-irodasi sifatida vujudga keladi, o'shalar bilan birgalikda yashaydi va o'z tarixiy vazifasini bajarib bo'lganidan so'ng barham topadi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə