Respublikasining ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 58,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix17.12.2023
ölçüsü58,92 Kb.
#150060
1   2   3   4   5   6
84-89

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–20_Issue-3_January_2023 
87 
davr mobay-nida bug'doy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya'ni 3 marta, kartoshka 6,7 
ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot 11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga 
ko'paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo'jaliklarning hissasi 
tobora ko'paydi. 
Tashqi savdo oborotida importning salmog'i 1996-yilda 46,2 foizni tashkil qildi. 
Uning hajmi 1995-yildagiga nisbatan 3,4 marta ko'paydi. Import mahsulotlari tarkibida 
asosan xalq iste'mol mollari 60,9 foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat 
mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi. 
Uzoq g'arb mamlakatlaridan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng 
bo'lib, bu jami importning 66,4 foizini tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan 
respublikaning 130 korxonalari orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. 
Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug'doy, mashina va jihozlar, agre-gatlar 
va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni 
komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsulotlar keltirildi. Xususan, 2006-
yilda Qoraqalpog'istonning yalpi hududiy mahsuloti avvalgi yildagiga nisbatan 106,3 
foiz o'sdi. 
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlani-shiga e'tibor kuchaydi. 
1991-1996-yillarda Qoraqalpog'iston Res-publikasida ma'lum demografik o'zgarishlar 
ro'y berdi. Tug'ilish (ming kishi hisobida) 1991-yildagi 36,4 dan 1996-yilda 25,0 
kishiga qisqardi. Tug'ilishning kamayishi o'z o'rnida respublika aholisining o'sish 
darajasiga ta'sir etdi. Jumladan, O'zbekistonning viloyatlar ichida aholi o'sishi eng past 
bo'lgan Toshkent viloyati (23,4) pasa-yib ketdi (18,6). Demografik o'zgarishning 
asosiy sabablaridan biri tug'ilishning kamayishiga, aholining ijtimoiy-iqtisodiy va 
ekologik yashash sharoitlariga bog'liqdir. 1991-1996-yillarda respublikadan 
(kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi ko'chib ketgan. 1997-yil 1-yanvar 
holati bo'yicha respublika aholisi 143 ming 764 kishini, shundan shahar aholisi 694,1 
ming kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996-yilda aholining 
o'rtacha yillik o'sishi 1,36 foizga teng bo'ldi. 
Ishsizlar soni har yili o'zgarib turibdi, 1996-yil oxirida ular 4,2 ming kishiga yetdi. 
1996-yilda 16 ming ishchi o'rinlari yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. 
Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan 
ta'minlash imkonini berdi. 
1996-yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so'mni, xarajatlar esa 6300 
so'mni tashkil etdi yoki 1995-yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta ko'paydi. Daromadlarning 
ko'payishi iste'mol bozoridagi vaziyatni jon-lantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi 
hajmi amaldagi narxlar-da 5 ming 36 so'mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma 
narxlarda esa 8,8 foizga o'sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga 
ko'payib jon boshiga 679 va 108 so'mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi 



Yüklə 58,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə