Respublikasining ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 58,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix17.12.2023
ölçüsü58,92 Kb.
#150060
1   2   3   4   5   6
84-89

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–20_Issue-3_January_2023 
86 
hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoyi mehnati tufayli keyingi 
yillarda Qoraqalpog'istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda 
tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo'lida mehnat 
qilishga sharoit yaratildi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Respublikada mulkchilikning yangi 
shakllari paydo bo'la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning 
hissasi oshib bordi. 2006-yilga kelib sanoat, qishloq xo'jaligi va savdoda bu ko'rsatkich 
90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo'nalishlarida ham 
modernizatsiyalash jarayoni tobora chuqurlashmoqda. 
Qoraqalpog'istonda 1996-yili 51 ta ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 
13 ta ulgurji savdo do'konlari va omborlar, 17 ta ko'tara savdo bozor hamda 
O'zbekiston tovar xomashyo birja-si Qoraqalpog'iston bo'limi 19 ta supermarket 
do'konlari faoliyat ko'rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo'lgan ma'lumotlarga 
qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag'laming umumiy hajmi 330 million 
so'mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi 
esa tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. 
Shu bilan birga Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat mulkini xususiy-lashtirish 
qo'mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash 
maqsadida 13,8 million so'm kredit ajratdi. 
Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-yilda respublika fond 
birjalari filiallarida 191,6 million so'mlik aksi-yalar sotildi. O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining davlat korxo-nalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho 
qog'ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o'z samaralarini 
bera boshladi. 
Qoraqalpog'istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda 
istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qa-torida agrar sektorda ham 
iqtisodiy qayta qurish, bozor munosa-batlariga o'tish ro'y berdi. Qishloq xo'jaligi 
ilgarigidek, respublika iqtisodiy otining yetakchi tarmog'i bo'lib qoldi. 1997-yil 1-
yanvar holatiga ko'ra respublikada 263 ta qishloq xo'jalik korxonasi faoliyat ko'rsatdi. 
Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil 
etdi. Ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat 
korxonalarning hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 
foizni, sab-zavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog'dorchilikda 98,5 
foizni, pillachilikda 100 foizni, go'sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab 
chiqarishda 99,4 foizni, qorako'l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. 
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o'zgardi. Agar 1991-yilda g'alla 
maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foizini (jumladan, bug'doy 1,9) tashkil etgan 
bo'lsa, 1996-yilning oxirida bu 35,8 foizga у etdi (bug'doy maydonlari 8,3 foiz). Shu 



Yüklə 58,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə