Respublikasining ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 58,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix17.12.2023
ölçüsü58,92 Kb.
#150060
1   2   3   4   5   6
84-89

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–20_Issue-3_January_2023 
85 
suveren respublikaning barcha atributlari-ga ega. Jumladan, Qoraqalpog'iston 
Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasida 
Qoraqalpog'iston Davlat bayrog'i, 1993-yil 9-aprelda bo'lib o'tgan XII sessiyasida 
Davlat tamg'asi, 1993-yil 4-dekabrda bo'lib o'tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi 
tasdiqlandi. 
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy 
Kengashning 86 deputatdan ibo-rat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni 
paytda parla-ment Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi deb ataladi. 
Jo'qarg'i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo'lib o'tgan birinchi 
chaqiriq birinchi sessiyasida Jo'qarg'i Kenges Ra-isi, uning o'rinbosarlari, mandat 
komissiyasi, 8-qo'mita raislari va uning a'zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar 
qo'mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok 
etmoqdalar. 
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishdagi rasmiyatchilik va to'rachilik 
illatlariga barham berish alohida ta'kidlandi. Jo'qarg'i Kenges amalda tarixga aylanib 
qolgan va o'tmish sarqiti hisoblan-gan sho'rolar davridagi «O1iy Sovet Prezidiumi» 
rolini bajarayotgani ko'rsatib o'tildi. 
Jo'qarg'i Kenges qo'mitalari faoliyati o'z maqomiga va o'z ol-diga qo'ygan vazifalarga 
mos kelmaydi. Jumladan, ular muhokama qilayotgan masalalarning aksariyati ishlab 
chiqarishga doir muam-molardir. Aksincha, qonunchilik bilan shug'ullanish, har bir 
qo'mita o'z sohasi bo'yicha qonunlar tizimini yaratish lozim. 
Qonunchilik hokimiyati - Jo'qarg'i Kenges o'z vazifasi, Ijro hokimiyati - 
Ministrlar kengashi va sud hokimiyatlari o'z maqomi doirasida ish olib bormog'i lozim. 
Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi. 1991-2008-yillar, aytish 
mumkinki, Qoraqalpog'iston davlat-chiligi shakllanish davri bo'ldi. Ayni paytda bu 
o'lkada hozirgi zamon davlatchiligi ilg'or tajribalari asosida, O'zbekiston davlatining 
ko'magi va yordami bilan amaldagi konstitutsiyalar doirasida har to-monlama 
rivojlanmoqda. Fuqarolik jamiyati tamoyillari tobora chuqurlashmoqda. 
Asosiy qism: 
O'zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amal-ga 
oshirishda ko'p millatli Qoraqalpog'iston xalqining, ana shu mo'tabar yurt kishilarining 
ham munosib hissasi bor. 
Shu bois mamlakat hukumati bu masalada Qoraqalpog'iston Respublikasini har 
tomonlama qo'llab-quvvatlamoqdaki, 1996-yili ushbu maqsadlar uchun 10 milliard 
so'm mablag' ajratildi. Bu Qoraqalpog'iston milliy daromadining 55 foizini tashkil 
qilardi. Bundan tashqari, Qoraqalpog'istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdo-ri 
1994-yilga nisbatan 18 barobar ko'paydi. 
2006-yilga kelib O'zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog'istonga 
berilayotgan subvensiya, ya'ni moliyaviy yordam miqdo-ri yana ham ko'paydi yoki 
butun Qoraqalpog'iston budjeti xarajatla-rining 75 foizini tashkil etmoqda. O'zbekiston 



Yüklə 58,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə