Rivojlangan Xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi. Germaniya va Angliyada ta’lim tizimi. Mundarija



Yüklə 314,45 Kb.
səhifə7/9
tarix19.06.2023
ölçüsü314,45 Kb.
#117934
1   2   3   4   5   6   7   8   9
rivojlangan mamlakatlarda ta`lim tizimi

Boshlang‘ich maktab. O‘qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, dastlabki ikki yil o‘qish, davomida bolalarga baho qo‘yilmaydi, ularga umumiy xarakteristika berish bilan kifoyalaniladi.
Boshlang‘ich maktabda to‘la to‘rt yillik o‘qishdan keyin o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu erda 5-6 sinf bosqichdagi yo‘nalish maktab tipiga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus dastur asosida o‘qitiladi, bunda bolalarning ota-onalari maktab tipini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Keyin bolalar navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar: bular – asosiy, maxsus maktab (rivojlanishda kechikkan anomaliya holatda bo‘lgan bolalar uchun), real bilim yurti (matematika va tibbiy fanlar o‘qitiladigan o‘rta o‘quv yurti); gimnaziya; umumta’lim maktablari va h. k.
Deyarli 30 foiz bola 1-bosqichni tugatgandan keyin asosiy maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o‘tiladi (va 18 yilga qadar parallel ravishda bilim yurtida o‘qiydi).
Asosiy maktabni muvaffaqiyatli tugatganlar hunarmandchilik va sanoat korxonalarida turli kasbni egallashlari mumkin.
Asosiy maktab dasturi yilma-yil tahlil qillnganda o‘qishga bo‘lgan talab to‘xtovsiz oshib borayotganligini kuzatdik. Bu ayrim fanlardan dars o‘tilganda hajmini oshirish va mazmunda soddadan murakkabga borish orqali amalga oshiriladi. Ayrim predmetlar bo‘yicha ijtimoiy talablarga muvofiq ish hajmi qayta taqsimlanadi. Masalan, maktabda hamma xorijiy til (asosan ingliz tili)ni o‘rganadi, mehnat darsi o‘tiladi, ta’limning tarbiyaviy jihatlariga ahamiyat beriladi. Bunda, chet tilini o‘rganayotganda o‘quv materialini «ilgor» va «taqsimlangan» metodlaridan foydalaniladi (masalan, 5-6 sinflarda til har kuni o‘rganiladi, keyinchalik chet tillarining birida alohida o‘quv predmetini o‘qitish boshlanadi).
Real bilim yurti asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o‘rtasida turadi. Qoidaga ko‘ra bu erda o‘qish 6 yil davom etadi (5-sinfdan 10-sinfgacha) va to‘la o‘rta ma’lumot berish bilan tugallanadi.
Bilim yurtini tugatuvchilar maxsus o‘rta o‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. Iqtisodiyot yoki davlat xizmatida o‘rtacha mansabni egallash uchun real bilim yurtini tugallash zarur.
SHuni ham ta’kidlash kerakki, ja’mi o‘quvchilarning taxminan 30-35 foizi o‘rta ma’lumot darajasiga ega bo‘ladilar.
To‘qqiz yillik gimnaziya (o‘qish 5-13 yillik) Germaniyadagi yuqori bosqich, an’anaviy maktab hisoblanadi. Ilgarigiday alohida predmetlarni o‘qitiladigan (matematika, fizika, til va boshqalar) gimnaziya hozir deyarli yo‘q. Odatda gimnaziyada isloh qilingan yuqori bosqich (11-13 o‘quv yili) mavjud bo‘lib, bunda kurs tizimini oddiy sinf tizimi bilan almashtirilgan. Bu kurslar o‘quvchilarni qiziqtiradigan predmetlar bilan mashgulot o‘tkazishga imkon yaratish maqsadida kiritilgan. Bu ularni oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qishlarini osonlashtiradi.
Islohot qilingan yuqori bosqich gimnaziyasidan tashqari yana maxsus tipdagi, masalan, iqtisodii, politexnikaga oid va boshqa gimnaziyalar ham mavjud.
Gimnaziyani bitirganlik to‘grisidagi etuklik attestati oliy o‘quv yurtida o‘qish imkoniyatini beradi. Aytish kerakki, institutga kirish istagini bildirganlar soni keskin ko‘payib ketganligi munosabati bilan qabulga ma’lum cheklashlar kiritildi.
Mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar shuni ko‘rsatdiki, uch bosqichli maktab ta’limi tizimi keyingi yillarda ma’lum darajada tanqidga uchramoqda. Masalan, ko‘pchilik bolalarga keyingi o‘qishi uchun ancha erta yo‘nalish berilishi ma’lum noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu tanqidga qarshi dalillar ham yo‘q emas, yo‘nalish bosqichi va rivojlanishi bo‘yicha bolalarni 7-o‘quv yilida maktabni to‘gri tanlashga tayyorlash kerak. Bu erda hamma narsa maktab ishlariga butun vosita, metod va mazmun eng qulay tanlovga borib taqaladi, hozir olimlar va tajribakorlar masala ustida ish olib bormoqdalar.
Keyingi bosqich umumta’lim maktablari bo‘lib, unda uch tipdagi maktab birlashtirilgan. Bu erda, qoidaga ko‘ra 5-10 sinflardagi bolalar o‘qiydilar: ularning ayrimlarida xuddi gimnaziyadagiday yuqori bosqichlari mavjud. O‘quvchilar o‘z qobiliyatlariga qarab yuqori yoki oddiy kurslarda o‘qishlari mumkin. Bu erda o‘quv rejasiga kasbiy ta’lim ham kirtilgan.
Umumta’lim maktablarini tugallaganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (attestat) federal erlar tomonidan tan olinadi.
Maxsus maktablarda umumiy maktablarda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kar-soqovlar, ko‘zi ojizlar va boshqa jismoniy, aqliy nuqsoni bor bolalar va o‘smirlar ta’lim oladilar.
Germaniyada o‘z vaqtida ta’lim ola olmagan katta yoshdagilar uchun bilim olishga imkoniyat yaratib qo‘yilgan. Kechki gimnaziyada sanoat, qishloq xo‘jaligi, maishiy xizmat va boshqalarda ishlaydiganlar, 5-6 yil davomida o‘quv kursini o‘tganidan keyin etuklik attestati olish uchun imtihon topshiradilar. SHunday yo‘l bilan kechki maktablarda asosiy maktab yoki real bilim yurtlarini bitirganlik to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lishlari mumkin. Germaniyada maktab ta’limi tizimi doim rivojlanishda va o‘quv yurtlarining yangi shakli va tiplari izlanmoqda. Bu ayniqsa, sobiq GDRga tegishlidir, ilgari bu erda ta’lim tizimi davlatga qarashli va majburiy edi (o‘quv dasturini g‘oyaviylashtirish, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash asosida 2 va 4 bosqichli maktabga o‘tish imkoniyatlari izlanmoqda; rivojlanish va tarbiya jarayoni, topshiriqni kamaytirish va boshqalarga suyanib yangi mazmundagi maktab ta’limini joriy qilish va h. k.).
Hunar-texnika ta’limi
Hunar-texnika ta’limi Germaniya ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bulgan talabning kuchliligidir. YUqori malaka – insonning jamiyatda mustahkam va ishonchli o‘rin egallashini ta’minlaydi, unga mehnat bozori talablari o‘zgargan taqdirda ham ishga joylashish imkoniyatlarini yaratadi.
Rivojlangan bozorning qattiq sharoitlarida shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtirishga bo‘lgan yuqori darajadagi intilishi sababli to‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10- sinflar) 79 foizi, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20 foizi hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar.
Germaniya hunar-texnika ta’limi tizimi turli tipdagi o‘quv yurtlari va o‘qitishning turli shakllariga ega. Eng ko‘p tarqalgan va rivojlangan shakli hunar ta’limining «Dual» tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarining 50 foizi va to‘liq o‘rta maktablarining 16 foizi o‘qishni davom ettiradi.
Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o‘quv yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
SHu bilan birga maxsus gimnaziyalar va ustqurma maktablar ham mavjuddirki, ularda to‘liq o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan o‘quvchilar hunar o‘rganishlari mumkin.
Ta’limning tashkiliy shakllari va uning mazmuniy asosi federal qonunlar va normativlar bilan mustahkamlangan. Lekin Germaniyada federal erning har biri, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘zlarining qonunlari bilan ularga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin.
Hunar va mutaxassisliklarniig Davlat klassifikatori alohida ahamiyatga ega. U 532 rasmiy tan olingan hunarlar va kasblarni o‘z ichiga oladi. Ana shu hujjat o‘quv yurtining yo‘nalishini belgilab beradi va o‘quv rsjalari va dasturlarini yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘qish muddati kasb-hunarlar murakkabligiga qarab turlichadir.
Aksariyat hollarda bu muddat 3-3,5 yilni tashkil etadi. «Dual» tizimining afzalliklari shundan iboratki, o‘quv jarayoni o‘quvchining bo‘lajak mehnat faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Hunar ta’limining ishlab chiqarishga yaqinligi korxonadagi hamma jarayonlarga o‘quvchilarni jalb qilish orqali ta’minlanadi.
Olinayotgan mehnat ko‘nikmalari va bilimlar o‘qishdan mshnat faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘gri o‘tish imkoniyatini beradi.
Bu tizimdagi ta’limning yana bir afzalligi yoshlarga o‘rgatilayotgan hunarning jamiyatda dolzarbligidadir. Bu esa yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasining boshqa davlatlarga nisbatan kamayishiga olib keladi.
«Dual» tizimidagi hunar ta’limining mazmuni umumlashgan holda federal tavsiyanomalarda ko‘rsatib o‘tiladi. Birinchi yil davomida asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashgulotlar o‘tkaziladi.
Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O‘quvning birinchi yilida ikkinchi yiliga o‘tishda sinov imtihonlari o‘tkazilib, o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar ajratib olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilgan holda davom ettiriladi. O‘qish hunar maktabi va ishlab chiqarish ta’limi rejasiga binoan bosqichma-bosqich olib boriladi.
Uchinchi yil (ba’zi mutaxassisliklar bo‘yicha 3,5 yil)dan so‘ng bitiruv imtihonlari qabul qilinadi. Imtihonlar asosan maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’lolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, federal erlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi.
Komissiya tarkibiga hunar maktabi o‘qituvchilari ham kiritiladi.
Imtihondan o‘tgan bitiruvchilarga maxsus kasb-hunar egallaganligini tasdiqlovchi diplom beriladi.
Germaniya ta’limi tizimining o‘ziga xos tomonlaridan yana biri shundaki, hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga kirib o‘qish huquqini bermaydi, ayrim hollarda maxsus institutlarga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun yoshlardan 1 yillik tayyorlov kurslariga kirib o‘qish talab etiladi.
O‘quv yurtlaridagi moddiy-texnika bazasining boyligi va didaktik vositalar bilan yuqori darajada ta’minlanganligi o‘qitishning mazmundorligini to‘la-to‘kis ta’minlash imkonini beradi.
O‘qishga qabul qilish (har qanday turdagi o‘quv yurtida) imtihonsiz maktab ta’limi to‘grisidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi. O‘qishga qabul qilinadiganlar soni o‘quv o‘rni soni bilan belgilanadi.
Qabul qilishning asosi bo‘lib:

  • o‘quvchilar ota-onalarining korxona yoki tashkilot bilan tuzgan shartnomalari;

  • agar korxona bilan shartnoma tuzish imkoni bo‘lmasa, ota-onalarning hunar bilim yurti bilan tuzgan shartnomalari xizmat qiladi.

O‘quv yurtlari o‘zlarining bitiruvchilarini ishga joylash muammolari bilan shug‘ullanmaydilar. Lekin shunga qaramay, bitiruvchilarning katta qismi o‘sha korxonada, qolganlari esa mehnat birjalariga yuboriladilar.
Germaniya hunar-texnika ta’limining quyidagi xususiyatlari e’tiborga loyiqdir:

  1. O‘quv yurtlari laboratoriyalari, ustaxonalarini jihozlash, ularni xomashyo va materiallar bilan ta’minlash ishbilarmonlar yoki korxonalar tomonidan bepul amalga oshiriladi. CHunki bozor iqtisodining tamoyillaridan biri shundan iboratki, tadbirkorlar o‘quv yurtlarini yangi, zamonaviy texnologik jihozlar bilan ta’minlashdan man- faatdordirlar. Buning sababi, birinchidan, o‘z mahsulotlarini reklama qilish maqsadi bo‘lsa, ikkinchidan, tezroq yangi turdagi jihozlarda ishlay oladigan mutaxassislarga ega bo‘lishdir.

  2. Hunar-texnika ta’limining ustivor yo‘nalishlari istiqbollarini belgilash va uni amalga oshirish Federal ta’lim va madaniyat vazirligining vazifasidir. Bu ishda unga Federal iqtisodiyot vazirligi, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi hamkorlik qiladilar.

Dasturlarning mazmundorligi va samaradorligi Federal hunar-ta’limi instituti tomonidan amalga oshiriladi (unda 700 dan ortiq xodim ishlaydi). Bu institut ishini Bosh komissiya tarkibiga kirgan federal hukumat a’zolari, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va erlar vakillari muvofiqlashtiradilar.
Hududiy jihatdan esa o‘qitishning nazariy qismi mamunini erlarning kultus vazirligi, ishlab chiqarish amaliyotini esa turli palatalar (sanoat, hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqalar) nazorat qiladilar, ta’minlaydilar.
O‘qituvchi kadrlar tayyorlash
Germaniya Federativ Respublikasida har qaysi maktablar uchun maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar bor. Ularning hammasi oliy maktabni tugatgan bo‘lishlari shart. Boshlang‘ich va asosiy maktabning bo‘lajak o‘qituvchilari olti semestr o‘qiydilar. Real maktab, maxsus maktab, gimnaziya va hunar-texnika byalim yurtlarining o‘qituvchilari ancha uzoq muddat o‘qishlari kerak. O‘qish tamomlangandan keyin o‘qituvchilikka nomzodlarning hammasi imtihon topshiradilar. Keyin maktabda amaliyot o‘tkazadilar va ikkinchi imtihon topshiradilar. O‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lgandan keyin, qoidaga ko‘ra, umrbod lavozimga tayinlanadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar 3 yil o‘qiganlaridan keyin real sharoitdagi maktabda ikki yillik amaliyotdan o‘tadilar, bunda haftasiga 10-12 soatdan dars beradilar.
Bu davrda ularga maxsus murabbiylar belgilanadi, bu murabbiylar ularning faoliyatini nazoratda tutadilar, amaliyot tugagandan keyin shogirdlariga tegishli xarakteristikani beradilar. SHundan keyin maktab kengashi yuqori tashkilotlar bilan birgalikda bo‘lg‘usi o‘qituvchilardan imtihon oladi va ularning kelgusi ishlarini baholab, tegishli tavsiyalarni beradilar. Bu jarayonning yana o‘ziga xos tomoni shundaki, imtihon va tavsiyalardan keyin bo‘lg‘usi uqituvchi bir yilga sinov muddati bilan ishga olinadi. Bu sinov muddatini muvaffaqiyatli o‘tgandagina unga o‘qituvchi martabasi beriladi. Amaliyotchi-talabalar qo‘yilgan talablarni bajara olmasa maktabga qo‘yilmaydi. Uning ustiga attestatsiyadan o‘tkazish va litsenziya berish keng rasm bo‘lganligini e’tiborga olsak, o‘qituvchi doim o‘z malakasini oshirib borishga majbur bo‘ladi. Aks holda u o‘qituvchilik lavozimidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Oliy ta’lim
Oliy ta’lim muassasalarining xususiylari, cherkov va bundesverga tegishlilaridan tashqari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari viloyatlar boshqaruvida bo‘ladilar. Ularni erlar bosh rahbari nomidan oliy ta’lim federatsiyasi boshqaradi. Federatsiya oliy ta’lim tizimiga taalluqli umumiy prinsiplarni tartibga solib turadi. Jumladan, federatsiya oliy o‘quv yurti qurilishi va oliy o‘quv yurtidagi tadqiqotlarning bir qismini mablag‘ bilan ta’minlashni o‘z ustiga oladi.
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o‘z Nizom (ustav)larini qabul qiladilar.
Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylanadigan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlarning bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi.
Ko‘pchilik viloyatlarda talabalar mustaqil ravishda o‘z-o‘zini boshqaradilar.
Oliy ta’lim tizimida universitetlar va ularga tenglashirilgan oliy o‘quv yurtlari eng ishonchli tayanch rolini o‘ynaydi. Bu oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, diplom olish, magistr unvonini olish yoki davlat imtihonlari topshirish bilan tugallanadi. Undan keyin o‘qishni davom ettirib, doktorlik darajasini (ilmiy daraja) olish uchun imtihon toshpiriladi.
Mamlakatda yangi, maxsus oliy o‘quv yurtlari borki, ular tobora ommalashib bormoqda, bu erda o‘qish amaliy yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi, bunga muhandislik, iqtisod, ijtimoiy ta’minot, dizayn, qishloq xo‘jaligi kabi mutaxassisliklar kiradi, bu erda diplom olish uchun imtihon topshiriladi. Bugungi kunda institutga kiruvchi yoshlarning har uchtasidan bittasi shu tipdagi oliy o‘quv yurtini tanlamoqda.
1970 yildan boshlab umumiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari ikki federal viloyatda mavjud. Ularda turli tipdagi oliy o‘quv yurtlari, o‘quv bosqichlari, tugallash shakllariga muvofiq birlashganlar. Ammo bu model keng tarqalmadi.
Germaniya Federativ Respublikasi uchun 1976 yilda Xengendagi sirtqi universitetning joriy etilishi yangilik bo‘ldi. Hozirgi vaqtda bu erda qariyb 50000 talaba o‘qimoqda, ular o‘qish bilan birga regional o‘quv markazi xizmatidan ham foydalanmoqdalar.
Ta’lim sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv yurtlari darvozasini keng ochdi. Bir necha misollar. 1952-1953 yillar qishki semestrda o‘qishga qabul qilingan talabalarning 4 foizi ishchilar sinfiga mansub edi. 1987 yil yozgi semestrda bu raqam 19 foizni tashkil etgan. 1952 yil jami talabalarning beshdan bir qismi xotin-qizlar bo‘lsa, bugungi kunda ular 40 fizga etdi.
Federatsiya va viloyatlar nemis oliy o‘quv yurtlarida chet elliklar o‘qishidan manfaatdordir. Davlat bu masalaga xalqlarning bir-birini tushunib etish ishiga qo‘shilgan hissa deb qaraydilar.
Talabalar o‘qishi erkin tashkil etilgan. Vaholanki, ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi va talaba sinovdan o‘tkaziladi, ammo o‘qishning ko‘pchilik bosqichlarida talabalarning o‘zlari fanlar va o‘quv yurtlarini tanlaydilar. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talabalar yoki ularning otaonalari oziq-ovqat xarajatlarini ko‘tara olmasalar o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘grisidagi federal qonunga muvofiq ular moliya yordami oladilar. Bu yordamning yarmi stipsndiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi. O‘qish tugab, mehnat faoliyati boshlangach, bu yordamlar to‘xtatiladi. 1991 yilda bunday yordam yangi qo‘shilgan viloyat bo‘yicha o‘qishga kirgan har besh talabaning uchtasiga, eski viloyatda besh talabadan bittasiga berildi.
Talabalarning ijtimoiy himoyalash uchun oliy o‘quv yurtlarida ularga ko‘maklashuvchi jamg‘arma mavjud, ular davlatdan mablag oladilar, tekin yotoq va talabalar oshxonasidan foydalanadilar, yangi viloyatda 70 foiz talaba internatlarga joylashtirilgan, eski viloyatda ham turar joy uchun juda kam haq to‘laydilar. O‘qishga kirganlarning deyarli 40 foizi ota-onasi bilan turadi. Erkin turar-joy bozori talabalar oldiga unga to‘lov bilan bog‘liq katta muammolarni qo‘yadi. Aksincha, sug‘urta himoyasiga olishi talabalarga qulay shart-sharoit yaratadi, talabalarni baxtsiz hodisalardan himoyalash uchun ular davlat sug‘urtasi tizimiga kiritilgan va davlat kassalariga ozgina haq to‘laydilar. Keyingi vaqtlarda oliy o‘quv yurtlarini kengaytirish yuzasidan o‘tkazilgan tadbirlarga qaramay unga bo‘lgan talab yanada ortmoqda. Erkin o‘quv joylarini taqsimlash Markaziy boshqaruv tomonidan ajratilgan o‘quv joylari bo‘yicha amalga oshiriladi. Talab yuqori bo‘lgan o‘qishga, masalan tibbiyot, veterinariya sohalariga tanlov o‘tkaziladi. SHu tanlovga muvofiq etuklik attestatidagi o‘rtacha baho chiqariladi, kutish muddati test va suhbat natijalari hisobga olinadi.
Hozir universitet talabalari 14 semestr, ya’ni 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirgunga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundssverda xizmat qilishini hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlamoqdalar.
Sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi oliy o‘quv yurtlari ilmiy kengash tavsiyalariga muvofiq qaytadan tashkil etilmoqda. Akademik tadqiqot tashkilotlari oliy o‘quv yurtlarga tarqatiladi, qisman universitetdan tashqaridagi tadqiqot muassasalariga o‘tkaziladi. Bu tadbir to‘qsoninchi yillar o‘rtalarida nihoyasiga stkaziladi va shu maqsadlar uchun 1,8 milliard nemis markasi ajratilgan. Bu oliy o‘quv yurti va tadqiqot institutlarini yangilash dasturi asosida 1996 yilda nihoyasiga etkaziladi.
Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolarining o‘n millioni har yili malaka oshirish imkoniyatidan foydalanadilar. Hozirgi zamon industrial jamiyatida hamma narsa o‘zgarishda, yuksalishda malaka oshirib borishni taqozo etadi.

Yüklə 314,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə