Rivojlanish strategiyasi bu O'zbekiston milliy rivojlanishining yangi asosidir.


Bu kamchiliklarni to’g’rilash bo’yicha ustuvor vazifalar davlatimiz tomonidan belgilab olingan



Yüklə 52,67 Kb.
səhifə14/16
tarix29.11.2023
ölçüsü52,67 Kb.
#141857
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1 -40 tarix

Bu kamchiliklarni to’g’rilash bo’yicha ustuvor vazifalar davlatimiz tomonidan belgilab olingan.

37. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilashda Parlamentning roli. (Oliy Majlis, YUNESKO, “BB” Biznes yuritish 2020, davlat organlari)

Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni ana shu saʼy-harakatlarni yangi pogʻonaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.Oqibat natijada mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi jozibadorligini oshirish mezoni boʻlib xizmat qiladigan xalqaro reyting va indekslarni oshirish jarayonida parlamentning oʻrni qanday boʻladi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 4-iyun kuni “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli” mavzusida oʻtkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi.Oʻtgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020-yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi oʻrni sezilarli darajada oʻsdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga koʻra 2019-yilda mamlakatning suveren kredit reytingi “BB–” barqaror darajada saqlanib qolmoqda.
Jahon banki “Biznes yuritish 2020” yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) soʻnggi bir yilda Oʻzbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan toʻrtta islohotni amalga oshirgani toʻgʻrisidagi axborotni tarqatdi. Shuningdek, 2019-yilda Oʻzbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-oʻrinni egallab, 7 pogʻonaga koʻtarildi.


Yüklə 52,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə