Rivojlanishi uchun imkon beruvchi xavf omillari


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 34,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü34,54 Kb.
#165163
1   2   3   4
splitPDF Page73-76

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
75 
emas bu esa kasallikka faqat klinik belgilar bilan tashxis qo’yish imkonini cheklaydi. 
Invaziv mikozli aksariyat bemorlarda uzoq davom etadigan 38

C dan yuqori tana 
harorati, ko’p qamrovli antibiotiklarga chidamlilik, ba’zan juda uzoq vatto 96 
soatgacha davom nafas qisishi va gemoptiz (qon aralash yo’talish) kuzatiladi. 
Mikotik sinusit(tana bo’shliqlarining yallig’lanishi) belgilar hisoblangan burun 
oqishi, burun tiqilishi, burun bo’shlig’ida yara hosil bo’lishi, burundan qon kelishi, 
ichki bo’shliqda shish hosil bo’lishi, yuqori jag’ning sezuvchanligi, qattiq tanglang 
teshilishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin. Immunitet tanqisligi bo’lgan 
bemorlarda o’tkir tarqalgan mikozlar populyar yoki tugunlar bilan bo’lishi mumkin. 
Shuningdek teri toshmalari, ko’rishning buzilishi kabi belgilar oftalmoskopiya 
paytida aniqlanadi. Immunitet tanqisligi bo’lgan bemorlarda ong, mentalitet va miya 
qon aylanish tizimining buzilishi, doimiy kuzatiladigan bosh og’rig’i, meningeal 
simptomlar va tutilish beldilari paydo bo’lsa, markaziy asab tizimining invaziv 
mikozini istisno qilish kerak. Immunitet tanqisligi kuzatilgan bemorlarda diagnostika 
ishlari tezlik bilan o’tkazilishi kerak chunki, invaziv mikozlar juda tez rivojlanadi va 
yuqori o’lim xavfini oshiradi. 
Teri mikozlarining asosiy qo’zg’atuvchilari dermatomitsellali mikozlardan 
Trichophyton, Microsporum va Epidermophyton spp. kabi turlar bo’lib, asosiy 
patogen turlar shu qo’zg’atuvchilar hisoblanadi. Bu turlar asosan imminiteti zaif 
bemorlarda kasallik keltirib chiqaradi. Bu turga kiruvchi qo’zg’atuvchilar odatda 
kasal odamlar yoki kasallangan hayvonlar bilan yaqin aloqada bo’lishdan, ifloslangan 
kiyim va poyabzallardan, shuningdek sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan 
vannalar, suzish havzalari, sport zallari va boshqa jamoat joylaridan foydalanishda 
yuqishi ehtimoli juda yuqori. Dermatomikozlar yuqorida ta’kidlanganidek immunitet 
tizimi past bemorlarda uchraydi. Bu mikozlarning progressive yoki takroriy davom 
etishi farqlanadi. 
2.1-jadval. Invaziv mikozlarning rivojlanishi uchun asosiy xavf omillari 
(immunitet tanqisligi bo’lgan bemorlar uchun). 



Yüklə 34,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə